Come Together

The Beatles guruhi qoʻshigʻi

Come Together“ (tarjimasi „Toʻplaning“) — „The Beatles“ ingliz guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1969-yil eʼlon qilingan „Abbey Road“ nomli studiyaviy albomiga birinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Shuningdek, „Something“ qoʻshigʻi bilan bir qatorda singl oʻlaroq chiqarilgan. Singl AQShning „Billboard Hot 100“ xit-paradidan 16 hafta davomida tushmagan va birinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. Buyuk Britaniyada esa toʻrtinchi pogʻonani egallagan. Taronani John Lennon yozgan va ijro etgan, ammo muallif oʻlaroq Lennon–McCartney koʻrsatilgan.

„Come Together“
The Beatles qoʻshigʻi
„Abbey Road“ albomidan
A tomon „Something“
Chiqarilgan sanasi 6-oktyabr, 1969-yil(1969-10-06)
Yozib olingan 21-23, 25, 29-30-iyul 1969-yil
Studiya EMI, London
Janr
Davomiyligi 4:19
Leybl Apple
Matn muallif(lar)i Lennon–McCartney
Prodyuser(lar) George Martin
The Beatles singllari xronologiyasi
„The Ballad of John and Yoko“
(1969)
„Something“ / „Come Together
(1969)
„Let It Be“
(1970)
Klipi
„Come Together“ YouTubeda

Lennon 1969-yilning boshida LSD moddasini qonuniylashtirishning ilk tarafdorlaridan biri Timothy Leary uchun „Come together and join the party“ misrlari boʻlgan saylov kampaniyasi qoʻshigʻini yozib bergan[2]. Oʻsha yilning iyulida Lennon „come together“ jumlasidan foydalanib, yangi qoʻshiq yozgan. Tarona Chuck Berryning 1956-yil eʼlon qilingan „You Canʼt Catch Me“ singli asosida yozilgan[3]. McCartney Lennon yozgan qoʻshiq Berry singliga oshiqcha koʻp oʻxshamasligi uchun uni sekinroq tempda ijro etishni taklif qilgan[4].

„Come Together“ qoʻshigʻini bugunga qadar bir necha xonanda, jumladan, Ike & Tina Turner, „Aerosmith“ guruhi hamda Michael Jackson kaver qilgan. 2021-yilning mayida Ringo Starr „The Late Show with Stephen Colbert“ teledasturida „Come Together“ guruh ijro etgan eng sevimli qoʻshigʻi ekanligini aytgan. Tarona 2004-yilda „Rolling Stone“ jurnalining tarixdagi 500 eng buyuk qoʻshiqlar roʻyxatida 202-[5], 2010-yilgi roʻyxatda esa 205-oʻringa qoʻyilgan. „Mojo“ jurnali 2006-yilda qoʻshiqni „101 eng yaxshi Beatles qoʻshigʻi“ roʻyxatida 13-oʻringa qoʻygan[6].

Manbalar

tahrir

Snoskalar

tahrir
  1. Freeman, Phil. Marooned: The Next Generation of Desert Island Discs. Da Capo Press, 2007. ISBN 978-0-306-81485-3. „Itʼs a surface-heavy blues-rock tune, flanging and wailing away…“ 
  2. Doggett 2005, s. 162.
  3. Everett 1999, s. 246.
  4. Gould 2007, ss. 574–575.
  5. „The Rolling Stone 500 Greatest Songs of All Time“. Rolling Stone. 2007. 15-avgust 2006-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-oktabr 2007-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  6. Alexander, Phil.. The 101 Greatest Beatles Songs. Mojo (2006-yil iyul), s. 80.

Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir