Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Yigitaliyeva Marjona!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy

Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 13:29, 8-Aprel 2023 (UTC)

Xatolarni tuzating

tahrir

Salom @Yigitaliyeva Marjona siz Tojikiston aholi punktlarini vikipediyamizga kiritib chiqqan ekansiz, bu yaxshi biroq navboxlarni xato qoʻyib, manbalarni oʻz oʻrniga qoʻymagansiz. Shuningdek har bir maqolani boshlaganda probel tashlab ketgansiz. Shu va boshqa biz anglamagan xatolaringizni bartaraf qilib chiqishga harakat qiling. Yoqimli tahrir tilayman! Agar tahrir qilishni tushunmasangiz, vikipediya rasmiyatchisi va administratori Nodir Atayev tayyorlagan videodarslarni ko‘rib chiqing. Yoqimli tahrir tilayman! MirzoUlugʻBek 07:53, 6-May 2023 (UTC)

Munozaralar

tahrir
  Mendan sizga bir boʻlak oq va qora shokolad!
Mendan sizga bir boʻlak shokolad! Oʻzbekcha Vikipediyada qoʻshayotgan hissangiz va yangi kelgan foydalanuvchilarga berayotgan yordamingiz (jumladan menga ham) uchun minnatdorman! Shu tahlidda yana siz bilan bir qator ishlarni birgalikda amalga oshirishlikdan umidvorman! Yoqimli ishtaxa!— Abdufattohov Ibrohimjon ( ) 08:31, 9-May 2023 (UTC)
 

Siz yaratgan „Miyostatin bilan bog'liq mushak gipertrofiyasi“ sahifasi oʻzbekcha Vikipediya siyosatiga mos kelmaydi, shu sababli tezda oʻchirish mezonlariga („M2: Tuzatib boʻlmas mashina tarjimasi“) binoan oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatildi. Tajriba oʻtkazayotgan boʻlsangiz, itlimos, qumloq sahifasidan foydalaning.

Agar sahifani oʻchirish kerak emas, deb oʻylasangiz, oʻz fikringizni munozara sahifasida qoldiring.

Savollaringiz boʻlsa, tortinmasdan munozara sahifamga yozing. Rahmat! 卂ㄥ丨乃乇Ҝ 卂ㄒㄒ卂爪ㄖ几ㄖᐯ (munozara) 14:52, 24-Sentyabr 2023 (UTC)

„Zeda-Agara“ sahifasi tezda oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatildi

tahrir
 

Siz tomoningizdan yaratilgan „Zeda-Agara“ sahifasi tezda oʻchirish mezonlariga („M1: Ensiklopedik boʻlmagan qisqa maqola“) binoan oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatildi, chunki sahifa hozirgi holatida oʻzbekcha Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga mos kelmaydi. Tajriba oʻtkazayotgan boʻlsangiz, itlimos, qumloq sahifasidan foydalaning.

Agar sahifani oʻchirish kerak emas, deb oʻylasangiz, oʻz fikringizni sahifa munozara sahifasida qoldiring.

Savollaringiz boʻlsa, tortinmasdan munozara sahifamga yozing. Rahmat! 卂ㄥ丨乃乇Ҝ 卂ㄒㄒ卂爪ㄖ几ㄖᐯ (munozara) 23:54, 23-Yanvar 2024 (UTC)