Fatma Aliye Topuz
Fatma Aliye Topuz (1862-yil 9-oktyabr – 1936-yil 13-iyul) – Fatma Aliye yoki Fatma Aliye Hanim nomi bilan tanilgan, turk yozuvchisi, sharhlovchisi, esseist, ayollar huquqlari faoli va insonparvar. Fatma Aliye Hanim beshta romani bilan adabiyot doiralari tomonidan turk adabiyotidagi birinchi ayol romanchi sifatida eʼtirof etilgan[1].
Fatma Aliye Topuz | |
---|---|
Tavalludi |
9-oktyabr 1862-yil |
Vafoti |
13-iyul 1936-yil (73 yoshda) Istanbul, Turkiya |
Taxallusi | Bir Hanım, Mütercime-i Meram |
Ijod qilgan tillari | Turk tili |
Fuqaroligi | Usmonli imperiyasi va Turkiya |
Hayoti
tahrirFatma Aliye 1862-yil 9-oktyabrda Istanbulda tugʻilgan. U Usmonlilar davlati xizmatchisi, taniqli tarixchi va amaldor Ahmed Cevdet Pasha (1822–1895) va uning rafiqasi Adviye Rabia Hanımning ikkinchi farzandi edi. Uning akasi Ali Sedat va singlisi Emine Semiye boʻlgan[2][3].
Otasining Voliy (viloyat gubernatori) lavozimi tufayli Misrda, keyinroq Gretsiyada, 1866-yildan 1868-yilgacha Halabda uch yil va 1875-yilda Janinada olti oyni oʻtkazdi. 1878-yilda u otasi tayinlangan Damashqda oilasi bilan toʻqqiz oy qoldi.
Fatma Aliye oʻz uyida norasmiy taʼlim olgan. Chunki oʻsha paytda ayollarning taʼlim olishiga qonunchilikda hech qanday cheklov boʻlmasa ham, qizlarning rasmiy sinflarga yozilishi odatiy hol emas edi. Oʻzining intellektual qiziqishi tufayli u arab va fransuz tillarini yuqori darajada oʻrgandi[4].
1879-yilda, u oʻn yetti yoshga toʻlganda, otasi uni kapitan-mayorga turmushga berdi. Uning turmush oʻrtogʻi Mehmet Faik Bey, Sulton Abdul Hamid II ning yordamchisi va Plevna qamalining qahramoni Gazi Osmon Pashaning jiyani edi. U toʻrtta qiz tugʻdi: Hatice (1880-yilda tugʻilgan), Ayşe (1884-yilda tugʻilgan), Nimet (1900-yilda tugʻilgan) va Zübeyde İsmet (1901-yilda tugʻilgan)[4].
Uning turmush oʻrtogʻi undan bilimsizroq odam edi va turmushning birinchi yillarida unga chet tillaridagi romanlarni oʻqishga ruxsat bermadi[4].
Yozuvchilik karyerasi
tahrirU 1889-yilda turmush qurganidan oʻn yil oʻtib, turmush oʻrtogʻining ruxsati bilan Georges Ohnetning „Volonte“ romanini fransuz tilidan turk tiliga tarjimasi bilan adabiyotda debyut qildi. Kitob uning „Bir Hanim“ taxallusi bilan nashr etilgan[4]. Taniqli yozuvchi Ahmet Mithat undan shunchalik taʼsirlanganki, uni Tercüman-i Hakikat gazetasida oʻzining faxriy qizi deb eʼlon qilgan. Fatma Aliye ham otasining eʼtiborini tortdi hamda u bilan maʼruza oʻqidi va fikr almashdi. Birinchi tarjimasidan soʻng u ketma-ket tarjimalarida „Mütercime-i Meram“ taxallusini ishlatgan[5].
1894-yilda u Ahmet Mithat bilan birgalikda „Hayal va hakikat“ romanini yozdi. U ayol qahramon uchun parchalarni yozgan boʻlsa, erkak qahramon uchun parchalarni Ahmet Mithat yozgan. Asar „Bir Kadın ve Ahmet Mithat“ nomi bilan imzolangan[6]. Ushbu romandan soʻng ikki muallif bir-birlari bilan uzoq vaqt maktub almashishdi va keyinchalik ular Tercüman-i Hakikat gazetasida chop etildi.
Fatma Aliye 1892-yilda oʻzining haqiqiy ismi bilan „Muhazarat“ romanini nashr ettiradi va unda ayol birinchi muhabbatini unuta olmaydi degan ishonchni inkor etishga harakat qiladi. Bu butun Usmonli imperiyasida ayol yozuvchi tomonidan yozilgan birinchi roman edi. Kitob 1908-yilda qayta nashr etilgan.
Uning 1899-yilda nashr etilgan uchinchi romani „Udi“ asarida Halabda Fatma Aliye bilan uchrashgan udchi ayol tasvirlangan. Bu romanida u baxtsiz turmush qurgan Bedianing hayotini sodda tilda hikoya qiladi[7]. Taniqli yozuvchi Reşat Nuri Güntekin „Udi“ asarini adabiyotga qiziqishini uygʻotgan eng muhim asarlardan biri deb ataydi.
1914-yilda u otasini siyosiy hujumlardan himoya qilish maqsadida „Ahmed Jevdet Pasha va zamoni“ kitobini nashr ettirdi. Ushbu asarda u Ikkinchi Konstitutsiya davridan keyingi siyosiy sahnani ochib berishni maqsad qilgan edi[8]. Biroq, uning tarixiy tezisga qarama-qarshiligi kitobning adabiyotdan chiqarilishiga olib keldi[9].
Ayollar huquqlari faoli
tahrirU adabiy asarlari bilan bir qatorda 1895-1908-yillar oraligʻida oʻn uch yil davomida Hanımlara Mahsus Gazete jurnalida konservativ qarashlaridan voz kechmagan holda ayollar huquqlari haqida maqolalar yozdi[10]. Birinchi turk feministlaridan biri hisoblangan singlisi Emine Semiye Önasya (1864–1944) ham haftada ikki marta chiqadigan jurnal tahriri sifatida ziyoli ayollar qatorida edi[2]. Ular 1908-yilgi Yosh turk inqilobidan keyin boshlangan Mehâsin jurnaliga ham oʻz hissalarini qoʻshganlar[11].
Fatma Aliye 1896-yilda nashr etilgan „Nisvan-i Islom“ kitobida gʻarb dunyosiga musulmon ayollarning ahvolini tushuntirib bergan. Oʻzining jurnallardagi maqolalarida yozganidek, u ushbu kitobda oʻz romanlarida yaratgan zamonaviy personajlarga zid boʻlgan konservativ anʼanalarni himoya qildi.
Gumanitar yordamlari
tahrirFatma Aliye xayriya ishlari bilan ham shugʻullangan. Yunon-turk urushidan soʻng u 1897-yilda askar oilalarini qoʻllab-quvvatlash uchun „Nisvan-ı Osmaniye İmdat Cemiyeti“ xayriya tashkilotini tuzdi. Bu mamlakatdagi birinchi ayollar tashkilotlaridan biri edi. U insonparvarlik saʼy-harakatlari uchun 1899-yilda Sulton Abdulhamid II tomonidan „Mehr-muruvvat“ ordeni bilan taqdirlangan[12].
Fatma Aliye, shuningdek, „Usmonli Hilal-i Ahmer Cemiyeti“ tashkilotining birinchi ayol aʼzosi boʻldi. Bundan tashqari, 1910-yillarda Italiya-Turkiya urushi va Bolqon urushlaridan keyin tashkil etilgan „Müdafaa-i Milliye Osmanlı Kadınlar Heyeti“ qoʻmitasida ishlagan.
Soʻngi yillari
tahrirUning kenja qizi Zübeyde İsmet 1926-yilda nasroniylikni qabul qildi va Rim-katolik rohibasi boʻlish uchun Turkiyani tark etdi[13]. Fatma Aliye 1920-yillarda qizini qidirib, shuningdek, sogʻligʻi sababli Fransiyaga bir necha bor sayohat qilgan[4]. 1928-yilda u turmush oʻrtogʻini yoʻqotdi. Fatma Aliye 1934-yil 21-iyunda qabul qilingan Familiya qonuni Turkiyada joriy qilinganidan keyin Topuz familiyasini qabul qildi. Oʻzining soʻnggi yillarini sogʻligʻi yomon va moliyaviy qiyinchilikda oʻtkazgan Fatma Aliye 1936-yil 13-iyulda Istanbulda vafot etdi[5]. U Ferikoʻy qabristoniga dafn qilindi.
Xotirasi
tahrirZafer Hanim „Aşk-i Vatan“ romanini Fatma Aliye Hanimdan yillar oldin, 1877-yilda yozgan boʻlsa-da, nashr etilgan birgina asari tufayli u ilk turk ayol yozuvchisi sifatida eʼtirof etilmaydi[5].
2009-yilda chiqarilgan 50 turk liralik banknotaning orqa tomonida Fatma Aliyening portreti tasvirlangan[14]. Biroq, Turkiya Markaziy bankining uni bu qadar sharaflangan birinchi ayol va birinchi ayol turk yozuvchisi sifatida tanlagani turk adabiyotshunoslari va tarixchilari orasida bahs-munozaralarga sabab boʻldi[15]. Tanqidchilarning taʼkidlashicha, Halide Edib Adıvar yoki Afet İnan kabi jumhuriyat davridagi ayol yozuvchilar banknotaning old tomonida Mustafa Kemal Atatürk portreti bilan bezashni shariat kontekstida ayollar huquqlari haqidagi gʻoyalarini ishlab chiqqan Fatma Aliyedan koʻra koʻproq mos keladi deyishdi[13].
Asarlari
tahrirRomanlari
tahrir- Muhazarat (1892)
- Hayal va Hakikat (1894)
- Raf’et (1898)
- Udi (1899)
- Enin (1910)
- Levaih-i Hayat
Tarjimasi
tahrir- Meram (1890), Jorj Ohnetning Volonte romani (1888)
Manbalar
tahrir- ↑ „50 lira edebiyat dünyasını ikiye böldü“ (tr). Hürriyet (2009-yil 24-yanvar). Qaraldi: 2009-yil 26-aprel.
- ↑ 2,0 2,1 „Fatma Aliye'nin gölgesinde kalan kardeşi“ (tr). Haber7 (2009). Qaraldi: 2009-yil 23-aprel.„Fatma Aliyeʼnin gölgesinde kalan kardeşi“. Haber7 (in Turkish). 2009. Retrieved 23 April 2009.
- ↑ „Aliye, Fatma (1862–1936)“, Biographical Dictionary of Women's Movements and Feminisms: Central, Eastern, and South Eastern Europe, 19th and 20th Centuries Francisca DeHaan: . Budapest; New York: Central European University Press, 2006. ISBN 978-963-7326-39-4.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 Yunus, Ceyda. „Fatma Aliye kime uzak?“ (tr). Milliyet (2008-yil 28-mart). Qaraldi: 2009-yil 3-may.Yunus, Ceyda (28 March 2008). „Fatma Aliye kime uzak?“ (in Turkish). Milliyet. Retrieved 3 May 2009.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 „E-9 Fifty Turkish Lira“. TC Merkez Bankası. 2009-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 3-may.. TC Merkez Bankası. Archived from the original on 2009-04-17. Retrieved 3 May 2009.
- ↑ „Fatma Aliye Hanım´ın Vefatının 70. Yılı“ (tr). Türkiye Yazarlar Birliği. Qaraldi: 2009-yil 3-may. [sayt ishlamaydi]
- ↑ „Fatma Aliye Hanım“ (tr). Edebiyat Öğretmeni. Qaraldi: 2009-yil 3-may.„Fatma Aliye Hanım“ (in Turkish). Edebiyat Öğretmeni. Retrieved 3 May 2009.
- ↑ „Zavallı Fatma Aliye Hanım“ (tr). Zaman. 2009-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 3-may. (in Turkish). Zaman. Archived from the original on 12 April 2009. Retrieved 3 May 2009.
- ↑ Barbarosoğlu, Fatma K.. „Turkish pioneer 'Fatma Aliye Hanım' A book without a table of contents-1“. Today's Zaman (2008-yil 30-oktyabr). 2019-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 3-may.
- ↑ Elif Akşit „Being a Girl in Ottoman Novels“, . Childhood in the Late Ottoman Empire and After. Politics, Society and Economy Suraiya Faroqhi: . Leiden; Boston: Brill, 2016 — 103-bet. ISBN 978-90-04-29312-0.
- ↑ Özgün Uçar (June 2022). „Mehâsin: Resimli-renkli ve 'kadınlara mahsus' ilk dergi“. Tarih Dergi (turk). Qaraldi: 27 April 2023.
- ↑ „Ottoman medal for 'compassionate' British lady to go under the hammer“. Hurriyet Daily News (2015-yil 24-yanvar).
- ↑ 13,0 13,1 Bayer, Yalçın. „Paralardaki Aliye Hanım...“ (tr). Hürriyet (2009-yil 11-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 5-oktyabr.Bayer, Yalçın (11 January 2009). „Paralardaki Aliye Hanım…“ (in Turkish). Hürriyet. Retrieved 5 October 2017.
- ↑ „TL banknotes to be in circulation in 2009“. Turkish Daily News (2006-yil 15-sentyabr). 2007-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 28-sentyabr.
- ↑ „50 lira edebiyat dünyasını ikiye böldü“ (tr). Hürriyet (2009-yil 24-yanvar). Qaraldi: 2009-yil 26-aprel.„50 lira edebiyat dünyasını ikiye böldü“ (in Turkish). Hürriyet. 24 January 2009. Retrieved 26 April 2009.
Havolalar
tahrir- Vikiomborda Fatma Aliye Topuz mavzusiga oid fayllar bor