Darya Dugina

Rossiyalik aktivist va siyosiy jurnalist
(Darya Duginaning oʻldirilishidan yoʻnaltirildi)

Darya Aleksandrovna Dugina (ruscha: Дарья Александровна Дугина; 1992-yil 15-dekabr – 2022-yil 20-avgust) – Darya Platonova (ruscha: Дарья Платонова) nomi bilan tanilgan sobiq rossiyalik aktivist va siyosiy jurnalist. U oʻta oʻng siyosiy fikrlash doirasiga ega jurnalist boʻlib, prezident Vladimir Putinning tarafdori Aleksandr Duginning qizidir[1][2][3]. Jurnalist 2022-yilning avgust oyida otasiga qaratilgan suiqasd ehtimolida uyushtirilgan avtomobil portlashi oqibatida vafot etdi.

Darya Dugina
ruscha: Дарья Дугина
Fayl:2022-04-06. Darya Dugina 2 (cropped).jpg
Tavalludi
Darya Aleksandrovna Dugina

15-dekabr 1992-yil
Vafoti 20-avgust 2022-yil(2022-08-20)
(29 yoshda)
Bolshiye Vyazyomy, Odinsovski ko'chasi, Moskva viloyati, Rossiya
Fuqaroligi Rossiya
Kasbi Aktivist, jurnalist
Otasi Aleksandr Dugin

Yoshligi

tahrir

Darya Dugina 1992-yilning 15-dekabr sanasida Moskva shahrida Aleksandr Dugin va uning ikkinchi xotini, faylasuf Natalya Melentyeva oilasida tugʻilgan[4][5][6]. 2012—2013-yillarda Moskva davlat universitetida tahsil olib yurgan paytlarida Bordo Montaigne universitetida Qadimgi yunon falsafasi boʻyicha stajyorlik faoliyatini olib borgan[7]. 2015-yilda Moskva davlat universiteti falsafa fakultetining aspiranturasini tamomlagan[8].

Faoliyati

tahrir

Universitetdan soʻng, Darya Platonova taxallusi ostida davlat nazoratidagi RT televizion tarmogʻida va Kreml nazoratidagi konservativ kanal Sargradda jurnalist boʻlib ishlaydi[9][8][10]. U Xalqaro YevroOsiyo Harakatiga aʼzo boʻlgan va u yerda siyosiy sharhlovchi sifatida faoliyat yuritgan[11][12].

2022-yilning 3-martida uni AQSh sanksiyalari roʻyxatiga qoʻshgan Qoʻshma Shtatlar Moliya vazirligi maʼlumotlariga koʻra, jurnalist „United World International“ nomli dezinformatsion vebsaytning bosh muharriri boʻlgan. Sayt prezident Vladimir Putinning ittifoqchisi Yevgeniy Prigojinga tegishliligi aytiladi. Ushbu saytni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan Vagner guruhi nazorat qiladi[13][14][15][16]. Shu bilan birga, u otasining matbuot kotibi sifatida ham ishlagan[17].

Rossiyaning Ukrainaga bosqini davrida

tahrir

Dugina 2022-yil Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishining ochiq tarafdori edi. Xususan, jurnalist bosqin paytida Rossiya armiyasining Ukraina tinch aholisiga qarshi urush jinoyatlari haqidagi gaplar uydirma ekanini daʼvo qiladi[18][19]. 2022-yilning iyun oyida u bosib olingan Donetsk va Mariupolga tashrif buyuradi[20]. 2022-yil 4-iyulda Britaniya hukumatiturli onlayn platformalarda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi bilan bogʻliq keng koʻlamli dezinformatsiya tarqatuchi“ ayblovi bilan unga qarshi sanksiya joriy etgan[21][22][10][23]. Dugina esa oddiy jurnalist ekani va unga sanksiya berilmasligi kerakligini taʼkidlagan[24].

