Igor Kichigin (1969-yil 23-noyabrda Buxoroda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, himoyachi ampulasida oʻynagan[1]. Latviyaning „Ventspils“ jamoasida murabbiy sifatida faoliyat olib boradi.

Igor Kichigin
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Igor Yuryevich Kichigin
Tavallud sanasi 23-noyabr 1969-yil (1969-11-23) (55 yosh)
Tavallud joyi Buxoro, Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 1.79 m (5 ft 10 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1990—1991 Nurafshon 52 (6)
1991 Zarafshon 12 (0)
1992 Fakel 12 (0)
1993 Temp 7 (1)
1993 Sitora 14 (3)
1993—1995 Buxoro 57 (11)
1995—1997 Neftchi FK 32 (3)
1997—1998 Buxoro 44 (4)
2000 Buxoro 23 (0)
2001 Dinamo 5 (0)
2001—2002 FC Diana Volzhsk 42 (0)
2003 Andijon 11 (0)
2003 Doʻstlik 15 (0)
2004 FC Izhevsk 18 (0)
2004 FC Serpukhov (havaskorlar)
Milliy terma jamoa
1996 Oʻzbekiston 1 (0)
Boshqargan klublari
2006 Ditton (yordamchi)
2009—2010 Tranzit
2011 Ventspils-2
2021– FK Ventspils
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbbolchilik faoliyati

tahrir

Klubdagi faoliyatini 1990-yilda "Nurafshon" jamoasida boshlagan, keyinchalik „Zarafshon“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. 1992-yilda Fyodor Novikov taklifiga binoan Markaziy Osiyodan bir qancha futbolchilar (Ablaev, Gorbax, Balayan) bilan birga Voronejning Fakel jamoasiga koʻchib oʻtgan[2]. Keyinchalik u „Temp“ Shepetovka jamoasida oʻynagan. 1993-yilda Oʻzbekistonga qaytib kelgan va turli jamoalarida, jumladan: Buxoroning „Sitora“, „Buxoro“ va Fargʻonaning „Neftchi“ jamoalarida oʻynadi. 2001-yilgi mavsumda Samarqandning „Dinamo“ jampasida oʻynagn. Samarqandning jamoasidan soʻng „Andijon“ va „Doʻstlik“ klublari, Rossiyaning Diana Voljsk, Serpukhov va FK Ijevsk jamoalarida oʻyanagn. Professional faoliyatini 2004-yilda Ijevsk jamoasida yakunlagan.

Xalqaro oʻyinlar

tahrir

Igor 1996-yil 8-may kuni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 1996-yilgi Osiyo kubogi saralash oʻyinida Tojikiston terma jamoasiga qarshi yagona oʻyinini oʻtkazgan[3].

Murabbiylik faoliyati

tahrir

2006-yilda u „Ditton-2“ jamoasi bosh murabbiyi boʻlib ishlagan[4][5]. Keyinchalik Igor „Ceriba“ klubining 15 yoshli bolalar jamoasi bilan ishlagan. 2009-yildan 2010-yilgacha „Tranzit“ klubida bosh murabbiy boʻlib ishlagan[6][7]. 2011-yilda Ventspils-2 nomini olgan Ditton-2 klubiga qaytgan.

2017-yilda Igor PRO murabbiylik litsenziyasini[8]olgan va FKV „Akademiya“ jamoasida murabbiy boʻlib ishlagan[9].

Yutuqlar

tahrir
Nurafshon Buxoro
Neftchi Fargʻona

Manbalar

tahrir
  1. „Profile by footballfacts.ru“ (Russian). Footballfacts.
  2. „«Факел» и его легионеры“ (deadlink). 2017-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-yanvar.
  3. „Статистика и новости узбекского футбола“. 2016-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-yanvar.
  4. „Представляем и. о. главного тренера Игоря Кичигина“. 2017-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-yanvar.
  5. „«Диттон» без Кирьякова“. 2017-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-yanvar.
  6. „«Транзит» остановил «Металлург»“. 2017-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-yanvar.
  7. „Еврокубки обязывают сражаться“. 2017-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-yanvar.
  8. Igor Kichigin – obladatel litsenzii PRO[sayt ishlamaydi]
  9. Igor Kichigin: otlichno, chto glavnaya komanda FKV zovet k sebe molodej![sayt ishlamaydi]

Havolalar

tahrir