Helmuth von Moltke
Helmuth Karl Bernxard Graf von Moltke[1] (nemis: [ˈhɛlmuːt fɔn ˈmɔltkə]; 1800-yil 26-oktabr — 1891-yil-24-aprel) Prussiya feldmarshali. Oʻttiz yil davomida Prussiya armiyasining shtab boshligʻi, u quruqlik qoʻshinlarini boshqarishning yangi, yanada zamonaviy usulini yaratuvchisidir. U Yevropa va Yaqin Sharqdagi qoʻshinlarga, Ikkinchi Shlezvig urushi , Avstriya-Prussiya urushi va Fransiya-Prussiya urushi davrida Prussiya qoʻshinlariga qoʻmondonlik qilgan. U "Prussiya armiyasi tashkilotchisi va taktik dahosi"[2]sifatida tarixda qolgan. Birinchi jahon urushi boshlanganda nemis armiyasiga qoʻmondonlik qilgan jiyani Helmuth von Moltkedan (Helmuth Johann Ludwig von Moltke) farqlash uchun uni koʻpincha "Oqsoqol Moltke" deb atashadi.
Helmuth von Moltke | |
---|---|
Helmuth von Moltke | |
Taxallus(lar)i | Oqsoqol Moltke |
Tavalludi |
1800-yil 26-oktabr Parchim, Meklenburg-Shverin, Muqaddas Rim imperiyasi |
Vafoti |
1891-yil 24-aprel (90 yosh) Berlin, Prussiya, Germaniya imperiyasi |
Fuqaroligi | Germaniya |
Xizmatdagi yillari | 1819-1888-yillar |
Unvoni |
Ikkinchi leytenant (Daniya armiyasi) '''Generalfeldmarshall''' (Germaniya armiyasi) |
Qoʻmondonlik qilgan |
Vilgelm II |
Lavozimi | Germaniya Bosh Shtab boshligʻi |
Jang/urush | Fransiya-Prussiya urushi |
Turmush oʻrtogi | Meri von Burt (1868-yilda vafot etgan) |
Hayotining ilk yillari
tahrirMoltke Meklenburg-Shverin gersogligining Parchim shahrida tugʻilgan, Daniya armiyasida xizmat qilayotgan nemis general-leytenanti Fridrix Filipp Viktor fon Moltke(1768-1845)ning oʻgʻli. Toʻqqiz yoshida Helmuth von Moltke Golshteyndagi Xohenfeld pansionatiga, oʻn ikki yoshida esa Kopengagendagi kadet maktabiga oʻqishga kirdi. 1818-yilda u Oldenburg piyoda polkida ikkinchi leytenant darajasiga chiqdi[3].
Yigirma bir yoshida Moltke Prussiya xizmatiga kirishga qaror qildi. 1822-yilda Frankfurt an der Oderda joylashgan 8-piyoda polkida ikkinchi leytenant boʻldi. Yigirma uch yoshida u umumiy harbiy maktabga (keyinchalik Prussiya harbiy akademiyasi) kirishga muvaffaq boʻldi, u yerda ch yil oʻqidi va 1826-yilda tugatdi.
Harbiy faoliyatining boshlanishi
tahrirMoltke Frankfurt an der Oderdagi kadet maktabida xizmat qildi, keyin uch yil davomida Sileziya va Posenda harbiy tadqiqotlarda faoliyat yuritgan. 1832-yilda u Berlindagi bosh shtabda xizmat qilish uchun yuborilgan, 1833-yilda u birinchi leytenant unvoniga koʻtarildi. Oʻsha paytda u oʻz boshliqlari, shu jumladan oʻsha paytda general-leytenant boʻlgan shahzoda Vilgelmda yaxshi taassurot qoldirgan.
Moltkening qiziqishlari uni adabiyotga, tarixshunoslikka, sayohatga chorladi. 1827-yilda u „Ikki doʻst“ nomli qisqa romanini nashr etdi 1831-yilda u „Gollandiya va Belgiyaning oʻzaro munosabatlari“ nomli essay yozdi, ulnda Filipp II davridagi boʻlinishidan tortib, Vilgelm I davridagi birlashishigacha boʻlgan jarayon tahlil qilingan.
U ingliz tilini yaxshi bilganligi sababli[4]1832-yilda u Gibbonning " Rim imperiyasining tanazzul va qulash tarixi " asarini nemis tiliga tarjima qilish uchun shartnoma tuzdi, buning uchun u 75 marka olishi kerak edi, u ushbu pulgan ot sotib olishni maqsad qilgan edi. Oʻn sakkiz oy ichida u oʻn ikki jildning toʻqqiztasini tugatdi, ammo nashriyot kitobni nashr qilmadi va Moltkega bor yoʻgi 25 marka pul toʻlab berdi.
Usmonlilar imperiyasida xizmat
tahrir1835-yilda kapitan sifatida koʻtarilgan Moltke janubi-sharqiy Yevropaga sayohat qilish uchun olti oylik taʼtil oldi. Konstantinopolda qisqa muddat boʻlganida, Sulton Mahmud II undan Usmonli imperiyasi armiyasini modernizatsiya qilishda yordam soʻragan va Moltke Berlindan tegishli ruxsat olganidan soʻng bu taklifni qabul qilgan. U Konstantinopolda ikki yil qoldi, turk tilini oʻrgandi va Konstantinopol shahri, Bosfor va Dardanel boʻgʻozlarini koʻzdan kechirdi. U Valaxiya, Bolgariya va Rumeliya boʻylab sayohat qildi va boʻgʻozning ikkala tomonida koʻplab boshqa sayohatlarni amalga oshirdi.
1838-yilda Moltke Misrlik Muhammad Aliga qarshi yurishni olib borishi kerak boʻlgan Anadoludagi qoʻshinlarga qoʻmondonlik qiluvchi Usmonli generaliga maslahatchi sifatida yuborildi. Yozda Moltke oʻz sayohati davomida bir necha ming mil yoʻl bosib, keng qamrovli razvedka va tadqiqotlar olib bordi. U Frot daryosi boʻylab sayohat qildi va Usmonlilar imperiyasining koʻplab hududlarini koʻzdan kechirdi va xaritaga tushirdi. 1839-yilda armiya misrliklarga qarshi jang qilish uchun janubga yoʻl oldi, ammo dushman yaqinlashgach, general Moltkening maslahatiga quloq solishdan bosh tortdi. Moltke shtab-ofitser lavozimidan isteʼfoga chiqdi va artilleriya kuchga rahbarlik qila boshladi. 1839-yil 24-iyunda Nezib (hozirgi Nisibis) jangida Usmonli armiyasi magʻlub boʻldi. 1839-yil 7-noyabrda u Pour le Mérite ordenini oldi. Qirollik shtab boshligʻi fon Krausenek yuborgan maktubida: „Men Bosh shtab kapitanlari fon Vinke, Fisher va fon Moltkega Turkiyadagi qoʻmondonlik davridagi xizmatlaridan mamnunligimning isboti sifatida ushbu ordenni topshirmoqchiman“[5]deb yozilgan edi.
Moltke katta qiyinchilik bilan Qora dengizga, u yerdan Konstantinopolga qaytib keldi. Bu paytda Sulton Mahmud II vafot etgan edi, shuning uchun u 1839-yil dekabr oyida Berlinga qaytib keldi.[6]
Bir vaqtlar Moltke uyiga 1835-1839-yillarda Turkiyadagi shart-sharoitlar va voqealar toʻgʻrisida yozgan baʼzi xatlarini nashr etdi. Keyingi yilning boshida u ingliz ayoli Mariya Berta Xelena Burtga uylandi. Farzandsizligiga qaramay, bu baxtli nikoh edi.
1840-yilda Moltke Berlinda joylashgan Prussiya shahzodasi Charles qoʻmondonligi ostidagi IV korpus ishlay boshladi va u boshqa nemis sayohatchilari bilan birgalikda Konstantinopol xaritasini va Kichik Osiyoning boshqa hududlarining yangi xaritasini nashr etdi.[7]
U temir yoʻllarga qiziqib qoldi va u Gamburg-Berlin temir yoʻlining birinchi direktorlaridan biri edi. 1843 — yilda u "Temir yoʻl yoʻnalishini tanlashda qanday fikrlar aniqlanishi kerak?" maqolasini nashr etdi. Germaniya oʻzining birinchi temir yoʻlini qurishni boshlashdan oldin ham, u temiryoʻllarning harbiy salohiyatini payqagan edi va u bosh shtabni safarbarlik va moddiy-texnikaviy sabablarga koʻra temir yoʻl qurilishini qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi.[8] U barcha jamgʻarmalarini Prussiya temir yoʻl korxonalariga sarmoya kiritishga sarfladi, bu esa keyinchalik unga katta boylik keltirdi. Keyinchalik u Bosh shtab boshligʻi boʻlganda shtabga Temir yoʻl boshqarmasini qoʻshdi.[9]
1845-yilda Moltke "1828-1829-yillarda Yevropada rus-turk urushi" maqolasini ni nashr etdi, ushbu maqola harbiy doiralarda yaxshi qabul qilindi. Xuddi shu yili u Rimda Prussiya shahzodasi Genrixning shaxsiy yordamchisi sifatida xizmat qildi, bu unga „Abadiy shahar“ning yangi xaritasini yaratishga imkon berdi(1852-yilda nashr etilgan).
1855-yilda Moltke shahzoda Fridrix Vilgelmga (keyinchalik imperator Fridrix III) general-mayor sifatida yordamchi va murabbiy boʻlib xizmat qildi. U shahzodaning uylanishi munosabati bilan Angliyaga, shuningdek, Rossiya imperatori Aleksandr II ning toj kiyish marosimida Sankt-Peterburgga shahzodaga hamrohlik qildi[10].
Prussiyada xizmat
tahrirEdvin fon Manteuffelning taklifiga koʻra, yangi qirol Vilgelm I Moltkeni 1857-yil 29-oktyabrda Prussiya Bosh shtab boshligʻi etib tayinladi.[11] Bosh shtab nomi "Buyuk Bosh shtab" deb oʻzgartirildi, chunki u urush davridagi turli nemis davlatlari qoʻshinlarining umumiy yoʻnalishiga ega boʻlar edi.[12]U lavozimga kelishi bilanoq, strategik va taktik usullarga oʻzgartirishlar kiritishga kirishdi:
- qurollanish va aloqa vositalaridagi oʻzgarishlar;
- shtab xodimlarini tayyorlashdagi oʻzgarishlar (masalan, xodimlarning sayohatlarini joriy etish);
- Armiyani safarbar qilish uslubidagi oʻzgarishlar.
