Samir Geagea
سمير جعجع
Livan kuchlari ijrochi raisi
Mansab davri
15-yanvar 1986-yil
Oʻtmishdoshi Elie Hobeika
Vorisi Sethrida Geagea
Davlat vaziri
Mansab davri
24-dekabr 1990-yil – 20-mart 1991-yil
Bosh vazir Omar Karami
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 25-oktyabr 1952-yil (1952-10-25) (72 yosh)
Ain El Remmaneh, Livan
Siyosiy partiyasi Livan kuchlari
Boshqa siyosiy
birlashmalari
Kataeb partiyasi (1992-yilgacha)
14-mart ittifoqi (2016-yilgacha)
Livan muxolifati (2019-yil-hozir)
Turmush oʻrtogʻi
Sethrida Tawk (turm. 1990)
Alma mater Beyrutdagi Amerika universiteti
Sent-Jozef universiteti
Imzosi

Samir Farid Geagea (1952-yil 25-oktyabr, Beyrut) – Livanlik siyosatchi, Livan kuchlari partiyasi raisi, Livan fuqarolar urushining faol ishtirokchisi, Falangist qurolli kuchlari qoʻmondoni. Suriyaparast rejim davrida Samir Geagea 1994-yildan 2005-yilgacha qamalgan. Sidr inqilobi bilan Geagea ozod qilingan. Shuningdek, Geagea Koalitsiya siyosiy blok yetakchilaridan biri hisoblanadi. Samir Farid Geagea 2014-2016-yillardagi saylovlarda Livan prezidentligiga nomzod boʻlgan.

Oʻng qanot nasroniy falangist

tahrir

Samir Geagea Livan armiyasida xizmat qilgan kichik ofitser oilasida tugʻilgan. Maktabni tugatganidan soʻng, Geagea Bayrutdagi Amerika universiteti va Sent-Jozef universitetida tibbiyot fakultetida tahsil olgan[1]. Samir Geagea shifokorlik kasbini tanlagan, lekin u hech qachon oʻz mutaxassisligi boʻyicha ishlamagan.

Yoshligidan Samir Geagea Livandagi oʻng qanot xristianlari deb ataladigan siyosiy guruhga[2]. Talabalik davrida Samir Geagea Per Gemayel tomonidan asos solingan oʻta oʻngchi Kataib (Livan Phalanx) partiyasiga qoʻshildi.

Fuqarolar urushi qoʻmondoni

tahrir

= "Bashirning maxsus kuchlari"

tahrir

1975-yilda Livanda koʻp yillik fuqarolar urushi boshlandi. 22 yoshli Samir Geagea 1975-yil oʻqishni tashadi va Falangist militsiyasiga qoʻshildi. Samir Geagea shu fursatda u oʻzining samarali jangovar va qoʻmondonlik fazilatlarini namoyish etgan[3]. Geagea Bashir Gemayelga boʻysunuvchi falangistlarning „maxsus kuchlari“ ni boshqargan[2]. Shuningdek, u oʻng qanot nasroniy militsiya Livan kuchlarining yetakchi qoʻmondonlaridan biri hisoblanardi (Urush tufayli Geagea taʼlimni toʻliq yakunlashga ulgurmadi)[4].

Samir Geagea 1978-yilgi Yuz kunlik urush va 1981-yil Suriya kuchlariga qarshi Zahle jangidagi FLO, PSP va LKPning „chap qanot musulmon“ kuchlari bilan toʻqnash kelgan „Livan kuchlari“ning taniqli qoʻmondoni edi [5]. Shuningdek, Geagea oʻng qanot xristian lageri ichidagi oʻzaro kurashda qatnashgan. Bu qarama-qarshiliklar, ayniqsa, 1977-yilda nasroniylarning oʻng qanoti – birinchi navbatda Franjer va Marada harakati Suriya bilan ittifoq tuzganida va falangistlar Suriyaga qarshi millatchilik pozitsiyasini egallaganlarida keskinlashgan. 1978-yil 13-iyunda Samir Geageaning „maxsus kuchlari“ Eden qirg'inini – Toni Franjyerni (prezident Sulaymon Franjyerning oʻgʻli), uning rafiqasi va qizini oʻldirishni sodir etgan[6]. Geagea Marada harakati bilan jangda ishtirok etganini tan oladi, lekin Franjyerlar oilasini qirgʻin qilishga aloqadorligini rad etadi[7].

1982-yilda Samir Geagea Jalila tinchligi operatsiyasini qoʻllab-quvvatlagan. Chunki Geagea Isroilning Livanga bostirib kirishi, FLOning harbiy infratuzilmasini yoʻq qilishini maqsad qilgan. Livanning prezidenti Bashir Gemayel oʻldirilganidan keyin Geagea falangistlarning „qasos olish harakatlarida“ ishtirok etgan. 1982-1983-yillarda Samir Geagea oilasi boʻlgan Bishari shahri hududida Livan kuchlarining Shimoliy frontiga qoʻmondonlik qilgan. Suriya qoʻshinlari, PSP tuzilmalari va shia Amal harakatiga qarshi faol harbiy amaliyotlar oʻtkazdi.

Oʻzaro kurashda

tahrir

Samir Geagea eng qattiq yoʻnalishni tanladi va siyosiy mojarolarni harbiy yoʻl bilan hal qilishni yoqlab chiqdi. Geagea oʻzining qattiq qoʻligini amalda qoʻllagan va doimiy ravishda qurol ishlatishga tayangan[8]. Shu asosda u murosaga kelish tarafdori boʻlgan prezident Amin Gemayel (oʻldirilgan Bashirning ukasi) bilan toʻqnashdi.

1985-yil mart oyida Kataib rahbariyati Gemayel tashabbusi bilan Geageani partiyadan chiqarib yuborishga qaror qilgan. Bunga javoban Samir Geagea Ilyos Xobeyka bilan ittifoq tuzib, prezident tarafdorlarini hibsga olib, ularning militsiyasini qurolsizlantirib, partiya toʻntarishini amalga oshirgan. Fuad Abu Nader Livan kuchlari qoʻmondonligidan chetlashtirildi. Shu bilan birga, Samir Geagea Bashir Gemayelning siyosiy anʼanasi – maronit „abadiy prezident“ vorisi sifatida joy oldi.

1986-yil boshida Geagea va Xobeyka oʻrtasida boʻlinish yuz bergan[9]. Chunki Xobeyka Suriya bilan ittifoq tuzishga eʼtibor qaratgan, Geagea esa Hofiz al-Assad rejimining keskin raqibiga aylangan edi. Keyinchalik Xobeykaning xavfsizlik boʻlimi boshligʻi Robert Xatem Geageada harbiy demokratiyaga moyil boʻlgan minglab sodiq askarlar borligini taʼkidlagan[10].

Geagea tarafdorlari Bayrutdagi janglarda gʻalaba qozonishdi va 1986-yil 15-yanvarda Geagea Livan kuchlarining yagona rahbari deb eʼlon qilindi. Oʻsha bosqichda uning ittifoqchisi Karim Pakraduni boʻlgan.

Livan kuchlarining boshida

tahrir
 
Samir Geagea Uilyam Xouining qizi Leyla Xou bilan

Samir Geagea Livan kuchlarini harbiy va siyosiy jihatdan mustahkamlashga muvaffaq boʻlgan. U Suriya bosqinchi kuchlari va Livanning suriyaparast siyosiy kuchlariga qattiq qarshilik koʻrsatdi. Samir Geagea nazorat qilinadigan hududlarda boshqaruv tizimi tartibga soldi, tadbirkorlik ragʻbatlantirdi va ijtimoiy taʼminotni shakllantirdi (Samir Geagea bepul tibbiyotni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratgan).

Samir Geagea, shuningdek, Kataib partiyasining boshqaruv organi aʼzosi boʻlib qolgan. 1992-yilda rais lavozimiga nomzodini qoʻydi, ammo saylovda Georges Saadaga yutqazgan. Shundan soʻng Geagea oʻz tarafdorlaridan Kataibda „Partiya qutqaruv qoʻmitasi“ ni tuzgan.

Tashqi siyosatda Samir Geagea Qoʻshma Shtatlar va Iroq bilan munosabatlar oʻrnatishga harakat qilgan[1], chunki Iroq prezidenti Saddam Husayn Suriya prezidenti Hafiz al-Assadning dushmani hisoblangan.

1980-yillarning oxirida Samir Geagea siyosiy kurashda Livan Qurolli Kuchlari qoʻmondoni general Mishel Aunni qisqa muddat qoʻllab-quvvatladi. 1989-yil oktyabr oyida Prezident Aun Livan mojarosini hal qilish uchun Taif kelishuvini imzoladi. Samir Geagea dastlab bu kelishuvlarni fuqarolar urushining tugashi sifatida qoʻllab-quvvatlagan, biroq tez orada oʻz pozitsiyasini oʻzgartirib, buni Damashq va Suriya tarafdori kuchlarga asossiz imtiyozlar deb hisoblagan. Geagea va Aun oʻrtasida shiddatli qarama-qarshilik tus olgan[6]. Bu mojaro, shuningdek, Samir Geagea boshqa oʻng qanot nasroniy yetakchisi, Sidrlar qoʻriqchilari harakatining asoschisi Etyen Saker [11] bilan toʻqnashuvga olib keldi.

1990-yilda Geagea sobiq prezident Kamil Chamounning oʻgʻli Dani Chamounni oʻldirishda ham ayblangan. Shamun urugʻi oʻng qanot nasroniylarning yana bir yoʻnalishi edi. Dani Chamoun, otasining oʻlimidan soʻng, Milliy liberal partiyani boshqargan. Milliy liberal partiyadan oldin u partiyaning Yoʻlbars militsiyasiga qoʻmondonlik qilgan (Bachir Gemayel bu vazifani Kataibda va Toni Franjyer Marada harakatida bajarganiga oʻxshash). Shuningdek, Suriya maxsus xizmati Geageani kichik Shamunni oʻldirishda ayblagan.

1990-yil oxirida Samir Geagea Umar Karameh kabinetiga qoʻshilish taklifini oldi, ammo hukumatni Suriyaga boʻysunishini hisobga olib, rad etdi[12].

Sud va qamoq

tahrir

1994-yilda Suriyaparast prezident Ilyos Xraui hukmronligi ostida Samir Geagea hibsga olinib, sudga tortilgan. U Livandagi fuqarolar urushining harbiy jinoyatlarda ayblangan. Geageaga nisbatan rasmiy ayblov 1994-yil 27-fevral kungi cherkovdagi toʻqqiz kishining hayotiga zomin boʻlgan terrorchilik hujumi edi.

Geageaning cherkov portlashiga aloqadorligini aniqlashning iloji boʻlmagan va u bu ayblovdan oqlangan. Biroq, 1995-yilda Geagea siyosiy qotillik (jumladan, Dani Chamoun, sobiq bosh vazir Rachid Karame, Toni Franjyer va mingdan ortiq odam), qurolli guruh tashkilotchisi va 1982-yilda Isroil qoʻshinlari bilan hamkorlik qilgani uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan[13]. Xalqaro Amnistiya sud jarayonini noqonuniy, hukmni esa siyosiy motivli deb baholagan.

Samir Geagea qamoq jazosini Livan Mudofaa vazirligi podvalida oʻtagan. U 11 yilini derazasiz kichkina yakka kamerada oʻtkazdi. Bu yillarda, Geagea nasroniy, hindu va musulmon adabiyotlarini oʻqish, qoʻshimcha ravishda Teilhard de Charden asarlarini oʻrganish va meditatsiya qilish bilan shugʻullangan.

Sidar inqilobi siyosatchisi

tahrir

Ozodlik

tahrir

2005-yilda Livanning Suriya ishgʻoliga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari (2005-yil 14-fevralda mashhur sobiq bosh vazir Rafiq Haririyning oʻldirilishidan keyin boshlangan) Sidr inqilobiga aylanib ketdi. Suriya qoʻshinlari Livanni tark etishga majbur boʻldi, parlament va hukumat almashtirildi. Shuningdek, mamlakatdagi umumiy siyosiy vaziyat keskin oʻzgardi.

2005-yil 18-iyulda parlament Samir Geagea nisbatan amnistiya toʻgʻrisidagi aktni maʼqullagan. 2005-yil 26-iyulda Samir Geagea ozodlikka chiqdi. Geagea bir necha oy Fransiyada davolangan. U 2005-yil 25-oktyabrda 53 yoshga toʻlgan kuni Livanga qaytdi.

Livan kuchlari rahbari

tahrir

Samir Geagea Livan siyosatida faol ishtirok etgan. U yangi siyosiy partiyaga aylantirilgan Livan kuchlari raisi boʻldi. Geageaning oʻrinbosari – Jorj Adoin, fuqarolar urushi davridagi Tanzim jangari tashkiloti yetakchilaridan biri edi.

Livan kuchlari 14-mart kuni koalitsiyaning asosiy tuzilmalaridan biriga aylangan. Samir Geageaning ittifoqchilari orasida Sad Haririy (Rafiq Haririyning oʻgʻli), Amin Gemayel va boshqa Kataib rahbarlari, shuningdek, PSP rahbari Valid Jumblatt (PSP asoschisi Kamol Jumblattning oʻgʻli) bor edi. Fuqarolar urushi paytida falangistlar Geagea va Gemayel PSP va Jumblattsning eng ashaddiy dushmanlari edi. Ular oʻrtasida paydo boʻlgan ittifoq Livandagi siyosiy vaziyatning tubdan oʻzgarishga yordam bergan. Samir Geagea Fuad Abu Nader bilan shaxsiy zidiyatlarga qaramay, Geagea „Ozodlik fronti“ harakati bilan aloqada boʻlgan. Geagea „Ozodlik fronti“ harakatining yangi raisi Hasan Abu Judeh bilan uchrashgan va nasroniy tarafdorlarni qoʻllab-quvvatlagsn[14].

Bu blok Suriya tarafdori 8-mart koalitsiyasiga va islomiy Hizbullohga qarshi boʻlgan. Livan kuchlari va Marada oʻrtasidagi munosabatlar keskinlashgan. 2008-yil sentyabr oyida ushbu partiyalar faollari oʻrtasida qurolli toʻqnashuvlar sodir boʻldi va Marada lideri Sulaymon Franjer bu harakatlar uchun Geageani aybladi[15].

Suriya mojarosida Samir Geagea muxolifatga xayrixohlik bildiradi. Geagea Bashar al-Assadning hokimiyatdan chetlatilishi tarafdorlaridan biri hisoblangan. Shu bilan birga, u Livandagi suriyalik qochqinlarga nisbatan oʻta tajavuskor munosabatda boʻlib, ularni deportatsiya qilishni talab qilagan[16].

2008-yil sentabr oyida Samir Geagea Juniya shahrida boʻlib oʻtgan mitingda nutq soʻzladi. U „fuqarolar urushi davrida xalq oldidagi burchlarini bajarishda yoʻl qoʻygan xatolari“ uchun uzr soʻradi va xalqni siyosiy zoʻravonlikning oldini olishga chaqirgan[17]. Tarixchilar Geageaning qarashlarida oʻta oʻng radikalizmdan xristian demokratiyasigacha boʻlgan baʼzi evolyutsiyalarni qayd etganlar. Samir Geagea Livandagi eng nufuzli siyosatchilardan biri sanaladi[18].

Samir Geagea Livanning xalqaro aloqalarida faol qatnashgan. 2007-yilning mart oyida u Yelisey saroyida Fransiyaning oʻsha paytdagi prezidenti Jak Shirak bilan uchrashdi. Bir yildan soʻng esa Oq uyda AQShning Davlat kotibi Kondoliza Rays bilan muzokaralar oʻtkazgan. Ushbu aloqalarda Geagea oʻz pozitsiyasini Livan suverenitetini Suriya aralashuvidan himoya qilish bilan izohlagan.

Qotillikka urinish

tahrir

2012-yil 4-aprelda Samir Geageaga suiqasd uyushtirildi. Jinoyatchilar topilmagan, ammo deyarli hamma ayblov Suriya tarafdori jangarilarga yuklangan. Geageaning oʻzi suiqasdni quyidagicha izohladi: „Biz inqilobimizni tugatmagunimizcha toʻxtamaymiz“[19].

Prezidentlikka nomzod

tahrir

2014-yilda Samir Geagea Livandagi prezidentlik saylovlariga oʻz nomzodini qoʻyishini eʼlon qildi[9]. Uni 14-martdagi koalitsiya qoʻllab-quvvatlagan. Geageaning 1970 va 1980-yillardagi koʻplab insonlarning qoni toʻkilishida aloqadorligi siyosiy raqiblarning noroziligiga sabab boʻlgan[20].

2014-yil 23-aprelda boʻlib oʻtgan saylovda parlament ovoz berishning birinchi bosqichida Samir Geagea eng koʻp ovozni oldi (hozirgi 124 deputatdan 48 tasi), biroq saylovchilarning uchdan ikki qism ovozini toʻplay olmadi[21]. Natijada, saylov jarayoni ikki yilga choʻzilgan.

Mishel Aun bilan ittifoq

tahrir

2016-yilda Geagea kutilmaganda moʻtadil pozitsiyani egallagan va saylovlarda „Erkin vatanparvarlik harakati“ yetakchisi, uzoq yillik raqibi Mishel Aun nomzodini qoʻllab-quvvatladi[22]. Geagea bu vaziyatni qonuniy davlat rahbarini saylash zaruratligi bilan izohlagan[23].

Mishel Aun hozir Livan prezidenti. Samir Geagea esa prezidentning eng nufuzli nasroniy ittifoqchisi hisoblanadi[16].

Samir Geageaning bu qarori Livan kuchlari va Kataib (Jaajaa yoshligida yetakchi oʻrinlardan birini egallagan partiya) oʻrtasida mojaroga olib kelgan. Falangistlar yetakchisi Sami Gemayel (Pyer Gemayelning nabirasi, Amin Gemayelning oʻgʻli) Geageaning Aun bilan ittifoqini qoʻllab-quvvatlashdan bosh tortgan[24].

Boshqa tomondan, Geagea va Aun oʻrtasidagi yaqinlashish Hizbullohga zarba boʻldi va Livandagi nasroniy jamiyatining mavqeini mustahkamladi[18].

Franjyer bilan yarashish

tahrir

2018-yilning 14-noyabrida Samir Geagea oʻldirilgan Toni Franjyerning oʻgʻli Marada rahbari kichik Sulaymon Franjyer bilan uchrashdi. Vositachi maronit patriarxi Bechar Butros Rai boʻlgan. Uchrashuv natijasida Marada harakati va Livan kuchlari oʻrtasida tarixiy yarashuv eʼlon qilindi. Livan Bosh vaziri Sad Haririy, Kataib rahbari Sami Gemayel va Erkin vatanparvarlik harakatining rasmiy vakili Gibran Bassil Marada va Livan kuchlari oʻrtasida tarixiy yarashuv bilan tabriklagan[25].

Oilasi

tahrir

Samir Geageaning Nuhad ismli singlisi va Yusuf ismli ukasi bor. Jozef Geagea AQSHda yashaydi. U Merilend universiteti vitse-prezident va bosh axborot xodimi hisoblanadi[26] (boshqa manbalarga koʻra, u NASAda ishlaydi[27]).

Uzoq vaqt davomida Samir Geagea „temir jangchi-rohib“ qiyofasini saqlab, oila qurmagan. 1987-yilda u mashhur maronit biznesmen Setride Taukning qiziga uylandi. Setrida Geagea turmush oʻrtogʻining siyosiy ittifoqchisi, Livan kuchlari faoli va Livan parlamenti aʼzosi hisoblanadi. Geageaning farzandlari yoʻq.

Geagea nafaqat oʻng qanot nasroniy siyosatchilar, balki Livanning ijodiy elitasi va media olami vakillari bilan yaqin doʻstona aloqalari mavjud. Livanlik jurnalistlar, rassomlar, shoirlar va musiqachilar Farid Geagea vafoti munosabati bilan Geageaning uyida oʻtkazilgan motam marosimida ishtirok etdiganlar[28].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „جعجع سمير“. 2017-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-iyun.
  2. 2,0 2,1 „Демократия боя“. 2020-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-iyun.
  3. Antoine J. Abraham. The Lebanon War / Greenwood Publishing Group, 1996.
  4. „Dossier: Samir Geagea (May 2004)“. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-iyul.
  5. „From Israel To Damascus. Chapter 3: The «Safra» operation and the battle of Zahle“. 2017-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-iyun.
  6. 6,0 6,1 „سمير جعجع… قاتِل خليله الكافر“. 2017-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-iyun.
  7. „Siniora and Abu Jamra cut deal to define deputy PM’s powers“. 2017-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-iyul.
  8. „Warlord gets life, but plans his vacation“. 2017-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-sentyabr.
  9. 9,0 9,1 „Le Liban se cherche un nouveau président“. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-iyun.
  10. „Robert Hatem (Cobra). FROM ISRAEL TO DAMASCUS“. 2021-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 13-iyul.
  11. „Interview with Etienne Sakr: «A dark future for this poor country called Lebanon»“. 2016-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-iyun.
  12. „Lebanon’s Cabinet Named, Then Boycotted“. 2017-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-sentyabr.
  13. „السجل الكامل لجرائم سمير جعجع!“. 2017-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-iyun.
  14. „وفد من «جبهة الحرية» في معراب تأييدا للإتفاق المسيحي“. 2017-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-sentyabr.
  15. „В Северном Ливане произошли вооруженные столкновения между членами враждующих христианских партий“. 2017-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-iyul.
  16. 16,0 16,1 „Ливано-срийский бег“. 2017-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-sentyabr.
  17. „An ex-warlord’s act of contrition“. 2011-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-iyun.
  18. 18,0 18,1 „Samir Geagea, the 'kingmaker' of Lebanon?“. 2017-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-iyun.
  19. „Geagea Confirms Assassination Attempt: We Won’t Halt Our Revolution No Matter How Hard they Try“. 2018-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-iyun.
  20. „وفيق صفا وسمير جعجع: ظلمٌ في السوية.. عدلٌ في الرعية“. 2017-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-iyun.
  21. „Лидер «Ливанских сил» Самир Джааджаа не смог победить в первом туре президентских выборов“. 2017-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-iyun.
  22. „Liban: l’alliance Samir Geagea-Michel Aoun bouleverse le jeu politique“. 2017-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-iyun.
  23. „Geagea reshapes Lebanese politics, backs rival Aoun“. 2018-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-sentyabr.
  24. „Phalange Party refuses to back Lebanese Forces’ alliance with Free Patriotic Movement“. 2017-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-iyun.
  25. „Lebanese Leaders Welcome Geagea-Franjieh Reconciliation“. 2019-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-avgust.
  26. „Samir Geagea — Early Life“. 2015-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-iyun.
  27. „Lebanese in NASA“. 2017-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-iyun.
  28. „بالصور: نجوم لبنان يشاركون في عزاء والد سمير جعجع“. 2017-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-iyun.