Ismoil Eshon bobo maqbarasi (yoki Ismoil Eshonbobo maqbarasi) — Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi arxitektura yodgorligi. Maqbara XVI hamda XIX asrlarga oid boʻlib, bugungi kunda „Yangibozor“ qishloq fuqarolar yigʻini, Aloqali Koʻl mahallasida joylashgan.

Ismoil Eshon bobo maqbarasi
Ismoil Eshonbobo maqbarasi
Umumiy maʼlumot
Maqomi Arxitektura yodgorligi
Turi Maqbara
Manzili „Yangibozor“ QFY
Shahar Hazorasp
Mamlakat O‘zbekiston
Koordinatalar 41°16′17″N 61°11′07″E / 41.27126229942045°N 61.18516531572429°E / 41.27126229942045; 61.18516531572429
Qurilishi boshlangan XVI asr
Qurilishi tugagan XIX asr
Egasi Davlat mulkiga tegishli
Map
Ismoil Eshon bobo maqbarasi xaritada

Ismoil Eshon bobo maqbarasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan[1]. Hozirda Xorazm viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulki hisoblanadi[2].

Maqbaraning qurilish tarixi

tahrir

Maqbara Ismoil eshonbobo majmuasining bir qismidir. Ismoil eshonning qabri Hazorasp tumanida joylashgan. Ismoil Eshon asli Turkmaniston hududida mashhur boʻlgan Nurotaning avlodi boʻlib, Xorazmda tugʻilgan va yoshlik chogʻida Buxoro madrasalarining birida taʼlim olgan. Keyinchalik Xorazmga qaytib kelgan va qorixona ochib, oʻz atrofiga soʻfilarni toʻplagan.

Ismoil Eshon mahalliy aholining yordami bilan masjid bunyod ettirgan. Masjid shimolga qaratib qurilgan 3 gumbazli ayvondan iborat boʻlib, roʻparasida joylashgan Ismoil Eshon maqbarasi bir xonali, peshtogʻi esa gumbazlidir[3].

Ismoil Eshon bobo majmuasiga kiruvchi masjid va maqbaraning umumiy tarhi 28x17 m ni tashkil qiladi, atrofi devor bilan oʻralgan, hovlili[4].

Eshonning vafotidan keyin bu joylar muqaddas ziyoratgohga aylantirilgan. Eshonga eʼtiqod bogʻlagan kishilar har yili uning qabri atroflarini obod qilib turishgan, tugʻ-aʼlamlar tikilib, atrofiga boshqa eʼtiborli shaxslar dafn etilgan. Sovetlar davrida maqbara qarovsiz holatga kelib qolgan. 1992-yili qayta taʼmirlanib, atrofi obodonlashtirilgan[5].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir