FC Torpedo Moskva
"Torpedo Moskva" futbol klubi (ruscha: ФК "Торпедо" Москва, FK Torpedo Moskva) – „Torpedo Moskva“ nomi bilan tanilgan, 1924-yilda tashkil etilgan va Moskvada joylashgan Rossiya professional futbol klubi.
Toʻliq nomi | Moskvaning Torpedo futbol klubi | |
---|---|---|
Laqabi | Чёрно-белые (Qora va oqlar), Автозаводцы (Avtomobil zavodi ishchilari) | |
Asos solingan | 17 August 1924 | |
Arena Khimki (zaxira) | ||
Sigʻimi | 81,000 | |
Raisi | Aleksandr Volnushkin | |
Direktori | Oleg Kononov | |
Liga | Rossiya birinchi ligasi | |
Oʻrni | 10th of 18 | |
Vebsayti | Klub sayti | |
| ||
„Torpedo“ tarixan sovet davrida ham mamlakat ichida, ham Yevropada katta muvaffaqiyatlarga erishgan Moskvaning yirik klublaridan biri hisoblanadi. Biroq, yaqin tarixda klub moliyaviy muammolar va yomon boshqaruvdan aziyat chekgan. 1938-yildan beri klub SSSR Oliy ligasida ishtirok etishni boshlagan boʻlib „Torpedo“ Rossiya Premyer-ligasining 2006-yilgi mavsumidan soʻng oʻz tarixida birinchi marta quyi ligaga tushib ketgan. 2007-yildan 2024/2025-yillarda asosan Rossiya birinchi ligasida ishtirok etgan. 2014/2015, 2022/2023-yilgi mavsumlarda jamoa Rossiya Premyer-ligasida oʻynagan.
Tarix
tahrirIsmlar tarixi
tahrir- 1930—1932 – AMO „Avtomobilnoe Moskovskoe Obshchestvo“ (AMO) ga tegishli.
- 1933—1936 – ZIS, AMO zavoi nomidan keyin Zavod Imeni Stalina (ZIS) ga oʻzgartirilgan.
- 1936—1996 – Torpedo Moskva Sovet „B“ ligasining asoschilaridan biri sifatida shu nomaga oʻzgartirilgan.
- 1996—1998 – Torpedo-Lujniki, Lujniki korporatsiyasining mulkiga aylanganidan soʻng shu nomga oʻzgartirilgan.
- 1998-yildan hozirgi kungacha – Torpedo Moskva
Klub tarixi
tahrir„Torpedo“ uch marta Sovet Ittifoqi Oliy ligasi chempionligini qoʻlga kiritgan va yetti marta mamlakat kubogini qoʻlga kiritgan. „Qora-oqlar“ laqabini olgan Torpedo 1950—1960-yillarning yorqin hujumchisi, „rus Pelesi“ nomi bilan tanilgan Eduard Streltsov davridan beri klub Rossiya futbolida asosiy kuchga aylanmagan. Torpedo jamoasining oʻtmishdagi shon-sharafiga uchta SSSR chempionligi (1960, 1965 va 1976-yil kuzi), oltita SSSR kubogi (1949, 1952, 1960, 1968, 1972, 1986), bitta Rossiya kubogi (1993) gʻoliblilari kiradi. Shuningdek jamoa UEFA kubogi musobaqasida 2 ta va 1991-yilda Ciutat de Lleida Trophy musoboqasida 1 ta oʻyin oʻtkazgan.
Klub 1990-yillarning oʻrtalarida inqirozga qadar ZIL avtomobil zavodiga tegishli edi. ZiL zavodining inqirozi sababli klub Lujniki mulkiga aylangan va Torpedo oʻzining tarixiy joyini tark etib, shahar boʻylab Lujnikiga koʻchib oʻtgan. Bu davrda jamoa nomi (1996—1997) Torpedo-Lujnikiga oʻzgartirilgan. Keyinchalik jamoasi Torpedo Moskva nomini qayta olgan.
1996-yilda ZIL zavodi Moskvaning „Torpedo“ klubini sotgandan soʻng, „Torpedo-ZIL“ jamoasini (1997) tashkil etgan. Yangi Torpedo nomi ostida tashkil etilgan jamoa Rossiya uchinchi ligasida debyut qilgan va 2000-yilda Rossiya Premyer-ligasiga sihtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan. Premyer-ligaga chiqqanidan soʻng jamoa nomi FC Moskva nomiga oʻzgartirilgan. Biroq, bu yangi jamoa moliyaviy inqiroz sababli 2010-yilgi mavsumni Havaskor futbol ligasida oʻtkazgan, uning egasi va bosh homiysi MMC Norilsk Nikel moliyalashtirishni toʻxtatganidan keyin tarqatib yuborilgan.
ZIL zavodi 2003-yilda „Torpedo-ZIL“ jamoasini sotgandan soʻng, uchinchi divizionda oʻynashni boshlagan „Torpedo-ZIL“ (2003) jamoasini tashkil etgan. Biroq, bu jamoa ham 2011-yilda Birinchi ligaga koʻtarilish harakatlari muvaffaqiyatsizlikka uchragach, tarqatib yuborilgan.
SC Lujniki korporatsiyasi qoʻl ostida (1996—2009), Torpedo Moskva 2006-yilda Birinchi divizionga tushib ketgan va moliyavaiy qiyinchiliklardan soʻng ikkinchi divizionga tushib ketgan. 2009-yil boshida Lujniki korporatsiyasi jamoani yana ZiL zavodiga sotgan. ZIL Torpedo Moskva va Torpedo-ZIL (2003) jamoalarini birlashtiradi, deb taxmin qilingan edi. Keyinchalik jamoalar birlashtirilmadi va buning oʻrniga mustaqil Torpedo Moskva jamoasi 2009-yilni Havaskorlar futbol ligasida oʻtkazgan va ikki mavsum davomida jamoaga tajribali futbolchilarni jalb etilishi natijasida 2011-yilda Birinchi ligaga qaytgan.
2012/2013-yilgi mavsumda Torpedo Rossiya Ikkinchi ligasiga tushib ketishdan arang qutulib qolgan. Chempionat yakuniga koʻra, oʻz vaqtida „Torpedo“da toʻp surgan 42 yoshli Vladimir Kazakov klub bosh murabbiyligiga tayinlangan. Yuqori saviyada oʻynash tajribasiga ega boʻlgan bir nechta oʻyinchilar xarid qilingan. Biroq dastlabki 6 uchrashuvda qora-oqlar atigi ikki ochko ishlab olishga muvaffaq boʻldi, Kazakov aybni oʻz zimmasiga oldi va isteʼfoga chiqgan.
2013-yilda Aleksandr Borodyuk boshchiligidagi jamoa raqobatbardosh boʻla boshladi. Natijada 2013/2014-yilgi mavsumda uchinchi oʻrinni egallagan va Premyer-ligaga chiqish uchun pley-off yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan. Jamoa 2014-yil 18-may kuni shahar chetidagi Ramenskoye stadionida boʻlib oʻtgan oʻyinda, avvalgi mavsumda 14-oʻrinni egallagan Premyer-liga jamoasi „Krilya Sovetov Samara“ni 2:0 hisobida magʻlub etgan. 22-may kuni Samaradagi „Metallurg“ stadionida kechgan javob uchrashuvida „ Torpedo“ durang natija qayd etgan va shu tariqa umumiy hisobda gʻalaba qozongan va sakkiz yillik tanaffusdan soʻng Premyer-ligaga qaytgan.
2014/2015-yilgi mavsum Premyer-ligada Torpedo uchun yomon boshlangan. Birinchi oʻyinda klub Moskvaning CSKA jamoasiga 1:4 hisobida magʻlub boʻlgan. Mavsum oxirida jamoa 15-oʻrinni egallaganidan soʻng, Rossiya futbol milliy ligasiga (Rossiya birinchi ligasi) tushib ketgan. Moliyaviy qoʻllab quvvatlovning yoʻqligi sababli, „Torpedo“ faqat 2015/2016-yilgi mavsumda uchinchi darajali Rossiya Professional Futbol Ligasida oʻynash uchun litsenziya olishi mumkin edi va shu bilan Rossiyaning 3-darajali ligaasiga tushib ketgan.
