Gʻofurjon Mirzayev
Mirzayev Gʻofurjon Gʻaniyevich (1964-yil 21-aprel, Fargʻona viloyati) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi (2020-yildan). 2016-yildan 2022-yilgacha Sirdaryo viloyati hokimi. 2022-yildan Oʻzbekiston Prezidentining maslahatchisi.
Mirzayev Gʻofurjon Gʻaniyevich | |
---|---|
Мирзаев Ғофуржон Ғаниевич | |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi | |
Mansab davri 2022-yil 22-noyabr | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Sherzod Qudbiyev |
Sirdaryo viloyati hokimi | |
Mansab davri 2016-yil 15-dekabr – 2022-yil 22-noyabr | |
Oʻtmishdoshi | Oybek Ashurmatov |
Vorisi | Akmaljon Mahmudaliyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
21-aprel 1964-yil Fargʻona |
Mukofotlari |
Hayoti
tahrirTaʼlim
tahrir1990-yilda Toshkent politexnika institutini muhandis-elektrik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 2000-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (sirtqi) iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
Mehnat faoliyati
tahrirGʻofurjon Mirzayev 1990—1994-yillarda Bogʻdod don mahsulotlari kombinati sozlovchisi, avtomatika muhandisi, rais oʻrinbosari, 1994—1997-yillarda Bogʻdod tumani hokimining qurilish, sanoat, transport va aloqa masalalari boʻyicha oʻrinbosari, 1997—1998-yillarda „Oʻzdonmahsulot“ davlat aksiyadorlik korporatsiyasi qurilish, yangi texnologiyalar va modernizasiya bosh boshqarmasi boshligʻi, 1998—2000-yillarda Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining Fargʻona aksiyadorlik uyushmasi raisi, 2000—2003-yillarda „Oʻzdonmahsulot“ davlat aksiyadorlik korporasiyasi qurilish, yangi texnologiyalar va modernizatsiya bosh boshqarmasi boshligʻi, 2003—2011-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Tashkiliy-nazorat xizmati hududiy organlar bilan ishlash guruhi yetakchi inspektori, 2011-yilda qisqa muddat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Tashkiliy-kadrlar xizmati davlat hokimiyati hududiy organlari shoʻbasi yetakchi inspektori,
2011—2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Tashkiliy-kadrlar xizmati davlat hokimiyati hududiy organlari shoʻbasi bosh inspektori lavozimlarida faoliyat olib borgan.
2016-2022-yillarda Sirdaryo viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritdi[1].
2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.
Mukofotlari
tahrirGʻofurjon Mirzayev 2019-yilda "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „Gʻofurjon Mirzayev Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga qayta tasdiqlandi“ (2020-yil 13-yanvar). 2020-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-avgust 2022-yil.
- ↑ „Halol mehnat munosib ragʻbatlantirilganda…“ (2019-yil 31-avgust). Qaraldi: 22-avgust 2022-yil.