Buxoro (futbol klubi)

Oʻzbekiston futbol klubi
(Nurafshon (futbol klubi)dan yoʻnaltirildi)

Buxoro – 1989-yilda Buxoro shahrida tashkil topgan oʻzbek futbol klubi. Mamlakatning ikkinchi muhim futbol divizioni – Oʻzbekiston Superligasi ishtirokchisi.

Nurafshon[1]
Toʻliq nomi Buxoro professional futbol klubi
Laqabi Buxoroliklar
Amir klubi
Cho‘l jangchilari
Koʻhna shaharliklar
Asos solingan 1989-yili
Stadion Buxoro Sport Majmuasi
Stadion hajmi 21 000
Prezidenti Oʻzbekiston Ali Orziyev
Direktori Oʻzbekiston Usmon Toshev
Murabbiyi Oʻzbekiston Ulugʻbek Baqoyev
Vebsayt http://www.pfcbuxoro.com/
Musobaqasi Oliy liga
2023 Superligada 14-o‘rin
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

Tarixi

tahrir

Jamoa nomlari tarixi

tahrir
  • 1989—1996 „Nurafshon“
  • 1997—2021 „Buxoro“
  • 2021— 2022 „Nurafshon“
  • 2022 – h.v. „Buxoro“

1960-yilda tashkil etilgan, ammo bir yil avval tarqatib yuborilgan „Buxoro“ jamoasi oʻrniga 1989-yilda „Nurafshon“ futbol klubi sifatida tashkil etilgan. 1989-yilgi debyut mavsumida „Nurafshon“ O‘zbekiston SSR chempionligini qoʻlga kiritdi, shuningdek, Oʻzbekiston SSR kubogida ham ishtirok etdi. 1990-yilda klub SSSR chempionati Ikkinchi kichik ligasining 9-divizioni gʻolibi boʻldi va Ikkinchi ligaga yoʻllanma oldi. 1991-yilgi SSSR tarixidagi soʻnggi chempionatda „Nurafshon“ mavsum yakuniga koʻra Ikkinchi liganing „Sharqiy“ zonasida 4-oʻrinni (22 ta jamoa orasida) egallagan. 1992-yildan Oʻzbekiston milliy chempionatida ishtirok eta boshladi. Oʻzbekiston chempionatining ilk mavsumida mamlakatning qolgan 16 jamoasi qatori „Nurafshon“ ham Oliy ligadan joy oldi. 1992-yilgi mavsum yakunlariga koʻra, Buxoro klubi sensatsion tarzda bronza medali sohibi Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasidan atigi 1 ochkoga ortda qolib, 4-oʻrinni egalladi. 1993-yilda „Nurafshon“ 5-oʻrinni egallagan boʻlsa, 1994-yilgi mavsumda kumush medal sohibiga aylandi: amaldagi chempion – Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasidan 7 ochkoga ortda qoldi va bronza medali sohibi – Namanganlik „Navbahor“dan 4 ochkoga oldinga chiqib oldi.

Klub 1996-yilgacha „Nurafshon“ deb atalgan boʻlsa, 1997-yildan boshlab oʻzining asl nomi – „Buxoro“ga oʻzgartirilgan. 2009-yilgacha jamoa uzluksiz Oʻzbekiston Oliy ligasida oʻynagan.

Bu davrda Buxoro klubi mavsum yakunlariga koʻra, asosan turnir jadvalining oʻrtalarida yoki oxiridagi (5-oʻrindan 15-oʻringacha) oʻrinlarni egallagan.

2009-yilgi mavsumda „Buxoro“ soʻnggidan oldingi 15-oʻrinni egallab, Oʻzbekiston chempionatining Birinchi ligasiga tushib ketdi.

2010-yilda „Buxoro“ Birinchi liga gʻolibiga aylanib, „Soʻgʻdiyona“dan 8 ochkoga oʻzib, Oliy ligada oʻynash huquqini qaytarib oldi.

2011-yilgi mavsumdan boshlab „Buxoro“ yana Oliy liganing doimiy ishtirokchisi boʻlib, 2018-yildan buyon Oʻzbekiston Superligasi nomini olgan.

2020-yilgi mavsum yakuniga koʻra, Oʻzbekistonning eng yuqori reytingdagi „Superliga“sida 12 ta klub orasida soʻnggi oʻrinni egallab, „Proliga“ga yoʻl olgan. 2021-yil 19-martda Buxoro klubi ramzi oʻzgartirildi[2]. 2021-yil 13-iyulda yana Nurafshon professional futbol klubi deb nomlandi[3][4]. 2022-yil „Buxoro“ klubi Pro ligada Andijonning „Andijon“ klubidan 7 ochko ortda qoldi va 2-oʻrin bilan Oʻzbekiston Superligasiga yoʻl oldi.[5][6]

Mahalliy tarix

tahrir
Mavsum Liga Oʻzbekiston Kubogi Eng yaxshi toʻpurar Bosh murabbiy
Divizion Oʻrin Oʻyin Yutuq Durang Magʻlubiyat Urilgan
gollar
Oʻtkazilgan
gollar
Ochko Ism Liga
1991 SSL 4 42 20 9 13 72 45 49   Valeriy Chervyakov 11   Stanislav Kaminskiy
1992 Oʻzbekiston Superligasi 4 32 20 7 5 59 23 47 1/16 final bosqichi   Yuriy Ageyev 15   Stanislav Kaminskiy
1993 5 30 15 5 10 46 32 35 1/16 final bosqichi   Mihail Fomin 9   Boris Lavrov
1994 2 30 20 4 6 63 31 44 Chorak final   Olim Tillayev 19   Aleksandr Ivankov
1995 5 30 13 1 16 39 26 40 Chorak final   Yuriy Ageyev 12   Mustafa Belyalov
1996 5 30 15 5 10 52 39 50 Chorak final   Rustam Asqarov 12   Islom Ahmedov

  Igor Pilyugin

1997 7 34 16 5 13 57 55 53 Chorak final   Rustam Asqarov 14   Stanislav Kaminskiy
1998 6 30 13 4 13 51 50 43 Chorak final   Vyacheslav Koloda

  Oybek Usmonxo‘jayev

10   Stanislav Kaminskiy

  Hakim Fuzaylov

1999 9 30 10 7 13 44 50 37 -   Nikolay Sergiyenko 8   Hakim Fuzaylov
2000 6 38 20 5 13 73 60 65 1/16 final bosqichi   Ulugʻbek Baqoyev 21   Usmon Toshev
2001 8 34 15 3 16 57 58 48 Yarim final   Ilhom Umarov 14   Usmon Toshev
2002 7 30 12 5 13 37 53 41 1/8 final bosqichi   Eldor Qosimov 12   Usmon Toshev
2003 12 30 10 2 18 48 56 32 Chorak final   Ilyos Qurbonov 13   Usmon Toshev
2004 7 26 10 3 13 31 45 30[lower-alpha 1] Chorak final   Muhammad Inogamov 8   Usmon Toshev
2005 12 26 9 2 15 37 59 29 Yarim final   Alisher Xoliqov 6   Usmon Toshev
2006 11 30 9 7 14 35 34 34 Chorak final   Alisher Xoliqov 9   Usmon Toshev
2007 9 30 11 3 16 29 43 36 1/8 final   Anvar Rajabov 8   Usmon Toshev
2008 15 30 7 5 18 25 44 26 Chorak final   Lochinbek Soliyev 8   Usmon Toshev
2009 15 30 6 6 18 40 59 24 Chorak final   Lochinbek Soliyev 15   Rauf Inileyev
2010 Oʻzbekiston Pro ligasi 1 30 24 2 4 71 21 74 1/16 final bosqichi   Abdulatif Joʻrayev 27   Rauf Inileyev

