Ey, sinfdosh
oʻzbek xonandasi Janob Mirzo ijro etgan qoʻshiq
„Ey, sinfdosh“ (shunchaki „Ey sinfdosh“ oʻlaroq ham yoziladi) — Janob Mirzo (haqiqiy ismi Mirzohid Sodiqov) ijro etgan qoʻshiq. 1991-yil eʼlon qilingan. Qoʻshiq soʻzini ham, kuyini ham Janob Mirzo 17 yoshida, maktabni tamomlayotgan paytida yozgan[1]. Janob Mirzo taronani ilk bor Andijon shahridagi 46-umumtaʼlim maktabida ijro etgan[2]. Qoʻshiq Janob Mirzoning 1990- va 1994-yil chiqarilgan albomlariga kiritilgan.
„Ey, sinfdosh“ | |
---|---|
Janob Mirzo qoʻshigʻi | |
Chiqarilgan sanasi | 1991 |
Yozib olingan | 1991 |
Janr | pop |
Davomiyligi | 5:10 |
Matn muallif(lar)i | Janob Mirzo |
Prodyuser(lar) | Janob Mirzo |
„Ey, sinfdosh“ qoʻshigʻi „Xayr, maktabim!“ qoʻshigʻi bilan bir qatorda Oʻzbekiston va qoʻshni mamlakatlarda yashovchi oʻzbeklar orasida maktab bitiruvchilari madhiyasiga aylangan. Qoʻshiqni bugunga qadar bir necha xonanda va guruh, jumladan, „Shahrizoda“ guruhi hamda Sardor Rahimxon kaver qilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Bitiruvchilar madhiyasi — “Xayr maktabim” 22 yoshda: Qoʻshiq qanday yaratilgani hamda unga nima sababdan kamxarj klip olingani haqida (video)“. Daryo (25-may 2022-yil). Qaraldi: 1-iyun 2022-yil.
- ↑ „"Ey, sinfdosh, unutma do‘stlaringni"- mashhur qo‘shiqni kim birinchi kuylagan edi?“. YouTube (26-may 2021-yil). Qaraldi: 5-dekabr 2022-yil.