1859-yilda Italiyadagi Avstriya-Sardiniya urushi Prussiya armiyasini safarbar qilishga olib keldi, ammo Prussiya armiyasi bevosita janglarda ishtirok etmagan. Safarbarlikdan keyin armiya qayta tashkil etildi va uning kuchi deyarli ikki baravar oshirildi. Qayta tashkil etish Moltkening emas, balki shahzoda regent Vilgelmning va harbiy vazir Albrext fon Roonning ishi edi[13]. Moltke Italiya kampaniyasini diqqat bilan kuzatdi va 1862-yilda uning borishi haqida kitob yozdi.
1862-yil dekabrda Moltkedan Daniya bilan urushning harbiy jihati boʻyicha fikr soʻraldi. Uning fikricha, urushni tugatish qiyinchillikka olib kelishi mumkin, chunki Daniya armiyasi, orollarga chekinadi, bu daniyaliklarning dengizda kuchliliga sababli, unga hujum qilish imkonsiz boʻlib qoladi. U Shlezvigga hujum qilishdan oldin Daniya armiyasining qanotdan oʻrab olish rejasini tuzdi. U bu orqali ularning chekinishlarini toʻxtatishu mumkinligini aytdi.
Daniya bilan urush
tahrir1864-yil fevral oyida Ikkinchi Shlezvig urushi boshlanganda, Moltke Prussiya qoʻshinlari bilan birga yuborilmadi, balki Berlinda qoldi. Uning urush rejasi notoʻgʻri amalga oshirildi va Daniya armiyasi Dybbol va Frederikiya qalʼalariga qochib ketdi, Dybbol va Frederikiya qamal qilindi, Dybbol qiyinchilik bilan qoʻlga kiritildi va Frederikiya daniyaliklar tomonidan jangsiz tashlab ketildi — ammo urush tugash belgilarini koʻrsatmadi. Daniya armiyasi Als va Funen orollarida joylashib oldi.
1864-yil 30-aprelda Moltke ittifoqchi (nemis) kuchlari shtab boshligʻi lavozimiga tayinlandi. U Fridrix Graf fon Vrangel bilan Alsni egallashni kelishib oldi. 29-iyun kuni Gervart fon Bittenfeld armiyasining bir qismi qayiqlarda Alsni kesib oʻtishgan va tezda butun orolni egallab olishgan. Bir necha kun oʻtgach, Eduard Vogel fon Falkenshteyn korpusi Limfyordni kesib oʻtdi va Yutlandiyaning qolgan qismlarini egalladi. avstriyaliklar esa turli orollarni egallab olishdi. Daniya hukumati Vena shartnomasini imzolash orqali urushni magʻlubiyat bilan yakunladi.[14]
Avstriya-Prussiya urushi
tahrirMoltke 1866-yilgi Avstriya-Prussiya urushi paytida muvaffaqiyatli harbiy operatsiyalarni rejalashtirgan va boshqargan. Urush strategiyasida asosiy jihatlar quyidagilardan iborat. Prussiyaliklarga qarshi ikkita dushman guruhi bor edi, 270 minglik avstro-sakson qoʻshinlari va taxminan 120 000 kishilik ularning ittifoqdosh Shimoliy va Janubiy Germaniya armiyalari. Prussiya qoʻshinlari taxminan 60 000 kishiga kam edi, ammo Moltke hal qiluvchi nuqtada ustunlikka erishishga qaror qildi. Moltke Prussiya armiyasini uchta dala armiyasiga ajratdi:
- Birinchi armiya;
- Ikkinchi armiya;
- Elba armiyasi.
Birinchi armiya knyaz Fridrix Karl boshchiligida Gorlitz yaqinida toʻplangan uchta armiya korpusi, oltita boʻlinmadan iborat otliq korpus va 300 ta artillyeriya qurolidan iborat edi. Ikkinchi armiya valiahd shahzoda Fridrix Vilgelm boshchiligidagi Neisse yaqinidagi toʻrtta armiya korpusi, otliq divizion va 336 artillyeriya qurolidan iborat edi. Elba armiyasi general fon Bittenfeld boshchiligidagi Torgau atrofida uchta diviziya, ikkita otliq boʻlinma va 144 artillyeriya qurolidan iborat edi. Uch dala armiyasidan tashqari yana uchta diviziya ham bor edi:
- General fon Manteuffel boshchiligidagi Altonadagi dviziya;
- General fon Falkenshteyn boshchiligidagi Mindendagi dviziya;
- General fon Beyer boshchiligidagi Vetslardagi dviziya[15]
Avstriyaga hujum qilish uchun joylashtirilgan uchta dala armiyasi taxminan 278 000 kishidan iborat boʻlib, Avstriyaning nemis ittifoqchilaridan himoyalanish uchun faqat 48 000 kishi bor edi, xolos. General fon Falkenshteyn boshchiligidagi 48 000 kishi ikki hafta ichida Gannover armiyasini magʻlub etishga muvaffaq boʻldi, keyin esa Janubiy Germaniya qoʻshinlariga hujum qilib, ularni chekinishga majbur qildi[16].
Moltkening temir yoʻl bilimi unga vaqtni tejashga yordam berdi. Beshta temir yoʻl liniyasi Prussiyaning turli viloyatlaridan janubiy chegaradagi bir qator nuqtalarga olib borardi. Bu barcha temir yoʻllarni bir vaqtning oʻzida ishlatib, Moltke oʻzining barcha armiya korpuslarini bir vaqtning oʻzida tinch turar joydan chegaraga koʻchirishga muvaffaq boʻldi.[17]
Saksoniyaga yurish qilgandan soʻng, Saksoniya qoʻshini Bogemiyaga chekindi. Moltke bir-biridan 160 km uzoqlikda joylashgan ikkita Prussiya qoʻshiniga ega edi. Muammo ularni Avstriya armiyasini Vellington va Blyuxer oʻrtasida Vaterloodagi kabi ushlab turish uchun qanday qilib birlashtirish edi. U oʻzining ikkita qoʻshinini birlashtirib, ularning har birini Gitschin tomon oldinga siljishga yoʻnaltirishga qaror qildi.[18] 1866-yil 22-iyunda Moltke ikki Generalga Gitschin ikki qoʻshinning birlashish uchun yaxshi nuqta ekanligini aytdi.[19] U valiahd shahzoda armiyasining yurishida uni Avstriya armiyasining bir qismi bilan toʻqnash kelishini oldindan bilgan, ammo valiahd shahzodaning 100 000 askarlari bor edi va avstriyaliklardan kuchliroq kuchga ega boʻlishi ehtimolga yaqin edi.
Lyudvig fon Benedek boshchiligidagi avstriyaliklar Moltke kutganidan tezroq yurishdi va toʻrt yoki besh korpus bilan shahzoda Fridrix Charlesga qarshilik koʻrsatishlari mumkin edi; ammo Benedek eʼtiborini valiahd shahzoda Fridrix Vilgelmga qaratdi va uning toʻrtta korpusi jangda magʻlub boʻldi. 1-iyul kuni Benedek oʻzining tarqalib ketgan kuchlarini Königgrätz oldida mudofaaga toʻpladi. Moltkening ikkita qoʻshini endi bir-biriga yaqin masofada edi. 3-iyulda birinchi armiya Avstriya qoʻshinlarining markaziga qarshi, ikkinchisi esa Avstriyaning oʻng qanotiga qarshi harakatga keltirildi Avstriya armiyasi butunlay magʻlubiyatga uchradi va Prussiya urushda gʻalaba qozondi.
Moltke Königgrätz jangidan unchalik mamnun emas edi. U Avstriyaning chekinishiga yoʻl qoʻymaslik uchun Elba armiyasini Königgratz tepasiga olib chiqishga harakat qildi, ammo uning qoʻmondoni oʻz vaqtida u yerga yetib borolmadi.
Muzokaralar davomida Otto fon Bismark qirolning Saksoniya qirolligini qoʻshib olish istagiga qarshi chiqdi; u Fransiyaning faol aralashuvidan qoʻrqdi. Ammo Moltke, agar fransuzlar aralashsa, fransuz va avstriyaliklarni magʻlub etishiga ishonchi komil edi va agar Fransiya va Avstriyaga qarshi urush yuzaga kelsa, oʻz rejalarini Bismarkga taqdim etdi.
Tinchlik shartnomasidan soʻng, Prussiya hukumati Moltkega 30 000 marka miqdorida mukofat berdi, u bu mablagʻga Sileziya viloyatida Shveydnits (hozirgi Shvitsa) yaqinidagi Kreyzau (hozirgi Krzyżova) mulkini sotib oldi.
1867-yilda Moltke Konservativ partiya aʼzosi sifatida Reyxstag aʼzosi boʻldi. 1868-yil 24-dekabrda Moltkening rafiqasi Berlinda vafot etdi. Uning xoki Moltke tomonidan Creisaudagi parkda maqbara sifatida qurilgan kichik ibodatxonaga dafn etilgan.[20]
Fransiya-Prussiya urushi
tahrirMoltke Fransiya-Prussiya urushida (1870-71) Prussiya qoʻshinlarini harakatini rejalashtirdi va boshqardi, bu 1871-yilda Prussiya boshchiligidagi Germaniya imperiyasini yaratishga yoʻl ochib berdi.
1866-yildagi muvaffaqiyatlar Moltkening mavqeini mustahkamladi, shuning uchun 1870-yil 5-iyulda Prussiya va Janubiy Germaniya qoʻshinlarini safarbar qilish toʻgʻrisida buyruq chiqarilganda, uning rejalari tortishuvlarsiz qabul qilindi. Besh kundan keyin u urush davomida armiya shtab boshligʻi etib tayinlandi. Bu Moltkega qirollik buyruqlariga teng keladigan buyruqlar chiqarish huquqini berdi.
Moltkening rejasi butun armiyani Maynsdan janubda toʻplash edi, bu bitta armiya butun chegarani himoya qila oladigan yagona tuman edi. Agar fransuzlar Belgiya va Lyuksemburgning betarafligini eʼtiborsiz qoldirib, Kyoln tomon (Quyi Reyn) oldinga siljishsa, nemis armiyasi ularning qanotiga zarba bera olardi. Shu bilan birga, Reynning oʻzi, Koblenz, Kyoln va Vezel qalʼalari ularning yoʻlida jiddiy toʻsiq boʻlar edi. Agar fransuzlar janubiy Germaniyani bosib olishga harakat qilsalar, nemislarning Reyn daryosi boʻylab yurishi ularning aloqalariga tahdid solardi. Moltke fransuzlar oʻz temir yoʻllari yoʻnalishi boʻyicha armiyaning katta qismini Metz yaqinida, kichikroq qismini esa Strasburg yaqinida toʻplashga majbur boʻlishini kutgan edi.
Nemis qoʻshinlari uchta armiyaga birlashtirilgan edi:
- 60 000 kishidan iborat birinchisi Von Shtaynmets qoʻl ostida, Trier, Mozelda;
- 130 000 kishidan iborat ikkinchisi Prussiya shahzodasi Fridrix Charles boshchiligida Homburg atrofida (ularning orqasida 60 000 kishi zaxirasi bilan);
- uchinchisi valiahd shahzoda Fridrix Vilgelm boshchiligidagi 130 000 kishi, Landauda toʻplangan edi.[21]
Moltkening rejasiga koʻra, uchta qoʻshin oldinga siljish paytida „gʻildirak uslubi“da harakat qilishlari kerak edi, shunda oʻngdagi birinchi qoʻshin Metzning qarshisidagi Mozel qirgʻogʻiga yetib boradi, ikkinchi va uchinchi qoʻshinlar oldinga harakatni davom ettiradi. Fransiya qoʻshinlari Strasburg yaqinida, ikkinchisi esa Pont-a-Musson yaqinidagi Mozelga zarba berdi. Agar fransuz qoʻshini ikkinchi armiyaga hujum qilsa, uning markaziga ikkinchi armiya va qanotda birinchi yoki uchinchi (yoki ikkalasi) tomonidan hujum qilishardi.
Ushbu reja keng koʻlamda amalga oshirildi. Prussiya armiyasi Metz qalʼasini uni Parijdan uzib tashladi. Moltke Metzga Bazain armiyasini qamal qilish uchun bitta armiyani qoldirdi va qolgan ikki armiya bilan Parij tomon yurish uchun yoʻlga chiqdi. 25-avgust kuni Mak Maxon armiyasi shimoli-sharqqa harakatlanayotgani aniqlandi. Moltke maʼlumotlarining toʻgʻriligiga qoniqish hosil qilganda armiyani shimolga burishni buyurdi. Mak Maxonning qoʻshini Meuseni kesib oʻtishga urinayotganda hujumga uchradi, uning yurishi toʻxtatildi va qoʻshini Sedan atrofida toʻplandi.
Sedan jangida ikki nemis armiyasi 1-sentyabrda bir necha tomondan hujumga uchragan va taslim boʻlishga majbur boʻlgan fransuz qoʻshinini oʻrab oldi. Keyin Moltke Parijga yurishni davom ettirdi, u ham qurshab olindi.
1871-yil 28-yanvarda Versalda sulh tuzildi, urush tugadi.
Hayotining soʻnggi yillari
tahrir1870-yil oktyabr oyida Moltke Fransiya-Prussiya urushidagi xizmatlari va Sedan jangidagi gʻalabasi uchun mukofot sifatida Graf unvoni bilan taqdirlandi. 1871-yil iyun oyida u feldmarshal unvoniga koʻtarilidi va katta pul mukofoti bilan taqdirlandi. U 1867—1871-yillarda Shimoliy Germaniya Konfederatsiyasi Dietida xizmat qilgan, 1871—1891-yillarda esa Reyxstag (federal parlament) aʼzosi boʻlgan.[22]
Uning rahbarligi ostida Germaniya Bosh shtabi Ikkinchi Italiya mustaqillik urushi, Ikkinchi Shlezvig urushi, Avstriya-Prussiya urushi va Fransiya-Prussiya urushi haqida tadqiqotlar yozdi.Vilgelm I Moltkening yutuqlarini 1874-yil 24-mayda uni Pour le Mérite fuqarolik toifasi bilan taqdirlash orqali mukofatladi.[23]
Moltke 1874-1881-yillarda Germaniya Bosh shtabi tomonidan nashr etilgan Fransiya-Prussiya urushining rasmiy tarixini tayyorlashga rahbarlik qildi. Urushdan keyin u milliy qahramon va mashhur shaxsga aylandi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida butun Germaniya boʻylab Moltkega 50 dan ortiq yodgorlik oʻrnatilgan; baʼzilari Ikkinchi jahon urushi paytida yoki undan keyin vayron qilingan, ammo koʻplari saqlanib qolgan.
Moltke 1888-yilda Bosh shtab boshligʻi sifatida nafaqaga chiqdi, uning oʻrniga Alfred fon Valdersi keldi. (Uning jiyani Helmut Iogann Lyudvig fon Moltke 1906-yildan 1914-yilgacha rahbarlik boʻlgan) Moltke 1888-yil 9-avgustda rasmiy ravishda nafaqaga chiqdi. 1890-yil 26-oktyabrda uning 90 yilligi milliy bayram deb eʼlon qilindi. Feldmarshal Helmuth Von Moltke 1891-yil 24-aprelda Berlindagi uyida qisqa muddatli kasallikdan soʻng vafot etdi.[24] U davlat dafn marosimini uyushtirdi, uning jasadi harbiy sharaflar bilan minglab odamlar, jumladan, Kayzer Vilgelm II ishtirokida dafn etildi; Bismark dafn marosimida qatnashmadi. Kayzer boshchiligidagi minglab qoʻshinlar uning tobutini Berlindagi Lehrter temir yoʻl stansiyasiga koʻtarib borishdi va u yerdan Sileziyaga olib ketildi.[25]
Moltke xoki Kreisau mulkidagi oilaviy maqbaraga dafn etilgan, ammo Ikkinchi Jahon urushidan keyin, Kreyzau (hozirgi Krzyżova) Polshaga oʻtganidan keyin talon-toroj qilingan.[26]
Qiziqarli maʼlumotlar
tahrir- 1889-yil 21-oktabrda feldmarshal Tomas Edisonning yangi silindrsimon fonografida ikkita audioyozuv yozdi. Birinchisida Edisonga tabrik va Faustdan parcha, ikkinchisida — Hamletdan parcha oʻqib berdi.
- Bu XVIII asrda tugʻilgan odam ovozining yagona audio yozuvlari — Moltke 1800-yilda tugʻilgan (rasmiy jihatdan bu asrning oxirgi yili).[27]
- Ajablanarlisi shundaki, Helmut fon Moltke oʻzining sokinligi uchun „der große Schweiger“ -"buyuk sokin odam" sifatida tanilgan.
Harbiy darajalarining sanalari
tahrirDaniya armiyasi
tahrir- 1819-yil 1-yanvar: Ikkinchi leytenant (Sekondløjtnant)
Prussiya armiyasi
tahrir- 1822-yil 19-mart: Ikkinchi leytenant (Sekonde-Leutnant)
- 1833-yil 30-mart: Birinchi leytenant (Premerleytnant)
- 1835-yil 30-mart: Kapitan (Hauptmann)
- 1842-yil 12-aprel: mayor (mayor)
- 1850-yil 26-sentabr: podpolkovnik (Oberstlyutnant)
- 1851-yil 2-dekabr: polkovnik (Oberst)
- 1856-yil 9-avgust: General-mayor (general- mayor)
- 1859-yil 31-may: General-leytenant (general- leytenant)
- 1866-yil 8-iyun: Piyodalar generali (General der Infanterie)
- 1871-yil 16-iyun: General dala marshal (Generalfeldmarshal)
Mukofatlar va unvonlar
tahrir- Graf unvoni 1870-yil oktabr;
- Gamburg shahrining faxriy fuqarosi, "birlashgan, qayta tugʻilgan nemis davlati xizmatlari uchun" (Verdienste um das zur Einheit wiedergeborene Deutsche Vaterland), 1871;[28]
- Prussiya:
- Ioganniter ordeni faxriy ritsari, 1835-yil; Adolat ritsari, 1858-yil;[29]
- Pour le Mérite, 1839-yil 29-noyabr;[30]
- Qirollik tojining ritsari, 1864-yil 14-avgust[29];
- Qora burgut ritsari, 1866-yil 28-iyul;[29]
- Qizil burgutning katta xochi, 1866 -yil 28-iyul;
- Buyuk Temir xoch, 1871-yil 22 mart;[31]
- Gogenzollern Qirollik uyining Buyuk qoʻmondon xochi, yulduz va qilichlar bilan, 1875-yil 26-oktabr; l
- Anhalt: Albert Ayiq ordeni, qilich bilan, 1871-yil;[32]
- Baden:
- Harbiy Karl-Fridrixning Buyuk Xoch ordeni, 1868-yil;
- Sodiqlik ordeni ritsarlari, 1871-yil
- Bavariya: Maks Jozef harbiy ordenining Buyuk xochi, 1870-yil 18-oktabr;[33]
- Brunsvik: Qilichli Genrix Arslon ordenining Buyuk xochi;
- Ernestine gersogligi: Saks-Ernestin uy ordeni Buyuk xochi, 1861-yil oktabr ;
- Hessen va Reyn:
- Lyudvig ordenining Buyuk xochi, 1871-yil 9-mart;
- Harbiy xizmat xochi, 1871-yil 16-mart
- Shaumburg-Lippe: Harbiy xizmatlari uchun medal, qilich bilan;
- Meklenburg:
- Oltin toj va qilichlar bilan Vendiya tojining Buyuk xochi;
- Harbiy xizmat xochi;
- Oldenburg: Oltin toj va qilichlar bilan Gertsog Piter Fridrix Lyudvig ordenining Buyuk xochi, 1870-yil 31-dekabr;
- Saksoniya:
- Muqaddas Genrix harbiy ordenining Buyuk xochi, 1870-yil;
- Toj koʻchasining ritsari, 1876-yil;
- Saks-Veymar-Eyzenax: Oq lochinning buyuk xochi, qilichlar bilan, 1870;
- Württemberg :
- Vyurtemberg tojining Buyuk xochi, 1869-yil;
- Harbiy xizmatlari uchun Buyuk Xoch ordeni, 1870-yil 30-dekabr;; Xorijiy mukofatlar va unvonlar
- Avstriya imperiyasi:[34]
- Leopold imperator ordeni Buyuk xochi, urush ordeni bilan, 1864-yil;
- Muqaddas Stiven Vengriya Qirollik ordeni Buyuk xochi, 1872-yil;
- Belgiya: Leopold ordenining Buyuk Kordoni(harbiy), 1867-yil 25-aprel ;[35]
- Italiya Qirolligi:
- Savoy harbiy ordenining Buyuk xochi, 1867-yil aprel;[36]
- Rossiya imperiyasi:
- Avliyo Aleksandr Nevskiyning ritsari, 1867-yil 25-iyun;
- Avliyo Georgiy ritsari, 2-darajali, 1870-yil 26-oktabr;[37]
- Endryu ritsari, 1871-yil 30-dekabr;
- Oq burgut ritsari;
- Muqaddas Anna ritsari, 1-darajali;
- Fransiya imperiyasi: Faxriy legionning Buyuk xochi, 1867-yil iyun;[38]
- Portugaliya Qirolligi: Minora va qilichning katta xochi;
- Usmonli imperiyasi:
- Olmosdan 1-darajali Medjidiy ordeni;
- Shon-sharaf qilichi;
- Siam: Oq filning katta xochi;
- Shvetsiya-Norvegiya: Serafim ritsari, 1881-yil 10-avgust[39]
Eslatmalar
tahrir- ↑ Regarding personal names: Graf was a title before 1919, but now is regarded as part of the surname. It is translated as Count. Before the August 1919 abolition of nobility as a legal class, titles preceded the full name when given (Graf Helmuth James von Moltke). Since 1919, these titles, along with any nobiliary prefix (von, zu, etc.), can be used, but are regarded as a dependent part of the surname, and thus come after any given names (Helmuth James Graf von Moltke). Titles and all dependent parts of surnames are ignored in alphabetical sorting. The feminine form is Gräfin.
- ↑ "Optimism has made wars likelier and bloodier". The Economist. 12 October 2017.
- ↑ Richter, Volhelm (1977). Den Danske Landmilitæretat 1801-1894: II. Bind (in Danish). Copenhagen: Dansk Historisk Håndbogsforlag. p. 63.
- ↑ Dupuy, Trevor (1984). A genius for war: the German army and general staff 1807-1945. United Kingdom: Hero Books Ltd.
- ↑ Lehmann, Gustaf (1913). Die Ritter des Ordens pour le mérite 1812-1913 [The Knights of the Order of the Pour le Mérite] (in German). Vol. 2. Berlin: Ernst Siegfried Mittler & Sohn. p. 405.
- ↑ Biographie, Deutsche. „Moltke, Helmuth Graf von — Deutsche Biographie“. www.deutsche-biographie.de (in German). Retrieved 16 January 2022.
- ↑ Biographie, Deutsche. „Moltke, Helmuth Graf von — Deutsche Biographie“. www.deutsche-biographie.de (in German). Retrieved 16 January 2022.
- ↑ Dupuy, Trevor (1984). A genius for war: the German army and general staff 1807-1945. United Kingdom: Hero Books Ltd.
- ↑ Dupuy, Trevor (1984). A genius for war: the German army and general staff 1807-1945. United Kingdom: Hero Books Ltd.
- ↑ Biographie, Deutsche. „Moltke, Helmuth Graf von — Deutsche Biographie“. www.deutsche-biographie.de (in German). Retrieved 16 January 2022.
- ↑ Müller 1879, p. 117.
- ↑ Arden Bucholz, Moltke, Schlieffen, and Prussian War Planning
- ↑ Myuller 1879, p. 117
- ↑ Müller 1879, p. 121-122.
- ↑ Wagner 1899, p. 13-14.
- ↑ Prussian General Staff 1872, p. 37
- ↑ Song, Dong-hun (28 October 2010). 송동훈의 그랜드투어 동유럽편 (in Korean). 김영사. pp. 278-279. ISBN 978-89-349-5664-8.
- ↑ Müller 1879, p. 14-15.
- ↑ Wagner 1899, p. 25.
- ↑ "Mary Burt von Moltke (1826-1868) — Find A Grave…" www.findagrave.com. Retrieved 16 January 2022.
- ↑ Prussian General Staff 1876, p. 1.
- ↑ Biographie, Deutsche. „Moltke, Helmuth Graf von — Deutsche Biographie“. www.deutsche-biographie.de (in German). Retrieved 16 January 2022.
- ↑ Biographie, Deutsche. „Moltke, Helmuth Graf von — Deutsche Biographie“. www.deutsche-biographie.de (in German). Retrieved 16 January 2022.
- ↑ "Count Von Moltke Dead. Career Of Germany’s Famous Field Marshal Ended. Death Came Suddenly Last Evening. Great Sorrow In Berlin. The Life Of A Man To Whom War Brought Greatness". The New York Times. 25 April 1891. Retrieved 14 December 2010.
The death of Field Marshal Count von Moltke has just been announced. …
- ↑ Otto Friedrich, Blood & Iron: From Bismarck to Hitler the von Moltke Family’s Impact on German History (HarperPerennial, 1995), pp. 10-15.
- ↑ Wagner 1899, p. 13-14.
- ↑ Ron Cowen, „Restored Edison Records Revive Giants of 19th-Century Germany“ The New York Times (30 January 2012). Retrieved 1 February 2012
- ↑ "Stadt Hamburg Ehrenbürger" (in German). Fhh.hamburg.de. Retrieved 17 June 2008.
- ↑ 29,0 29,1 29,2 "Königlich Preussische Ordensliste", Preussische Ordens-Liste (in German), Berlin: Gedruckt in der Reichsdruckerei, 1: 6, 11, 17, 22, 550, 932, 995, 1886 — via hathitrust.org
- ↑ Lehmann, Gustaf (1913). Die Ritter des Ordens pour le mérite 1812-1913 [The Knights of the Order of the Pour le Mérite] (in German). Vol. 2. Berlin: Ernst Siegfried Mittler & Sohn. p. 405.
- ↑ "Königlich Preussische Ordensliste", Preussische Ordens-Liste (in German), Berlin: Gedruckt in der Reichsdruckerei, 3: 5, 1877 — via hathitrust.org
- ↑ Hof- und Staats-Handbuch des Herzogtum Anhalt (1883) „Herzoglicher Haus-orden Albrecht des Bären“ p. 17
- ↑ Ruith, Max (1882). Der K. Bayerische Militär-Max-Joseph-Orden. Ingolstadt: Ganghofer’sche Buchdruckerei. p. 85 — via hathitrust.org.
- ↑ "Ritter-Orden", Hof- und Staatshandbuch der Österreichisch-Ungarischen Monarchie, 1891, pp. 86, 97, retrieved 24 August 2020
- ↑ Almanach royal officiel de Belgique. Librairie polytechnique De Decq. 1868. p. 52.
- ↑ Italia : Ministero dell’interno (1889). Calendario generale del Regno d’Italia. Unione tipografico-editrice. p. 52.
- ↑ V. M. Shabanov (2004). Military Order of the Holy Great Martyr and Victorious George: A Nominal List, 1769-1920. Moscow. ISBN 5-89577-059-2.
- ↑ M. Wattel, B. Wattel. (2009). Les Grand’Croix de la Légion d’honneur de 1805 à nos jours. Titulaires français et étrangers. Paris: Archives & Culture. p. 510. ISBN 978-2-35077-135-9.
- ↑ Sveriges statskalender (PDF) (in Swedish), 1890, p. 387, retrieved 31 August 2021 — via gupea.ub.gu.se
Adabiyotlar
tahrir- Barry, Quintin. Moltke and His Generals: A Study in Leadership (Helion, 2015) online review
- Bucholz, Arden. Moltke and the German Wars, 1864-1871, Palgrave Macmillan, 2001. ISBN 0-333-68757-4 1991.
- Bucholz, Arden. Moltke, Schlieffen and Prussian War Planning. Berg Publishers, 1991.
- Craig, Gordon. The Battle of Königgrätz. Lippincott, 1964.
- Coumbe, Arthur T. "Operational Control in the Franco-Prussian War, " Parameters, Vol. 21, No. 2 (Summer 1991), pp. 295-307.
- Delbrück, Hans. "Moltke, " in Delbrück’s Modern Military History. University of Nebraska Press, 1997.
- Friedrich, Otto. Blood and Iron: From Bismarck to Hitler the Von Moltke Family’s Impact on German History, 1st ed. New York: HarperCollins, 1995. ISBN 0-06-092767-4
- Holborn, Hajo. "The Prusso-German School: Moltke and the Rise of the General Staff, " in Peter Paret, ed., Makers of Modern Strategy from Machiavelli to the Nuclear Age. Princeton University Press, 1986.
- Howard, Michael. The Franco-Prussian War. Collier Books, 1969.
- Macksey, Kenneth. From Triumph to Disaster: The Fatal Flaws of German Generalship from Moltke to Guderian. Mechanicsburg, Pennsylvania: Stackpole Books, 1996. ISBN 1-85367-244-0
- Mombauer, Annika. 2001. Helmuth von Moltke and the Origins of the First World War. Cambridge University Press.
- Martin van Creveld. The Art of War: War and Military Thought, Cassell, London, 2000. ISBN 0-304-35264-0 (p. 109)
- Martin van Creveld. Supplying War: Logistics from Wallenstein to Patton, Cambridge University Press, Cambridge, 1977. ISBN 0-521-29793-1
- Rothenburg, Gunther E. "Moltke, Schlieffen and the Doctrine of Strategic Envelopment, " in Peter Paret, ed., Makers of Modern Strategy from Machiavelli to the Nuclear Age. Princeton University Press, 1986.
- Vagts, Alfred. „Land and Sea Power in the Second German Reich.“ Journal of Military History 3.4 (1939): 210+ online