Burunduqxon (? 1511) — qozoq xonlaridan biri (1480—1511), Kirayxon (Gireyxon)ning katta oʻgʻli. Otasi vafotidan soʻng taxtga oʻtirgan. Abulxayrxon vafotidan keyin Muhammad Shayboniyxon bilan oʻzbek ulusiga ega boʻlish uchun koʻplab janglar olib borgan. B. 50 ming kishilik qoʻshini bilan mangʻitlar ustiga yurish qilganda (1480) Shayboniyxon 300 askari bilan mangʻitlarga yordamga kelib B. qoʻshinini tormor keltirgan. B. Jonibekxonning oʻgʻillari Qosim sulton va Otik sulton hamda mangʻitlardan Hamzabeklar bilan Shayboniyxon turgan Sigʻnoqni 3 oy qamal qilgan, biroq qalʼani ololmay chekingan. Shayboniyxon Oʻtrorga yurish qilganda Sigʻnoq beklari, ruhoniylari qalʼani B.ga topshirganlar. B. soʻngra Arquq qalʼasini 40 kun muvaffaqiyatsiz qamal qilgan, Sabron, Oʻtror, Sayram, Olatogʻni egallagan. B. Shayboniyxonga qarshi turish befoydaligini tushungach, qizini unga bergan. Jonibekxon va Kirayxon vafotidan soʻng ularning oʻgʻillari oʻrtasida oʻzaro nizo boshlangan. Jonibekxonning oʻgʻli Qosim sulton B.ni dashtdan siqib chiqargan. B. oʻzining dushmanlari boʻlgan shayboniylar huzuriga — Movarounnaxrga ketishga majbur boʻlgan va umrining qolgan kismini Samarqandda oʻtkazib oʻsha yerda vafot etgan.

Burunduqxon
qozoqcha: Бұрындық хан
Qozoq xonligining xoni
Mansab davri
1474/1480 – 1511
Avvalgisi Kereyxon
Keyingisi Qosimxon
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1430
Abulxayrxon xonligi
Vafoti 1511
Samarqand, Buxoro xonligi
Bolalari oʻgʻillari: Shayxim, Sanjar-Baxtiy, Jahan-Baxtiy, Kemsin Sulton
qizlari: Dadim-bigim Xonim, Mihr Sulton Xonim
Otasi Kereyxon
Dini islom sunniylik

Madaniyatda

tahrir

Burunduqxon „Buyuk dasht tongi“ (2022) badiiy filmidagi qahramonga aylandi, uni Erik Joljaqsinov oʻynadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil