Islom Respublikasi axborot agentligi

Islom respublikasi axborot agentligi – (forscha: خبرگزاری جمهوری اسلامی, Xabargozâri-ye Jomhuri-ye Eslami), yoki IRNA (ایرنا) Eron Islom Respublikasining rasmiy axborot agentligi hisoblanadi. Agentlik shohlik davrida yaʼni 1934-yilning 13-noyabrida Pars yangiliklar agentligi nomi bilan Eron madaniyat va islomiy boshqaruv vazirligi nazorati va moliyalashtirilishi bilan tashkil qilingan. Agentlik shuningdek, Eron gazetasini ham nashrdan chiqaradi. -, 2021-yil(2021-Expression error: Unrecognized word "sentabr".-00) holatiga koʻra , Ali Naderi – IRNA ning boshqaruv direktori hisoblanadi. IRNA agentligining Eronda 60 ta va dunyoning turli mamlakatlarida yana 30 ta vakolatxonalari mavjud.[1]

1934-yilda Pars agentligi Eron Tashqi Ishlari Vazirligi (Fors) tomonidan mamlakatning rasmiy milliy axborot agentligi sifatida tashkil etilgan.[2] Faoliyatining keyingi olti yili davomida, agentlik milliy va xalqaro yangiliklarni tarqatish ishlarini Eron Tashqi ishlari vazirligi qoshida olib bordi. Pars agentligi har kuni ikki marta fransuz va fors tillarida byulletenlarni nashr etib, uni hukumat amaldorlari, Tehrondagi xalqaro axborot agentliklari va mahalliy matbuot agentliklari oʻrtasida tarqatgan. 1940-yilning may oyida Bosh Tablighat boshqarmasi tashkil etilganidan soʻng, agentlik boshqarmaning filialiga aylandi. Agence France Press (AFP) Pars agentligi tomonidan taqdim etilgan xabarlardan foydalangan birinchi xalqaro axborot agentligi boʻlgan. Asta-sekinlik bilan, Eron axborot agentligi oʻzining yangiliklar manbalarini Reuters, Associated Press (AP) va United Press International (UPI) kabi agentliklarni ichiga olgan holda kengaytirdi. Turkiyaning Anadolu axborot agentligi bilan tuzilgan kelishuvdan soʻng, agentlikning axborot manbalari dunyoning boshqa mamlakatlariga ham kengaya boshladi. bu shartnoma, shuningdek, kam sonli yuqori martabadagi amaldorlarga maxfiy byulletenlarni taqdim etish imkonini ham berdi.

1954-yilda davlat toʻntarilishidan soʻng Oq inqilob islohotlari doirasida Pars agentligida modernizatsiya ishlari olib borildi, bu esa yangiliklar koʻlamining kengayishi, professional xizmatlarning yaxshilanishi va oliy maʼlumotli xodimlarni koʻpayishiga olib keldi. Shuningdek, u xalqaro yangiliklarni fors tiliga tarjima qilib uzatadigan radio xizmatini oʻz obunachilariga taklif qildi. Yangi tuzum ostida 1947-yilgacha agentlik Madaniyat vazirligi, Pochta, Telegraf va Telefon vazirligi, Bosh vazir idorasi va Mehnat vazirligi kabi turli davlat idoralari va vazirliklari nazorati ostida ishlagan. 1957-yilda „Tablighat“ ning umumiy boʻlimlari mustaqil boʻlim sifatida Tehron radiosi ning nashrlar boʻlimi nazoratiga oʻtgan. 1963-yilda Pars agentligi faoliyati yangi tashkil etilgan Axborot vazirligi qoshiga oʻtkazildi. Uning nomi Pars axborot agentligi yoki PANA ga oʻzgartirilib, kechayu-kunduz faoliyat yurita boshladi. 1975-yilning iyul oyida Eron qonun chiqaruvchi organi Axborot va turizm vazirligini tashkil etish va Pars axborot agentligi maqomini 300 million rialga yaqin kapital aktivlari boʻlgan aktsiyadorlik jamiyatiga oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini qabul qildi. Keyinchalik, tashkilot yangi vazirlikning boʻlinmasiga aylandi. Uning 23 paragraf va eslatmalardan iborat Nizomi Eronning oʻsha paytdagi Milliy Maslahat Assambleyasi tomonidan qabul qilingan.

