Fotima Boruxova
Fotima Boruxova (1916-yil 9-noyabr, SSSR Oʻzbekiston SSR Andijon — 2009-yil avgust, Isroil) — opera xonandasi (metsso-soprano), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1942), SSSR xalq artisti (1950). Fotima Boruxova birinchi oʻzbek operasi hisoblanmish Muxtor Ashrafiy va Sergey Vasilenkoning „Boʻron“ operasida Zebuniso roli[1] va katta ashula janridagi bir qancha qoʻshiqlari bilan mashhur[2].
Fotima Boruxova | |
---|---|
Tavalludi |
1916-yil 9-noyabr |
Vafoti |
2009-yil avgust Isroil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Taʼlimi | P. I. Chaykovskiy nomidagi Moskva davlat konservatoriyasi qoshidagi Oʻzbek opera studiyasi |
Kasbi | opera va katta ashula xonandasi |
Unvoni |
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist (1942) SSSR xalq artisti (1950) |
Mukofotlari | Qizil Bayroq ordeni (2 karra) |
Biografiyasi
tahrirYoshlik yillari
tahrirFotima Boruxova 1916-yilning 9-noyabrida Andijon viloyatida yahudiy oilasida tavallud topgan.
Boruxova ilk bor sahnaga (Andijonda) 12 yoshida chiqadi[3]. 1930-yildan boshlab Andijon musiqali drama teatrida faoliyat koʻrsata boshlaydi. 1935-yildan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent opera va balet teatrining solisti hisoblanadi[4].
Fotima Boruxova P. I. Chaykovskiy nomidagi Moskva davlat konservatoriyasi qoshidagi Oʻzbek opera studiyasida tahsil oladi (1940—1942)[5]. Oʻzbek davlat musiqali teatri (1935—39), Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatri (1937—1957), Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1957—79) yakkaxon xonandasi, kuchli va baland ovoz sohibasi boʻlgan. Oʻzbek musiqaviy merosi va kompozitorlar asarlarini badiiy jihatdan taʼsirchan darajada ijro etgan.
Karyerasi
tahrirFotima Boruxova 1937-yilda Moskvada boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston sanʼatining birinchi dekadasida ishtirok etadi[6]. 1939-yilda birinchi oʻzbek operasi M. Ashrafiy va S. Vasilenkolarning „Buran“ premyerasida Zebuniso partiyasini ijro etadi[7]. Boruxovaning qaygʻuga toʻla bu qoʻshigʻi rejissyorning operadan koʻzlagan maqsadi, haqiqiy koʻngil kechinmalarini yaqol ochib beradi[8].
Boruxova ijod faoliyati davomida turli operalarda Oqjunus (Yevgeniy Brusilovskiy, „Er Targʻin“), Zebunniso (S. Vasilenko, M. Ashrafiy, „Boʻron“), Layli (R. Glier, T. Sodiqov, „Layli va Majnun“), Polina (P. Chaykovskiy, „Pikovaya dama“), Folbin (A. Spendiarov, „Olmos“) rollarini ijro etgan. Uning ijodiy repertuaridan „Mehnat ahli“ (Halima Nosirova bilan birgalikda), „Kanalim“, „Chaman ichra“, „Yolgʻiz“ kabi xalq qoʻshiqlari ham oʻrin olgan.
Boruxova katta ashula janrida kuylovchi sanoqli oʻzbek ayol xonandalaridan biri hisoblanadi[9]. Katta ashula janri Fargʻona vodiysiga xos boʻlgan oʻzbek anʼanaviy xalq-marosimlari kuylanadigan ashula yoʻli hisoblanadi[10].
1941-yilda nemis qoʻshinlari Moskvaga yaqinlashganda, Boruxova Moskva qoʻshinlarining eng oldingi konsert brigadasi tarkibida boʻlib, jangga ketayotgan askarlar va Moskva yaqinidagi kasalxonalarga yotqizilgan yaradorlar oldida bir necha bor nutq soʻzlaydi[11].
Fotima Boruxova 1979-yilda opera va balet teatrida oʻzining ijodiy faoliyatini yakunlaydi, ammo ijoddan keyin ham jamoat ishlarida faollik koʻrsatadi. Buxoro yahudiylar jamiyati tomonidan tashkil etilgan doʻstlik uchrashuvlarida faxriy mehmon sifatida ishtirok etadi[12]. 1992-yilda esa Boruxova Isroilga koʻchib ketadi.
Vafoti
tahrirFotima Boruxova 2009-yilda Isroilda vafot etgan[13].
Mukofotlari
tahrirFotima Boruxova ikki karra Qizil Bayroq ordeni bilan, shuningdek, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist (1942) va SSSR xalq artisti (1950) unvonlari bilan taqdirlangan[14].
Manbalar
tahrir- ↑ „Сара Cамандарова была жемчужиной оперной сцены Ташкента - Kultura.uz“. www.kultura.uz. Qaraldi: 2020-yil 10-dekabr.
- ↑ „Katta Ashula“. www.unesco-ichcap.org. Qaraldi: 2020-yil 10-dekabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „ПОД АПЛОДИСМЕНТЫ ВОЖДЯ | Russkiy Bazar | Russian Bazaar Newspaper in New York (Brooklyn, Queens, Staten Island, Manhattan, Bronx) and New Jersey“. russian-bazaar.com. Qaraldi: 2020-yil 10-dekabr.
- ↑ „БОРУХОВА Фатима“. istoriya-teatra.ru. Qaraldi: 2020-yil 10-dekabr.
- ↑ „БОРУХОВА Фатима“. istoriya-teatra.ru. Qaraldi: 2020-yil 10-dekabr.
- ↑ „ПОД АПЛОДИСМЕНТЫ ВОЖДЯ | Russkiy Bazar | Russian Bazaar Newspaper in New York (Brooklyn, Queens, Staten Island, Manhattan, Bronx) and New Jersey“. russian-bazaar.com. Qaraldi: 2020-yil 10-dekabr.
- ↑ „Сара Cамандарова была жемчужиной оперной сцены Ташкента - Kultura.uz“. www.kultura.uz. Qaraldi: 2020-yil 10-dekabr.
- ↑ Степанов, Л. (1940). "Узбекская опера "Буран"". Музыкальная Академия 2: 63–73. https://mus.academy/storage/magazine/articles/pdfs/compressed/0SILDmn3IqlaIWrJxoouHK6HELDYyV9RXyDyOyX6.pdf.
- ↑ „Катта ашула - Intangible Cultural Heritage of Uzbekistan“. ich.uz. Qaraldi: 2020-yil 10-dekabr.
- ↑ „Katta Ashula“. www.unesco-ichcap.org. Qaraldi: 2020-yil 10-dekabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „ПОД АПЛОДИСМЕНТЫ ВОЖДЯ | Russkiy Bazar | Russian Bazaar Newspaper in New York (Brooklyn, Queens, Staten Island, Manhattan, Bronx) and New Jersey“. russian-bazaar.com. Qaraldi: 2020-yil 10-dekabr.
- ↑ „ПОД АПЛОДИСМЕНТЫ ВОЖДЯ | Russkiy Bazar | Russian Bazaar Newspaper in New York (Brooklyn, Queens, Staten Island, Manhattan, Bronx) and New Jersey“. russian-bazaar.com. Qaraldi: 2020-yil 10-dekabr.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „Бухарские евреи в оперном искусстве“. bukharianjewishcongress.org. Qaraldi: 2020-yil 10-dekabr.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |