Darg’on ota yodgorligiXorazmnig janubiy xududida, Amudaryoning so’l soxili xududida joylashgan bo’lib, Darg’on ota qishlogidan 3 km janubda joylashgan. Qal’aning qurilishi mil.av. IV asrda amalga oshirilgan bo’lib, uning maydoni 6ga bo’lgan. Afsuski, arxeologik tadqiqotlar olib borilmagan. Ilk o’rta asrlarda madaniy hayot davom etgan. Xorazmning janubiy shaharlaridan biridir. Rejalashtirilishida o’zgarish sodir bo’lmaydi, lekin tashqi devor tomonida axolining jotslashishi sodir bo’lib u o’z navbatida mudofaa devor Bilan o’rab olinib uning xajmi 50ga bo’lgan. Ilk o’rta asrlarda mudofaa devor bilan o’rab olingan. Yodgorlikning arxeologik jihatdan o’rganilishi yetarli darajada olib borilmagan. Ya.G’ulomov shaharning vujudga kelishini milodning VI asriga va uning ravnaq topish davrini esa XI-XIII asrlarga oid degan xulosaga kelgan . Darg’on xarobalarining umumiy arxeologik ko’rinishi uning X asrda haqiqatdan ham Xorazmning katta shahari bo’lganligini tasdiqlaydi. Maqdisiy esa, uni yanglishib, Gurganchdan keyin ikkinchi shahar qatoriga kiritgan edi. SHaharning rivojlanishi ko’p jihatdan uning serqatnov yo’llar tutashgan yerda joylashganligi bilan ifodalanadi. Darg’on Buxoro, Amul va Marvdan Xorazmga boradigan yo’llarning muhim tuguniga aylangan edi (Ya.G'ulomov, 147-bet).

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir
  • Ya.G'ulomov. Xorazmning sug'orilish tarixi. Toshkent, 1959.