Gulsum Rahimova-Ashrafiy
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (May 2024) |
Gulsum Rahimova-Ashrafiy (1902-yilda tavallud topgan — 1938-yil vafot etgan) — qozogʻistonlik malakali pedagog, muallima. Qatagʻon qurbonlaridan biri.
Gulsum rahimova-Ashrafiy | |
---|---|
Tavalludi |
Qozogʻiston Respublikasi Oqmoʻla(hozirgi Ostona) viloyati |
Fuqaroligi | SSSR |
Taʼlimi | oliy |
Kasbi | muallima |
Faoliyat yillari | 1918—1938 |
Turmush oʻrtogʻi | Haydar Ashrafiy |
Bolalari | Uchqun va Toʻlqin Ashrafiy |
Otasi | Qayum Rahimov |
Qarindoshlari | singillari: Ruqiya Rahimova |
Taʼlimi
tahrirGulsum Rahimova 1923-yilga qadar oʻzi tugʻilib oʻsgan yurti Qozogʻistonda taʼlim oladi. Sharoitining oʻgirlashgani sababli oilaviy Turkiyaga koʻchib oʻtishadi va oʻqishini 1918-yilga qadar oʻsha yerda davom ettiradi. Ammo Turkiyaning oʻqitish sharoitlari uni qoniqtirmaydi. Kelajakda shifokor boʻlish niyatida boshqa, taʼlim darajasi yuqoriroq shaharlarga borib oʻqishni maqsad qiladi. 1918-yilda shunday imkoniyatga ega boʻlib, Germaniyaga oʻqish uchun yuboriladi. Shundan soʻng u singlisi Ruqiya Rahimova bilan shahardagi boshlangʻich maktablarning oʻquv pansionatiga joylashib, Drezdendagi qizlar gimnaziyasida tahsil ola boshlaydi. 1922-yildan boshlab ular Buxoro Xalq Respublikasi taʼminotiga oʻtgach, 1925-yilda gimnaziyani tamomlaydilar. Soʻngra u Samarqand va Buxoro shaharlariga borib, u yerda bir muddat mahalliy oʻzbek, tojik, tatar maktablarida nemis va rus tillaridan dars beradi. 1934-yilda oilaviy Toshkentga koʻchib kelgach, uyidan uzoq boʻlmagan maktablardan birida nemis tili va adabiyotidan dars berib, kechalari chet tillari pedagogika institutining nemis tili fakultetida tahsil oladi.
Hayoti va faoliyati
tahrirGulsum Rahimova Germaniyaga turkistonlik talabalardek Buxoro Xalq respublikasi hisobiga kelmaganligi sababli uning Germaniyada taʼlim olish yillari boshqalarga nisbatan bir qancha muddatga choʻzilgan. Shuning uchun u bir qancha vaqtga Finlandiyadagi Ilinsk shahriga ketib, 1923—1924-yillar davomida u yerdagi tatar yoshlar maktabida bir muddat dars beradi. Moddiy tomondan ancha yaxshilangach, yana Germaniyaga qaytib, boshqa turkistonliik talabalar bilan birga gimnaziyani tugatish imkoniyatiga ega boʻladilar va 1925-yilda SSSRga qaytishadi. Oʻsha yillarda Oʻzbekistonning poytaxti boʻlgan Samarqand shahrida pedagogika akademiyasi ochiladi, shu vaqtda mazkur dorilfulunning pedagogika fakultetida tahsil olayotgan oʻzbek ziyolilaridan biri boʻlgan Haydar Ashrafiy bilan tanishib qoladi va oradan vaqt oʻtib ular oila qurishadi. 1934-yilda ular oilaviy Toshkent shahri Shelkovichniy koʻchasi 39-uyga koʻchib kelishadi[1].
Vafoti
tahrirGulsum Rahimova 1937-yil 6-yanvarda NKVD davlat xavfsizligi leytenanti Gaynutdinov tomonidan kutilmaganda chaqirtirilib soʻroq qilinadi. Shundan soʻng, uning orqasiga qoyilgan aygʻoqchilarning soxta guvohligi asosida 1937-yil 18-iyulda uning uyi tuntuv qilinib, oʻzi qamoqqa olinadi. Oradan ikki hafta vaqt oʻtgach, 1937-yil 1-avgustda G. Rahimovaga nisbatan aybnoma rasmiy tuzilib, unda ayblanuvchining Germaniyada oʻqigan vaqtlarida „Ozod Turkiston“ aksilinqilobiy aygʻoqchilik tashkilotiga aʼzo boʻlgan, ularning topshirigʻi bilan SSSRga kelib, sovet mamlakatiga qarshi josuslik materiallarini toʻplab, ularni Berlindagi „Ozod Turkiston“ tashkilotiga yubormoqchi boʻlgan degan ayblar boʻyniga qoʻyiladi. Oradan deyarli ikki oy vaqt oʻtgach, 1937-yil 13-sentyabrda uning turmush oʻrtogʻi Haydar Ashrafiy ham hibsga olinadi. Gulsum qamoqqa olingunga qadar ogʻir yurak xastaligiga chalingan edi. Oxir-oqibat SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasining sayyor sessiyasi 1938-yil 4—15-oktyabr kunlarida mutlaqo asossiz josuslik ayblovlari bilan eng ogʻir jazo — otuvga hukm etiladi. Boshqa turkistonlik Germaniyaga oʻqish uchun yuborilganlar singari 1938-yilning oktyabr oyida u uchun ham hukm ijro etiladi[2].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Turdiyev, Sherali. Ular Germaniyada oʻqigan edilar, 1-nashr, Toshkent: Akadem - Xizmat bosmaxonasi, 03.04.2006 — 258-bet.
- ↑ Murtazayeva, Raxbar; Jurayeva, Nilufar „O'tmishga nazar“. tadqiqot.uz. Qaraldi: 2024-yil 4-may.