Oʻlimi

tahrir
Darya Duginaning oʻldirilishi
Rossiyaning Ukrainaga bosqini (2022)
 
Joylashgan Bolshiye Vyazyomi, Odintsovski koʻchasi, Moskva viloyati, Rossiya
Koordinatlar 55°37′48″N 36°59′06″E / 55.629880°N 36.985060°E / 55.629880; 36.985060
Sana 20-avgust, 2022-yil(2022-08-20)
tax.  21:45 (Moskva vaqti)
Nishon Aleksandr Dugin yoki Darya Dugina, yoki ikkalasi [25]
Hujum turi
Avtomobil bombasi
Jinoyatchilar

Darya Dugina 2022-yilning 20-avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:45 atrofida Moskva tashqarisidagi Bolshiye Vyazyomi aholi punkti yaqinidagi Mojayskoye shosse yoʻlida mashinasi portlashi oqibatida halok boʻlgan[29].

Jurnalist, oʻsha kuni, har yili boʻlib oʻtadigan sanʼat ixlosmandlarining oilaviy festivali deya taʼriflanuvchi „Anʼana“ festivalida qatnashib, Moskvaga mashinada qaytayotgan boʻlgan. „Anʼana“ festivali Zaxarova mulkiga tegishli hudud atrofida, Bolshiye Vyazyomidan taxminan 1 km shimolroqda oʻtkazilgan. Tergovchilar mashinaga portlovchi qurilma oʻrnatilganligini taʼkidlashadi[30].

Taxmin qilinishicha portlatish uchun asosiy oʻlja sifatida uchta variant mavjud: Darya Platonova, otasi Aleksand Dugin, ikkalasi ham. Biroq, asosiy nishon kim boʻlgani nomaʼlumligicha qolgan[31].

Reaksiyalar

tahrir

Duginaning otasi Aleksandr Dugin qotillikni „Ukraina fashistlar rejimi tomonidan amalga oshirilgan terrorchilik harakati“ deb ataydi va „bizga faqat gʻalabamiz kerak“, deya qoʻshimcha qiladi[32].

23-avgust kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti matbuot kotibi Stéphane Dujarric Duginaning oʻldirilishi boʻyicha tergov oʻtkazishga chaqirdi[33]. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Duginaning oilasiga hamdardlik maktubini yoʻllab, uni „haqiqiy rus qalbiga ega yorqin isteʼdodli inson“, deya taʼriflaydi[34]. Putin Duginaning vafotidan soʻng, uni Jasorat ordeni bilan taqdirladi[35].

Rim papasi Francis Darya Duginaning oʻldirilishini qoralab, buni „urush jinniligi“ misoli sifatida tilga oladi[36][37]. Ushbu bayonot Ukrainaning Muqaddas taxtdagi elchisi Andriy Yurash tomonidan qattiq tanqid qilinadi[38][39].

Estoniya tashqi ishlar vaziri Urmas Reinsaluning taʼkidlashicha, vafot etgan jurnalist qotilining Estoniyadagi xavfsiz bandargohga qochib ketgani haqidagi daʼvo „Rossiya hukumati tomonidan juda uzoq davom etgan provokatsiyalar qatoridagi [bir] provokatsiyadir[40].

Rossiya hukumati reaksiyasi

tahrir

Donetsk Xalq Respublikasi rahbari Denis Pushilin ushbu halokatli voqea ortida Ukraina rasmiylari turganini daʼvo qiladi[41].

22-avgust kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) qotillik ortida Ukraina maxsus xizmati turganini, yaʼni, portlashdan soʻng Estoniyaga qochib ketgan Ukraina fuqarosi – pudratchini yollaganini daʼvo qiladi[42][43]. FXX maʼlumotlariga koʻra, ukrainalik fuqaro oʻtgan oy Rossiyaga qizi bilan kelganidan soʻng, Dugina istiqomat qilgan binodan kvartira ijaraga olgan va ikkalasi ham Dugina oʻldirilishidan oldin oʻtkazilgan festivalda qatnashgan[44].

Ukraina hukumati har qanday ayblovlarni rad etgan holda, prezidenti maslahatchisi Mixaylo Podolyakbiz Rossiya Federatsiyasidek jinoiy-terrorchi davlat emasmiz“, deya ayblovlarga javob qaytardi[45][46].

Milliy Respublikachilar armiyasining mas’uliyatni oʻz zimmasiga olishi

tahrir
 
Ponomarev 2021-yilda Free Russia Forum tomonidan chop etilgan videoda koʻrinish berdi

Rossiya Davlat Dumasining sobiq deputati, hozirda Ukrainada quvgʻinda yashayotgan Ilya Ponomarevning taʼkidlashicha, hujum uchun Rossiya partizan guruhi mas’ul boʻlgan hamda shu paytgacha nomaʼlum guruh oʻzini Milliy Respublika armiyasi (MRA) deb ataydi (ruscha: Национальная республиканская армия (НРА)). Ponomarevning fikricha, MRA Putinni hokimiyatdan chetlatish uchun Rossiyada faoliyat yuritadigan yashirin guruhdir[47]. Keyinchalik ushbu guruh yashirin hujayralar „tarmogʻi“ ekanligini daʼvo qiladi[48].

Ponomarevning Kyiv Post gazetasiga bergan intervyusida, guruh, avvalroq, harbiy induksiya markazlariga anonim oʻt qoʻyish hujumlarini amalga oshirgan. Keyinchalik esa Dugin va Duginani nishonga olishga oʻtgan. Uning taʼkidlashicha, guruhdagi bir kishi suiqasddan bir hafta oldin unga „katta narsani“ kutishni aytgan. Soʻngra esa voqea kuni „yangiliklarni tomosha qilish“ haqida eslatma bergan. Suiqasd haqidagi xabarlar yoritilgandan soʻng, Ponomarev unga guruh javobgarligi toʻgʻrisida dalillar taqdim etilganini daʼvo qilmoqda[49]. Ponomarevning qoʻshimcha qilishicha, uning manbalari nishonga olingan mashinada ikki kishi (yaʼni Dugin va Dugina) boʻlganiga asoslangan[50]. Ponomarev xuddi shunday maʼlumotni Radio NV (ukraincha: Радіо НВ)ga unga maʼlumot yetkazganlar „ularning ishtirokini isbotlash uchun maʼlum fotosuratlarni yuborganini“ qoʻshimcha qiladi[51].

Ponomarev suiqasd uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olishi bilan bir qatorda oʻzining „Fevral tongi“ (ruscha: Утра Февраля) OAVda tashkilotning manifestini eʼlon qildi[52].

Keyinroq FXX ayblovi haqidagi xabarga duch kelgan Ilya Ponomarev Meduza nashriga uning Milliy Respublikachilar armiyasidagi manbalari ayblanayotgan ukrainalik jinoyatchi ekanligini inkor etishini va uning roli bor-yoʻqligini noaniq qoldirganini taʼkidlaydi[50]. Suiqasdni va MRAni qoʻllab-quvvatlashini eʼlon qilgandan soʻng, Ponomarev rossiyalik dissidentlarning rejalashtirilgan uchrashuviga chaqirilganini aytildi[52].

Rossiya MRAsi daʼvolariga shubhali va tanqidiy munosabatlar

tahrir

21-avgust, 2022-yil(2022-08-21) holatiga koʻra, Associated Press va The Guardian Duginaning oʻlimi va uning oqibatlariga oid maqolalarda Milliy Respublika armiyasi mas’uliyati haqidagi daʼvoni tasdiqlab boʻlmasligi keltirib oʻtadi[53][54]. Reutersning 2022-yil 22-avgustdagi hisobotida aytilishicha, „Ponomarevning bayonoti va guruhning mavjudligini mustaqil ravishda tasdiqlashning imkoni yoʻq“[55].

Ponomarevning Meduza nashriga bergan intervyusida muxbir va intervyu muharriri sifatida qatnashgan Svetlana Reiter Ilyaning Rossiya MRAsi haqidagi daʼvolari, Putinning Dumadagi faoliyati va boyligining manbasi haqidagi daʼvolariga shubha bilan qarashlarini bildirishadi[56][57]. Meduza bosh muharriri Kevin Rothrock Ponomarevning yaxlitligi, MRA mavjudligini shubha ostida ekanligini hamda Dugin ham, Dugina ham nishonga olinmasligi kerak boʻlgan „tinch aholi“ boʻlishganini taʼkidlaydi[58]. Yuliya Latininaning jonli efiridan iqtibos keltirgan holda, Cathy Young Ponomarev „yaxshi hikoyani sotishga urinayotgan gʻiybatchi“ ekanligi haqida mulohaza yuritayotganligini bildiradi. Biroq MRA manifestining vatanparvarlikka chaqirishi qora propagandadan dalolat bermasligini taʼkidlab oʻtadi[59].

Johns Hopkins ilgʻor xalqaro tadqiqotlar maktabi Henry A. Kissinger nomidagi Global muammolar boʻyicha markazining taniqli professori Sergey Radchenko Deutsche Welle nashriga bergan intervyusida mas’uliyat va manifestning ikkalasini ham „xavfli“ deb hisoblashini aytadi[60]. Deutsche Wellening Kiyevdagi muxbiri Roman Goncharenko guruh haqida „javobdan koʻra savollar koʻp“ va guruhning hayoliy manifestida „biz kabi kurashing, biz bilan kurashing, bizdan yaxshiroq kurashing!“ (ruscha: боритесь как мы, боритесь вместе с нами, боритесь лучше нас!) soʻzlari bilan belgilan shiori Sharqiy Germaniya va Sovet Ittifoqida 1991-yilgacha efirga uzatilgan Deutscher Fernsehfunk bolalar telekoʻrsatuvi (nemischa: Mach mit, mach’s nach, mach’s besser )dagi soʻzlarga oʻxshash ekanligini taʼkidlaydi[61].

Manbalar

tahrir
  1. Sands, Leo. „Darya Dugina: Daughter of Putin ally killed in Moscow bomb“. BBC News (21-avgust 2022-yil). 21-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2022-yil.
  2. Tidman. „Daughter of Putin's 'spiritual guide' killed in car bomb 'meant for her father'“ (en). The Independent (2022-yil 21-avgust). — „Darya Dugina was driving in her far-right father Alexander Dugin's vehicle... His daughter was a political scientist and journalist who held similar views to her father.“. Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.
  3. „Russia Probes Car Bomb That Killed Daughter of Putin Ideologist“. Bloomberg News (21-avgust 2022-yil). Qaraldi: 21-avgust 2022-yil.
  4. Consolidated list of financial sanctions targets in the UK (PDF), United Kingdom: Office of Financial Sanctions Implementation, 9 August 2022, §244, 18 August 2022da asl nusxadan (PDF) arxivlandi
  5. „"Когда темнеет небо"... Погибла дочь Александра Дугина, наш очень близкий друг“ (ru). Tsargrad TV (21-avgust 2022-yil). 22-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2022-yil.
  6. Knott. „Meet the most dangerous man in the world“. www.theneweuropean.co.uk (21-sentabr 2018-yil). 22-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-avgust 2022-yil.
  7. „Я с гордостью несу это знамя — быть дочерью и продолжать битву отца“. Meduza (21-avgust 2022-yil). 21-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2022-yil.
  8. 8,0 8,1 „"Когда темнеет небо"... Погибла дочь Александра Дугина, наш очень близкий друг“ (ru). Tsargrad TV (21-avgust 2022-yil). 22-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2022-yil.
  9. Consolidated list of financial sanctions targets in the UK (PDF), United Kingdom: Office of Financial Sanctions Implementation, 9 August 2022, §244, 18 August 2022da asl nusxadan (PDF) arxivlandi
  10. 10,0 10,1 „Чем известны Дарья Дугина, погибшая при взрыве машины, и её отец“. fontanka.ru (21-avgust 2022-yil). 22-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2022-yil.
  11. „Daria Platonova: L'Afrique est entrée dans la troisième étape de la décolonisation“ (fr). Afrique Média (29-iyun 2022-yil). 22-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2022-yil.
  12. „Daughter Of 'Putin's Brain' Ideologue Dugin Killed In Car Explosion“. Radio Free Europe/Radio Liberty (21-avgust 2022-yil). 21-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2022-yil.
  13. „Treasury Sanctions Russians Bankrolling Putin and Russia-Backed Influence Actors“. United States Department of the Treasury. 6-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2022-yil.
  14. „Daughter of Putin ally Alexander Dugin killed in car bomb in Moscow“. The Guardian (21-avgust 2022-yil). 21-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2022-yil.
  15. Galeotti, Mark. „What the Dugin assassination tells us about Russia“. The Spectator (21-avgust 2022-yil). 22-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2022-yil.
  16. „Британия ввела санкции против дочери Александра Дугина и пропагандистского ресурса Кремля“ (uk). European Pravda (4-iyul 2022-yil). 4-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2022-yil.
  17. „Я с гордостью несу это знамя — быть дочерью и продолжать битву отца“. Meduza (21-avgust 2022-yil). 21-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2022-yil.
  18. Quinn, Allison. „Daughter of Putin propagandist killed in car bombing outside Moscow, reports say“. The Daily Beast (21-avgust 2022-yil). 21-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2022-yil.
  19. Tawfeeq, Mohammed; Pennington, Josh; Hallam, Jonny; John, Tara. „Car bomb kills daughter of 'spiritual guide' to Putin's Ukraine invasion - Russian media“. CNN (21-avgust 2022-yil). 22-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2022-yil.
  20. „Чем известны Дарья Дугина, погибшая при взрыве машины, и её отец“. fontanka.ru (21-avgust 2022-yil). 22-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2022-yil.
  21. Roth, Andrew; Farrer, Martin. „Daughter of Putin ally Alexander Dugin killed by car bomb in Moscow“. The Guardian (21-avgust 2022-yil). 21-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2022-yil.
  22. Troianovski, Anton. „Daria Dugina was a Russian hawk who railed against the West's 'global hegemony.'“. The New York Times (21-avgust 2022-yil). 22-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2022-yil.
  23. „Darya Aleksandrovna DUGINA“. www.opensanctions.org (21-avgust 2022-yil). 22-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2022-yil.
  24. „Я с гордостью несу это знамя — быть дочерью и продолжать битву отца“. Meduza (21-avgust 2022-yil). 21-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2022-yil.
  25. „Что не так с Национальной республиканской армией России“. Euroradio.fm (2022-yil 22-avgust). Qaraldi: 2022-yil 23-avgust.
  26. „ru:В РФ оппозиция создала партизанскую армию“ (ru). korrespondent.net. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  27. „The FSB announced the disclosure of the murder of Daria Dugina“ (ru). BBC News Русская служба. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  28. Paul Kirby. „Darya Dugina: Moscow murder accusation is fiction, says Ukraine“ (en). bbc.com. BBC News (2022-yil 23-avgust). Qaraldi: 2022-yil 24-avgust.
  29. „Daughter of Russian philosopher Alexander Dugin killed in car explosion“ (en-US). Anadolu Agency. 2022-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  30. „Daughter of Russian ideologue killed in suspected car bomb attack“. Reuters (2022-yil 21-avgust). 2022-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.
  31. „Ex-MP Ilya Ponomarev confirms existence of The National Republican Army on February Morning TV (Rus) (see 3'23)“. www.youtube.com (2022-yil 22-avgust). Qaraldi: 2022-yil 23-avgust.
  32. „«Наши сердца жаждут не просто возмездия. Нам нужна только наша Победа» Александр Дугин — об убийстве своей дочери“ (ru). Meduza (2022-yil 22-avgust).
  33. „ООН призвала установить все факты в деле об убийстве Дарьи Дугиной“ (ru). Vedomosti. Qaraldi: 2022-yil 23-avgust.
  34. „«Человек с настоящим русским сердцем». Путин выразил соболезнования семье убитой Дарьи Дугиной“ (ru). Meduza (2022-yil 22-avgust).
  35. „Putin confers Order For Courage on Dugina“ (en-US). Yahoo! News. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  36. „Папа римский назвал гибель Дугиной примером безумия войны“ (ru). Ria Novosti (2022-yil 24-avgust).
  37. Pullella, Philip. „Pope warns of "nuclear disaster" risk at Ukraine's Zaporizhzhia plant“. Reuters (2022-yil 24-avgust). Qaraldi: 2022-yil 24-avgust. „Francis condemned wars as "madness" and referred to the death of Darya Dugina“.
  38. Nadeau, Barbie Latza. „Ukraine Angry After Pope Francis Calls Darya Dugina ‘Innocent’ War Victim“ (en). The Daily Beast (2022-yil 24-avgust).
  39. „Ukrainian Ambassador Outraged after Pope Laments Death of ‘Innocent’ Russian Ultra-Nationalist Daria Dugina“. Yahoo News (2022-yil 24-avgust).
