Eduard Momotov (ruscha: Момотов, Эдуард Евгеньевич; 1970-yil 22-yanvarda tugʻilgan) – oʻzbek professional futbol murabbiyi, sobiq futbolchi. Momotov Rossiya fuqaroligiga ham ega. Eduard Novokuznetsk futbol klubi murabbiyi.

Eduard Momotov
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 22-yanvar 1970-yil (1970-01-22) (54 yosh)
Tavallud joyi Oʻskemen, Qozogʻiston SSR
Boʻyi 1.78 m (5 ft 10 in)
Ampluasi Himoyachi/Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
FC Novokuznetsk (murabbiy)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1989 FC Vostok 32 (2)
1990 FC Ximik Jambul 39 (2)
1991 FC Vostok 16 (0)
1991 FC Ximik Jambul 13 (1)
1992—1995 FK Neftchi Fargʻona 87 (13)
1996—1997 Navbahor Namangan 56 (10)
1998—1999 FC Chernomorets Novorossiysk 34 (0)
2001—2005 FC Metallurg-Kuzbass Novokuznetsk 113 (1)
Milliy terma jamoa
1996—1998 Oʻzbekiston 15 (0)
Boshqargan klublari
2008—2009 FC Metallurg-Kuzbass Novokuznetsk (assistant)
2010—2012 FC KUZBASS Kemerovo
2014—2016 FC Shakhtyor Prokopyevsk
2017— FC Novokuznetsk
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati

tahrir

Jamoalardagi faoliyati

tahrir

Sportchi oilada tugʻilgan. Eduardning otasi Yevgeniy ham futbolchi va murabbiy boʻlgan. 4 yoshidan boshlab Momotov xokkey bilan shugʻullana boshlagan, ammo 9 yoshida qoʻlidan olgan jarohati tufayli u faoliyat turini oʻzgartirishga qaror qilgan. Ust-Kamenogorsk oʻsmirlar sport maktabida futbolga yozilgan va 1989-yilda „Vostok“ klubi yoshlar jamoasiga qoʻshildi va keyingi mavsumda bosh murabbiy Sergey Gorohovodatskiyning ishonchini qozonib, asosiy jamoada oʻynagan. Chempionat yakunlangach, Eduard Jambulning „Ximik“ klubiga koʻchib oʻtgan, biroq koʻp oʻtmay „Vostok“ klubiga qaytdgan.

Eduard 1992-yili Oʻzbekiston chempionati Oliy ligasida oʻynagan Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga oʻtgan[1]. Momotov „Neftchi“ jamoasida oʻynagan toʻrt mavsum davomida klub Oʻzbekiston chempionatida 4 ta oltin medalni qoʻlga kiritgan, Osiyo chempionlar ligasida uchinchi oʻrin sohibi boʻldi va Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritgan. Futbolchi 87 ta oʻyinda qatnashib, 13 ta gol urdi.

1996--yilgi mavsumda Eduard Fargʻona vodiysining boshqa bir jamoasi „Navbahor“ klubiga oʻtib, besh karra mamlakat chempioni boʻlgan[2]. 1998-yilda Momotov Rossiya chempionatining yuqori divizioni ishtirokchisi boʻlgan „Chernomorets Novorossiysk“ safiga qoʻshildi va ikki mavsum oʻynagan. 2002-yildan 2006-yilgacha, faoliyati yakunigacha Novokuznetskning „Metallurg“ jamoasida oʻynagan[1].

Milliy terma jamoadagi faoliyati

tahrir

Momotov asli qozogʻistonlik boʻlishiga qaramay, oʻz vatani terma jamoasida oʻynash uchun hech qanday taklif olmagani sababli Oʻzbekiston sharafini himoya qilishga qaror qilgan. Eduard milliy terma jamoasidagi debyutini 1996-yil 19-iyunda Tojikistonga qarshi Osiyo Kubogi bahsida oʻtkazdi. Momotov terma jamoa safida jami 15 ta oʻyin oʻtkazgan. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida Osiyo kubogi – 1996 turnirida qatnashgan.

Murabbiylik karyerasi

tahrir

Momotov faoliyatini yakunlagach, „Metallurg“ tizimida qolib, Rossiya Oliy murabbiylar maktabida tahsil olayotgan paytda yoshlar jamoasi bosh murabbiyi boʻlgan. Eduard, shuningdek, Kuzbass (2010—2013), Prokopyevsk va Novokuznetskning „Shaxtyor“ klublarining ustozi boʻlgan. 2020/2021-yilgi mavsumda u Cherkesning „Inter“ klubida yordamchi murabbiy boʻlib ishlagan (klub 2021-yilda tarqatib yuborilgan)[3].

Yutuqlari

tahrir
  • Oʻzbekiston chempioni: 1992, 1993, 1994, 1995, 1996.
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi: 1994

Shaxsiy hayoti

tahrir

Momotov sobiq xokkeychi Yevgeniy Momotovning oʻgʻli[4].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Забытые имена. Эдуард Момотов“. 5-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-dekabr 2021-yil.
  2. „Eduard Momatov“ (2022). 2022-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022.
  3. „Профиль на сайте Transfermarkt“. 6-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-dekabr 2021-yil.
  4. „Evgeni Momotov“ (2022-yil 3-sentyabr). 2021-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-sentyabr.

Havolalar

tahrir