Aleksandr Geynrix
Aleksandr Rudolfovich Geynrix (1984-yil 6-oktyabrda tugʻilgan, Angren, Toshkent viloyati) — Asli nemis oʻzbek futbolchisi, hujumchi sifatida oʻynagan. 2018-yildan Qozogʻistonning „Aktobe“ klubini boshqarib kelmoqda. Oʻzbekiston, Rossiya va Qozogʻiston chempioni. U 2002-2017-yillar davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasida o‘ynagan (108 o‘yin va 36 gol).
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Aleksandr Rudolfovich Geynrix | ||
Tavallud sanasi | 6-oktyabr 1984-yil | ||
Tavallud joyi | Angren Toshkent Oʻzbekiston SSR SSSR | ||
Boʻyi | 182 sm | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Faoliyatini yakunlagan. | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Doʻstlik | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2001 | Doʻstlik | 12 | (0) |
2002 | Paxtakor | 23 | (9) |
2003-2004 | SSKA | 2 | (1) |
2005 | Paxtakor (Ijara) | 12 | (5) |
2006 | Torpedo | 21 | (0) |
2007-2011 | Paxtakor | 94 | (49) |
2011 | Suvon Samsung | 19 | (3) |
2012 | Emirates | 6 | (2) |
2012-2014 | Aktobe | 52 | (15) |
2014 | Lokomotiv Toshkent | 11, | (7) |
2015-2017 | Ordabasi | 58 | (13) |
Milliy terma jamoa | |||
2002-2017 | Oʻzbekiston | 98 | (31) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Futbolchilik faoliyati
tahrirProfessional faoliyatini 2001-yilda Toshkent viloyatining „Doʻstlik“ klubida boshlagan. 2002-yil Toshkentning „Paxtakor“ klubiga taklif etilgan boʻlib, 23 oʻyinda 9 ta gol urdi va 18 yoshida Oʻzbekiston chempioni boʻldi, shuningdek, 2001/02-yilgi Oʻzbekiston Kubogida gʻolib chiqdi.
2003-yilda u Rossiyaga koʻchib oʻtdi va Moskvaning SSKA klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi, 2003-yilda Rossiya chempioni boʻldi, garchi u atigi ikkita oʻyin oʻtkazgan boʻlsa-da, kumush medal sovrindori „Zenit“ darvozasiga gol urdi. Shuningdek, u Premer-liga kubogi, Rossiya kubogi va Rossiya Superkubogi bahslarida ishtirok etgan. Ammo 2003-yilgi Superkubok Moskvaning „Lokomotiv“iga penaltilar seriyasida yutqazilgan edi.
Keyinroq yana Toshkentning „Paxtakor“ klubiga ijara asosida yoʻl oldi[1] va 2005-yilda u bilan yana Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritdi. 2006-yilgi mavsumni Moskvada „Torpedo“da oʻynagan.[2]
2007-yilda vataniga qaytib, Toshkentning „Paxtakor“ jamoasida besh mavsum toʻp surdi. U klubi bilan uchinchi marta mamlakat chempioni, 2007 va 2009-yillarda yana ikkitadan Oʻzbekiston Kubogini qo‘lga kiritgan. 2011-yilda Qatarda boʻlib oʻtgan Osiyo Kubogidan soʻng 2011-yilning 26-fevralida Toshkentning „Paxtakor“ klubi Geynrix Janubiy Koreyaning K-Ligadagi „Suvon Blyuvings“ klubiga bir yillik ijara shartnomasi asosida o‘tganini eʼlon qildi.[3] U Suvon uchun K-ligadagi debyutida, 2011-yil 6-mart kuni „Seul“ ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozongan uchrashuvda gol urdi.[4][5] Aleksandr Suvon tarkibidagi debyut oʻynini 2011-yil 6-mart kuni K-League vakili FC Seoulga qarshi oʻtkazdi[6] va 2012-yil boshida u Amirliklarning „Emirates“ klubida oʻynadi.
2012-yil 14-iyunda Aktobe Geynrix bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.[7] Geynrix ikki kundan soʻng „Aktobe“ning „Sunkar“ga qarshi oʻyinida (2:1) debyut qildi. „Aktobe“ bilan ikki yildan soʻng Geynrixning shartnomasi 2014-yilning 11-iyunida bekor qilindi.[8][9][10] Mavsumning ikkinchi qismida Toshkentning „Lokomotiv“ klubida oʻtkazdi.
2015-yil boshida Toshkentning „Lokomotiv“ klubini tark etib, Geynrix oʻsha yilning fevral oyida „Ordabasi“ klubi bilan shartnoma imzolab, Qozog‘iston Premer-ligasiga qaytdi.[11][10]
2012-yilning yozida u qozogʻistonlik „Aktobe“ lageriga koʻchib oʻtdi.[12] Uch mavsumda u 52 oʻyin oʻtkazdi, 15 gol urdi va toʻliq medallar toʻplamini toʻpladi, 2014-yilgi futbol boʻyicha Qozogʻiston Superkubogini qoʻlga kiritdi. Yevropa ligasining 2013/14-yilgi mavsumida Kiyevning „Dinamo“siga qarshi o‘yinda u har bir o‘yinda bittadan gol urdi. Ammo 2014-yilning iyun oyida klub futbolchi bilan shartnomani bir tomonlama bekor qildi.[13] Balki bunga Geynrix klubning eng koʻp maosh oluvchi legionerlari uchligidan joy olgani (yiliga 800 000 evro) va „Aktobe“ning endi bunday xarajatlarga klub budjeti toʻgʻri kelmagani sabab boʻlgandir.[14]
2015-yilning fevralida Geynrix Qozogʻistonning boshqa bir klubi „Ordabasi“ bilan shartnoma imzoladi.[15] 2017-yilgi mavsumda Geynrix bilan klub oʻz tarixida birinchi marta chempionat bronza medallarini qoʻlga kiritdi. Lekin noyabr oyida oʻzbekistonlik futbolchi jamoani tark etdi.[16] Ammo yakunda uning ortidan murabbiy bo‘lish taklifi tushdi. 2018-yilning 15-mart kuni o‘zbekistonlik 33 yoshli hujumchi Aleksandr Geynrix futboldagi faoliyatini yakunlab, Qozog‘istonning „Aktobe“ klubi murabbiy-seleksioneriga aylandi.[17][18]
Terma jamoada
tahrirU 17 yoshu 7 oy 8 kunligida O‘zbekiston milliy terma jamoasida debyut qildi va jamoa tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi. U 2002-yildan 2017-yilgacha terma jamoada oʻynagan.[19] U terma jamoa tarixida Maksim Shatskixdan (34 gol) keyin ikkinchi toʻpurar (32 gol) hisoblanadi. Shuningdek, oʻtkazilgan oʻyinlar soni boʻyicha (98 oʻyin) kuchli beshlikka kirdi.[20]
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub
tahrir- 2017-yil 5-noyabrda oʻtkazilgan oʻyin holatiga koʻra[21]
Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Liga kubogi | Xalqaro | Boshqa | Umumiy | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Division | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Doʻstlik | 2001 | Oʻzbekiston Superligasi | 12 | 0 | - | - | - | 12 | 0 | |||||
Paxtakor Toshkent | 2002 | Oʻzbekiston Superligasi | 23 | 9 | - | - | 23 | 9 | ||||||
CSKA Moskva | 2003[22] | Rossiya Premer-ligasi | 2 | 1 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 5 | 1 |
2004[22] | 0 | 0 | 0 | 0 | - | 0 | 0 | - | 0 | 0 | ||||
2005[22] | 0 | 0 | 0 | 0 | - | 0 | 0 | - | 0 | 0 | ||||
Umumiy | 2 | 1 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 5 | 1 | ||
Paxtakor Toshkent (Ijara) | 2005 | Oʻzbekiston Superligasi | 12 | 5 | - | - | 12 | 5 | ||||||
Torpedo Moskva | 2005 | Rossiya Premer-ligasi | 11 | 0 | - | - | - | 11 | 0 | |||||
2006 | 10 | 0 | - | - | - | 10 | 0 | |||||||
Umumiy | 21 | 0 | - | - | - | - | - | - | 21 | 0 | ||||
Paxtakor Toshkent | 2007 | Oʻzbekiston Superligasi | 26 | 16 | - | - | 26 | 16 | ||||||
2008 | 25 | 12 | - | - | 25 | 12 | ||||||||
2009 | 21 | 13 | - | 2 | 0 | - | 23 | 13 | ||||||
2010 | 22 | 11 | 1 | 1 | - | 3 | 1 | - | 26 | 13 | ||||
Umumiy | 94 | 49 | - | - | - | - | 94 | 49 | ||||||
Suwon Samsung Bluewings (Ijara) | 2011 | K League | 19 | 3 | 1 | 0 | - | 3 | 0 | - | 23 | 3 | ||
Emirates Club | 2011-12 | UAE Pro-League | 6 | 2 | 1 | 1 | - | - | - | 7 | 3 | |||
Aktobe | 2012 | Qozog‘iston Premer-ligasi | 13 | 6 | 4 | 1 | - | 5 | 1 | - | 22 | 8 | ||
2013 | 26 | 6 | 3 | 0 | - | 7 | 1 | - | 36 | 7 | ||||
2014 | 13 | 3 | 2 | 0 | - | 0 | 0 | - | 15 | 3 | ||||
Umumiy | 52 | 15 | 9 | 1 | - | - | 12 | 2 | - | - | 73 | 18 | ||
Lokomotiv Toshkent | 2014 | Oʻzbekiston Superligasi | 11 | 7 | 1 | 0 | - | 0 | 0 | - | 11 | 7 | ||
Ordabasy | 2015 | Qozog‘iston Premer-ligasi | 22 | 3 | 1 | 0 | - | 2 | 0 | - | 25 | 3 | ||
2016 | 20 | 10 | 2 | 0 | - | 2 | 1 | - | 24 | 11 | ||||
2017 | 16 | 0 | 2 | 0 | - | 0 | 0 | - | 18 | 0 | ||||
Umumiy | 58 | 13 | 5 | 0 | - | - | 4 | 1 | - | - | 67 | 14 | ||
Umumiy faoliyat | 310 | 104 | - | - | - | - | 310 | 104 |
Milliy terma jamoa
tahrirOʻzbekiston milliy terma jamoasi | ||
---|---|---|
Yil | Oʻyin | Gol |
2002 | 2 | 0 |
2003 | 5 | 2 |
2004 | 7 | 4 |
2005 | 6 | 2 |
2006 | 6 | 2 |
2007 | 9 | 3 |
2008 | 8 | 1 |
2009 | 4 | 2 |
2010 | 7 | 4 |
2011 | 14 | 6 |
2012 | 9 | 2 |
2013 | 7 | 0 |
2014 | 0 | 0 |
2015 | 3 | 2 |
2016 | 7 | 1 |
2017 | 4 | 0 |
Umumiy | 98 | 31 |
2017-yil 5-sentabr oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika[21]
Milliy terma jamoa uchun gollar
tahrir- Gol va natijalar ro‘yxatida birinchi bo‘lib O‘zbekistonning gollari qayd etilgan.
Yutuqlar
tahrirKlublar
tahrir- Paxtakor
- O‘zbekiston chempioni : 2002, 2005, 2007
- O‘zbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2008, 2009, 2010
- O‘zbekiston chempionatining bronza medali sovrindori: 2011-yil
- O‘zbekiston kubogi sohibi : 2002, 2005, 2007, 2009
- CSKA
- Rossiya chempioni : 2003-yil [25]
- Suvon Blyuvings
- Koreya liga kubogi sohibi : (1) 2011-yil
- Aktobe
- Qozogʻiston chempioni : 2013-yil
- Qozogʻiston chempionatining kumush medali sovrindori : 2014-yil
- Qozogʻiston chempionatining bronza medali sovrindori : 2012-yil
- Qozog‘iston Superkubogi sohibi : 2014-yil
- Ordabasi
- Qozogʻiston chempionatining bronza medali sovrindori : 2017-yil
Xalqaro
- OFK Osiyo Kubogi 4-oʻrin : 2011-yil
Shaxsiy
tahrir- O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi (1-raqam): 2002-yil[26]
- Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi (2-son): 2004, 2006-yil
- O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi (3-son): 2003-yil
Shaxsiy hayoti
tahrirMillati nemis. Uylangan. 2011-yil Qatarda boʻlib oʻtgan Osiyo kubogi vaqtida Aleksandr Geynrix oilasida qiz tugʻildi.
Adabiyot
tahrir- Viktor Xoxlyuk: "Bizning futbol afsonalari. Sobiq SSSRning xorijdagi futbol janglarida gol mualliflari". — Moskva. — 2018. — 42-bet. ISBN 978-5-604-10716-4.
Manbalar
tahrir- ↑ „ru:ГЕЙНРИХ ПЕРЕЙДЕТ ИЛИ В ТОРПЕДО, ИЛИ В КРЫЛЬЯ“ (ru). sport-express.ru. Sport Express (2005-yil 19-iyul). Qaraldi: 2018-yil 20-mart.
- ↑ „ru:ГЕЙНРИХ ПЕРЕШЕЛ В ТОРПЕДО“ (ru). sport-express.ru. Sport Express (2005-yil 4-avgust). Qaraldi: 2018-yil 20-mart.
- ↑ „Suwon sign Geynrikh, 26 February 2011“. 2015-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-fevral.
- ↑ „Seoul vs. Suwon Bluewings 0 - 2“. Soccerway (2011-yil 6-mart).
- ↑ „Suvon Geynrixni xarid qildi, 26-fevral 2011“. 2015-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-fevral.
- ↑ „Aleksandr Geynrix“. Soccerway.
- ↑ „ru:Актобе пополняется старыми и новыми знакомыми“ (ru). sports.kz (2012-yil 14-iyun). Qaraldi: 2012-yil 15-iyun.
- ↑ „ru:Александр Гейнрих: "Хорошие годы я провел в "Актобе"“ (ru). sports.kz. Sports.kz. Qaraldi: 2014-yil 17-iyun.
- ↑ „ru:Дальше – без Гейнриха и Нарзикулова“ (ru). fc-aktobe.kz/. FC Aktobe. 2014-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-iyun.
- ↑ 10,0 10,1 „Александр Гейнрих: «Хорошие годы я провел в „Актобе“»“ (ruscha). sports.kz. Sports.kz. Qaraldi: 17-iyun 2014.
- ↑ „arxiv nusxasi“ (ru). fcordabasy.kz. FC Ordabasy (2015-yil 26-fevral). 2016-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-mart.
- ↑ „Aktobe“ popolnyaetsya starimi i novimi znakomimi 14-06-2012
- ↑ „Десять самых дорогих футболистов чемпионата Казахстана“. 2018-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-mart.
- ↑ „Осталась обида на руководство «Актобе» — Александр Гейнрих“. 2018-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-mart.
- ↑ „Александр Гейнрих подписал контракт с ФК «Ордабасы»“. 2016-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-mart.
- ↑ „Экс-нападающий сборной Узбекистана покинул «Ордабасы»“. 2018-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-mart.
- ↑ „Гейнрих завершил карьеру и стал тренером-селекционером «Актобе»“. 2018-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-mart.
- ↑ „ru:Гейнрих завершил карьеру и стал тренером-селекционером Актобе“ (ru). sports.kz. Sports KZ (2018-yil 15-mart). Qaraldi: 2018-yil 20-mart.
- ↑ „Статистика игроков сборной Узбекистана“. 2008-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 1-iyun.
- ↑ „Профиль на сайте «Тransfermarkt.com»“. 2020-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-noyabr.
- ↑ 21,0 21,1 „Aleksandr Geynrih“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2018-yil 20-mart.
- ↑ 22,0 22,1 22,2 „Гейнрих Александр Рудольфович“. pfc-cska.com. PFC CSKA Moscow. Qaraldi: 2018-yil 20-mart.
- ↑ Alexander Geynrikh Player info at uzfootball.uz
- ↑ „Aleksandr Geynrikh - Goals in International Matches“.
- ↑ Klub nashix chempionov www.klisf.info, 15 yanvarya 2008
- ↑ Uzbekistan — Footballer and Coach of the Year. rsssf.com, 16 maya 2008
Havolalar
tahrir- Turkum:Osiyo oʻyinlari 2006 futbolchilariAleksandr Geynrix people.su saytida
- Aleksandr Geynrix footballfacts.ru saytida
- Aleksandr Geynrix soccerway saytida
- Aleksandr Geynrix National-Football-Teams.com saytida
- Aleksandr Geynrix transfermarkt saytida
- Aleksandr Geynrix worldfootball.net saytida