FIFA 2014 Jahon chempionati jamoalar tarkiblari
FIFA Jahon chempionati 2014 xalqaro futbol musobaqasi hozirda Braziliya mamlakatida 2014-yilning 12-iyunidan 13-iyuliga qadar boʻlib oʻtmoqda. 32ta terma jamoalar musobaqaga 23tadan, shulardan 3tasi darvozabon, futbolchilari bilan tashrif buyurgan.[1] Faqat mana shu tarkibda mavjud boʻlgan futbolchilar turnirda ishtirok etish huquiga ega.
2014-yil 13-mayda har bir jamoa vaqtinchalik 30ta futbolchi tarkib topgan roʻyxatni FIFAga taqdim etgan edi.[1] 2014-yil 16-mayda, FIFA rasmiy saytida ushbu vaqtinchalik tarkib haqida maʼlumot bergan edi.[2]
Barcha jamoalar oxirgi 23ta futbolchidan iborat boʻlgan tarkibni FIFAga 2014-yil 2-iyunida taqdim qildi.[1] FIFA bu haqida 2014-yil 5-iyunida maʼlum qilgan edi.[3]
Agar oʻyin davomida qaysidir futbolchi jiddiy jarohat olib turnirda boshqa oʻynay olmasa, terma jamoa rahbarlari 24 soat ichida boshqa bir oʻyinchini olib kelish huquqiga ega boʻladi.[1]
Har bir futbolchining yoshi 2014-yil 12-iyunida, yaʼni turnirning 1-kunida eʼlon qilindi.
A guruhi
tahrirBraziliya
tahrirMurabbiy: Luiz Felipe Scolari
Oxirgi tarkib 2014-yilning 7-iyunida eʼlon qilindi.[4] 2-iyunda futbolchilar raqamlari eʼlon qilindi.[5]