1979-yilning fevral oyida Eron inqilobidan soʻng Inqilobiy kengash (Shavra-ye-Enqelab) tomonidan 1979-yilning iyun oyida Axborot va turizm vazirligi nomini Milliy yoʻl-yoʻriq vazirligi (yoki Milliy hidoyat vazirligi) deb oʻzgartirildi. Oʻsha yili Pars axborot agentligining nomi ham Islom Respublikasi axborot agentligi deb oʻzgartirildi.[3]

IRNA axborot agentligi 2023-yilning avgust oyida oʻzining foto-agentligini rasman ochilganini eʼlon qildi. Eronning ilk rasmiy foto agentligi sifatida, OAV mamlakat boʻylab turli hodisalarni yoritib boradi va mamlakatning 90 yillik agentlikning rasmlar arxivini chop etish bilan shugʻullanadi. Ushbu media markaz IRNA IMAGES nomi bilan ish yuritadi.

Bahs va munozaralar

tahrir
 
IRNA rasm stoli (2015)

IRNA agentligi Isroil, COVID-19 va Iroq Bosh vaziri Mustafa al-Kadhimiga uyishtirilgan suiqasd kabi turli voqea va hodisalarga nisbatan notoʻgʻri maʼlumotlar tarqatgani uchun tekshiruv ishlari olib borilgan.[4] Tashkilot maʼlumotlarining toʻgʻriligining oʻzi ham The Onion va satirik yangiliklar veb-sayti ga asoslanib alohida soʻroq qilingan.[5]

Quyidagi roʻyxatda agentlik toʻgʻrisida turli bahs-munozaralar yoki yolgʻon daʼvolar keltirilgan:

  • 2021-yilning 7-noyabrida Iroq Bosh vaziri Mustafo al-Kazimiyga uchuvchisiz uchuvchisiz havo hujumi AQShning „soxta bayroq“ hujumi edi.[6]
  • "Ekstremal sionistlar " va Ozod Suriya armiyasi Covid-19 tahdidiga ishonmaydi.[7]
  • 2019-yilgi Gʻazo urushi paytida yonayotgan samolyotlar tasviri aks ettirilgan va buni Eronning Iroqdagi AQSh kuchlariga havo hujumi natijasi sifatida tasvirlangan.
  • 2021 yilgi Siston va Baluchiston namoyishlari paytida namoyishchilarga qilingan hujum xorijiy „Eronga qoʻzgʻolon va tartibsizliklarni kiritishda ishtirok etish“ mahsulidir.[8]
  • Edvard Snouden Daishning AQSh, Buyuk Britaniya va Isroil tomonidan yaratilgani haqidagi fayllarni eʼlon qildi.[5]

Manbalar

tahrir
  1. „Ahmadinejad takes over Iranian official news agency“. payvand.com. 2013-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 25-noyabr.
  2. „Guide to Iranian Media and Broadcast“. BBC Monitoring (2007-yil mart). Qaraldi: 2014-yil 12-sentyabr.
  3. „Guide to Iranian Media and Broadcast“. BBC Monitoring (2007-yil mart). Qaraldi: 2014-yil 12-sentyabr.
  4. „US takes down Iran-linked news sites, alleges disinformation“ (en). AP News (2021-yil 22-iyun). Qaraldi: 2021-yil 20-noyabr.
  5. 5,0 5,1 „To Iran, ISIS is one more American plot“ (en). Time. Qaraldi: 2021-yil 20-noyabr.
  6. „Iran Tries To Distance Itself From Assassination Attempt On Iraq's President“ (en). Iran International. Qaraldi: 2021-yil 20-noyabr.
  7. „Iran's State Media Blame Israel and Jews for Coronavirus“ (en). IranWire | خانه. Qaraldi: 2021-yil 20-noyabr.
  8. „Iran's Fuel Smuggling Paranoia in the Baluchistan Border Region“ (en-US). Jamestown Foundation. Qaraldi: 2021-yil 20-noyabr.

Tashqi havolalar

tahrir