Dinamo – Moskva shahri futbol klubi. Futbol boʻyicha SSSR chempionatining barcha mavsumlarida ishtirok etgan ikki klubning biri (ikkinchisi – Dinamo (Kiyev)[3]). 2016-yilga qadar Rossiya Premyer-ligasi barcha mavsumlarida ishtirok etib kelgan. 2015–2016-yilgi mavsum natijalariga koʻra birinchi marotaba uni tark etgan va quyi divizionga tushib ketgan[4].

Rossiya Dinamo (Moskva)
Toʻliq nomi „Dinamo-Moskva“ futbol klubi aksiyadorlik jamiyati[1]
Asos solingan 18-aprel, 1923-yil (101 yil avval) (1923-04-18)
VTB Arena
Sigʻimi 26 121
Egasi „Dinamo“ sport jamiyati[2]
Direktori Rossiya Pavel Pivovarov
Bosh murabbiyi Chexiya Marcel Lička
Liga Rossiya Premyer-ligasi
Oʻrni 3-oʻrin
Vebsayti Klub sayti

Dinamo Rossiya tarixidagi ilk tashkil qilingan va sovrinlar boʻyicha peshqadam futbol klublaridan biri. Oʻzining oxirgi sovrini hisoblangan Rossiya kubogini 1995-yilda qoʻlga kiritgan.

1971–1972-yilgi mavsumda Dinamo SSSR tarixida yevrokuboklar finaliga chiqqan ilk futbol klubiga aylangan.

Tarixi

tahrir

Asos solinishi, ilk oʻyinlari va sovrinlar

tahrir

„Dinamo“ Moskva proletar sport jamiyati 1923-yil 18-apreldagi taʼsis majlisida tashkil etilgan. Ayrimlarning taʼkidlashicha Dinamo 1907-yilda tashkil etilgan „Sokolniki“ futbol toʻgaragidan kelib chiqqan. Klub davlat xodimlari va harbiy xizmatchilarning tashabbusi bilan xavfsizlik va huquq-tartibot organlari xodimlariga sport bilan shugʻullanish imkoniyatini beruvchi tashkilot sifatida taʼsis etilgan[5][6]. Shu sababli Dinamo futbolchilarini uzoq yillar „mentlar“ (militsionerlar) deb mazax qilishgan. 1924-yilda klubning asosiy ranglari sifatida oq va koʻk ranglar tanlangan. Bu tanlovga jamiyatning birinchi faxriy raisi, NKVD boshligʻi Feliks Dzerjinskiy taʼsir koʻrsatgan deb hisoblanadi: ushbu ranglar uygʻunligi u rahbarlik qilgan tashkilot xodimlarining yorqin va pok niyatlari haqidagi soʻzlarini taʼkidlashi kerak edi („sovuq aql, qaynoq yurak va toza qoʻllar“ – Dzerjinskiyning iborasi boʻyicha, bular VChK xodimining asosiy fazilatlari)[7]. Dinamo jamoasining ilk logotipidagi D harfi uni oʻrab turgan oq rombdan ancha keyin paydo boʻlgan.

Yangi jamoani oʻsha davrda Davlat siyosiy boshqarmasi qoʻshinlarida xizmat qilgan Fyodor Chulkov tuzgan. Armiyaga chaqirilgunga qadar u Sokolniki (1896-yilda tashkil etilgan ilk rus futbol klubi) futbolchilar toʻgaragining birinchi jamoasida darvozabon sifatida oʻynagan. Dastlab Chulkov oʻzining koʻplab hamkasblarini jamoaga toʻplagan. Birinchi rasmiy oʻyinini jamoa 1923-yil 17-iyunda oʻtkazgan. Ushbu oʻyindagi Dinamo kulubining raqiblari keyinchalik Nikolay Starostin boshchiligida bevosita Spartak futbol klubini yaratishda ishtirok etishgan. Ilk oʻyinda jamoa 2:3 hisobida magʻlub boʻlgan. Oʻsha uchrashuvni klubning boʻlajak murabbiyi Konstantin Kvashnin boshqargan. Oʻsha yili klub oʻzining ilk stadioniga ega boʻlgan. Ushbu oʻyingoh „Avliyo Olga“ bolalar kasalxonasi ortida joylashgan, futbolchilarning oʻzlari tomonidan obodonlashtirilgan botqoqlik edi[8]. Petrovskiy bogʻidagi Dinamo markaziy stadioni ishga tushirilganga qadar jamoa oʻz uy uchrashuvlarini oʻsha yerda oʻtkazgan[9]. 1926-yilda klub oʻzining birinchhi katta gʻalabasiga ergan va Moskva chempioni boʻlgan. Dinamo jamoasi hujumchisi, keyinchalik meʼmor sifatida faoliyat olib borgan, urushdan keyin Stalingrad (hozirgi Volgograd), Kishinyov shaharlarini qayta tiklash ishlarida faol qatnashgan va Moskva yaqinidagi Dubnani qurgan Aleksandr Borisov klub emblemasini yaratgan[9].

 
1937-yilgi SSSR kubogi chorak final oʻyinlari afishasi

1928-yilda jamoa oʻz tarixida ikkinchi marotaba poytaxt chempionligini qoʻlga kiritgan. Oʻsha yili Petrovskiy bogʻidagi Dinamo markaziy stadioni ochilgan va uzoq yillar davomida jamoaning uy stadioni hisoblangan. Ammo jamoa yangi stadiondagi birinchi rasmiy oʻyinini 1929-yildagina oʻtkazgan. 1930-yilda jamoa uchinchi marotaba Moskva chempionligini qoʻlga kiritishgan. Dinamo 1934–1935-yillarda ham chempionlik unvonini muvaffaqiyatli saqlab qolgan[9].

1930–1940-yillar

tahrir

1936-yil mamlakat futboli uchun tub burilish yili boʻlgan. Ilk bor sport jamiyatlari va idoralari oʻrtasida mamlakat chempionati oʻtkazilgan. Ushbu chempionatda Moskvaning Dinamo jamoasi bahorgi chhempionatning barcha 6 oʻyinida gʻalaba qozonib, SSSRning birinchi chempioniga aylangan. 1937-yilda klub sovet futboli tarixida birinchi boʻlib „oltin dubl“ga erishgan. Jamoa bir mavsumning oʻzida chempion va mamlakat kubogi sohibi boʻlgan. Shuningdek jamoa Baskoniya terma jamoasi bilan ikkita oʻyin ham oʻtkazgan. Har ikki oʻyinda dinamochilar magʻlub boʻlishgan (1:2), (7:4). 1938– va 1939-yillarda jamoa yorqin gʻalabalarga erisha olmagan – bu yillarda gʻalaba boshqa jamoalarga nasib qilgan. 1938-yilda Dinamo turnir jadvalida 5-oʻrinni, 1939-yilda esa 7-oʻrinni egallagan. 1940-yilda jamoa chempionlikni qaytarib olgan va 1941-yilgi chempionatda ham ishonchli holatda peshqadamlik qilgan. Maʼlumki, urush yillarida mamlakat chempionati toʻxtatilgan, ammo futbol musobaqalari toʻxtatilmagan. 1941-yil kuzida Moskvada qamal holati eʼlon qilinishi va sovuq tushishi tufayli mamlakat chempionati tugallanmay qolgan. 1941–1944-yillar davomida poytaxtda 5 ta chempionat oʻtkazilgan[9].

1945 va 1949-yillarda Dinamo mamlakat chempioni boʻlgan. 1945-yilda oʻz tarixidagi eng yirik gʻalabani qoʻlgan kiritgan – Moskvaning Krilya Sovetov jamoasi 10:0 hisobida magʻlub etilgan. Shuningdek, ushbu gʻalaba SSSR chempionatlari tarixidagi eng yirik gʻalab hisoblanadi. Chempion sifatida dinamochilar tarixda ilk bor Buyuk Britaniyaga sayohat qilishgan va u yerda ingliz klublari bilan oʻynashgan. Cardiff City F.C. jamoasiga qarshi 10:1 va Arsenal F.C. klubiga qarshi 4:3 hisobida gʻalabaga erishgan. Keyingi 2 uchrashuvda Chelsi F. C. klubi bilan 3:3, Rangers F.C. bilan 2:2 hisobida durrangga oʻynagan.

