Gundishopur
Gundishopur (Pahlaviycha:𐭥𐭧𐭩𐭠𐭭𐭣𐭩𐭥𐭪𐭱𐭧𐭯𐭥𐭧𐭥𐭩, Weh-Andiōk-Šābuhr; forscha: ) Sosoniylar davlatining intellektual markazi va oʻz akademiyasiga ega, shahanshoh Shopur I asos solgan shahar. Gundishopurda oʻquv shifoxonasi, kutubxona hamda oliy taʼlim markazi boʻlgan. Uning oʻrni Dizpuldan 14 km janubi-sharqda, hozirgi Eronning janubi-gʻarbidagi Xuziston ustoni Shushtar yoʻligacha boʻlgan Shohobod qishlogʻidan janubdagi keng xarobalarda deb topilgan.
| |
Gundishopur xarobalari | |
Muqobil nomlar | Weh-Antiyok-Shapur |
---|---|
Manzilgoh | Xuziston, Eron |
Mintaqa | Eron platosi |
Koordinatalar | 32°17′N 48°31′E / 32.283°N 48.517°E |
Turi | manzilgoh |
ning ofqisnmi | Sosoniylar davlati |
Tarix | |
Tashkil etilgan | Milodiy 3-asr |
Davrlar | Soʻnggi antik davrdan oʻrta asrlarga qadar |
Madaniyatlar | Eroniylar, oromiylar, yunon-rimlar |
Makon qaydlari | |
Vaziyat | xaroba holatida |
Arablar Eronni fath etgach, shahar tanazzulga yuz tuta boshladi va 638-yilda musulmonlarga taslim boʻldi. Biroq islom davrida ham muhim markaz boʻlib qoldi. Safforiylar sulolasi asoschisi Yaʼqub Ibn Lays As-Saffor 879-yildagi tasodifiy oʻlimidan uch yil avval Gundishopurni oʻzining qarorgohiga aylantiradi. Uning qabri shahardagi eng diqqatga sazovor joylardan biriga aylanadi[1].
Nomlanishi
tahrirOʻrta fors tilidagi Gondēšāpūr (yoki Gundēšāpūr) soʻzi forscha wandēw Šāpūr (maʼnosi Shopur tomonidan sotib olingan) jumlasidan[2] yoki Gund-dēz-i Shāpūr (maʼnosi Shopurning harbiy qal’asi) jumlasidan[3][4] yo Weh-Andiyok-Shāpūr (maʼnosi Shopur Antioxiyasidan yaxshiroq) jumlasidan kelib chiqqan boʻlishi mumkin. Yangi fors tilida گندیشاپور Gondēshāpūr shaklida tanilgan.
Klassik suryoniy tilida shahar ܒܝܬ ܠܦܛ Bēth Lapaṭ[5], yunon tilida Bendosabora, arabcha esa جنديسابور Jundaysābūr shaklida uchraydi.
Gundishopurning yuksalishi
tahrir256-yilda rimliklarning Antioxiyasini zabt etgan sosoniylar shahanshohi Shopur I Suza va Shushtar orasida Gundishopur shahriga asos soladi. Rim harbiy asirlarini joylashtirish joyi sifatida qurilgan shahar, keyinchalik sosoniylar shohlarining qishki qarorgohiga va Xuziston viloyatining markaziga aylanadi[6][7][8]. Gundishopur Suza, Karka d-Ledan va Shushtar bilan birga viloyatning toʻrtta asosiy shaharlaridan biri edi[8]. Gundishopurda asosan nasroniylar istiqomat qilgan va Bet Huzayening Sharq-Suriya metropolitan markazi sifatida xizmat qilgan[7].
Aksariyat olimlar Ardashirning (Artakseks) oʻgʻli Shopur I imperator Valerian boshchiligidagi Rim qoʻshinini magʻlub etganidan keyin shaharga asos solgan deb hisoblashadi. Gundishopur garnizon shahar boʻlib, koʻplab Rim harbiy asirlari joylashgan. Shopur I Gundishopurni o'z poytaxtiga aylantirgan.
Shopurning xotini, Avrelianning qizi u bilan birga poytaxtda yashagan. U oʻzi bilan shaharda joylashgan va Gippokrat tibbiyotidan dars bergan ikki yunon tabibini olib kelgan.
489-yilda Edessadagi Nestorian diniy va ilmiy markazi Vizantiya imperatori Zenon tomonidan yopildi va Nisibis maktabi[9] yoki Nisibin maktabiga aylantirildi, keyin esa Xuzistonning Gundishopur shahrida dunyoviy fakultetlari bilan Fors hukmronligi ostiga o'tkazildi. Bu yerda olimlar 529-yilda Yustinian I tomonidan Afinadan quvgʻin qilingan butparast faylasuflar bilan birgalikda tibbiyot, astronomiya va matematika boʻyicha muhim tadqiqotlar olib bordi[10].
Aynan sosoniylar podshohi Xusrav I Anushirvon „Oʻlmas“ (milodiy 531-579), yunonlar va rimliklar orasida Chosroes nomi bilan mashhur boʻlgan, hukmronligi davrida Gundishopur tibbiyoti va bilimdonligi bilan mashhur boʻlgan. Xusrav I turli yunon faylasuflariga, Vizantiya imperiyasi tomonidan diniy taʼqiblardan qochgan Nestorian ossuriylarga boshpana bergan.
Shahanshoh qochqinlarga yunon va suryoniy matnlarni pahlaviy tiliga tarjima qilishni topshirgan. Ular tibbiyot, astronomiya, astrologiya, falsafa, foydali hunarmandchilikka oid turli asarlarni tarjima qilgan.
Anushirvon sharqqa ham burilib, mashhur tabib Barzuyani hind va xitoy olimlarini Gundishopurga taklif qilish uchun yuboradi. Bu tashrif buyuruvchilar astronomiya, munajjimlik, matematika va tibbiyotga oid hind tilidagi matnlarni hamda oʻsimlik tibbiyoti va dinga oid xitoycha matnlarni tarjima qiladi. Aytishlaricha, Barzuyaning oʻzi hozirgacha dovrug'i tushmagan hind panchatantrasini sanskrit tilidan fors tiliga Kalila va Dimna deb tarjima qiladi.
Koʻplab ossuriylar V asrda Gundishopurga joylashadi. Ossuriyaliklar, asosan, oʻsha davrda yetakchi tibbiyot markazi boʻlgan urfalik shifokorlar salangan[11]. Toki shahar arab-islom qoʻshinlari qoʻliga oʻtib, ular shahar va ilm maskanlarini vayron qilgunga qadar akademiyada taʼlim suryoniy tilida olib borildi[12].
Gundishopur islom davrida
tahrirSosoniylar davlati 638-yilda arab-islom qoʻshinlari qoʻliga oʻtdi. Akademiya hukmdorlar almashinuvidan omon qoldi va oʻzini musulmon oliy taʼlim instituti sifatida koʻrsatish orqali bir necha asrlar davomida saqlanib qoldi. Milodiy 832-yilda xalifa al-Maʼmun Bayt ul-hikmaga, yaʼni „Hikmatlar uyiga“ asos soldi. U yerda Gundishopur usullariga taqlid qilingan, chunki Hikmatlar uyi hind va baʼzi yunon va eroniy tibbiyot anʼanalarida kuchli tayyorgarlikdan oʻtgan Gundishopur eski akademiyasining bitiruvchilarini jalb qilgan. Hikmatlar uyi Al-Maʼmunning vorisi, ilm Qur’onda keltirilgan maʼlumotlarga zid keladi deb hisoblovchi xalifa al-Mutavakkil davrida tarqatib yuborilgan deb ishoniladi. Bundan tashqari, Abbosiylar xalifaligining intellektual markazi arablar qal’asi Bagʻdodga koʻchib oʻtgan edi, chunki bundan buyon zamonaviy adabiyotlarda Gundishopurdagi universitetlar yoki kasalxonalar haqida juda kam havolalar mavjud.
Gundishopur hind va baʼzi yunon tibbiyoti oʻrtasidagi asosiy bogʻliqlik boʻlgan, chunki uning oldingi tibbiyot anʼanalarini uygʻunlashtirish amaliyoti, shuning uchun oldingi qadimiy tamaddunlardan keyingi islomiy oʻzlashtirishga oʻtish yanada izchil edi[13].
Gundishopur kasalxonasining oxirgi tasdiqlangan rahbari 869-yilda vafot etgan Sabur ibn Sahl edi. Bundan keyingi kasalxona taqdiri nomaʼlum[14].
Soʻnggi akademik ikkilanishlar
tahrirBaʼzi olimlar Gundishopurdagi kasalxonaning mavjudligiga shubha bilan qarashadi va „[Gundishopur] tibbiyot tarixida hal qiluvchi rol oʻynaganligi haqidagi daʼvolarni tasdiqlaydigan maʼlum fors manbalari“ yoʻqligini daʼvo qilishadi[15]. Gundishopurdagi tibbiy markaz Nisibis maktabiga oʻxshab ketgan boʻlardi, deb taxmin qilingan. Koʻproq ehtimol, Nisibisdagi kabi tibbiy matnlar oʻqiladigan seminariya va tibbiyot bilan shugʻullanadigan kasalxona mavjud boʻlgan[16].
Bundan tashqari, Gundishopurning obroʻsi shahar gʻarbida joylashgan va u bilan maʼmuriy jihatdan bogʻlangan Suza shahri bilan birlashtirilgan boʻlishi mumkin. Sosoniylar shohlik yilnomalariga ega boʻlgan olim At-Salibiy islomgacha boʻlgan Fors haqida gapirib, shunday yozgan:
Shu tariqa, Sus [Suza] ahli hind tabibidan [Shopur I tomonidan Suzaga olib kelingan] va ularga yaqin yashagan yunon asirlaridan saboq olgani uchun Ahvoz va Fors ahlining tibbiyotda eng mohiriga aylandi; keyin [tibbiy bilimlar] avloddan-avlodga oʻtib kelgan[17].
Boshqa tomondan, xuddi shu manba Gundishopurning tibbiy obroʻsining yana bir tasdigʻi boʻlishi mumkin, chunki Suza Gundishopurni oʻz ichiga olgan butun mahalliy mintaqani ifodalashi mumkin (ular maʼmuriy jihatdan bogʻlangan edi). Buni Suza bilan solishtirish uchun iqtibosda zikr etilgan Ahvoz va Forsning ham mintaqa boʻlgani tasdiqlaydi, bu esa mintaqalar solishtirilayotganidan dalolat beradi.
Manbalar
tahrir- ↑ Alireza Shapour Shahbazi; Lutz Richter-Bernburg. GONDĒŠĀPUR.
- ↑ Islom ensiklopediyasida „Gondēshāpūr“
- ↑ "GONDĒŠĀPUR" in Encyclopædia Iranica
- ↑ Potts, D. T.. The Archaeology of Elam: Formation and Transformation of an Ancient Iranian State (en). Cambridge University Press, 1999 — 421-bet. ISBN 978-0-521-56496-0.
- ↑ Thomas A. Carlson et al., "Beth Lapaṭ — ܒܝܬ ܠܦܛ " in The Syriac Gazetteer last modified January 14, 2014, http://syriaca.org/place/35.
- ↑ Jalalipour 2015, s. 11.
- ↑ 7,0 7,1 Fiori 2015.
- ↑ 8,0 8,1 Shahbazi & Richter-Bernburg 2002, ss. 131–135.
- ↑ University of Tehran Overview/Historical Events (Wayback Machine saytida 2011-02-03 sanasida arxivlangan)
- ↑ Hill (1993), s. 4
- ↑ „Google Sites: Sign-in“. 2008-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 28-avgust.
- ↑ Frye (1975b), s. 397
- ↑ Frye (1975b), ss. 388–389
- ↑ Alireza Shapour Shahbazi; Lutz Richter-Bernburg. GONDĒŠĀPUR.
- ↑ Dols (1987), s. 369
- ↑ Dols (1987), s. 377
- ↑ Dols (1987), s. 378
Adabiyotlar
tahrir- Elgood, Cyril. A Medical History of Persia. Cambridge: Cambridge University Press, 1951.
- Hau, Friedrun R. (1979). "Gondeschapur: eine Medizinschule aus dem 6. Jahrhundert n. Chr". Gesnerus XXXVI (1–2): 98–115. doi:10.1163/22977953-0360102009.
- Piyrnia, Mansoureh. Salar Zanana Iran. Maryland: Mehran Iran Publishing, 1995.
- Dols, Michael W. (1987). "The Origins of the Islamic Hospital: Myth and Reality". Bulletin of the History of Medicine 61 (3): 367–391. PMID 3311248. https://archive.org/details/sim_bulletin-of-the-history-of-medicine_fall-1987_61_3/page/367.
- Fiori, Emiliano (2015). "Jundīshāpūr". in Fleet, Kate; Krämer, Gudrun; Matringe, Denis et al.. Encyclopaedia of Islam (3rd nashri). Brill Online. ISSN 1873-9830. https://referenceworks.brillonline.com/entries/encyclopaedia-of-islam-3/jundishapur-COM_27563.
- Frye, Richard Nelson. The Golden Age of Persia. London: Weidenfeld & Nicolson, 1975a.
- The Cambridge History of Iran. Cambridge: Cambridge University Press, 1975b.
- Hill, Donald. Islamic Science and Engineering. Edinburgh: Edinburgh University Press, 1993.
- Jalalipour, Saeid (2015). "The Arab Conquest of Persia: The Khūzistān Province before and after the Muslims Triumph". Sasanika. https://sites.uci.edu/sasanika/files/2020/01/GradPaper-JalalipourStudyofSasanianKhuzestan.pdf.
- McDonough, Scott „The Legs of the Throne: Kings, Elites, and Subjects in Sasanian Iran“, . The Roman Empire in Context: Historical and Comparative Perspectives. John Wiley & Sons, Ltd, 2011 — 290–321-bet. DOI:10.1002/9781444390186.ch13. ISBN 978-1-4443-9018-6.
- Shahbazi, A. Shapur; Richter-Bernburg, Lutz (2002). "Gondēšāpur". in Yarshater, Ehsan. Encyclopædia Iranica, Volume XI/2: Golšani–Great Britain IV. London and New York: Routledge & Kegan Paul. 131–135 b. ISBN 978-0-933273-62-7. https://iranicaonline.org/articles/gondesapur.