2017-yilda rossiyalik milliarder, Ingrad koʻchmas mulkni rivojlantirish kompaniyasi va Rossium konserni rahbari Roman Avdeyev Torpedo jamoasini sotib olgan.
Torpedo klubining uy stadioni Eduard Streltsov stadioni ham „Rossium“ korporatsiyasiga tegishli. 2017-yilda Roman Avdeyev stadionni rekonstruksiya qilishni eʼlon qilgan. Ishlar 2019—2020-yillarda boshlangan, va ishlar tugallangach, sigʻimi 15 000 (barcha oʻrinli) boʻlgan.
2018-yil iyul oyida Erving Botakaning Moskvaning „Torpedo“ klubiga qaytishi muvaffaqiyatsizlikka uchragani, ultras qora tanli futbolchining klubda oʻynashiga ruxsat bermagani sababli klub uning shartnomasini bekor qilgani haqida xabar berilgan edi. Keyinchalik Torpedo buni rasmiy bayonot orqali rad etdi, ammo Torpedo ultras oʻz bayonotida qatʼiy edi[1]. Torpedoga Moskva va Ingrad kredit banki oʻzaro homiylik kelishuviga erishgan. 2018/2019-yilgi mavsum oxirida jamoa FNLga koʻtarilishga erishgan.
„Torpedo“ 2022-yil 21-may kuni Rossiya futbol milliy ligasida gʻalaba qozonib, Premyer-ligaga qaytishni taʼminlagan[2].
Raqobat va qoʻllab quvvatlash
tahrir"Torpedo" muxlislari klubi „Spartak“ muxlislar fan-klubi bilan yaqin aloqalarga ega. „Torpedo“ jamoasining raqobati Moskvaning boshqa klublari („Spartak“dan tashqari), „Lokomotiv“, „CSKA“ va „Dinamo“ jamoalari bilan boʻlib, bu jamoalarga qarshi Moskva derbilarida muxlislar alohida tayyorgarlik koʻrishadi.
Xabar qilinishicha, baʼzi muxlislar oʻyin paytida ham, oʻyindan tashqarida ham oʻta oʻng tomondagi belgilar va bannerlarni koʻrsatishgan, masalan, Seltik xochi va Svastika. bu haqda bir necha marta OAV tomonidan salbiy xabar berilgan[3][4].
Formalar, toʻplam yetkazib beruvchilar va homiylar
tahrirHamkorlik davri | Ishlab chiqaruvchi | Hamkorlik davri | Sovrin homiysi |
---|---|---|---|
1976—1990 | Adidas | 1976—1987 | Homiylar yoʻq |
1988—1990 | Danieli | ||
1990—1996 | Umbro | 1990—1991 | Kodak Copiers |
1991—1996 | Holsten | ||
1997—1998 | Reebok | 1997 | Homiylar yoʻq |
1998 | Reebok | ||
1999—2003 | Diadora | 1999 | Homiylar yoʻq |
2000 | Rosneft | ||
2001—2003 | Homiylar yoʻq | ||
2004 | Le Coq Sportif | 2004 | |
2005—2009 | Umbro | 2005—2008 | |
2009 | Energy Consulting | ||
2010 | Adidas[5] | 2010 | |
2011—2012 | Umbro | 2011—2012 | Agent.ru |
2012—2013 | Adidas | 2012—2013 | ZiL |
2013—2018 | Legea | 2013 | Homiylar yoʻq |
2014—2015 | Gorenje[6] | ||
2018—2019 | Joma | 2018—2022 | INGRAD |
2019—2020 | Macron | ||
2020—2022 | Nike | ||
2022—2023 | Puma | 2022—2024 | Pari |
2023—2024 | Wildberries | ||
2024— | Puma | 2024— | Tennisi bet |
Yutuqlari
tahrirMahalliy musobaqalar
