Imom Rizo ansambli - Mashhad (Eron)dagi meʼmoriy yodgorliklar majmui (XIIXIX asrlar). Ansambl eski hovli, Alisher Navoiy ayvoni, yangi hovli, Imom Rizo maqbarasi, Gavharshod begim masjidi, Madrasa, kutubxona, karvonsaroy va boshqalardan iborat. Ansambl 2 marta qayta qurilgan. Markazida shialikning 8-imomi Ali ibn Muso ar-Rizo maqbarasi joylashgan (9-asrda bunyod etilib, 12-asrda Oljeytu sultoni hukmronligi davrida gumbazi qayta tiklangan). Maqbarani bezatish uchun katta mablagʻ sarflangan. Maqbara ulugʻvorligi jihatidan Samarqand va Hirot (1415-asrlar) maqbaralari bilan tenglashadi. 4 hovlidagi katta ayvonlar [jan.-gʻarbiy qismi (uz. 46 m.) A. Navoiy boshchiligida 15-asr oxirida qayta qurilgan va oʻz koʻrinishini oʻzgartirgan], Shoh Abbos II ayvoni (1649), Gavharshod begim sharafiga qurilgan masjid (qarang Gavharshod begim meʼmoriy majmuasi) joylashgan va u eshik orqali maqbara bilan bogʻlangan. Ansamblning devor va gumbazlari koshinlar, naqshli lavhalar, izorasi marmar va zarhallar bilan qoplangan.[1]

Imom Rizo (a.s.) ansambli

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil