Ante Rebić
Ante Rebić ((talaffuzi: Ante Rebich); 1993-yil 21-sentabrda tugʻilgan) – xorvatiyalik professional futbolchi. Serie Ada "Milan" klubi hamda Xorvatiya terma jamoasida vinger sifatida toʻp tepadi. U ikkala qanotda ham, ikkinchi hujumchi sifatida ham maydonda harakat qila oluvchi kam sonli futbolchilardan biridir.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Ante Rebić[1] | ||
Tavallud sanasi | 21-sentyabr 1993-yil[1] | ||
Tavallud joyi | Split, Xorvatiya | ||
Boʻyi | 1.85 m[1] | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Milan (futbol klubi) AC Milan | ||
Raqami | 12 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2002—2008 | Vinjani | ||
2008—2010 | Imotski | ||
2010—2011 | RNK Split | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2011—2013 | RNK Split | 59 | (18) |
2013—2018 | Fiorentina | 5 | (2) |
2014—2015 | → RB Leipzig (ijarada) | 11 | (0) |
2015—2016 | → Hellas Verona (ijarada) | 10 | (0) |
2016—2018 | → Eintracht Frankfurt (ijarada) | 49 | (8) |
2018—2020 | Eintracht Frankfurt | 29 | (9) |
2019—2020 | → AC Milan (ijarada) | 26 | (11) |
2020- | AC Milan | 51 | (13) |
Milliy terma jamoa | |||
2011 | Xorvatiya U18 | 3 | (0) |
2011—2012 | Xorvatiya U19 | 5 | (3) |
2012—2013 | Xorvatiya U20 | 6 | (3) |
2012—2013 | Xorvatiya U21 | 8 | (4) |
2013- | Xorvatiya | 42 | (3) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
U oʻzining professional faoliyatini RNK Split jamoasida boshlagan va 2013-yilda nomaʼlum miqdordagi toʻlov evaziga A Seriyaning „Fiorentina“ klubi bilan shartnoma imzolagan. U oʻzining koʻp vaqtini asosiy jamoada emas, balki ijarda: RB Leipzig, Hellas Verona va Ayntraxt Frankfurt kabi jamoalar tarkibida ijarada oʻtkazadi, keyin esa 2018-yil iyul oyida doimiy ravishda asosiy tarkibdan oʻrin egallashga erishadi. 2019-yil sentabrida u Italiya futboliga qaytadi va „Milan“ga dastlab ikki yillik ijara asosida, bir yildan soʻng esa toʻlaqonli jamoa aʼzosi sifatida qoʻshiladi.
Rebich 2013-yilda Xorvatiya terma jamoasi safida debyut qilgan. Oʻsha yili u Xorvatiya sportida yilning eng yaxshi umidli futbolchisi deb topildi. Futbolchi terma jamoa sharafini 2014-yil va 2018-yillarda boʻlib oʻtgan FIFA Jahon Chempionatida himoya qilgan. Oʻzining ikkinchi jahon chempionatida finalga qadar yetib borgan, shuningdek, UEFA Yevro-2020da ham ishtirok etgan.
Klublardagi faoliyati
tahrirYoshlik yillari
tahrirRebich oʻz faoliyatini Vinjani uchun yoshlar jamoasida toʻp surishdan boshlagan. U 2008-yilda Imotskiga koʻchib oʻtdi va u yerda ikki mavsum oʻtkazdi. 2010-yilda Italiyada boʻlib oʻtgan turnirdagi yaxshi oʻyinlaridan soʻng, u "Hayduk Split " yoshlar jamoasi bilan birga borgan Rebichni RNK Split jamoasiga oʻsha paytlardagi jamoa bosh murabbiyi Darko Butorovich olib keladi[2].
RNK Split
tahrirRebich asosiy jamoadagi debyutini 2011-yil 21-may kuni Zagrebning Dinamo jamoasiga qarshi 2010—11-yilgi mavsumda Prva HNLning soʻnggi turida ikkinchi boʻlimda zahiradan maydonga tushgan holda oʻtkazdi. Oʻyin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi va Rebich oʻz goli bilan hisobni tenglashtirdi[3][4]. 2011-yil avgust oyida Rebich RNK Split bilan professional uch yillik shartnoma imzoladi[5]. 2011—12-yilgi mavsumda Rebich 20 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi, ulardan 4 tasi zaxiradan maydonga tushganida kiritdi. 2012—13-yilgi mavsumda Rebich 29 ta oʻyinda maydonga tushib, 10 ta gol kiritgan
Fiorentina tarkibida
tahrir2013-yil 28-avgustda Rebich Italiyaning „Fiorentina“ klubi bilan nomaʼlum miqdordagi summa evaziga besh yillik shartnoma imzolaydi[6]. Tibbiy koʻrikdan oʻtgan soʻng, unga 9-raqamli futbolka beriladi[7]. U 30-sentabr kuni maydonga, 36-daqiqada jarohat olgan jamoadoshi Juzeppe Rossining oʻrniga, mezmon sifatida oʻtayotgan baxsda „Parma“ ga qarshi oʻyinda (2:2) maydonga tushadi[8]. Debyut uchrashuvida u jarohat olib, uch haftaga safdan chiqadi. Rebich 2014-yilning 8-yanvarida oʻzining birinchi golini urishdan oldin „Fiorentina“ tarkibida yana uchta oʻyinda maydonga tushdi va Italiya Kubogi 1/8 finalida "Kyevo Verona "ga qarshi oʻyinda 2:0 hisobida gʻalaba qozondi[9]. 18-may kuni u A Seriyadagi ilk golini Manuel Paskualni almashtirgandan ikki daqiqa oʻtib Stadio Artemio Franchida „Torino“ jamaosiga qarshi 2:2 hisobida yakunlangan oʻyinda kiritadi[10].
2014-yil 3-avgustda Rebichni quyi Bundesliganing „Leipzig“ klubi bir mavsumga ijaraga oladi[11]. „Leipzig“dagi ijara muddati tugaganidan soʻng, Rebich „Fiorentina“ga qaytadi va unga avvalroq Xuan Kuadrado kiygan va asosan chap qanotda foydalanilgan 11-raqamli futbolka beriladi. U 1-oktabr kuni Yevropa Ligasida Belenensesga qarshi oʻyinda (4:0) klub bilan Yevropadagi debyutini oʻtkazadi. Oʻsha musobaqadagi navbatdagi oʻyinda Rebich "Lex Poznan "ga 2:1 hisobida magʻlub boʻlganida, qoʻshib berilgan vaqtda ehtiyotsizlik natijasida maydondan chetlatiladi. 1-noyabr kuni u A Seriyadagi ilk golini „Frozinone“ga qarshi oʻyinda (4:1) kiritadi.
„Fiorentina“ tarkibida bor-yoʻgʻi oltita oʻyinda maydonga tushib, bir marta gol urgan Rebich 2016-yilning 14-yanvarida „Hellas Verona“ jamoasiga ijaraga beriladi[12]. Biroq u 9 uchrashuvda gol ura olmaydi va Verona B Seriyaga tushib ketadi. 20-mart kuni Jaampaolo Pazzinining oʻrniga oʻyinda maydonga tushib, „Marc’Antonio Bentegodi“ stadionida „Karpi“ga 2:1 hisobidagi magʻlubiyatdan soʻng ikkita sariq kartochka olib, maydondan chetlatilgan edi[13].
Rebich 2016-yilning 11-iyulida Frankfurtning „Ayntraxt“ klubiga bir mavsumga ijara asosida qoʻshildi va terma jamoaning sobiq bosh murabbiyi Niko Kovach bilan yana birlashdi[14]. Mononukleoz bilan qisqa muddatli kurashdan soʻng, Rebich 17-sentabr kuni "Bayer "ga qarshi oʻyinda debyut qildi. Zaxiradan maydonga tushdi va Marko Fabianga, gʻalaba keltirgan golga, assistentlik qildi (2:1)[15]. 2017-yilning 5-fevralida u Commerzbank Arenada Hessening boshqa jamoasi SV Darmshtadt 98 ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda yangi jamoasi uchun birinchi golini kiritdi[16]. 27-may kuni u 2017-yilgi DFB-Pokal finalida hisobni tenglashtirdi, ammo Frankfurt Dortmundning „Borussiya“siga 2:1 hisobida imkoniyatni boy berdi[17].
2017-yilning 31-avgustida Rebich ikkinchi marta „Ayntraxt“ga sotib olish opsiyasi bilan yana bir yilga ijaraga oʻtdi[18]. Oʻsha mavsumda u barcha musobaqalarda toʻqqizta gol urdi va uchta golga assistentlik qildi[19]. Ushbu mavsumda u 19-may kunidagi 2018-yilgi DFB-Pokal Finalida ikkita gol kiritilgani, 3:1 hisobidagi gʻalaba uning klubiga 1988-yildan buyon ilk kubokni taqdim etgani va „Bavariya“ dublini chipakka chiqargani bilan omma eʼtirofiga tushadi[20]. Mavsum oxirida Frankfurtning „Ayntraxt“ klubi Rebichni 2 million yevro evaziga doimiy ravishda sotib olish imkoniyatidan foydalanib qoladi.
2018-yilning 10-avgustida Rebich 2022-yilning iyuniga qadar davom etadigan yangi shartnoma imzoladi[21]. Uni "Manchester Yunayted ", „Tottenxem“, „Bavariya“ va "Sevilya " kabi klublar kuzatib borishgan va „Ayntraxt“ „Bavariya“ga bosh murabbiy sifatida qoʻshigan Kovachdan tashqari bir nechta yulduz futbolchilarini yoʻqotgan edi[22]. Ikki kundan soʻng, „Ayntraxt“ 2018-yilgi DFL-Superkubogini oʻz uyida aynan oʻsha jamoaga boy berdi, Rebich 64-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan edi[23].
2019-yil 11-avgustda u DFB-Pokal oʻyinida Valdhof Mannheimga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etdi, bu oʻyinda „Ayntraxt“ 5:3 hisobida gʻalaba qozondi[24].
AC Milan
tahrir2019-20-yilgi mavsum
tahrir2019-yil 2-sentabrda Rebich Italiyaga qaytib keldi va „Milan“ bilan ikki yillik ijara shartnomasini imzoladi.
Mavsumning birinchi yarmini zaxira oʻrindigʻida oʻtkazganidan soʻng, terma jamoada klubdan koʻra koʻproq daqiqa harakat qilgan[25] Rebich 2020-yil 19-yanvarda "Udineze"ga qarshi oʻyinda (3:2) ligadagi dastlabki ikkita golini kiritadi[26]. Bir hafta oʻtgach, u „Breshiya“ ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan yagona gol bilan super zaxiradan tushgan holda kiritiluvchi – subgollar seriyasini davom ettiradi[27]. 9-fevral kuni u Derbi della Madonninada hisobni ochib beruvchi golga mualliflik qiladi. Ammo oʻyin 4:2 hisobidagi „Inter“ ning gʻalabasi bilan yakunlanadi[28]. Toʻrt kundan soʻng u Italiya kubogi doirasida „Yuventus“ ga qarshi oʻyinda (1:1) „Milan“ning yagona golini kiritadi[29][30][31]. 17-fevral kuni u „Torino“ga qarshi oʻyinda (1:0) yagona gol muallifiga aylanadi[32][33]. 12-iyun kuni klubning COVID-19 pandemiyasidan keyingi birinchi oʻyinida, Italiya Kubogining „Yuventus“ga qarshi javob oʻyinida Rebich „Yuventus“ himoyachisi Daniloga qoʻpollik qilgani uchun oʻn olti daqiqadan soʻng maydondan chetlatilgan edi[34]. 4-iyul kuni u chempionlikka daʼvogar „Latsio“ ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozonib, uchinchi golini kiritadi, bu ularning mavsumdagi ilk oʻz maydonida magʻlubiyatga uchrashi boʻladi[35]. 7-iyul kuni u penaltini ishlab oladi, golli uzatmani amalga oshiradi va „Yuventus“ ustidan 4:2 hisobida gʻalaba qozonilishiga oʻzining katta hissasini qoʻshadi[36]. Oʻsha mavsumda Rebich 12 ta golga mualliflik qiladi va 4 ta golli uzatmani amalga oshiradi[37].
2020-21-yilgi mavsum: hissalar va ikkinchi oʻrin
tahrir2020-yil 12-sentabrda „Milan“ Rebichni doimiy ravishda sotib olish imkoniyatidan foydalangan va futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan edi[38]. 27-sentabr kuni u penaltini ishlab oladi va Frank Kessi unumli foydalagan ushbu gol yordamida Krotone ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonadi. Ushbu oʻyinda u birinchi golga assistenlik qiladi, ammo oʻyinning 58-daqiqasida u qarshi hujumda yiqilib, tirsagini chiqarib yuboradi[39]. U 1-noyabr kuni „Udineze“ ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi gʻalabaning 71-daqiqasida Rafael Leao oʻrniga maydonga tushib, jamoaga qaytadi[40]. 23-dekabr kuni u oʻzining mavsumdagi ilk golini kiritadi, bu gol „Latsio“ ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozonishga oʻz koʻmagini beradi[41]. 2021-yil 6-yanvarda Rebichda COVID-19 testi ijobiy chiqadi va „Yuventus“ga qarshi derbida ishtirok eta olmaydi. Bu uchrashuvda Milan 3:1 hisobida magʻlub boʻladi. Ushbu magʻlubiyat ular uchun mavsumdagi dastlabkisi edi[42][43]. 28-fevral kuni u „Roma“ ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozongan golga mualliflik qiladi[44]. 9-may kuni u „Yuventus“ ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda ajoyib gol urib, „Milan“ga Chempionlar ligasi saralashi uchun muhim 3 ochkoni qoʻlga kiritdi[45]. Oradan uch kun oʻtib, „Torino“ga qarshi oʻyinda (7:0) u Teo Ernandes tomonidan kiritilgan toʻrtinchi golga assistentlik qiladi va shu bilan birga oʻzi uchun xet-trikni rasmiylashtirib qoʻyadi[46]. Bu mavsumda umumiy hisobda Rebich 11 ta gol kiritadi va 3 ta golga assistentlik qiladi[47].
2021-22-yilgi mavsum: jarohatlar
tahrir2021-yil 12-sentabrda u „Latsio“ ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan uchrashuvda ikkala golga ham assistentlik qilgan edi[48]. Uch kundan soʻng Rebich Chempionlar ligasidagi debyutini "Liverpul"ga qarshi 3:2 hisobidagi oʻyindagi „Milan“ning birinchi goliga mualliflik qiladi[49]. 19-sentabr kuni u „Yuventus“ga qarshi oʻyinda (1:1) hisobni tenglashtirdi, bu oʻzining „Yuventus“ darvozasiga umumiy ligadagi 3-goli sifatida qaydnomasiga kiritib qoʻyiladi[50]. 24-noyabr kuni Rebich mashgʻulotlarda jarohat olgani va bir oyga safdan chiqishi kutilayotgani xabar qilinadi[51]. Ammo, u 2022-yilning 9-yanvarigacha „Venesiya“ga qarshi maydonga qaytmaydi[52]. 19-fevral kuni u Salernitanaga qarshi safarda 2:2 hisobida yakunlangan oʻyinda 25 metrdan kuchli zarba yoʻllagan holda hisobni tenglashtirdi, bu uning 5 oydagi birinchi goli sifatida roʻyxatga kiradi[53][54][55].
Terma jamoadagi faoliyati
tahrir2013-yilning 31-iyulida Lixtenshteyn bilan mehmonda oʻtkaziladigan oʻrtoqlik oʻyini oldidan Rebich ilk bor milliy terma jamoaga chaqirildi. U oʻyinda Ivitsa Olichning oʻrniga 63-daqiqada maydonga tushdi va toʻrt daqiqa oʻtib 3:2 hisobida gʻalaba qozondi. Oʻyindan soʻng uni bosh murabbiy Igor Shtimac maqtadi[56].
Xorvatiya U21 terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Niko Kovach kelganidan soʻng, Rebich 2013-yil noyabr oyida Islandiyaga qarshi jahon chempionatining hal qiluvchi pley-off oʻyinlariga chaqirildi. U har ikkala oʻyinda ham zaxiradan maydonga tushdi. umumiy hisobda 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, 2014-yilgi FIFA Jahon kubogi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi[57][58].
Rebich Braziliyada boʻlib oʻtadigan turnir uchun Kovachning 23 kishilik yakuniy tarkibiga kiritildi[59]. U San-Pauluda mezbonlarga qarshi oʻtkazilgan ochilish oʻyinida 3:1 hisobida magʻlubiyatga uchragan uchrashuvda zaxiradan maydonga tushgan edi[60]. U keyingi ikki oʻyinda hamda xorvatlar guruhdan chiqib ketishlari oldi Meksikaga qarshi soʻnggi oʻyinida maydonda harakat qiladi. Karlos Penyaga qarshi qoʻpolligi uchun 80-daqiqada maydondan chetlatiladi[61].
2015-yilning iyunidan 2017-yilning noyabrigacha Rebich Xorvatiya terma jamoasi safida maydonga tushmagan[19]. U bosh murabbiy Zlatko Dalichning Rossiyada boʻlib oʻtadigan 2018-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionati uchun yakuniy tarkibiga kiritildi[62]. Nijniy Novgorodda Argentinaga qarshi ikkinchi guruh oʻyinida u darvozabon Villi Kabaleroga qarshi oʻyinda xatoga yoʻl qoʻyganidan foydalangani holda, Xorvatiyaning 3:0 hisobidagi gʻalaba oʻyinidagi lik golini kiritadi[63]. Daniyaga qarshi nimchorak tur uchrashuvida qoʻshimcha boʻlim tugashiga yaqin gol urish imkoniga ega boʻldi, lekin Matias Yorgensen tomonidan qoʻpollik natijasida toʻxtatib qolinadi. Luka Modrich penaltini amalga oshira olmaydi, ammo oʻyinda xorvatlar gʻalaba qozonadi[64]. Rebich Lujniki stadionida Fransiyaga 4:2 hisobida magʻlub boʻlgan final uchrashuvida 71 daqiqadan soʻng Andrey Kramarich oʻrniga maydonga tushadi[65].
U oʻzining uchinchi xalqaro golini 2019-yil 24-mart kuni Xorvatiyaning Yevro-2020 saralash bosqichida Budapeshtda Vengriyaga 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchratganida kiritgan edi[66]. U klubda zaxira oʻrindigʻiga qoʻyilgandan soʻng, uning formasi tushib ketganini saralash oʻyinlarida ham koʻrish mumkin edi, bu esa jamoatchilikning noroziligiga sabab boʻldi va uning Yevropa chempionati tarkibidagi oʻrnini xavf ostiga qoʻydi[67][68][69][70].
Xorvatiyaning 2020—21-yilgi Millatlar ligasi musobaqasidagi ishtirokidagi aksariyat oʻyinlarni jarohatlar tufayli oʻtkazib yuborganidan soʻng[71], Rebić terma jamoa bosh murabbiyi Dalichning UEFA Yevro 2020 uchun moʻljallangan yakuniy tarkibiga kiritildi. Xorvatiyaning Angliya va Chexiyaga qarshi guruh bosqichidagi dastlabki ikkita oʻyinida, Xorvatiya mos ravishda 1:0 hisobida magʻlub boʻlgan va 1:1 hisobida durang oʻynagani uchun, Rebich Dalich tomonidan yomon natijalar koʻrsatayogan qanot hujumchisi sifatida emas, balki markaziy hujumchi sifatida maydonga tushiriladi[72]. Ispaniyaga qarshi 16-tur uchrashuvida Rebich 38-daqiqada butsasini almashtirish uchun maydondan chetga chiqib turadi. Oʻshanda Xorvatiya 1:0 hisobida oldinda, Ispaniya esa hujumda edi, natijada Pablo Sarabiya hisobni tenglashtiradi. Xorvatiya qoʻshimcha boʻlimdan keyin oʻyinda 5:3 hisobida magʻlub boʻladi[73][74][75][76]. Ushbu koʻrsatgan karomati uchun oʻz vatanida qattiq tanqid qilinganidan soʻng[77][78][79] Rebić oʻzining Instagram sahifasida Dalich va Xorvatiya futbol federatsiyasini tanqid qilib, "Ushbu haqiqat (Milliy terma jamoa) soʻnggi ikki-uch yil davomida boʻsh edi va u (Dalich) bunday isteʼdodli avloddan foydalana oladigan hech kim yoʻqligidan shaxsan afsusdaman", deya post joylashtiradi. U, shuningdek, xorvatiyalik ekspertlarni (aniqrogʻi Robert Prosinečki, Goran Vlaovich va Antun Samovoyskani) istehzo bilan tanqid qilib, ularga „koʻrsatuvlar oldidan spritzerni qoʻyib yuboringlar“ (Prosinečkining ichkilik bilan bogʻliq muammolarini nazarda tutib)[80] va „oʻrniga Xorvatiyani qoʻllab-quvvatlanglar“ deya taʼkidlaydi. Koʻp oʻtmay u postlarni oʻchirib tashlaydi va akkauntini oʻchirib qoʻyadi[81][82]. Rossiya, Slovakiya va Sloveniyaga qarshi sentabr oyida boʻlib oʻtadigan Jahon chempionati saralash oʻyinlari oldidan Rebich terma jamoaga kiritilmagandi[83].
Oʻyin uslubi
tahrirRebić oʻzining jismoniy kuchi hamda toʻp bilan yoki toʻpsiz ham yugurish tezligi bilan mashhurdir. 2019-yilda u 21.81mphlik natijasi orqali Achraf Hakimidan soʻng,Bundesligadagi eng tezkor ikkinchi oʻyinchi boʻldi."Ayntraxt" safida toʻp surgani holda, soatiga 34km/s koʻrsatkich bilan[84], shuningdek, 2018-yilgi jahon chempionatida Krishtianu Ronaldu bilan birga eng tez oʻyinchi sifatida eʼtirof etiladi[85]. Uning dribbling qobilyati juda yaxshi, ayniqsa yakkama-yakka vaziyatlarda va qiyin vaziyatlarda toʻpni tana kuchi bilan himoya qila oladi[86]. Biroq, uning yakkama yakka kurashlarda toʻpga birinchi yetishi uning oʻyinni yaxshilay oladigan sifatlaridan biri sifatida tilga olingan. Uning boshqa sifatlari esa uning aniq toʻp uzatishlari, uzun paslar va uzoq masofadan berilgan zarbalarning aniqligi, shuningdek, yuqori bosimli vaziyatlarda qaror qabul qila olishidir[87]. Taktik jihatdan Rebich koʻp qirrali forvard (hujumchi) boʻlib, u turli tuzilmalarda bir nechta pozitsiyalarda harakat qila oladi. U asosan 4-3-3 yoki 4-2-3-1 oʻyin sxemalarida chap qanot hujumchisi sifatida maydonda harakat qilsa-da, 4-4-2 sxemasida hujumkor yarim himoyachi yoki yordamchi hujumchi sifatida ham oʻynay oladi. „Ayntraxt“ning 2018—19-yilgi mavsumida u 3-4-1-2 taktik sxemasida hujumkor yarim himoyachi sifatida maydonga tushdi va Luka Yovich va Sebastyan Xaller bilan oʻzaro hujumkor uchburchakni tashkil qildi[88][89]. Hujum vazifalaridan tashqari, u oʻz jamoasining himoyaviy oʻyinlarida, jumladan, raqibning pressingi yoki qarshi pressingida ishtirok etishga tayyorligi uchun maqtovga sazovor boʻlgan[87].
Shaxsiy hayoti
tahrir2018-yil iyun oyida Rebich oʻzining bolalik qishlogʻi Vinjani Donji aholisining barcha qarzlarini toʻlagani haqida xabar berilgan edi[90]. 2021-yil fevral oyida Rebich Slavonski Brodlik bolalarni reabilitatsiya qilish va oʻqitish uchun yangi muassasa qurilishini moliyalashtirish uchun 10 000 yevro xayriya qildi[91][92][93].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlublardagi faoliyati
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Milliy kubokda | Yevropa | Boshqa | Umumiy | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizon | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
RNK Split | 2010-11 | Prva HNL | 1 | 1 | 0 | 0 | — | — | 1 | 1 | ||
2011-12 | Prva HNL | 20 | 5 | 1 | 0 | 3 | 0 | — | 24 | 5 | ||
2012-13 | Prva HNL | 29 | 10 | 2 | 2 | — | — | 31 | 12 | |||
2013-14 | Prva HNL | 4 | 0 | 0 | 0 | — | — | 4 | 0 | |||
Umumiy | 54 | 16 | 3 | 2 | 3 | 0 | 0 | 0 | 60 | 18 | ||
Fiorentina | 2013-14 | Serie A | 4 | 1 | 1 | 1 | — | — | 5 | 2 | ||
2015-16 | Serie A | 4 | 1 | 1 | 0 | 2 | 0 | — | 7 | 1 | ||
Umumiy | 8 | 2 | 2 | 1 | 2 | 0 | 0 | 0 | 12 | 3 | ||
RB Leipzig (loan) | 2014-15 | 2. Bundesliga | 10 | 0 | 1 | 0 | — | — | 11 | 0 | ||
Hellas Verona (loan) | 2015-16 | Serie A | 10 | 0 | 0 | 0 | — | — | 10 | 0 | ||
Eintracht Frankfurt (loan) | 2016-17 | Bundesliga | 24 | 2 | 4 | 1 | — | — | 28 | 3 | ||
2017-18 | Bundesliga | 25 | 6 | 3 | 3 | — | — | 28 | 9 | |||
Eintracht Frankfurt | 2018-19 | Bundesliga | 28 | 9 | 0 | 0 | 9 | 1 | 1 | 0 | 38 | 10 |
2019-20 | Bundesliga | 1 | 0 | 1 | 3 | 4 | 0 | — | 6 | 3 | ||
Umumiy | 78 | 17 | 8 | 7 | 13 | 1 | 1 | 0 | 100 | 25 | ||
AC Milan (loan) | 2019-20 | Serie A | 26 | 11 | 4 | 1 | — | — | 30 | 12 | ||
AC Milan | 2020-21 | Serie A | 27 | 11 | 1 | 0 | 5 | 0 | — | 33 | 11 | |
2021-22 | Serie A | 24 | 2 | 3 | 0 | 2 | 1 | — | 29 | 3 | ||
Umumiy | 77 | 24 | 8 | 1 | 7 | 1 | 0 | 0 | 92 | 26 | ||
Umumiy faoliyat | 238 | 60 | 22 | 11 | 25 | 2 | 1 | 0 | 286 | 73 |
Xalqaro maydonlarda
tahrirMilliy terma jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar |
---|---|---|---|
Xorvatiya | 2013-yil | 3 | 1 |
2014-yil | 5 | 0 | |
2015-yil | 2 | 0 | |
2016-yil | 0 | 0 | |
2017-yil | 2 | 0 | |
2018-yil | 14 | 1 | |
2019-yil | 8 | 1 | |
2020-yil | 2 | 0 | |
2021-yil | 6 | 0 | |
Jami | 42 | 3 |
No. | Sana | Joy | Qopqoq | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2013-yil 14-avgust | Rheinpark Stadion, Vaduz, Lixtenshteyn | 1 | Lixtenshteyn | 2-1 | 3-2 | Doʻstona |
2 | 2018-yil 21-iyun | Nijniy Novgorod stadioni, Nijniy Novgorod, Rossiya | 18 | Argentina | 1-0 | 3-0 | 2018 FIFA Jahon chempionati |
3 | 2019-yil 24-mart | Groupama Arena, Budapesht, Vengriya | 28 | Vengriya | 1-0 | 1-2 | UEFA Evro-2020 saralashi |
Sovrinlar
tahrirEintracht Frankfurt (talaffuzi: Ayntraxt Frankfurt)
- A Seriya chempionligi: 2021-22-yilgi mavsum[94];
Xorvatiya terma jamoasi bilan
- FIFA Jahon chempionati finalchisi: 2018-yil[95].
Shaxsiy yutuqlar
Ordenlar
- Duke Branimir ordeni: 2018-yil[96].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: Croatia“. FIFA (15-iyul 2018-yil). 11-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Kuzmanić, Dražen. „Ante Rebić, imotski nogometaš u prvoligašu RNK Split“ (xorvatcha). Imotske novine (28-sentabr 2011-yil). 31-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-noyabr 2011-yil.
- ↑ Rupnik, Borna. „Naslov i Europa proslavljeni bodom“ (xorvatcha). Sportnet.hr (21-may 2011-yil). 19-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-noyabr 2011-yil.
- ↑ Rupnik, Borna. „Rebić: Hvala Obilinoviću na lopti“ (xorvatcha). Sportnet.hr (23-may 2011-yil). 19-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-noyabr 2011-yil.
- ↑ Pavković, Božo. „Ante Rebić sa Splitom potpisao ugovor do 2014. godine!“ (xorvatcha). dalmacijanews.com (31-avgust 2011-yil). 8-may 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-noyabr 2011-yil.
- ↑ „Transfer news: Fiorentina complete signing of Croatian forward Ante Rebic“. SkySports (28-avgust 2013-yil). Qaraldi: 28-avgust 2013-yil.
- ↑ „ANTE REBIĆ NA PREDSTAVLJANJU 'Nastojat ću biti dostojan Batistutinog dresa'“. JutarnjiList. Qaraldi: 8-yanvar 2014-yil.
- ↑ „Ante Rebić debitirao za Fiorentinu u remiju s Parmom“. Večernji list. Qaraldi: 8-yanvar 2014-yil.
- ↑ Farinola, Antonio. „Coppa Italia, Fiorentina-Chievo 2–0: I viola volano ai quarti“ (italyancha). La Repubblica (8-yanvar 2014-yil). Qaraldi: 21-iyun 2018-yil.
- ↑ „Fiorentina-Torino 2–2, Cerci sbaglia al 94' il rigore dell'Europa“ (italyancha). La Repubblica (18-may 2014-yil). Qaraldi: 21-iyun 2018-yil.
- ↑ „Ante Rebić na posudbi u Leipzigu“ (xorvatcha). Večernji list. Qaraldi: 4-avgust 2014-yil.
- ↑ Chloe_Beresford. „Ante Rebic Joins Struggling Hellas Verona On Loan“ (14-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 17-avgust 2016-yil.
- ↑ Barzizza, Marco. „Lasagna condanna il Verona e rilancia il Carpi verso la salvezza“ (italyancha). Eurosport (20-mart 2016-yil). Qaraldi: 21-iyun 2018-yil.
- ↑ „Ante Rebic Joined Eintracht“ (11-iyul 2016-yil). 17-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-avgust 2016-yil.
- ↑ „Neue Unberechenbarkeit mit Fabian, Rebic und Co.“ (olmoncha). kicker Online (18-sentabr 2016-yil). Qaraldi: 4-iyun 2017-yil.
- ↑ „Die Wuchtbrumme“ (olmoncha). Frankfurter Runschau (6-fevral 2017-yil). Qaraldi: 21-iyun 2018-yil.
- ↑ „Borussia Dortmund's Aubameyang sinks Eintracht Frankfurt to land cup“. The Guardian. Press Association (27-may 2017-yil). Qaraldi: 21-iyun 2018-yil.
- ↑ „Rebic Back in Frankfurt“. Eintracht Frankfurt (31-avgust 2017-yil). 22-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyun 2018-yil.
- ↑ 19,0 19,1 Reeves, Bernie. „Ante Rebic: who is Eintracht Frankfurt and Croatia's man for the big occasion?“. Bundesliga (21-iyun 2018-yil). 2022-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyun 2018-yil.
- ↑ „Eintracht Frankfurt stun Bayern Munich to win DFB Cup final for fifth time“. Bundesliga (19-may 2018-yil). 2022-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyun 2018-yil.
- ↑ „Croatian top player extended until 2022“. Eintracht Frankfurt (24-avgust 2018-yil). 10-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-avgust 2018-yil.
- ↑ Van Opdorp, Davis. „Why Ante Rebic is the man Eintracht Frankfurt needed to keep“. Deutsche Welle (11-avgust 2018-yil). Qaraldi: 20-avgust 2018-yil.
- ↑ „Bayern Munich thrash Eintracht Frankfurt to win DFL-Supercup“. Eurosport (12-avgust 2018-yil). Qaraldi: 20-avgust 2018-yil.
- ↑ „Sport Rebic hat-trick sends Frankfurt into German Cup second round“. Eurosport (11-avgust 2019-yil). Qaraldi: 2-sentabr 2019-yil.
- ↑ Kižlin, Slaven. „'NE RADIMO NA NJEGOVOM POVRATKU, NE TREBA NAM NITKO!' Iz kluba koji je mogao biti jedini Rebićev spas stigla najgora moguća poruka za našeg napadača“ (xorvatcha). Sportske novosti (6-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 19-yanvar 2020-yil.
- ↑ „VIDEO: LUDNICA NA SAN SIRU, ANTE REBIĆ JUNAK VELIKOG PREKRETA! Ušao u igru, odmah zabio za izjednačenje, a onda u zadnjim sekundama i za pobjedu“ (xorvatcha). Sportske novosti (19-yanvar 2020-yil).
- ↑ „Match Report | 2019-20 | 21ª Match Day | Lega Serie A“. 26-iyul 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-iyun 2022-yil.
- ↑ Hafez, Shamoon. „Inter Milan 4–2 AC Milan“. BBC Sport (9-fevral 2020-yil).
- ↑ „REBIĆ DOVEO ROSSONERE U VODSTVO, RONALDO IZJEDNAČIO U POSLJEDNJIM TRENUCIMA Nova briljantna utakmica Vatrenog u dresu Milana u derbiju na San Siru“ (xorvatcha). Sportske novosti (13-fevral 2020-yil). Qaraldi: 14-fevral 2020-yil.
- ↑ „ANTE REBIĆ NOVIM GOLOM POTVRDIO SJAJNU FORMU, TRENER MILANA NAKON UTAKMICE PORUČIO 'Dečki nemaju za čime žaliti, ali zbog jedne sam stvari jako ljut'“ (xorvatcha). Sportske novosti (14-fevral 2020-yil).
- ↑ „ANTE REBIĆ SVOJIM PREDSTAVAMA ZALUDIO NOGOMETNU ITALIJU! SA SVIH STRANA STIŽU POHVALE NA RAČUN VATRENOG 'On je postao zlatni čovjek u napadu Milana'“ (xorvatcha). Sportske novosti (14-fevral 2020-yil).
- ↑ „VIDEO: ANTE REBIĆ STRIJELAC ZA POBJEDU MILANA Pogledajte kako je zabio svoj peti gol u isto toliko utakmica!“ (xorvatcha). Sportske novosti (17-fevral 2020-yil).
- ↑ „USPON SE NASTAVLJA: IBRAHIMOVIĆEV EFEKT PRIJE, REBIĆEV UČINAK SADA Hrvat je taj koji gura velikana prema naprijed!“ (xorvatcha). Sportske novosti (18-fevral 2020-yil).
- ↑ „Rebić ekspresno dobio crveni zbog kung-fu udarca, Ronaldo promašio penal!“ (hr). Gol.hr (12-iyun 2020-yil).
- ↑ Fisher. „Lazio 0-3 AC Milan: Ruthless Rossoneri hand Lazio their first home defeat of the season“ (en). SempreMilan (4-iyul 2020-yil).
- ↑ „AC Milan vs. Juventus - Football Match Summary - 7-iyul 2020-yil - ESPN“ (inglizcha). ESPN.com. Qaraldi: 7-iyul 2020-yil.
- ↑ „ANTE REBIC“. AS (2-avgust 2020-yil). Qaraldi: 19-fevral 2022-yil.
- ↑ „COMUNICATO UFFICIALE: ANTE REBIĆ“ (italyancha). AC Milan (12-sentabr 2020-yil).
- ↑ Hina. „VIDEO: Grozan pad Ante Rebića, poznata težine ozljede, Milan već traži novog napadača!?“ (hr-hr). Sportske novosti (27-sentabr 2020-yil).
- ↑ Hina. „Video: Pogledajte veliki Ibra show! Maestralna asistencija pa škarice za pobjedu na dodavanje Rebića!“ (hr-hr). Sportske novosti (1-noyabr 2020-yil).
- ↑ „VIDEO: Rebić zabio ovosezonski prvijenac u derbiju kola i izborio jedanaesterac, Milan dramatično slavio“ (hr-hr). Sportske novosti (23-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 23-dekabr 2020-yil.
- ↑ „Ante Rebić pozitivan na koronavirus, Milanov dvojac propušta veliki derbi protiv Juventusa“ (hr-hr). Sportske novosti (6-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 6-yanvar 2021-yil.
- ↑ „VIDEO: Juve potopio Milan! Pogledajte poteze večeri - peta, gol u rašlje, pa eksplozija 'novog Zlatana'“ (hr-hr). Sportske novosti (6-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 6-yanvar 2021-yil.
- ↑ „Video: Fantastičan gol Ante Rebića za pobjedu Milana, ali potom i ozljeda! Ozlijedio se i Ibrahimović...“ (hr-hr). Sportske novosti (28-fevral 2021-yil). 19-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-mart 2021-yil.
- ↑ „Pogledajte spektakularan pogodak Rebića! Milan razbio Juve, Ante ušao umjesto Zlatana i zabio golčinu“ (hr-hr). Sportske novosti (9-may 2021-yil). 10-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-may 2021-yil.
- ↑ Znaor. „Rebić rastavio Torino na proste faktore: Hat-trick u 12 minuta!“ (xorvatcha). 24sata (12-may 2021-yil). 19-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-may 2021-yil.
- ↑ „ANTE REBIC“. AS (24-may 2021-yil). Qaraldi: 19-fevral 2022-yil.
- ↑ „Rebić s dvije asistencije srušio Lazio. Evo kako je namjestio gol Ibrahimoviću“ (xorvatcha). Index.hr (12-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 13-sentabr 2021-yil.
- ↑ „LIVERPOOL - MILAN 3:2 Rebić zabio prvijenac u LP-u, Milan pao nakon preokreta“ (xorvatcha). Index.hr (15-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 15-sentabr 2021-yil.
- ↑ „JUVENTUS V AC MILAN: ALL THE NUMBERS“. acmilan. Qaraldi: 19-fevral 2022-yil.
- ↑ Fisher. „Giornale: Milan juggling multiple injuries again - latest on Rebic, Calabria, Maignan and Tomori“ (24-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 19-fevral 2022-yil.
- ↑ „AC MILAN SINK VENEZIA AT THE PENZO“. acmilan. Qaraldi: 19-fevral 2022-yil.
- ↑ „SALERNITANA V AC MILAN: THE STATS FROM THE GAME“. acmilan. Qaraldi: 19-fevral 2022-yil.
- ↑ „Salernitana 2-2 AC Milan“. sempremilan (19-fevral 2022-yil). Qaraldi: 19-fevral 2022-yil.
- ↑ „A DRAW IN SALERNO“. acmilan. Qaraldi: 19-fevral 2022-yil.
- ↑ „Štimcu je Ante Rebić novi adut za Marakanu“. Večernji list. Qaraldi: 16-avgust 2013-yil.
- ↑ „Iceland 0–0 Croatia“. BBC Sport (15-noyabr 2013-yil). Qaraldi: 22-iyun 2018-yil.
- ↑ „Croatia 2–0 Iceland“. BBC Sport (19-noyabr 2013-yil). Qaraldi: 22-iyun 2018-yil.
- ↑ „Croatia squad for 2014 World Cup: the 23 chosen by Niko Kovac“. The Guardian (5-iyun 2014-yil). Qaraldi: 22-iyun 2018-yil.
- ↑ Smith, Ben. „Brazil 3–1 Croatia“. BBC Sport (12-iyun 2014-yil). Qaraldi: 22-iyun 2018-yil.
- ↑ Sanghera, Mandeep. „Croatia 1–3 Mexico“. BBC Sport (23-iyun 2014-yil). Qaraldi: 22-iyun 2018-yil.
- ↑ „World Cup 2018: Dejan Lovren named in strong Croatia squad“. BBC Sport (4-iyun 2018-yil). Qaraldi: 22-iyun 2018-yil.
- ↑ James, Stuart. „Argentina on brink as Ante Rebic sparks rout to put Croatia through“. The Guardian (21-iyun 2018-yil). Qaraldi: 22-iyun 2018-yil.
- ↑ Hytner, David. „Croatia send Denmark out of World Cup after Subasic heroics in shootout“. The Guardian (1-iyul 2018-yil). Qaraldi: 2-iyul 2018-yil.
- ↑ McNulty, Phil. „France 4–2 Croatia“. BBC Sport (15-iyul 2018-yil). Qaraldi: 18-iyul 2018-yil.
- ↑ Olivari, Davorin. „FOTO: HRVATSKA PALA U BUDIMPEŠTI! MAĐARI VELIKIM PREOKRETOM STIGLI DO POVIJESNE POBJEDE Rebić načeo domćine, a onda je sve krenulo u krivom smjeru!“ (xorvatcha). Sportske novosti (24-mart 2019-yil). Qaraldi: 19-yanvar 2020-yil.
- ↑ Germanijak/I.A.S.. „(KRAJ) Azerbajdžan - Hrvatska 1:1“ (xorvatcha). Germanijak (9-sentabr 2019-yil). Qaraldi: 19-yanvar 2020-yil.
- ↑ Antolić, Dražen. „OTKRIVAMO DVIJE NEMOGUĆE DILEME ZLATKA DALIĆA Malo tko bi Vlašiću dao prednost pred 'institucijom HR nogometa', a dvojba u napadu još je teža...“ (xorvatcha). Sportske novosti (7-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 19-yanvar 2020-yil.
- ↑ Olivari, Davorin. „NAPOKON JE GOTOVO, HRVATSKA RIJETKO VIĐENIM PREOKRETOM IZBORILA EURO! Slovaci su zabili, a onda je Zlatko Dalić povukao potez kvalifikacija“ (xorvatcha). Sportske novosti (16-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 19-yanvar 2020-yil.
- ↑ Matteoni, Robert. „NAJTEŽI DANI U KARIJERI DALIĆEVOG STARTERA Anti Rebiću visi nastup na Euru!“ (xorvatcha). Sportske novosti (4-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 19-yanvar 2020-yil.
- ↑ Dobrinić. „Priča s Antom Rebićem počela je puno ranije? Jedna rečenica Zlatka Dalića je svima promaknula“ (hr-hr). Sportske novosti (2-iyul 2021-yil). 2-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-iyul 2021-yil.
- ↑ Topić. „Dalić je potrošio sve alibije“ (xorvatcha). Telesport (19-iyun 2021-yil). 19-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-iyun 2021-yil.
- ↑ „VIDEO: Pojavila se nova snimka Rebićevog poteza, prikazuje reakciju njega i Dalića kad je pao gol“ (xorvatcha). Gol.hr (29-iyun 2021-yil). 29-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-iyun 2021-yil.
- ↑ „Rebićev potez hit na internetu: Ove su šale sinoć kružile po cijeloj Hrvatskoj“ (xorvatcha). Gol.hr (29-iyun 2021-yil). 29-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-iyun 2021-yil.
- ↑ „VIDEO: Pogledajte što se točno dogodilo! Rebić mijenja kopačke pa uz Dalića gleda kako primamo gol“ (hr-hr). Sportske novosti (29-iyun 2021-yil). 29-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-iyun 2021-yil.
- ↑ „Marca otkriva što se događalo na poluvremenu oko Rebića: Slomio se“ (xorvatcha). Index.hr (29-iyun 2021-yil). 9-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-iyun 2021-yil.
- ↑ Jurišić. „Neka gori Rebić“ (xorvatcha). Telesport (3-iyul 2021-yil). 3-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2021-yil.
- ↑ Lugonjić. „Dalić ekskluzivno: "Neki su igrači potrošili kredite. Moram shvatiti da sam pogriješio"“ (xorvatcha). Gol.hr (29-iyun 2021-yil). 29-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-iyun 2021-yil.
- ↑ HINA. „Dalić: Dok mi mijenjamo kopačke i pijemo vodu, protivnik nam zabija“ (xorvatcha). Index.hr (28-iyun 2021-yil). Qaraldi: 30-iyun 2021-yil.
- ↑ Karin. „Frajeri iz reprezentacije, odrastite“ (xorvatcha). Index.hr (30-iyun 2021-yil). 30-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyul 2021-yil.
- ↑ „Rebić: Mi smo govno zadnje 2-3 godine. Nismo imali nikoga da iskoristi ovu generaciju“ (xorvatcha). Index.hr (30-iyun 2021-yil). Qaraldi: 30-iyun 2021-yil.
- ↑ „Rebić prozvao Prosinečkog, Vlaovića i "TV stručLjake"“ (xorvatcha). Index.hr (30-iyun 2021-yil). Qaraldi: 30-iyun 2021-yil.
- ↑ „Zlatko Dalić objavio prvi popis igrača nakon Eura! Na njemu nema Rebića, ali tu su Sosa, Livaja...“ (hr-hr). Sportske novosti (16-avgust 2021-yil). 16-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-avgust 2021-yil.
- ↑ „Who are the ten fastest players in the Bundesliga?“.
- ↑ „The 20 fastest players at the World Cup - featuring 4 England stars“. Daily Mirror (6-iyul 2018-yil).
- ↑ „Ante Rebic 2019/20 - scout report“ (16-avgust 2019-yil).
- ↑ 87,0 87,1 „Ante Rebic insight: Scouting report, statistical comparison, rating and more…“ (3-sentabr 2019-yil).
- ↑ „Site is undergoing maintenance“ (31-iyul 2020-yil).
- ↑ Ferrazzi. „Rebic, che duttilità: può fare la prima punta, la seconda e anche il trequartista“ (italyancha). Milan News (11-avgust 2019-yil). Qaraldi: 18-fevral 2020-yil.
- ↑ „Ante Rebić platio kredite svim mještanima svog rodnog sela“ (xorvatcha). www.novizivot.net (14-iyul 2018-yil). 12-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-fevral 2021-yil.
- ↑ Lawless. „AC Milan's Ante Rebic Is One Of The Most Generous Footballers In The World“ (inglizcha). Sport Bible (18-fevral 2021-yil). 18-fevral 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-fevral 2021-yil.
- ↑ Fisher. „Ante Rebic shows incredibly generosity to help residents of his home village in Croatia“ (inglizcha). Sempre Milan (18-fevral 2021-yil). 18-fevral 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-fevral 2021-yil.
- ↑ „Rebić je svima u selu otplatio kredite, a sada je ponovno učinio divno djelo“ (xorvatcha). Novizivot (17-fevral 2021-yil). 17-fevral 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-fevral 2021-yil.
- ↑ „Milan Secure 1st Serie A Title in 11 Years“. news18.com (23-may 2022-yil). Qaraldi: 23-may 2022-yil.
- ↑ McNulty. „France 4–2 Croatia“. BBC (15-iyul 2018-yil). Qaraldi: 15-iyul 2018-yil.
- ↑ „News: President Decorates Croatian National Football Team Players and Coaching Staff“. Office of the President of the Republic of Croatia (13-noyabr 2018-yil). — „the Order of Prince Branimir with Ribbon was awarded to Mr. Ante Rebić...“. 9-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-yanvar 2019-yil.