Foydalanuvchi:Aminabadiritdinova04/qumloq

Komil Avaz
Tavalludi Andoza:Tug'ilgan sanasi
Vafoti 24-iyun 2022-yil
Urganch shahri
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Yoʻnalishi {{{sarlavha}}}.

Komil Avazshoir, dramaturg va Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasining a'zosi[1].

Hayoti

tahrir

1942-yil Xiva tumanida dunyoga kelgan. Toshkent to'qimachilik institutini tamomlagan[2][3]. Kasbiga ko'ra injener-mexanik bo'lishi bilan bir qatorda iqtisodiyot fanlari nomzodi hisoblanadi. Dastlab paxta tozalash sanoat tizimida faoliyat yuritadi, 1985-yildan so'ng oddiy chilangarlik lavozimidan Xorazm paxta tayyorlash tresti bosh muhandisi lavozimiga loyiq deb topilgan. Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat musiqali drama teatrida adabiy emakdosh sifatida ishlagandan so'ng direktor vazifasida ish yuritadi. Shuningdek, Ogahiy nomidagi xayriya jamg'armasida rais bo'lib ishlaydi[4].

Uning ijodga kirib kelishiga o'z hissasini qo'shgan ustozi— ogʻasi Erkin Samandardir. 1957-yilda „Maktabim“ nomli she'ri bir vaqtning oʻzida rus(N.Gatsunayev tarjimasida) va oʻzbek tillarida „Xorezmskaya pravda“ hamda „Xorazm haqiqati“ gazetalarida nashrdan chiqqan.

1982-yil „Ajib sir“ deb nomlangan asari „Muallifning ilk kitobi“ sifatida chop etildi.„Shashmaqom“ (1983) „Xiva xonishlari“ va „Xivinskiye napevi“ (1884, Strinkovskaya tarjimasi) she'riy kitoblari nashrdan chiqdi.

1982-yil „Jahannam“ nomli ilk pyesasi Ogahiy nomidagi Xorazm viloyati teatrida sahnalashtirilgan. „Tashkildagi hangoma“ (1990), „Jobbi joʻjakning hiylasi“ (1991), „Marvarid taqqan ayol“ (1992), „Feruz“ (1994, musiqiy drama), „Munoqasha“ (1994), „Telbalar“ (1997, groteks), „Diyonatga xiyonat“ (1998), „Javlon jurra“ (2000), „Avesto— mehr farzandi“(2001), „Guliravza“ (2001, musiqiy drama),„Tandir“ (2005), „Soʻnggi umidlar“ (2007) kabi sahna asarlarining muallifidir. Oʻzbekiston televideniyasida adibning „Saqili navo“, „Jobbi joʻjakning hiylasi“,„Deyishma“, „Tashkil“ nomli asarlari asosida filmlar suratga olingan. Xorazm maqomi va suvoralariga atab yaratilgan ssnariysiga koʻra „Dil-u jonim sanga qurbon“ deb nomlangan uch qismli telefilm tasvirga olingan.

2003—2009-yillar oraligʻida „Tong epkini“,„Qoʻlangʻa“,„Oʻtayotgan vaqt“ saylanmasi, „Shoh boʻldi ishq ichinda“, „Ibrat manzili“ hamda Ogahiy tavalludining 200 yilligiga atalgan „Muhammad Rizo Ogahiy“ kabi asarlari chop etilgan.

2006-yilda „Olis yulduzlar“ pyesasi va „Komil Devoniy haqidagi adabiy-badiiy toʻplam“i nashrdan chiqdi.

2009-yil „Sharq yulduzi“ jurnalining birinchi sonida „Ogahiy“ dostoni e'lon qilindi. Undan soʻng 2009—2011-yillar davomida „Iztirob“, „Sahroda bir kun“, „Toʻli timmitning toʻyi“, «Kelin kiyintirish», «Sahrodagi odam» nomli asarlari yaratildi[5][6].

Vafoti

tahrir

2022-yil 24-iyun kuni Urganch shahrida olamdan oʻtgan[7][8][9][10].

Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasining a'zosi | dramaturg | shoir | iqtisodiyot fanlari nomzodi | 24-iyunda vafot etganlar | 2022-yil vafot etganlar

  1. „Shoir va dramaturg Komil Avaz olamdan o'tdi“. xabar.uz. Qaraldi: 14-noyabr 2024-yil.
  2. „Рубрика: Комил Аваз“. Qaraldi: 14-noyabr 2024-yil.
  3. „Komil Avaz“. asarlar.uz. Qaraldi: 14-noyabr 2024-yil.
  4. „Komil Avaz haqida ma'lumot“. baxtiyor.uz. Qaraldi: 14-noyabr 2024-yil.
  5. „Komil Avaz haqida ma'lumot“. baxtiyor.uz. Qaraldi: 14-noyabr 2024-yil.
  6. Собир Миралиев, Рихсия Шокирова. Комил Аваз, 2016-yil, Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи — 235-236-bet. ISBN 978-9943-03-940-7. 
  7. „Рубрика: Комил Аваз“. ziyouz.uz. Qaraldi: 14-noyabr 2024-yil.
  8. „Komil Avaz olamdan o'tdi.“. oyina.uz. Qaraldi: 14-noyabr 2024-yil.
  9. „Скончался поэт и драматург Комил Аваз“. culture. Qaraldi: 14-noyabr 2024-yil.
  10. „Shoir va dramaturg Komil Avaz olamdan o'tdi“. xabar.uz. Qaraldi: 14-noyabr 2024-yil.