Filippin milliy futbol terma jamoasi
Filippin milliy futbol jamoasi (Filippin/Tagalog talaffuzi: Pambansang koponan ng futbol ng Pilipinas) – Filippin sharafini xalqaro futbolda himoya qiladi. Filippin futbol federatsiyasi tomonidan boshqariladi va 1913-yildan beri xalqaro oʻyinlarda ishtirok etib kelmqoda.
Tahallusi | Azkals (Koʻcha itlari) | ||
---|---|---|---|
Assotsiatsiya | Filippin futbol federatsiyasi (PFF) | ||
Konfederatsiya | AFC (OSIYO) | ||
Sub-konfederatsiya | SAFF (Janubiy Osiyo) | ||
Bosh murabbiy | USA Thomas Dooley | ||
Sardor | Neil Etheridge[1] | ||
Eng koʻp oʻynagan futbolchi | Phil Younghusband (108) | ||
Eng yaxshi toʻpurar | Phil Younghusband (52) | ||
Uy stadioni | Rizal Memorial Stadium | ||
| |||
FIFA Reytingi | |||
Hozirgi | 131↓ 1 Iyun 2022, | ||
Eng yuqori | 111 (May 2018,) | ||
Eng past | 195 (Sentabr - Oktabr 2006,) | ||
Birinchi xalqaro oʻyin | |||
Filippin 2-1 Xitoy Taypeyi (Manila, Filippin; Fevral 1, 1913) | |||
Eng yirik gʻalaba | |||
JPN 2-15 PHI (Tokio, Yaponiya; May 10, 1917)[2] | |||
Eng yirik magʻlubiyat | |||
JPN 15-0 PHI (Tokio, Yaponiya; Sentabr 28, 1967) | |||
Osiyo Kubogi | |||
Ishtiroki | 1 (Ilk marta 2019-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Guruh bosqichi (2019) | ||
OFK Chaqiruv kubogi | |||
Ishtiroki | 3 (Ilk marta 2006-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Ikkinchi oʻrin (2014) | ||
AFF Chempionati | |||
Istiroki | 11 (Ilk marta 1996-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Yarim final (2010, 2012, 2014, 2018) |
Ikkinchi Jahon urushidan oldin Filippin Uzoq Sharq chempionati oʻyinlarida Yaponiya va Xitoy Respublikasi bilan muntazam ravishda raqobatlashardi. Hozircha terma jamoa hech qachon FIFA Jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmagan va faqat bir marta, yaʼni 2019-yilda OFK Osiyo kubogi yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan. Ular 2014-yilgi OFK Chaqiruv kubogida finalda Falastinga magʻlub boʻlgach, ikkinchi oʻrinni egallagan[3].
Futbol eng ommabop sport turi boʻlgan Janubi-Sharqiy Osiyoning aksariyat qismidan farqli oʻlaroq, Filippindagi eng mashhur sport turlari basketbol va boks boʻlib, bu amerikancha hayotning taʼsiri hisoblanadi.
Tarixi
tahrir1910—1940-yillar: Dastlabki yillar
tahrirFilippin terma jamoasi ilk bor Uzoq Sharq chempionati oʻyinlarining futbol musobaqalarida ishtirok etgan. Birinchi ishtirok 1913-yilda, oxirgisi esa 1934-yilda boʻlib oʻtgan. Milliy terma jamoa oʻyinlarda muntazam ravishda Yaponiya, Xitoy va bir marta Gollandiya Sharqiy Hindistoni bilan toʻqnash keldi. Filippin birinchi turnirda Xitoy ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Paulino Alcantara boshchiligidagi Filippin Yaponiyani 15-2 hisobida magʻlub etdi[4][5][6].
1950—1990-yillar: Futbolning pasayishi
tahrir1950-yillarda Filippin bir nechta jamoalar bilan oʻrtoqlik uchrashuvlarini oʻtkazdi, ammo milliy terma jamoa mablagʻ yetishmasligiga duch keldi va ommaviy axborot vositalarda deyarli yoritilmadi. Oʻsha paytda milliy terma jamoaga isteʼdodlar Xitoy-Filipin hamjamiyatidan yordam olgan Manila Futbol Ligasidan jalb qilingan. Milliy terma jamoaning 1958-yilda Tokioda boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida munosib oʻyin koʻrsatishi va u yerda Yaponiyani 1:0 hisobida magʻlubiyatga uchratgani yapon matbuoti tomonidan keng yoritildi[7].
1958-yildan keyin Filippin futbolida pasayish kuzatildi, bir qancha asosiy futbolchilar moliyaviy qiyinchiliklar tufayli terma jamoadan isteʼfoga chiqdi. Milliy terma jamoa futbolchilari Ed Ocampo va Eduardo Pacheko basketbolga oʻtishdi. Filippin Kongressi 3135-sonli Respublika qonunini qabul qildi, unda Filippin Havaskorlar Atletika Federatsiyasi nizomi qayta koʻrib chiqildi. Unda jamoalarda 40 foizdan ortiq xitoylik va chet ellik qoni boʻlgan boshqa oʻyinchilardan iborat boʻlmasligini belgilovchi 60-40 qoidasi mavjud edi[8].
1962-yili Jakartada boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida terma jamoa yirik hisobda magʻlubiyatlarga uchradi. Malayziyadan 15:1 hisobidagi magʻlubiyat oʻsha paytdagi terma jamoaning eng yomon natijasi boʻlgan. Keyinchalik bu rekord 1967-yilda 1968-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari saralashida yangilandi (Yaponiyaga 15:0 hisobida magʻlub boʻlgan).
2000-yillar
tahrir2006-yil sentabr oyida mamlakat FIFA Jahon reytingida 195-oʻringa tushib ketdi, bu tarixdagi eng past koʻrsatkichdir[9]. Yil oxiriga kelib, Filippin 2007-yilgi ASEAN futbol chempionati saralash bosqichida yaxshi natija koʻrsatib, umumiy 171-oʻringa koʻtarildi[10]. Ular ketma-ket uchta oʻyinda gʻalaba qozonishdi[11].
2010-yillar
tahrirFilippin 2010-yilgi AFF chempionatiga Simon McMenemy boshqaruvida ishtirok etdi va yaxshi natijaga erishdi. Musobaqaga yoʻllanmani qoʻlga kiritishi kerak boʻlgan Laos bilan birga ikki jamoadan biri sifatida asosiy yoʻllanmani qoʻlga kiritgan Filippin birinchi marta guruh bosqichidan chiqdi, birorta ham magʻlubiyatga uchramadi va amaldagi chempion Vyetnamga qarshi oʻyinda gʻalabaga erishdi[12]. Keyinchalik ushbu oʻyin mahalliy filippinlik muxlislar tomonidan „Xanoy moʻjizasi“ deb atalgan[13][14]. Pley-off bosqichida ular AFF standartlariga javob beradigan stadion yoʻqligi sababli Jakartada Indoneziyaga qarshi oʻzlarining belgilangan uy va safar oʻyinlarini oʻtkazishlariga toʻgʻri keldi. Filippin ikkala oʻyinda ham magʻlub boʻldi.
2020-yillar
tahrirOsiyo Kubogidagi nisbatan muvaffaqiyatli debyutidan soʻng, Filippin 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashida oʻz ishtirokini boshladi. Guruh bosqichida Suriya, Xitoy, Guam va Maldiv orollari terma jamoalari bilan oʻyinlar oʻtkazdi. Dastlabki oʻyinda Azkalllar oʻz uyida Suriya bilan toʻqnash keldi va 5:2 hisobida magʻlub boʻldi[15].
Jamoa imiji
tahrirMuxlislar
tahrirBaʼzi muxlislar milliy terma jamoani qoʻllab-quvvatlash uchun oʻzlarini fan klublar tashkil qilishdi, ulardan biri 2011-yilda tashkil etilgan Ultras Filipinas[16][17].
Ranglar
tahrirJamoa formasini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar | |||
---|---|---|---|
Kompaniya | Sana | ||
GER Puma | 1996 | ||
GER Adidas | 1996 | ||
JPN Mizuno | 2008-2012 | ||
PHI LGR | 2012 | ||
GER Puma | 2012-2015 | ||
PHI LGR | 2015-2021 | ||
ESP Kelme | 2021-hozir |
Anʼanaviy uy libosi Fransiya terma jamoasiga oʻxshaydi; koʻk trikotaj, oq kalta va qizil paypoq[18]. Biroq, soʻnggi paytlarda uy va mehmon liboslari butunlay koʻk, toʻliq qizil yoki oq rangdan foydalanmoqda[19]. Milliy terma jamoaning hozirgi liboslarini yetkazib beruvchi mahalliy firma LGR Sportswear hisoblanadi. Germaniyaning Adidas va Puma kompaniyalari, shuningdek, Yaponiyaning Mizuno kompaniyasi oʻtmishda jamoa uchun liboslar taqdim etgan.
Puma 1996-yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichida milliy terma jamoaning rasmiy homiysi boʻlgan[20]. Oʻsha yilning oxirida Adidas bu rolni oʻz zimmasiga oldi va 1996-yilgi Tiger Cup musobaqasida qatnashgan jamoani toʻplam bilan taʼminladi[21].
2008-yil mart oyidan boshlab uch yil davomida Mizuno jamoaning rasmiy liboslarini yetkazib beruvchisi boʻlib xizmat qildi. Shuningdek, u milliy federatsiyaga asosiy rivojlanish dasturida yordam berdi[22][23]. 2012-yilning 4-iyunida Puma oʻrniga milliy terma jamoa homiyligini Mizuno boʻldi[24].
Uy stadioni
tahrirFilippin terma jamoasining dastlabki yillarida ular uy uchrashuvlarini Manila karnaval maydonlarida oʻtkazishgan. 1934-yilga kelib stadion Rizal memorial sport majmuasiga aylandi[25]. Majmua ichida Rizal Memorial Track yoki Rizal Memorial Stadium deb nomlanuvchi 12 000 sigʻimli milliy stadion barpo etildi. Ochilganidan beri u 2015-yil may oyigacha Filippin terma jamoasining uy stadioni boʻlib kelgan, keyinchalik 25 000 oʻrinli Bulakandagi stadion terma jamoaning uyi stadioni boʻlgan[26].
Milliy jamoa, shuningdek, Sebu Siti shahridagi Sebu Siti Sport markazida[27] va Iloilo shtatidagi Barotac Nuevo Plaza maydonida rasmiy xalqaro oʻyinlar oʻtkazdi[28].
Filippin milliy futbol jamoasining uy stadionlari | ||||
---|---|---|---|---|
Tasvir | Stadion | Sigʻim | Joylashuv | Oxirgi oʻyin |
Philippine Sports Stadium | 20,000 | Santa Maria, Bulacan | v THA (Noyabr 25, 2016; 2016-yil AFF chempionati) | |
Rizal Memorial Stadium | 12,873 | Manila | v TJK (Mart 27, 2018; AFC Osiyo Kubogi-2019 saralash) | |
Panaad Stadium | 9,825 | Bacolod | v CHN (Oktabr 15, 2019; FIFA Jahon chempionati saralash) | |
Cebu City Sports Center | Cebu City | v MAS (Aprel 27, 2014; Oʻrtoqlik uchrashuvi) | ||
Quirino Stadium | 5,000 | Bantay, Ilocos Sur | v AUS Perth Glory FC (Iyun 26, 2016; Oʻrtoqlik uchrashuvi) |
Natijalar
tahrirOxirgi 12 oydagi oʻyinlar va kelajakda rejalashtirilgan oʻyinlar
G'alaba Durang Mag'lubiyat
2021
tahrir8-dekabr, 2021-yil 2020-yil AFF Ch. Grp. A | PHI | 1-2 | SIN | Kallang, Singapur |
20:30 UTC+8 |
|
Report (AFFSZ) Report (AFF) |
Stadion: National Stadium |
11-dekabr, 2021-yil 2020-yil AFF Ch. Grp. A | TLS | 0-7 | PHI | Kallang, Singapur |
17:30 UTC+8 | Report (AFFSZ) Report (AFF) |
Stadion: National Stadium |
14-dekabr, 2021-yil 2020-yil AFF Ch. Grp. A | PHI | 1-2 | THA Tailand | Kallang, Singapur |
17:30 UTC+8 |
|
Report (AFFSZ) Report (AFF) |
Stadion: National Stadium |
18-dekabr, 2021-yil 2020-yil AFF Ch. Grp. A | MYA | 2-3 | PHI | Bishan, Singapur |
20:30 UTC+8 | Htet Phyo Wai 74', 86' | Report (AFFSZ) Report (AFF) |
Marañón 16', 19', 45' | Stadion: Bishan Stadium Hakam: Mohammed Al-Hoaish (Saudiya Arabistoni) |
2022
tahrir23-mart, 2022-yil 2022 FAS Tri-Nations Series | PHI | 0-2 | MAS | Kallang, Singapur |
20:00 UTC+8 |
|
Stadion: National Stadium |
29-mart, 2022-yil 2022 FAS Tri-Nations Series | SIN | 2-0 | PHI | Kallang, Singapur |
20:00 UTC+8 | Stadion: National Stadium |
3-iyun, 2022-yil Norasmiy o'rtoqlik uchrashuvi | PHI | 0-1 | PHI PFL yulduzlari | Binan, Filippin |
Bedic ?' | Stadion: Biñan Football Stadium |
8-iyun, 2022-yil 2023 ACQ R3 | PHI | 0-0 | YEM | Ulan-Bator, Mongoliya |
12:30 UTC+8 | Report | Stadion: MFF Football Centre Tomoshabin: 25 Hakam: Kim Dae-yong (Janubiy Koreya) |
11-iyun, 2022-yil 2023 ACQ R3 | MNG | 0-1 | PHI | Ulan-Bator, Mongoliya |
12:30 UTC+8 | Report |
|
Stadion: MFF Football Centre Tomoshabin: 1,287 Hakam: Chen Hsin-chuan (Xitoy Taypeyi) |
14-iyun, 2022-yil 2023 ACQ R3 | PLE | 4-0 | PHI | Ulan-Bator, Mongoliya |
12:30 UTC+8 | Report | Stadion: MFF Football Centre Tomoshabin: 92 Hakam: Mooud Bonyadifard (Eron) |
Xodimlar
tahrirHozirgi texnik xodimlar
tahrirPozitsiya | Ismi-sharif | Mnb. |
---|---|---|
Bosh murabbiy | USA Thomas Dooley | [29] |
Yordamchi murabbiy | PHI Nate Burkey | [30] |
Darvozabonlar murabbiyi | ENG Scott Bevan | |
Fizioterapevt | PHI Joselle Dumlao | [31] |
Massajchi | PHI Kevin Versoza | |
Massajchi | PHI Manny Ferrer |
Menejment
tahrirPozitsiya | Ism-sharif | Mnb. |
---|---|---|
Delegatsiya rahbari | PHI Dan Palami | |
Jamoa menejeri | PHI Ernest Nierras | |
Maʼmuriy menejer | PHI Anna Katrina Liscano | |
Xavfsizlik xodimi | PHI Josef Malinay | |
OAV xodimi | PHI Cedelf Tupas | |
Ommaviy axborot vositalari boʻyicha mutaxassis yordamchisi | PHI Noel Mikhail Gerard De Guzman | |
Uskunalar menejeri | PHI Chester Peliño |
Murabbiylik tarixi
tahrirTerma jamoaning ilk bosh murabbiyi Dionisio Calvo boʻlgan. Milliy terma jamoani amerikalik, argentinalik, ingliz, nemis, shotland, ispan va shved millatiga mansub xorijlik murabbiylar boshqargan. Juan Cutillas jamoani toʻrtta ketma-ket (1969—1978, 1981—1984, 1996—2000 va 2008—2009) yillarda boshqargan.
- Caretaker managers are listed in italics.
- Dionisio Calvo (1930—1954)
- Luis Javellana (1956)
- Ramon Echevarria Sr. (1958)[32]
- Fernando Giménez Álvarez (1962)
- Alan Rogers (1962—1963)
- Danny McLennan (1963)
- Emilio Pacheco (1967)
- Juan Cutillas (1967—1972)
- Florentino Broce (1973—1974)
- Juan Cutillas (1975—1978)
- Bernhard Zgoll (1980)
- Juan Cutillas (1981—1984)
- Alberto Honasan (1987)[33]
- Carlos Cavagnaro (1989)
- Eckhard Krautzun (1991—1992)
- Mariano Araneta (1993)[34]
- Rodolfo Alicante (1993)
- Noel Casilao (1993—1996)
- Juan Cutillas (1996—2000)
- Rodolfo Alicante (2000)
- Masataka Imai (2001)
- Sugao Kambe (2002—2003)
- Aris Caslib (2004—2007)[35]
- Norman Fegidero (2008)
- Juan Cutillas (2008—2009)
- Aris Caslib (2009)
- Des Bulpin (2009—2010)[36]
- Simon McMenemy (2010)[37]
- Michael Weiß (2011—2014)[38]
- Thomas Dooley (2014—2018)[39]
- Marlon Maro (2017)
- Terry Butcher (2018)[40]
- Scott Cooper (2018)[41][42]
- Anto Gonzales (2018)
- Sven-Göran Eriksson (2018—2019)[43]
- Scott Cooper (2019)[44]
- Goran Milojević (2019)[45]
- Scott Cooper (2019—2021)[46]
- Stewart Hall (2021—2022)[47]
- Thomas Dooley (2022-present)[48]
Oʻyinchilar
tahrir
Oʻyinchilar rekordlaritahrirEng koʻp ishtiroktahrir
Eng yaxshi toʻpurarlartahrir
Musobaqalarda ishtiroktahrirFIFA Jahon chempionatitahrirFilippin hech qachon futbol boʻyicha jahon chempionatiga chiqmagan. Milliy terma jamoa ilk bor 1950-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichida ishtirok etgan,[49] biroq birorta ham oʻyin oʻtkazmasdan chiqib ketgan[50].
Manbalartahrir
Havolalartahrir
|