tahrir- Rossiya milliy futbol ligasi
- Gʻoliblar (1): 2021-22
- Sovet oliy ligasi:
- Gʻoliblar (3): 1960, 1965, 1976 (kuz)
- Ikkinchi oʻrin (3): 1957, 1961, 1964
- Sovet kubogi / Rossiya kubogi:
- Gʻoliblar (7): 1949 , 1952, 1960, 1968, 1972, 1985-86, 1992-93
- Ikkinchi oʻrin (9): 1947, 1958, 1961, 1966, 1977, 1982, 1988-88, 1988-89, 1990-91
- Sovet Superkubogi:
- Ikkinchi oʻrin (1): 1987-yil
Norasmiy
tahrir- Ciutat de Lleida kubogi: 1
- 1991-yil
Yevropa musoboqalarida ishtirok
tahrirMoskvaning „Torpedo“ klubining Yevropadagi eng yaxshi ishtiroki 1990/1991-yilgi UEFA Kubogi chorak finaliga qadar etib borishi, penaltilar seriyasida „Brøndby“ jamoasiga yutqazishi va 1986–87 yilgi Yevropa kubogi gʻoliblari kubogining chorak finalida „Bordo“ klubiga safardagi gollar evaziga magʻlub boʻlishgan.
Yoshlar tizimi
tahrirTorpedo Rossiyadagi eng yaxshi va eng yirik futbol taʼlim tuzilmalaridan biriga ega. Klub akademiyasidan tortib, klub bilan bogʻliq boʻlgan shahar boʻylab bir nechta futbol maktablarigacha, ularga moliyaviy va texnik yordam koʻrsatadi[7]. Keyinchalik klub akademiyasiga aylanadigan Torpedo futbol maktabi 1957-yilda tashkil etilgan va anʼanaviy ravishda Rossiyadagi eng kuchli futbolchilarni tayyorlaydigan futbol maktablaridan biri boʻlib kelgan, koʻplab oʻyinchilar asosiy jamoaga oʻtishgan, asosiy jamoaga jalb etilmagan oʻyinchilar esa Rossiya ligasining turli xil jamoalarida oʻz oʻrinlarini topishgan. Torpedo maktabi tarixning turli davrlarida Torpedo-ZIL va FK Moskvaning yurisdiktsiyasi ostida boʻlib, klub egaligi oʻzgargan[8].
Klub Rossiyaning tarixdagi eng muhim futbolchilarini, jumladan, milliy terma jamoa afsonalari, egizak aka-uka Aleksey Berezutskiy va Vasiliy Berezutskiy, keyinchalik klubni boshqaradigan Sergey Ignashevich va „Torpedo“ stadioni uning nomi bilan atalgangan klub afsonasi Eduard Streltsovni tarbiyalagan. Klubning mashhur akademiyasining boshqa bitiruvchilari orasida „Chelsea“ va „Seltik“ jamoalarining sobiq darvozaboni Dmitriy Xarin, „Zenit“ darvozaboni Andrey Lunyov, Pavel Mamayev, Kirill Nababkin, Valentin Ivanov, Valeriy Voronin, Aleksandr Ryazantsev bor.
„Torpedo“ jamoasining zaxira tarkibi, oʻz akademiyasining eng yuqori darajasi, Rossiya futbol piramidasida Torpedo-d Moskva (1992–1993-yillarda Rossiya Ikkinchi Ligasi, 1994–1995-yillarda Rossiya Uchinchi Ligasi), Torpedo-Lujniki-d Moskva (1996–1997-yillarda Rossiya uchinchi ligasi) va FK Torpedo-2 Moskva (1998–2000-yillarda Rossiya Ikkinchi divizioni) nomlari ostida professional ligalarda oʻynagan. Oʻsha davrdan beri farm jamoa "Torpedo-M" nomi bilan yoshlar futboliga qaytgan[9][10].
Oʻyinchilar
tahrirJoriy tarkib
tahrir2024-yil 17-avgust holatiga koʻra, Rossiya Birinchi Ligasi rasmiy sayti
|
|
Qaydnomaga kiritilmagan futbolchilar
tahrir
|
Ijaraga berilgan futbolchilar
tahrir
|
Xodimlar
tahrirLavozim | Name | Nationality |
---|---|---|
Bosh murabbiy | Oleg Kononov | |
Katta murabbiy: | Vitali Yatsko | |
Yordamchi murabbiy: | Pavel Kirilchik | |
Darvozabonlar murabbiyi: | Igor Telkov | |
Katta jismoniy tayyorgarlik murabbiyi | Ramil Sharipov | |
Jismoniy tayyorgarlik murabbiyi: | Dmitri Goryainov | |
Fizoterapevt: | Artyom Goryainov | |
Tahlilchi: | Igor Stebenev | |
Jamoa nazoratchisi: | Valeri Skorodumov | |
Administrator: | Aleksandr Petrov | |
Administrator: | Aleksandr Nikolaev | |
Administrator: | Artyom Andreyev | |
Bosh shifokor: | Kirill Ivanov | |
Shifokor: | Yan Gobedashvili | |
Fizioterapevt: | Aleksei Zavgorodni | |
Reabilitolog-fizioterapevt: | Ilya Nabatchikov | |
Massajchi: | Aleksandr Krasilnikov | |
Massajchi: | Stjepko Škreblin | Xorvatiya |
Jamoa operatori: | Andrei Sherstobitov |
Mashhur futbolchilar
tahrirNomi qalin harflar bilan yozilgan oʻyinchilar Torpedoda oʻynab, oʻz mamlakatlarining terma jamalarida oʻynaganliklarini bildiradi.
Toʻliq roʻyxat uchun Turkum: FC Torpedo Moskva oʻyinchilariga qarang.
Futbolchilar natijalari
tahrirEng koʻp oʻyinda ishtirok etganlar
tahrirOʻyin 2007-yil 20-aprelda boʻlib oʻtgan va rasmiy saytga koʻra. Qalin yozilgan oʻyinchilar hozirda Moskvaning „Torpedo“ jamoasida oʻynashmoqda.
№ | Ism | Faoliyat | Oʻtkazilgan oʻyinlar |
---|---|---|---|
1 | Viktor Shustikov | 1958–1972 | 427 |
2 | Sergei Prigoda | 1976–1988 | 325 |
3 | Aleksandr Polukarov | 1980–1991 | 319 |
4 | Vladimir Yurin | 1970–1980 | 304 |
5 | Valentin Ivanov | 1953–1966 | 286 |
6 | Sergei Petrenko | 1974–1985 | 276 |
7 | Leonid Pakhomov | 1967–1976 | 261 |
8 | Vasiliy Zhupikov | 1977–1985 | 255 |
9 | Viktor Kruglov | 1975–1981, 1984–1986 | 231 |
10 | Vladimir Buturlakin | 1970, 1972–1980 | 226 |
Eng koʻp kiritilgan gollar
tahrir№ | Ism | Faoliyat | Gollar |
---|---|---|---|
1 | Valentin Ivanov | 1953–1966 | 124 |
2 | Eduard Streltsov | 1954–1958, 1965–1970 | 100 |
3 | Aleksandr Ponomaryov | 1945–1950 | 83 |
4 | Gennadiy Gusarov | 1957–1962 | 67 |
5 | Georgiy Zharkov | 1939–1940, 1945–1951 | 63 |
6 | Pyotr Petrov | 1938–40, 1945–1949 | 54 |
7 | Igor Semshov | 1998–2005 | 54 |
8 | Yuri Savichev | 1985–1990 | 47 |
9 | Nikolai Vasilyev | 1976–1985 | 45 |
10 | Oleg Sergeev | 1958–1966 | 43 |
Boshqaruv tarixi
tahrirYillar | Ism | Yutuqlar | Izohlar |
---|---|---|---|
1932–34 | Sergei Bukhteyev (1896–1948) | Russian champion 1922 (SKZ, player)
died in GULAG | |
1936–37 | Nikolai Nikitin (1895–1960) | organized Moscow youth football school
replaced in July | |
1937–39 | Sergei Bukhteyev (1896–1948) | replaced in May | |
1939–40 | Konstantin Kvashnin (1898–1982) | ||
1945 | Viktor Maslov (1910–77) | player of RDPK (1930), AMO, ZiS (1931–35), Torpedo (1936–40)
for Torpedo 66 games, 1 goal replaced in August | |
1945–46 | Fyodor Selin (1899–1960) | Bronze (Soviet Top League) | |
1946–48 | Viktor Maslov (1910–77) | Lost in finals to Spartak 1–2 | replaced in July |
1948–49 | Nikolai Nikitin (1895–1960) | replaced in May | |
1949–50 | Konstantin Kvashnin (1898–1982) | First Soviet Cup (FC Dynamo Moscow 2–1) | replaced at the end 1950 |
1951 | Vladimir Moshkarin (1914–94) | Torpedo (1945–50) 89 games, 2 goals
replaced in July | |
1951 | Andrei Rzhevtsev (1910–98) | replaced at the end of 1951 | |
1952–53 | Viktor Maslov (1910–77) | Second Soviet Cup (Spartak Moscow 1–0) | replaced in August |
1953–55 | Nikolai Morozov (1916–81) | Bronze (Soviet Top League) | Torpedo (1938–49) 153 games, 5 goals
replaced in October |
1956 | Konstantin Beskov (1920–2006) | coached six Moscow teams at the Top level | |
1957–61 | Viktor Maslov (1910–77) | First title (1960),
third Soviet Cup (Dinamo Tbilisi 4–3 aet), silver twice (Soviet Top League), Soviet Cup finalist twice |
|
1962 | Georgi Zharkov (1918–81) | Torpedo (1939–51) 191 games, 63 goals | |
1963 | Yuriy Zolotov (1929–98) | Torpedo (1950–56) 60 games, 13 goals
part of club’s staff (1959–94 with breaks) replaced in April | |
1963 | Nikolai Morozov (1916–81) | ||
1964–66 | Viktor Maryenko (1929–2007) | Second title (1965),
Silver (Soviet Top League), Soviet Cup finalist (Dynamo Kyiv 0–2) |
Torpedo (1954–59) 88 games, 1 goal
coach of youth school 1981, 1988–92 |
1967 | Nikolai Morozov (1916–81) | replaced in July | |
1967–70 | Valentin Ivanov (1934–2011) | Fourth Soviet Cup (Paxtakor Toshkent 1–0),
silver (Soviet Top League) |
Torpedo (1952–66) 287 games, 124 goals |
1971–73 | Viktor Maslov (1910–77) | Fifth Soviet Cup (Spartak Moscow 0–0, 1–1, pk 5–1) | replaced in August |
1973–78 | Valentin Ivanov (1934–2011) | Third and last title (fall’76),
bronze (Soviet Top League), Soviet Cup finalist (FC Dynamo Moscow 0–1) |
|
1979–80 | Vladimir Salkov (1937–) | replaced in July | |
1980–91 | Valentin Ivanov (1934–2011) | Sixth Soviet Cup (Shakhtar Donetsk 1–0),
bronze (Soviet Top League), Soviet Cup finalist four other times |
replaced in September |
1991–92 | Yevgeni Skomorokhov (1945–2002) | Bronze (Soviet Top League) | replaced in August |
1992–94 | Yury Mironov (1948–) | First Russian Cup (CSKA Moscow 1–1, pk 5–3) | Torpedo (1970–71, 1975–78) 85 games
replaced in July |
1994 | Sergei Petrenko (1955–) | Torpedo (1972–85) 276 games, 23 goals
coached Torpedo-ZiL (later) replaced in August | |
1994–96 | Valentin Ivanov (1934–2011) | ||
1997–98 | Aleksandr Tarkhanov (1954–) | replaced in May | |
1998 | Valentin Ivanov (1934–2011) | ||
1999–2002 | Vitaly Shevchenko (1951–) | Bronze (Russian Premier League) | replaced in July |
2002–06 | Sergei Petrenko (1955–) | replaced in September | |
2006 | Aleksandr Gostenin (1955–) | Torpedo (1981–86) 145 games
replaced in November | |
2007 | Georgi Yartsev (1948–) | replaced in June | |
2007 | Vyacheslav Dayev (1972–) | Torpedo (1999–2001) 87 games, 8 goals
replaced in July | |
2007–08 | Ravil Sabitov (1968–) | replaced in May | |
2008–09 | Vyacheslav Dayev (1972–) | ||
2010 | Sergei Pavlov (1955–) | ||
2010–12 | Igor Chugainov (1970–) | ||
2012 | Mikhail Belov (1966–) | ||
2012–13 | Boris Ignatyev (1940–) | ||
2013 | Nikolai Savichev (1965–) | ||
2013–14 | Aleksandr Borodyuk (1962–) | ||
2014 | Nikolai Savichev (1965–) | ||
2014–16 | Valery Petrakov (1958–) | ||
2016–17 | Viktor Bulatov (1972–) | ||
2017–19 | Igor Kolyvanov (1968–) | ||
2019–2020 | Nikolai Savichev (1965–) | ||
2020–2021 | Sergey Ignashevich (1979–) | ||
2021–2022 | Aleksandr Borodyuk (1962–) | ||
2022 | Nikolai Savichev (1965–) | ||
2022–2023 | Andrei Talalaev (1972–) | ||
2023 | Pep Clotet (1977–) | ||
2023 | Artyom Gorlov (1987–) | ||
2023–2024 | Artyom Gorlov (1987–) |
Manbalar
tahrir- ↑ „Erving Botaka-Yobama: Torpedo Moscow cancel deal for black defender but deny racism“ (en-GB). BBC Sport (2018-yil 20-iyul). 2019-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-avgust.
- ↑ „"ТОРПЕДО" – ПОБЕДИТЕЛЬ ОЛИМП-ФНЛ, "ФАКЕЛ" СТАЛ ВТОРЫМ“ (ru). Russian Football National League (2022-yil 21-may). 2022-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-may.
- ↑ „Torpedo Moscow given another stadium ban after fans display Nazi symbol“ (en). the Guardian (2015-yil 7-aprel). Qaraldi: 2022-yil 29-oktyabr.
- ↑ „Torpedo Moscow punished for fans' Nazi-symbol banner“ (en-us). Sports Illustrated (2015-yil 7-aprel). Qaraldi: 2022-yil 29-oktyabr.
- ↑ „В следующем сезоне "Торпедо" будет играть в Adidas“. onedivision.ru. 2014-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-may.
- ↑ „Gorenje официальный спонсор ФК Торпедо с 2014 года“. 2015-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-mart.
- ↑ „ДЮСШ "Торпедо"“ (ru). FC Torpedo Moscow (2020-yil 20-iyun). 2021-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-iyun.
- ↑ „СШОР "Юность Москвы – Торпедо"“ (ru). FC Torpedo Moscow (2020-yil 20-iyun). 2021-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-iyun.
- ↑ „МОЛОДЕЖКА "ТОРПЕДО"“ (ru). FC Torpedo Moscow (2020-yil 20-iyun). 2021-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-iyun.
- ↑ „ru:«Торпедо» объявило о создании второй команды“ (Russian). Championat.ru (2022-yil 13-iyun). 2022-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-iyun.
- ↑ „Тренерский штаб“ (ru). FC Torpedo Moscow (2021-yil 6-iyun). 2021-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-iyun.
Havolalar
tahrirVikiomborda FC Torpedo Moskva haqida turkum mavjud |
- FC Torpedo Moskva Rasmiy veb sayti
- A Farewell to Arms: Goodbye Torpedo Moscow (Wayback Machine saytida 4 March 2016 sanasida arxivlangan)