  Gennadiy Kochnev

2011 Oʻzbekiston Superligasi 9 26 8 7 11 23 38 31 1/16 final bosqichi   Suhrob Neʼmatov 7   Gennadiy Kochnev

  Jamshid Saidov

2012 7 26 10 5 11 24 31 35 Yarim final   Vohid Shodiyev

  Otabek Narzullayev

5   Jamshid Saidov

  Toshmurod Ogʻamurodov

2013 6 26 10 3 13 33 44 33 1/8 final bosqichi   Vohid Shodiyev 12   Toshmurod Ogʻamurodov
2014 12 26 6 7 13 22 42 25 1/16 final bosqichi   Suhrob Neʼmatov

  Ulugʻbek Baqoyev

  Predrag Vujović

3   Edgar Gess

  Said Seyidov (vazifasini bajaruvchi)

  Aleksandr Mochinov

2015 14 30 7 5 18 31 53 26 1/8 final bosqichi   Aziz Ibragimov 6   Aleksandr Mochinov

  Shuhrat Fayziyev (vazifasini bajaruvchi)

  Jamshid Saidov

2016 4 30 17 7 6 42 27 58 Yarim final   Aziz Ibragimov 10   Jamshid Saidov
2017 6 30 13 7 10 42 20 46 Chorak final   Ivan Nagayev 10   Ulugʻbek Baqoyev
2018 6 20 3 1 16 14 41 10 1/16 final bosqichi   Arslonmurat Amanov 5   Ulugʻbek Baqoyev
2019 12 26 5 9 12 18 37 24 1/16 final bosqichi   Doston Ibragimov 3   Baxtiyor Ashurmatov

  Muhsin Muhamadiyev

2020[7] 15 26 1 11 14 19 50 14 1/16 final bosqichi   Izzatilla Abdullayev

  Jasurbek Hakimov

  Behruz Sadullayev

3   Muhsin Muhamadiyev

  Jamshid Saidov

2021 Oʻzbekiston Pro ligasi 4 20 9 4 7 22 14 31 Guruh bosqichi   Davron Isoqov 9   Jamshid Saidov

  Davron Fayziyev

  Anvar Berdiyev

  Mirislom Hasanov (vazifasini bajaruvchi)

  Usmon Toshev

  Mirislom Hasanov (vazifasini bajaruvchi)

2022[8] 2 26 14 8 4 46 26 50 Guruh bosqichi   Roʻzimboy Axmedov   Hakim Fuzaylov
2023 Oʻzbekiston Superligasi 14 26 4 3 19 12 35 15 Guruh bosqichi   Aleksandar Stanisavljević

  Humoyunmirzo Iminov

  Asilbek Qayumov

  Shoxruz Norxonov

2   Hakim Fuzaylov

  Ulugʻbek Baqoyev

2024 Oʻzbekiston Pro ligasi 2 28 15 7 6 40 18 52 1/8 final   Dominik Begić 13   Ulugʻbek Baqoyev
  1. Musoboqada ishtirok etish badal toʻlovlarini toʻlamaganlik uchun musoboqani -3 ochko bilan boshlagan

Eslatma

tahrir
  • Oʻzbekiston Superligasi – Oʻzbekiston liga tizimidagi eng yuqori dvizon
  • Oʻzbekiston Pro ligasi – Oʻzbekiston liga tizimidagi ikkinchi darajali dvizon
  • SSSR ikkinchi futbol ligasi – Sovet Ittifoqi tizimidagi uchinchi darajali dvizon hisoblanadi.

Stadion

tahrir

„Buxoro“ oʻz uy uchrashuvlarini yirik „Buxoro“ sport majmuasi tarkibiga kiruvchi "Buxoro Arena" (Buxoro nomi bilan ham mashhur) stadionida oʻtkazadi.

Stadion 22 700 tomoshabinga moʻljallangan boʻlib, Buxoro va Buxoro viloyatidagi eng yirik stadion hisoblanadi. „Buxoro Arena“ Oʻzbekiston chempionatining eng koʻp tashrif buyuradigan stadionlaridan biri hisoblanadi. „Buxoro“ PFKning har bir oʻyinida stadion muxlislar bilan toʻlib ketadi.

Ayollar jamoasi

tahrir

Yutuqlar

tahrir

Oʻzbekiston chempionati

  • 2  Oliy liga kumush medali sohibi (1994).
  • 1  Birinchi liga gʻolibi (2010).

SSSR chempionati

  • 1  Oʻzbekiston SSR chempionati sovrindori (1989).
  • 1  SSSR chempionati Ikkinchi kichik ligasi 9-zonasi gʻolibi (1990).

Jamoa tarkibi

tahrir
2025-yil 3-mart holatiga koʻra[9]

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
1 GK   UZB Shirinboy Abdullayev
2 DF   UZB Izzatillo Poʻlatov
4 DF   UZB Javohir Otamurodov
5 DF   UZB Sardor Qulmatov
6 MF   UZB Ravshan Xayrullayev
7 MF   UZB Muhammad Safo Fozilov
8 MF   UZB Anvarjon Jo‘rayev
9 FW   UZB Husayn Ergashboyev
10 MF   UZB Shoxruz Norxonov
17 MF   UZB Javohir Ro‘ziyev
19 MF   UZB Bilol Tupliyev
21 GK   UZB Otabek Boymurodov
R. Poz. Millati Futbolchi
23 MF   UZB Azamat Shomurodov
25 MF   CRO Frane Čirjak
27 DF   UZB Muhammad Yoʻldoshev
33 DF   CRO Josip Tomašević
71 FW   UZB Albert Nurullayev
77 MF   UZB Asilbek Qayumov
88 FW   BIH Dominik Begić
93 DF   SRB Marko Kolaković
94 DF   CRO Frane Ikić
95 MF   SRB Milan Mirosavljev
97 MF   UZB Shahboz Joʻrabekov

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
3 DF   UZB Sunnatillo Nasilloyev
13 FW   UZB Isomiddin Nusratov
14 FW   UZB Mahmud Joʻraboyev
15 DF   UZB Sardorbek Salimov
16 GK   UZB Shahjahon Saidqulov
18 MF   UZB Ozodbek Rajabov
20 DF   UZB Amirxon Hikmatov
24 DF   UZB Mirshod Muhammadov
30 DF   UZB Alibek Baqoyev
31 GK   UZB Asadbek Xoliqulov
34 DF   UZB Mironshoh Shodmonov
R. Poz. Millati Futbolchi
37 DF   UZB Sardor Abdugʻaniyev
44 MF   UZB Bunyodjon Izzatov
45 DF   UZB Shamshod Ochilov
47 MF   UZB Hurammbek Hamitov
55 DF   UZB Alisher Gʻaniyev
61 MF   UZB Parviz Ahmadjonov
66 DF   UZB Bekzod Homidov
70 DF   UZB Mironshoh Shonazarov
76 DF   UZB Shahzod Savriyev
89 MF   UZB Temirbek Boltayev
99 MF   UZB Jasurbek Ubaydullayev
2025-yil 3-mart holatiga koʻra[10]

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
28 MF   UZB Moʻminmirzo Komilov
29 DF   UZB Ozodbek Sharipov
32 MF   UZB Azizbek Sadriddinov
35 DF   UZB Sardor Hikmatov
36 GK   UZB Dovud Ibrohimov
38 MF   UZB Umidjon Fozilov
40 DF   UZB Usmonjon Usmonov
50 GK   UZB Komiljon Hamidov
52 DF   UZB Muhammadjon Komilov
54 MF   UZB Shahboz Najibev
R. Poz. Millati Futbolchi
57 MF   UZB Shohjahon Tojiddinov
67 DF   UZB Aminbek Gʻofurov
72 MF   UZB Shahzod Ibragimov
73 FW   UZB Saidmuhsin Muhsinov
74 MF   UZB Maksim Muhamedzyanov
78 DF   UZB Dilmurod Davlatov
82 MF   UZB Masrur Rahimov
85 DF   UZB Otabek Hakimov
87 FW   UZB Bahodir Nabatov
90 FW   UZB Mavlon Amonov

Murabbiylar shtabi

tahrir

2024-yilgi mavsum uchun murabbiylar shtabi.

