Burgansoy — Navoiy viloyati Xatirchi tumanilagi soy, Tasmachisoyning chap irmogʻi. Oqtogʻning janubiy yon bagʻridan 1600 m balandlikda Qoragʻachsoy nomi bilan boshlanadi, quyi oqimida Olmasavan deb ataladi. Uzunligi 23 km, havzasining maydoni 34,7 km². Soyga 50 dan ortiq irmoq qoʻshiladi. Burgansoyning yuqori oqimida vodiysi tor, daryo koʻp joylarida chuqur daralar orqali oʻtadi. Quyi oqimida vodiy 500-800 m gacha kengayadi. Burgansoy erigan qor, yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Mavlon qishlogʻi yaqinida oʻrtacha yillik suv sarfi 275 l/sek. Bahor (mart — may) oylarida oʻrtacha suv sarfi 1 m’/sek gacha yetadi, yillik oqimning 60—75% shu davrda oqib oʻtadi. Boshqa fasllarda 50—100 l/sek gacha kamayadi. Baʼzan sel oqimlari kuzatilib, suv sarfi sekundiga 16,2 m³ gacha koʻpayadi.[1]

Burgansoy
Tavsif
Uzunligi 23
Davlat Oʻzbekiston

Manbalar

tahrir
  1. "Burgansoy" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil