Burcu Esmersoy

Esmersoy Fashion's Night Out 2010 Istinye Parkda
Tavalludi
Kamile Burcu Esmersoy[1]

2-oktyabr 1972-yil (1972-10-02) (51 yosh)
Taʼlimi Nyu-York universiteti
Istanbul universiteti
Kasbi Aktrisa, teleboshlovchi, jurnalist, model
Faoliyat yillari 1997–yildan hozirgacha
Boʻyi 1.74 m (5 ft 8 12 in)[2]
Turmush oʻrtogʻi
  • Massimo Cusimano
    (turm. 2005; ajr. 2008)
  • Berk Suyabatmaz
    (turm. 2018; ajr. 2019)
  • Nazım Akmandil (turm. 2023)

Kamile Burcu Esmersoy (1976-yil 2-oktyabr)[2] – turk aktrisasi, teleboshlovchi, jurnalist va model. U 1997-yilda Yaponiyada oʻtkazilgan Miss International goʻzallik tanlovi gʻolibi boʻlgan. Eng yaxshi ayol teleboshlovchi nominatsiyasi boʻyicha Golden Butterfly Award mukofotini qoʻlga kiritgan[3]. Burju Esmersoy Turkiyaning yetakchi ayol realiti-shou boshlovchilaridan biri, shuningdek, u eng koʻp maosh oluvchi televizion shaxslardan biridir[4][5][6]. Esmersoy boshchiligida Ver Fırına, Survivor, Popstar, Nedir Ne Değildir, Late Summer Night with Burcu Esmersoy, Komedi Türkiye, En Güzel Bölüm, Elin Oğlu, Dancing with the Stars kabi telekoʻrsatuvlar olib borilgan. Aktrisa sifatida u Romantik Komedi (2010), Dedektif Memoli (2011), Çocuklar Duymasın filmida Aylin Youlin rolida va Bir Erkek Bir Kadın (2013) filmida maxsus mehmon yulduzi Melda rolida oʻynagan.

Burju Esmersoy turli reklama kampaniyalarining yuzi boʻlgan. Oʻzining debyutidan beri u Turkiyadagi koʻplab jurnal muqovalari, maqolalar va tahririyatlarda paydo boʻlgan.

Yoshligi va taʼlimi

tahrir

Esmersoy Istanbulda cherkas millatiga mansub oilada tugʻilgan, ota-onasi misrlik boʻlgan[7][8][9]. 2020-yilda bergan intervyusida u bolaligida otasi tomonidan jismoniy zoʻravonlikka uchragani, kaltaklangani, otasi uni shlang bilan urganini aytgan. Otasining boshqa ayol bilan munosabati oshkor boʻlgach, ota-onasi ajrashishgan. Onasining ikkinchi turmushidan keyin Esmersoy va uning singlisi onasini „ona“ oʻrniga „xola“ deb aytishga majbur boʻlgan. Keyinchalik otasi tomonidan bobo va buvisi yoniga koʻchib oʻtishi bilan ular yanada uzoqlashishgan[10].

Istanbulning Yevropa tomonida joylashgan nufuzli oʻrta maktab boʻlgan Beshiktosh Litseyida oʻrta maktabni tugatgandan soʻng, Istanbul universiteti biznes menejmenti fakulteti turizm menejmenti boʻlimiga oʻqishga kirdi. Oʻqishni tamomlagandan soʻng, u New York University School of Professional Studies Tisch markazida mehmondoʻstlik, turizm va sport menejmenti boʻyicha oʻqishni davom ettirdi[11].

Burju Esmersoy kunduzgi taʼlimdan tashqari Barbara Poitierning Istanbul Bilgi universitetidagi badiiy mahorat darslarida qatnashgan[12]. U, shuningdek, Dialog Anlatym İletişim oʻquv muassasasining bitiruvchisi boʻlgan[13].

Burju Esmersoy turk tilidan tashqari oʻrta darajada ingliz va italyan tillarini biladi[2].

Faoliyati

tahrir

Burju 1997-yilda Miss Turkey goʻzallik tanlovida uchinchi oʻrinni egallagan[14]. Oʻsha yili Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtgan Miss International tanlovida Turkiya vakili sifatida ishtirok etib, „Miss Friendship“ nominatsiyasiga sazovor boʻlgan[2]. U Kanal D telekanalida efirga uzatiladigan bolalar dasturida radio eshittirish faoliyatini boshlagan. 2000-yilda CNN Türk telekanalining Sport yangiliklari dasturiga qoʻshilgan va u yerda 2005-yilgacha sport boshlovchisi, koordinator va chet el xabarlari muharriri sifatida ishlagan. 2006-yil aprelda u NTV MSNBC telekanaliga qoʻshilgan va Spor Servisi dasturini taqdim eta boshlagan.

Burcu Dancing with the Stars realiti-shousining birinchi mavsumida qatnashgan (2010–2011) va xuddi shu tanlovning ikkinchi mavsumini (2011–2012) olib borgan[5]. 2013-yilda u Britaniyaning Pop Idol televizion musiqiy tanlovi asosida Popstar dasturini olib bordi. U, shuningdek, ingliz televideniyesining The Great British Bake Off tanlovi turkcha versiyasi sifatida yaratilgan TV8 telekanalining Ver Fırına koʻrsatuvini, hamda Janubiy Koreyaning Non-Summit tok-shousi asosida yaratilgan ATV telekanalining Elin Oğlu koʻrsatuvini olib borgan.

Manbalar

tahrir
  1. „"Köfte Güzeli" Kamile Nasıl Burcu Esmersoy Oldu?“ (tr). habershow.com. 2012-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-mart.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Burcu Esmersoy“. Gayesokmen.com.tr (2016).
  3. „Burcu Esmersoy 40. Altın Kelebek Ödülleri'nde 'En İyi Kadın Sunucu' Ödülüne Layık Görüldü“. Gayesokmen.com.tr (2013-yil noyabr). 2016-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-avgust.
  4. Callaghan, Louise. „Divas at War as Erdogan Woos Turkish Stars“ (2016-yil 26-iyun). Qaraldi: 2016-yil 10-avgust.
  5. 5,0 5,1 Altan, Gülay. „Objeydiler Özne Oldular“ (2009-yil 29-noyabr). 2012-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-avgust.
  6. Teker, Aytekin. „Burcu Esmersoy Para Basıyor“ (2016-yil 17-iyun). Qaraldi: 2016-yil 10-avgust.
  7. „Burcu Esmersoy ve Berk Suyabatmaz nişanlandı“.
  8. İpek, Bülent. „O Artık Bir Magazin Figürü“ (2011-yil 1-yanvar). 2014-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-avgust.
  9. Çintay, Nur. „Burcu'yu Beğeneceksin: 'İlelebet' Tescilli Eski Güzellik Kraliçesi“ (2011-yil 21-fevral). 2016-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-avgust.
  10. „Burcu Esmersoy: Babam tuvalette hortumla dövüyordu“ (2020-yil 17-fevral). Qaraldi: 2020-yil 18-fevral.
  11. „Burcu Esmersoy Kimdir“. Gundemhaberleri.com (2015-yil 18-dekabr). — „Beşiktaş Lisesi'ni bitirdikten sonra İstanbul Üniversitesi Turizm İşletmeciliği'nden mezun olan Burcu Esmersoу, ardından ABD'уe giderek New York Üniversitesi'nde Hospitalitу, Tourism, and Sports Management eğitimi aldı.“. 2016-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-avgust.
  12. „Burcu Esmersoy“. Gaye Sökmen Ajans. Qaraldi: 2016-yil 10-avgust.
  13. „Mezun Listesi: Burcu Esmersoy“. Dialog.com.tr. 2015-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-avgust.
  14. „Miss Turkey Geçmiş Yıllar“. MissTurkey.com.tr. Qaraldi: 2016-yil 10-avgust.