Lavozimi Murabbiy
Bosh murabbiy   Ulugʻbek Baqoyev
Yordamchi Murabbiy   Viktor Karpenko
Darvozabonlar murabbiyi   Igor Mixaylov
Fizoterapevt   Akram Shomurodov
Texnik direktori   Shuhrat Fayziyev

Boshqaruvl tarixi

tahrir
Yillar Murabbiy
1989 maʼlumot yoʻq
1990   Oleg Bugayev
1991—1992   Stanislav Kaminskiy
1993   Boris Lavrov
1994   Aleksandr Ivankov
1995   Mustafo Belyalov
1996   Islom Axmedov
1997   Igor Plyugin
1997—1998   Stanislav Kaminskiy
1998—1999   Hakim Fuzaylov
2000—2008   Usmon Toshev
2008   Yuriy Ageyev
2009   Rauf Inileyev
2010 – 2011   Gennadiy Kochnev
2011—2012   Jamshid Saidov
2012   Vladimir Utkin
2012—2013   Toshmurod Ogʻamurodov[11]
2014   /   Edgar Gess
2014   Said Seyidov
2015   Aleksandr Mochinov
2015   Shuhrat Fayziyev
2015—2017   Jamshid Saidov
2017—2018   Ulugʻbek Baqoyev[12]
2018   Shuhrat Fayziyev[13]
2018—2019   Baxtiyor Ashurmatov[14][15]
2019   Mirislom Hasanov (vaqtincha)[16]
2019—2020   Muhsin Muhammadiyev[17][18][19][20]
2020—2021   Jamshid Saidov[21]
2021   Davron Fayziyev[22][23]
2021   Anvar Berdiyev[24][23][25][26]
2021   Mirislom Hasanov (vaqtincha)[27]
2021   Usmon Toshev[28]
2021   Mirislom Hasanov (vaqtincha)
2022—2023   Hakim Fuzaylov[29]
2023—h. v.   Ulugʻbek Baqoyev[30]

Mashhur futbolchilar

tahrir
Sobiq SSSR davlatlari
Yevropa
  •   Predrag Vuyovich
  •   Vadim Chemirtan
  •   Bogdan Xaushi
  •   Nikolay Chipev
Osiyo
  •   Naoya Shibamura
Afrika

Muxlislar, asosiy raqiblar, derbi, taxalluslar

tahrir

„Buxoro“ O‘zbekistondagi eng yirik muxlislar armiyasidan biriga ega. Deyarli har bir oʻyinda "Buxoro Arena" tribunalari muxlislar bilan toʻlib ketadi.

„Buxoro“ning asosiy raqibi qoʻshni Samarqand viloyati poytaxti boʻlgan Samarqandning „Dinamo“ jamoasi hisoblanadi. „Buxoro“ va „Dinamo“ muxlislari oʻrtasida doʻstona munosabatlar mavjud boʻlib, agar oʻyinda mamlakatning boshqa klublari ularning klublariga raqib boʻlib qolishsa, muxlislar har ikki jamoani ham qoʻllab-quvvatlaydilar.

„Qadimiy shaharlar derbisi“ deb ataluvchi musoba mamlakatimizda juda mashhur boʻlib, uning ishtirokchilari boʻlib „Buxoro“ va Samarqandning „Dinamo“ jamoalari hisoblanadi. Har ikki klub ham Oʻzbekiston va dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biridir.

Vaqti-vaqti bilan „Buxoro“, „Spartak“ (Buxoro), qoʻshni Gʻijduvon va Vobkent shaharlarining „Gʻijduvon“ yoki „Vobkent“ klublari oʻzaro oʻynasa, „Buxoro derbisi“ boʻlib turadi.

„Buxoro“ klubining koʻplab taxalluslari bor: „Buxoroliklar“; „Choʻl jangchilari“ – markazida Buxoro shahri joylashgan butun Buxoro vohasi choʻl bilan oʻralganligiga ishora beradi; „Koʻhna shaharliklar“ – Buxoroning qadimiyligi tufayli; „Amir klubi“ – 1920-yilgacha mavjud boʻlgan Buxoro amirligi va uning boshligʻi – amir sharafiga.

Buxorolik futbolchilar yirik xalqaro turnirlarda

tahrir

Turnirlar vaqtida klubning faol aʼzosi boʻlgan „Buxoro“ futbolchilari koʻrsatilgan.

Turnir Ishtirokchi

Osiyo Kubogi – 2019 – Arslonmurat Amanov

Manbalar

tahrir
  1. „PFK Nurafshon - Soccer - Team Profile - Results, fixtures, squad, statistics - Global Sports Archive“. 2021-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-oktyabr.
  2. „"Бухоро" жамоаси логотипи ўзгарди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  3. FK „Nurafshon“ – vk.com, 13-iyulya 2021
  4. „"Бухоро" клубининг номи ўзгарди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  5. „Про лига. Мавсум якунланди: "Бухоро" Суперлигага чиқди, "Турон" ўтиш ўйинида "Локо" билан ўйнайди“. 2022-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-noyabr 2022-yil.
  6. „"Бухоро"нинг "Бунёдкор" устидан қозонилган ягона ғалабаси ёдингиздами?“. 2023-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-aprel.
  7. „"Бухоро" 11 йилдан кейин илк бор қуйи лигага тушиб кетди, "Андижон" плей-оффда ўйнайди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  8. „Про лигада икки йилда икки хил натижа қайд этган "Бухоро" яна Суперлигага қайтди“. 2022-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-noyabr 2022-yil.
  9. „Buxoro jamoasi tarkibi (2025-yil 3-mart holatiga koʻra)“. Qaraldi: 2025-yil 3-mart.
  10. „Buxoro U19 jamoasining 2025-yilgi mavsum uchun qaydnomasi (2025-yil 16-aprel holatiga koʻra)“. Qaraldi: 2025-yil 16-aprel.
  11. „Т.Агамуродов «Бухоро» бош мураббийи этиб тайинланди“. 2023-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-oktyabr.
  12. „Бақоев "Бухоро"дан кетаётганини маълум қилди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  13. „Расмий хабар. "Бухоро"га янги бош мураббий тайинланди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  14. „Breaking news. Бахтиёр Ашурматов -"Бухоро" бош мураббийи“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  15. „Расман: Суперлигада истеъфо“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  16. „Мирислом Ҳасанов: “Бахтиёр Ашурматовдан кейин жамоани қабул қилиб олиш қийин бўлмади”“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  17. „Расмий хабар. Муҳсин Муҳаммадиев - "Бухоро" бош мураббийи“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  18. „"Бухоро"га "Рубин" клубининг собиқ спорт директори бош мураббий бўлади“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  19. „2020 йилда "Бухоро"ни ким бошқариши маълум“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  20. „Муҳсин Муҳаммадиев «Бухоро» жамоаси бош мураббийилигини тарк этди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  21. „Жамшид Саидов "Бухоро" жамоаси бош мураббийлигини тарк этди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  22. „Расман: Даврон Файзиев "Бухоро" бош мураббийига айланди“. 2022-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  23. 23,0 23,1 „Даврон Файзиев "Бухоро" жамоаси бош мураббийлигидан кетди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  24. „Расман: Анвар Бердиев "Бухоро"да иш бошлади“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  25. „“Бухоро”да 3 ой ичида учинчи истеъфо“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  26. „“Бухоро”да 3 ой ичида учинчи истеъфо“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  27. „“Бухоро”да ички муҳит қандай? Жамоа ўйинида ўзгариш кўрамизми? Мирислом Ҳасанов билан суҳбат“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  28. „Усмон Тошев "Бухоро"га қайтди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  29. „"Динамо"ни Суперлигага олиб чиққан мураббий энди "Бухоро"да ишлайди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  30. „Расман. Улуғбек Бақоев “Бухоро” жамоаси бош мураббийи!“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.

Havolalar

tahrir