1950–1960-yillar

tahrir

Ushbu yillar davomida jamoa deyarli har yili chempionlik uchun kurash olib borgan. Dinamochilar 1949–, 1954–, 1955–, 1957–, 1959– va 1963-yillarda mamlakat chempioni boʻlishgan. 1949-yilgi chempionlik ayniqsa yorqin boʻlgan. Dinamo 34 ta oʻyinda 104 ta gol urib, mamlakat chempionatlari tarixidagi rekordni oʻrnatgan. Ushbu yillar davomida futbol gorizontida XX asrning eng yaxshi darvozaboni – Lev Yashin porlay boshlagan.

 
Lev Yashin – futbol tarixida Oltin toʻpga sazovor boʻlgan yagona darvozabon.

1970–1980-yillar

tahrir

1972-yilda Dinamo sovet jamoalari orasida birinchi boʻlib UEFA Kubok Egalari Kubogi turniri finaliga chiqa olgan. 24-may kuni Barselonada boʻlib oʻtgan finalda Dinamo Rangers F. C. jamoasiga 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan[9]. Jamoa 0:3 hisobida magʻlub boʻlayotgan paytda ikkita gol urishga muvaffaq boʻlishgan. Soʻnggi uch daqiqa qolganda, raqib darvozasiga hujum paytida shotland muxlislari maydonga yugurib chiqishgan, shu bilan hujum toʻxtab qolgan va jamoa magʻlubiyatga uchragan.

Shundan soʻng jamoa SSSR chempionatida yetakchi rollarni tark etgan (ammo 1977– va 1984-yillarda mamlakat kubogini qoʻlga kiritgan). Oʻsha yillarda jamoa barcha davrlardagi eng yirik magʻlubiyatini qabul qilib olgan – 0:7. Ushbu voqea 1982-yil 16-noyabrida Minskning Dinamo klubiga qarshi oʻyinda sodir boʻlgan[10]. 1986-yilga kelibgina murabbiy Eduard Malofeev qoʻl ostida jamoa yana yuqori uchlikka kirishga muvaffaq boʻlgan.

1992–2009-yillar

tahrir

XX asrning 90-yillari va XXI asr boshlanishi Dinamo jamoasi uchun oson oʻtmagan. 1992-yilda SSSR chempionati Rossiya chempionatiga aylantirilganidan keyin jamoa bir necha yil davomida uchlikdan joy olgan. 1194-yilda 22 yildan soʻng klubga qaytgan Konstantin Beskov boshchiligidagi jamoa 2-oʻrinni egallagan va bu jamoaning Rossiya chempionatida qoʻlga kiritgan eng yuqori natijasi boʻlib turibdi. 1995-yilda klub oʻyindan keyingi penaltilar seriyasida Volgogradning Rotor jamoasini (0:0) 8:7 hisobida magʻlub etib, Rossiya kubogini qoʻlga kiritgan.

90-yillarning oxirida klub chempionatning oʻrtameyona jamoasiga aylangan. Bunga sabab esa klubni moliyalashtirishdagi muammolar va doimiy murabbiylar almashuvi (7 yil ichida 10 marotaba) boʻlgan. Biznesmen Aleksey Fedorovich qoʻl ostidagi klub kreditlar bilan bogʻliq muammolar tufayli VTB bank qoʻl ostiga oʻtgan[11].

2009–2016-yillar. VTB bank davri

tahrir

2009-yilda Dinamo 2009–2010-yilgi mavsum UEFA Chempionlar Ligasi saralash boshqichida ishtirok etgan. Jamoa safarda Shotlandiyaning Celtic F.C. jamoasiga qarshi 1:0 hisobida gʻalaba qozongan, ammo oʻz maydonida 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan. Shu tariqa Chempionlar ligasidan chiqib ketgan jamoa Yevropa ligasida, 4-saralash bosqichida oʻynash huquqini qoʻlga kiritgan va Sofiyaning SSKA jamoasiga yutqazib yevrokuboklar bilan hayrlashgan.

Keyingi mavsum Dinamo – Spartak oʻyini bilan boshlangan. Ushbu uchrashuvda Dinamo 1:0 hisobida gʻalaba qozongan. Shunda soʻng bir qator omadsiz oʻyinlar boʻlib oʻtgan: Zenit va Lokomotivdan magʻlubiyat, bir durrang va Saturn ustidangina erishilgan gʻalaba. Shundan soʻng jamoa bosh murabbiy Andrey Kobelev isteʼfoga chiqarilgan. Uning oʻrniga Miodrag Božović tayinlangan. Yangi murabbiy ilk gʻalabasini 4-oʻyinda qoʻlga kiritgan. 2010-yilda FC Schalke 04 hujumchisi Kevin Kurányi Dinamo tarkibiga kelib qoʻshilgan va muxlislar tomonidan Dinamoning mavsumdagi eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan (16 oʻyin, 9 ta gol). Mavsum soʻnggida Dinamo 7-oʻrinni egallagan.

Bosh murabbiy kerakli natijalarni koʻrsata olmagandan soʻng uning oʻrniga Sergey Silkin bosh murabbiy etib tayinlangan. Yangi murabbiy qoʻl ostida Dinamo yaxshi natijalar koʻrsatgan va mavsum yakuniga koʻra 4-oʻrinni egallagan. Keyingi mavsum jamoa yaxshi oʻyin koʻrsata olmaganidan soʻng Silkin ham isteʼfoga chiqarilgan. Uning oʻrniga Dana Petrescu bosh murabbiy etib tayinlangan.

Petrescu bilan jamoa 14 oʻyinlik magʻlubiyatsiz seriyani amalga oshirgan, ammo atigi 7-oʻrinni egallashga muvaffaq boʻlgan. Keyingi mavsum oldidan jamoa yangi oʻyinchilar bilan (Vladimir Gabulov, Christopher Samba, Igor Denisov, Yuriy Jirkov va Aleksandr Kokorin) sezilarli darajada kuchaygan. Ammo yangi mavsumda Petrescu ham ishonchni oqlay olmagandan soʻng bosh murabbiy sifatida Stanislav Cherchesov taklif qilingan. Ammo u ham jamoaga kuchli uchlikka kirishida yordam bera olmagan[12].

2015/16-yilgi mavsumda Dinamo oʻz tarixida ilk marotaba yuqori divizionni tark etgan.

2016–2019-yillar

tahrir
 
Anton Shunin 2006-yildan 2024-yilgacha bo'lgan davrdagi butun professional futbolchilik faoliyatini Dinamo klubida olib borgan.

2016-yil 29-dekabrda Dinamo klubining nazorat paketi Dinamo jamiyatiga ramziy 1 rublga sotilishi eʼlon qilingan. Shunga qaramay VTB bank Dinamo jamoasining homiysi sifatida qolgan[13]. 2017-yil 13-yanvarda bank 2017-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrgacha boʻlgan davrda Dinamo jamiyatiga 10,62 milliard rubl miqdoridagi homiylik mablagʻi ajratilishini eʼlon qilgan[14]. 1-fevral kuni klubning sobiq prezidenti Boris Rotenberg klubning Rotenberg kompaniyalari oldidagi 75 million yevrolik qarzi uzaytirilganligini va hech kimga xalaqit bermasligini aytgan[15]. 12-aprel kuni Dinamo 2016–2017-yilgi mavsum yakunida Rossiya Premyer-ligasiga qaytishni kafolatlagan. Finishga yetti tur qolganda Moskva jamoasining uchinchi oʻrindan farqi 22 ochkoni tashkil etgan[16].

2017-yil 7-oktabrda jamoaga bosh murabbiy sifatida Dmitriy Xoxlov tayinlangan. U avval Dinamo akademiyasiga rahbarlik qilgan. Qishki tanaffusgacha jamoa stabil oʻyin koʻrsata olmagan, ammo bahorda chempionatning 10 oʻyinida bor-yoʻgʻi 2 ta magʻlubiyatga uchrab mavsumni 8-oʻrinda yakunlagan. Jamoa transferlar bozorida faol boʻlmadi, faqat Joaozinho va Migel Kardoza bilan shartnoma imzolgan. Jamoaning oʻtgan mavsumdagi yetakchisi Aleksandr Tashaev esa Spartak Moskva jamoasiga koʻchib oʻtgan[17]. Yangi mavsumni yaxshi boshlagan Dinamo kuzda ketma-ket uch turda magʻlub boʻlgan va pley-off zonasiga tushib ketgan. Natijada jamoa chempionatni 12-oʻrinda yakunlagan.

2019–yildan boshlab. VTBning qaytishi

tahrir

2019-yil 30-aprelda VTB bank klub aksiyalarining 99,9961% qismini 1 rubl evaziga sotib olgan va klubning 5,3 milliard rubllik qarzlarini toʻlash majburiyatini ham olgan[18]. 26-may kuni klub oʻzining yangi uy stadioni hisoblangan VTB Arena – Lev Yashin nomidagi Dinamo markaziy stadionida ilk oʻyinini oʻtkazgan. 2019-yil 9-avgustda klub Borussia Dortmund klubi hujumchisi Maximilian Philippning transferini eʼlon qilgan. Transfer narxi taxminan 20 million yevroni tashkil qilgan[19]. Ushbu transfer jamoa tarixidagi eng qimmat transfer hisoblanadi.

Sovrinlari

tahrir

Milliy sovrinlar

tahrir

SSSR/Rossiya chempionati

  • Chempion (11): 1936, 1937, 1940, 1945, 1949, 1954, 1955, 1957, 1959, 1963, 1976
  • Kumush medal sohibi (12): 1936, 1946, 1947, 1948, 1950, 1956, 1958, 1962, 1967, 1970, 1986, 1994
  • Bronza medal sohibi (11): 1952, 1960, 1973, 1975, 1990, 1992, 1993, 1997, 2008, 2021/2022, 2023/2024

SSSR/Rossiya kubogi

  • Gʻolib (7): 1937, 1953, 1966/1967, 1970, 1977, 1984, 1994/1995
  • Finalist (9): 1945, 1949, 1950, 1955, 1979, 1996/1997, 1998/1999, 2011/2012, 2021/2022

UEFA turnirlari: UEFA Kubok egalari kubogi

  • Finalist: 1971/1972

Klub logotipi

tahrir

Tarkibi

tahrir

2024-yil 1-avgust holatiga koʻra:

Amplua Futbolchi
1   RUS DR Andrey Lunyov
2   ISR HM Eli Dasa
5   SER HM Milan Majstorović
6   PAR HM Roberto Fernández
7   RUS YH Dmitriy Skopintsev
8   COL YH Jorge Carrascal
10   BRA YH Bitello
13   CMR HJ Moumi Ngamaleu
18   URU HM Nicolás Marichal
20   RUS HJ Vyacheslav Grulyov
24   MEX YH Luis Chávez
31   RUS DR Igor Leshchuk
34   GEO YH Luka Gagnidze
Amplua Futbolchi
41   RUS YH Yegor Nazarenko
47   BLR DR Andrey Kudravets
50   RUS YH Aleksandr Kutitskiy
52   RUS YH Yegor Smelov
56   RUS HM Leon Zaydenzal
70   RUS HJ Konstantin Tyukavin
74   RUS YH Daniil Fomin
77   RUS YH Denis Makarov
80   RUS HM Stanislav Bessmertniy
88   RUS YH Viktor Okishor
91   RUS HJ Yaroslav Gladishev
93   URU HM Diego Laxalt

Jamoa bilan kontraktga ega boshqa futbolchilar

tahrir
Amplua Futbolchi
  PAR HM Fabián Balbuena

Ijara asosida oʻynayotgan futbolchilar

tahrir
Amplua Futbolchi
  RUS YH Daniil Lesovoy (AEL Limassol, 2025-yil 30-iyunga qadar )
Amplua Futbolchi
  RUS YH Ivan Zazvonkin (Baltika Kaliningrad, 2025-yil 30-iyunga qadar)

Taniqli futbolchilar

tahrir
SSSR / Rossiya


SSSR sobiq respublikalari


Yevropa


Markaziy va Janubiy Amerika


Afrika


Osiyo va Okeaniya

Klub safida eng koʻp oʻyinda ishtirok etgan futbolchilar

tahrir
R Futbolchi Mamlakat Ishtirok
1 Aleksandr Novikov     395
2 Aleksandr Maxovikov     363
3 Anton Shunin   359
4 Lev Yashin   358
5 Valeriy Maslov     351
6 Sergey Nikulin     336
7 Gennadiy Yevryujixin     334
8 Viktor Anichkin   322
9 Andrey Kobelev

   

311
10 Aleksey Petrushin   305

Jamoa toʻpurarlari

tahrir
R Futbolchi Mamlakat Gollar
1 Sergey Solovyov   127
2 Konstantin Beskov     91
3 Vasiliy Kartsev   72
4 Valeriy Gazzaev     70
5 Igor Chislenko     68
6 Oleg Teryoxin     67
7 Vasiliy Trofimov     67
8 Vladimir Ilyin     63
9 Vladimir Savdunin     62
10 Kevin Kurányi   56

Klubga sodiq futbolchilar

tahrir
Futbolchi Mamlakat Amplua Debyut Soʻnggi oʻyini
Vasiliy Trofimov   HJ 1931 1949
Lev Yashin   DR 1949 1971
Viktor Saryov   YH 1955 1966
Eduard Mudrik     HM 1957 1968
Vladimir Kesarev     HM 1956 1965
Nikolay Tolstix     HM 1977 1983
Anton Shunin   DR 2004 -

Manbalar

tahrir
  1. „ФК «Динамо» Москва“ (ru). premierliga.ru. 2023-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-avgust.
  2. „ВТБ отдал пакет акций футбольного клуба «Динамо» после санкций“ (ru). РБК Спорт (2022-yil 24-fevral). 2022-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-avgust.
  3. „Достижения Динамо Киев“. dynamovec.ru. 2016-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 21-may.
  4. „«Динамо» впервые в истории вылетело из высшего дивизиона чемпионата России по футболу“. ТАСС. 2016-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 21-may.
  5. „История Общества "Динамо"“ (ru). dynamo.org.ru. 2012-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-iyun.
  6. „KGB, propagande et "araignée noire" : le Dynamo Moscou, le nouveau club maudit de Mathieu Valbuena“. francetvinfo.fr (2014-yil 4-avgust). 2021-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-iyun.
  7. „Холодная голова чекиста“ (ru). zen.yandex.ru (2018-yil 12-iyun). 2021-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-may.
  8. "Velikie futbolnie klubi. Rossiya. „Dinamo“ (Moskva)" (Wayback Machine saytida 2018-07-29 sanasida arxivlangan) // "Radio Rossii". Efir ot 20:30 27 iyulya 2018.
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 9,4 „История клуба“ (ru). fcdynamo.ru. 2012-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-iyun.
  10. „Динамо (Москва) 0 — 7 Динамо (Минск)“ (ru). КЛИСФ. 2011-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 4-avgust.
  11. „Снова по новой. «Динамо» опять меняет курс и структуру“. 2015-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-iyun.
  12. „ФК «Динамо» лишился шансов на медали чемпионата России, уступив «Тереку»“. 2014-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-aprel.
  13. „ВФСО "Динамо" приняло решение купить акции одноимённого футбольного клуба у банка ВТБ“ (ru). Спорт РИА Новости (2016-yil 29-dekabr). 2017-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-may.
  14. „ВТБ предоставляет обществу «Динамо» спонсорский вклад в 10,6 млрд руб“ (ru). Спорт РИА Новости (2017-yil 13-yanvar). 2017-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-may.
  15. „Ротенберг заявил, что долг ФК "Динамо" перед ним "никому не мешает"“ (ru). ТАСС (2017-yil 1-fevral). 2021-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-may.
  16. „«Динамо-Москва» возвращается в Премьер-лигу с рекордом ФНЛ!“ (ru). ФНЛ (2017-yil 12-aprel). 2021-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-may.
  17. „Самый скандальный трансфер года. Как Ташаев перешел в "Спартак"“ (ru). sport-express.ru (2018-yil 24-avgust). Qaraldi: 2024-yil 25-iyul.
  18. „ВТБ стал владельцем почти 100% акций "ФК Динамо"“ (ru). ТАСС (2019-yil 30-may). 2021-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-may.
  19. „СМИ: «Динамо» заплатит 20 миллионов евро за форварда дортмундской «Боруссии»“ (ru). ТАСС (2019-yil 5-avgust). 2021-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-may.

Havolalar

tahrir