  40. ERR. „Minister: FSB claim of alleged assassin fleeing to Estonia is provocation“ (en). ERR (2022-yil 23-avgust). Qaraldi: 2022-yil 25-avgust.
  41. „Car Bomb Kills Daughter of Kremlin Hardline Ideologue“. The Moscow Times (2022-yil 21-avgust). 2022-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.
  42. „Darya Dugina: Ukraine killed Putin ally's daughter, Russia says“. BBC News (2022-yil 22-avgust).
  43. „ФСБ раскрыла убийство дочери Дугина“ (ru). Interfax (2022-yil 22-avgust).
  44. „Russia blames Ukraine for nationalist's car bombing death“. Washington Post (2022-yil 22-avgust).
  45. Troianovski, Anton; Nechepurenko, Ivan; Gettleman, Jeffrey. „Russia Opens Murder Investigation After Blast Kills Daughter of Putin Ally“ (en-US). The New York Times (2022-yil 21-avgust). 2022-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  46. „A car bomb killed the daughter of a Putin ideologist Saturday. Ukraine denies involvement: 'We are not a criminal state like Russian Federation'“ (en). Fortune. 2022-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  47. Harding. „Ex-Russian MP claims Russian partisans responsible for Moscow car bomb“ (en-UK). The Guardian (2022-yil 21-avgust). 2022-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.
  48. „Илья Пономарев: «Ответственность за взрыв автомобиля Дарьи Дугиной взяла на себя "Национальная республиканская армия"»“. Утро Февраля (2022-yil 21-avgust). Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.
  49. Smart. „Exclusive interview: Russia's NRA Begins Activism - KyivPost - Ukraine's Global Voice“. KyivPost (2022-yil 23-avgust). Qaraldi: 2022-yil 23-avgust.
  50. 50,0 50,1 „"Они видели, что в машину садятся два человека. И думали, что второй — Дугин" Интервью Ильи Пономарева. Он комментирует убийство Дугиной от лица мистической "Национальной республиканской армии", которая, по его словам, устроила этот взрыв“ (ru). Meduza. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  51. „Знищення Дугіної. Насильницький супротив буде зростати, іншого шляху немає – Ілля Пономарьов“. YouTube. Радіо НВ.
  52. 52,0 52,1 „Илья Пономарев: «Ответственность за взрыв автомобиля Дарьи Дугиной взяла на себя "Национальная республиканская армия"»“. Утро Февраля (2022-yil 21-avgust). Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.
  53. „Suspected car bomb kills daughter of Russian nationalist known as 'Putin's brain'“. Associated Press (2022-yil 21-avgust). Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.
  54. Sabbagh. „Ukraine braces for intensified attacks after Moscow car bomb killing“ (en). The Guardian (2022-yil 21-avgust). Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.
  55. „Russia accuses Ukraine of killing nationalist's daughter, Putin gives her award“ (en). Reuters (2022-yil 22-avgust). Qaraldi: 2022-yil 25-avgust.
  56. „«Они видели, что в машину садятся два человека. И думали, что второй — Дугин» Интервью Ильи Пономарева. Он комментирует убийство Дугиной от лица мистической «Национальной республиканской армии», которая, по его словам, устроила этот взрыв“ (ru). Meduza. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  57. „‘Our task is to finish off Putin’ Ex-lawmaker Ilya Ponomarev on Daria Dugina’s death, the National Republican Army, and bringing down the Russian regime“ (en). Meduza. Qaraldi: 2022-yil 23-avgust.
  58. Rothrock. „The Russia Guy #199“. Telegram. The Russia Guy. Qaraldi: 2022-yil 23-avgust.
  59. Young. „The Dugina Killing Aftermath“ (en-US). The Bulwark (2022-yil 25-avgust). Qaraldi: 2022-yil 25-avgust.
  60. Welle (www.dw.com), Deutsche, Nobody had previously ever heard of the National Republican Army: Prof. Sergey Radchenko | DW | 22.08.2022 (ingliz (Britaniya)), 2022-09-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-08-23
  61. Obscure group claims responsibility for Russian car bombing | DW News (inglizcha), qaraldi: 2022-08-25

Havolalar

tahrir