Chusovaya
Chusovaya — Rossiya Federatsiyasidagi (Chelyabinsk, Sverdlovsk va Perm viloyatlari) daryo. Kama daryosining chap irmogʻi (Oʻrta Uraldan boshlanib Kama suv omboriga kuyiladi). Uzunligi 592 km, havzasining maydoni 23 ming km². Yuqori oqimida vodiysi keng; oʻrta oqimida tor kanyonlardan, quyi oqimida tekislikdan oʻtadi. Kama GES qurilishi munosabati bilan quyi qismini suv bosgan. Irmoqlari: oʻngdan — Mejevaya Utka, Koyva, Usva va chapdan — Revda, Lisva. Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 222 m³/sek. noyabr da muzlab, aprelda muzdan boʻshaydi. Yogʻoch oqiziladi, kema qatnaydi. Ch. boʻyida Pervouralsk, Chusovoy shaharlari qurilgan.
Chusovaya | |
---|---|
[[Tasvir:|250px|]] | |
Tavsif | |
Uzunligi | 592 |
Maydoni | 23 000 km² |
Suv sarfi | m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | Rossiya |
Chusovaya |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |