Chilonzor Oqtepasi — Toshkent ning jan.gʻarbiy qismida joylashgan arxeologik yodgorlik (IVVIII asrlar; XXI-asrlar). Boʻzsuv anhori boʻyida. 1940-yil A. I. Terenojkin kayd etgan; 1960-yil A. S. Shiller va Yuriy Buryakov, 1969—71-yilda Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi tekshirgan. Chilonzor Oqtepasi balandligi 15 m li tepalik boʻlib, atrofida umumiy maydoni 60x75 m2 keladigan qad. qishloq xarobasi qoldiqlari joylashgan. Tepalikda olib borilgan qazishmalar natijasida undagi imoratlar majmuasi ustmaust xom gʻisht va paxsadan qurilganligi aniklangan. Vazifasiga koʻra, majusiylik bilan bogʻliq boʻlgan, kompozitsiyasi jihatdan birbiridan farq qiladigan binolar 3 davrga mansubligi aniklangan. 1davrda (IV asr) bino paxsa poydevorni ustiga qurilgan 4 minorali qasrdan iborat boʻlgan. Bino kvadrati (13,5x 13 m2) ichki tomondan gumbazli uzunchoq 3 xonaga ajratilgan. 2 davrda (VVI asrlar) dastlabki imorat atrofiga yangy xonalar va yordamchi xoʻjalik xonalari qurilgan, shinakli qoʻshimcha qalʼa devori bilan mustahkamlangan. 3davr (7—8-asrlar)da dastlabki imorat krldiqlari tuproq bilan toʻlgʻazilib shibbalanishi natijasida vujudga kelgan, 9 m li tag kursi ustiga qurilgan tepasi ochiq toʻrtburchak (38x27 m2) hovli koʻrinishidagi noyob bino boʻlgan. Qazishmalar natijasida hovli sahnining qalin qatlamlaridan organik qoldiqlar, Qovunchi II madaniyati (qarang Qovunchi madaniyati)ta xos sopol buyumlar, yorgʻuchoklar va boshqa, shuningdek, turkashlarning VIII asrga oid tangasi ham topilgan. Arab xalifaligi istilosidan soʻng bino bir qancha vaqt zardushtiylarning dafn etish joyi boʻlib xizmat qilgan, soʻngra xarobaga aylangan. Keyinchalik (X-XI asrlar) xaroba atrofida hayot tiklanib kichik qishloq vujudga kelgan. Hozir Chilonzor Oqtepasi atrofida zamonaviy imoratlar qad koʻtargan.

Manbalar

tahrir