Italiyada turizmItaliya iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biri. Italiya milliy statistika instituti maʼlumotlariga koʻra, 2019-yilda Italiyaga 65 million sayyoh tashrif buyurgan. Bu dunyodagi eng koʻp tashrif buyuradigan 5 ta davlatdan biridir. Italiya bankining 2018-yildagi maʼlumotlariga qaraganda, turizm sohasi Italiya YaIMning 5% ulushini tashkil qiladi[4][5] .

Rimdagi eng koʻp tashrif buyuriladigan Kolizey yodgorligi
Venetsiya shahri, dunyodagi eng koʻp tashrif buyuriladigan shaharlardan biri [1][2]
Santa Maria del Fiore sobori, Florensiya
Sassi di Matera manzilgohi
Milan sobori, sayyohlar koʻp toʻplanadigan joy.[3]

Hozirgi vaqtda Italiyaga turistlarining qiziqishiga madaniyat, oshxona, arxitektura, sanʼat, diniy joylar, suv ustidagi shahar hamda kurortlar sabab boʻlmoqda. Alp va Apennin togʻlarida qishki va yozgi turizm, Oʻrtayer dengizi qirgʻoqlarida esa dengiz turizmi rivojlangan,[6]. Rim 2017-yilda 9,4 million turist tashrif buyurgani bilan Yevropada 3-oʻrinni, dunyoda esa 12-oʻrinni egallagan. Milan esa 6,8 million turist bilan dunyo reytingining 27-oʻrinni band qilgan[7]. Bundan tashqari Venetsiya va Florensiya shaharlari Dunyodagi eng yaxshi 10 ta manzil roʻyxatiga kiritilgan. Shuningdek, Italiya dunyoda YuNESKOning madaniy meros obʼyektlari soni eng koʻp boʻlgan davlatdir[8]. Rim imperiyasi davrida, oʻrta asrlarda va Renessansda Italiyadagi koʻplab yodgorliklar barpo qilindi[9]. Mamlakatda 4 mingdan ortiq muzeylar, 85 mingta tarixiy cherkovlar va 40 mingta tarixiy yodgorliklar mavjud. Barcha obʼyektlar Italiya Madaniyat vazirligi muhofazasiga olingan[9][10].

Italiyada 1 dan 5 yulduzgacha mehmonxonalar bor. Italiya milliy statistika instituti hisob-kitoblariga koʻra, 2017-yilda 32988 ta mehmonxonalar faoliyat olib bormoqda[11][12].

Tarixi

tahrir
 
Kapri oroli
 
Pompey, dunyoning eng koʻp turist tashrif buyuradigan 48-shahri
 
Cinque Terre majumasi
 
Palermo sobori

Ilk tashriflar

tahrir

Odamlar Italiyaga turli asrlarda kelib turishgan. Biroq, aynan turistik sabablarga koʻra XVII asrdan aristokratlar boshlab berishgan[13]. Rim shahri asrlar mobaynida Buyuk Britaniya, Shimoliy Afrika, Gʻarbiy Osiyolik odamlarning eʼtibor markazida bo'lgan. Savdogarlar ham Italiyani savdo qilishlari uchun eng yaxshi joy deb bilishgan. Milodiy 476-yili Gʻarbiy Rim imperiyasi qulaganda, Rim shahri endi Yevropaning siyosiy va madaniy markazi maqomini yo'qotgan edi. Shunday boʻlsa-da, Rim shahriga turistlarning oqimi toʻxtab qolmadi, ular Rimga qadimiy ibodatxonalarni, cherkovlarni va shunga oʻxshash binolarni koʻrgani kelishardi. Bu dunyodagi ilk „diniy turizm“ning boshlanishi edi. Renessans davrining eng gullagan davrida yaʼni 16-17-asrlarda Italiya meʼmorchiligini oʻrganish uchun sayyohlar kela boshlaydi. Bunga Inigo Jonsni misol qilib keltirish mumkin.

Grand Tour

tahrir

Turizm sohasi Italiya iqtisodiyotiga XVII asrning ikkinchi yarmida yaʼni Grand Tour boshlanishi bilan taʼsir koʻrsata boshladi. Bunda ingliz boʻlgan yevropalik aristokratlar Yevropaning diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurishgan [13] [14]. Grand Tour boshlanishiga ramziy maʼnoda Rim-katolik ruhoniysi Richard Lasselsning „Italiyaga sayohat“ kitobining yozilishi asos qilib olingandi[15]. Grand Tour tufayli turizm yanada ommalashdi. Italiya millionlab odamlar uchun orzu shaharga aylangandi[16].

Grand Tour mobaynida eng koʻzga tashlanadigan shaharlar Florensiya, Siena, Piza, Luka va Toskana edi. Rim shahri ham Grand tourning asosiy manzillaridan biri hisoblangan.

Ommaviy turizm

tahrir

XVII—XVIII asrlar davomida Grand Tour asosan akademiklar yoki aristokratlar uchun xizmat qilgan. Bir manzildan ikkinchi manzilga yetib olish oddiy aholi uchun qimmatga tushishini inobatga olib, 1840-yilda shaharlararo temiryoʻl transporti joriy qilindi. Bu ommaviy turizm tomon tashlangan ilk qadam edi. Amerikaliklar ham temiryoʻl transportidan foydalanib, Venetsiya, Florensiya, Rim, Neapol va Sitsiliya kabi shaharlarni koʻrishga muvaffaq boʻlishdi.

Vaqtlar oʻtib tarixiy obidalarni koʻrish keladigan turistlar soni ancha kamaygan va Italiyaning tabiatini koʻrish uchun kelgan turistlarning salmogʻi oshgan. Dengiz boʻyidagi kurortlar, Liguriya qirgʻoqlari, suv ustida barpo qilingan Venetsiya shahri dunyo boʻylab mashhurlikka erishgan.

1970-yillarning oxiri va 1980-yillarning boshlarida iqtisodiy inqirozlar, siyosiy beqarorlik va bir qancha sabablar tufayli keladigan turistlar salmog'iga ham salbiy taʼsir oʻtkazdi. Bundan tashqari, shu paytda Uzoq Sharq va Janubiy Amerikaning manzilgohlari turizmda yetakchilik qilishni boshladi. Ammo oradan 10 yillar oʻtib, turistlarnig eʼtibor markazi Milan shahriga qaytdi. Shunday qilib, Milan dunyo moda poytaxti deya eʼtirof etildi.

Joylashuvi va iqlimi

tahrir
 
Italiyaning topografik xaritasi

Geografiyasi

tahrir

Italiya Yevropaning janubida joylashgan boʻlib, u ham Gʻarbiy Yevropaning bir qismi hisoblanadi. 35° va 47° shimoliy kenglik va 6° va 19° uzunlik oraligʻida joylashgan. Shimolda Shveysariya, Fransiya va Avstriya bilan chegaradosh. Sloveniya davlati va Alp togʻlari bilan esa suv orqali chegaralangan. Italiya Shimoliy yarimsharning bir qismi hisoblanadi. Mamlakatning umumiy maydoni 301,230 kvadrat kilometrni tashkil qiladi[17][18].

Iqlimi

tahrir
 
Italiyaning iqlim xaritasi

Yarimorolning uzunligi va togʻli hududlarining koʻpligi tufayli Italiyaning iqlimi juda xilma-xildir. Italiyaning shimoliy hududlari (Turin, Milan va Boloniya) nam subtropik iqlimga mos yaʼni nisbatan salqin, oʻrta kenglikdagi Liguriyaning qirgʻoq hududlari va Florensiya janubidagi yarim orollar kontinental iqlimga toʻgʻri keladi[19].

Sohilboʻyi hududlarida qish yumshoq, yoz issiq va quruq boʻladi, ammo pasttekislik vodiylari yozda juda issiq boʻlishi mumkin. Shimol va janub oʻrtasidagi hududlarda qishda haroratda sezilarli darajada farq boʻlishi mumkin: baʼzi qish kunlarida −2 °C, Rimda 8 °C, Palermoda 20 °C boʻlishi mumkin.

Transport

tahrir
 
Rimdagi Leonardo da Vinchi xalqaro aeroporti

Italiyaning milliy yoʻl tarmogʻi 6758 km ni tashkil qiladi. Italiya havo transportida yoʻlovchilar soni boʻyicha Yevropada beshinchi oʻrinda turadi, 2011-yilda taxminan 148 million yoʻlovchi yoki Yevropa aholisi sonining sonining taxminan 10%ini tashkil qiladi[20]. Italiyada taxminan 130 ta aeroport mavjud boʻlib, ulardan 99 tasi asfaltlangan uchish-qoʻnish yoʻlaklariga ega.

Statistikalar

tahrir

Davlatlar kesimida turistlarning soni

tahrir

2019-yilda Italiyaga quyidagi mamlakatlardan turistlar kelishgan[21].

# Davlat Turistlar soni
1   Olmoniya 12.832.334
2   AQSh 6.092.750
3   Fransiya 4.744.412
4   Birlashgan Qirollik 3.695.112
5   Xitoy 3.167.960
6   Shveysariya 3.027.331
7   Avstriya 2.648.203
8   Ispaniya 2.243.621
9   Niderlandiya 2.137.760
10   Rossiya 1.778.720
11   Polsha 1.593.692
12   Boshqa Yevropa davlatlari 1.406.696
13   Boshqa Osiyo davlatlari 1.282.925
13   Belgiya 1.258.901
15   Yaponiya 1.133.200
16   Braziliya 1.116.846
17   Avstraliya 1.049.285
18   Koreya Respublikasi 1.006.673
19   Kanada 948.176
20   Chexiya 900.502
21   Ruminiya 797.381
22   Boshqa Lotin Amerikasi davlatlari 719.212
23   Shvetsiya 697.407
24   Daniya 631.748
25   Vengriya 610.697
26   Argentina 610.117
27   Isroil 605.415
28   Hindiston 593.319
29   Boshqa Yaqin Sharq davlatlari 537.669
30   Irlandiya 459.011
31   Meksika 413.514
32   Portugaliya 410.857
33   Turkiya 404.344
34   Norvegiya 390.789
35   Boshqa davlatlar 362.967
36   Gretsiya 353.276
37   Sloveniya 330.638
38   Xorvatiya 294.825
39   Finlandiya 267.366
40   Bolgariya 242.836
41   Slovakiya 239.772
42   Shimoliy Afrika davlatlari 209.352
43   Boshqa Afrika davlatlari 190.346
44   Litva 168.894
45   Yangi Zelandiya 140.019
46   Malta 128.442
47   Janubiy Afrika Respublikasi 110.147
48   Lyuksemburg 94.622
49   Latviya 93.279
50   Misr 83.236
51   Estoniya 78.398
52   Venesuela 48.017
53   Islandiya 43.216
54   Kipr 34.296
Jami turistlar soni 65.010.220

Sayohat davomiyligi

tahrir
Tartib raqam Davlat Sayohat davomiyligi(kun)
1   Olmoniya 58.699.396
2   AQSh 16.302.928
3   Fransiya 13.842.473
4   Birlashgan Qirollik 13.674.263
5   Shveysariya 10.806.529
6   Niderlandiya 10.320.382
7   Avstriya 9.520.238
8   Polsha 6.203.982
9   Rossiya 5.819.444
10   Ispaniya 5.789.755
11   Xitoy 5.355.907
12   Belgiya 4.751.383
13   Chexiya 4.127.567
14   Daniya 3.058.530
15   Avstraliya 2.881.036
16   Braziliya 2.824.686
17   Ruminiya 2.765.252
18   Kanada 2.665.209
19   Yaponiya 2.544.362
20   Shvetsiya 2.372.891
21   Vengriya 2.210.468
22   Irlandiya 1.815.223
23   Norvegiya 1.247.398
24   Gretsiya 903.868
  Qoʻshimcha YI davlatlari 17.437.507
  Boshqa Yevropa davlatlari 5.311.276
Jami 220.662.684

Turizmga qiziqishning omillari

tahrir

Italiyaga tashrif buyurish uchun juda koʻp omillar mavjud[22].

Madaniy turizm

tahrir
 
Kaserta saroyi
 
Scrovegni Chapel majumuasi

Italiya gʻarbiy sivilizatsiyaning bevosita oʻchogʻi hisoblanadi[23]. Italiya asrlar davomida Gʻarb madaniyatida markaziy oʻrinni egallagan va hanuzgacha oʻzining madaniy anʼanalari va sanʼatkorlari bilan tanilgan. Oʻrta asrlar va Uygʻonish davrida bir qator meʼmorlar, rassomlar va olimlarni jalb qilish uchun yodgorliklar, rasmlar, musiqa va adabiyot merosini yaratdilar[24]. Mamlakat dunyoga mashhur bir qancha shaharlarga ega. Rim – Rim imperiyasining qadimiy poytaxti, katolik cherkovi papasining qarorgohi, qayta birlashgan Italiyaning poytaxti va jahon ahamiyatining badiiy, madaniy va kinematografiya markazi edi. Florensiya – Uygʻonish davrining yuragi boʻlib, oʻrta asrlar oxirida sanʼatda katta yutuqlarga erishgan[25]. Milan Italiyaning sanoat va moliyaviy poytaxti va jahon moda poytaxtidir. Oʻrta asrlardan to erta zamonaviy davrgacha boʻlgan yirik moliyaviy va dengiz davlatining sobiq poytaxti boʻlgan Venetsiya oʻzining murakkab kanal tizimi bilan butun dunyodan sayyohlarni oʻziga jalb qiladi, ayniqsa Venetsiya karnavali paytida. Neapol — Yevropadagi eng yirik tarixiy shahar markazi va dunyodagi eng qadimgi doimiy jamoat opera teatri (Teatro di San-Karlo) joylashgan hududdir. Boloniya mamlakatning asosiy transport markazi, shuningdek, dunyodagi eng qadimgi universitet va butun dunyoga mashhur oshxonasiga ega[26] .

Dengizboʻyi turizmi

tahrir
 
Otranto dengizi
 
Venetsiyadagi kema

Oʻrtayer dengizida Italiyani uch tomondan toʻrt xil dengiz oʻrab oladi: sharqda Adriatik dengizi, janubda Ion dengizi, gʻarbda Liguriya va Tirren dengizlari. Orollar bilan birga Italiya 8000 kilometrdan ortiq qirgʻoq chizigʻiga ega[27].

Dengiz boʻyidagi diqqatga sazovor joylar: Taormina, Algero, Positano, Otranto, Tropea, Porto Santo Stefano, Sirolo, Vieste, Sperlonga, Cesenatico, Sestri Levante, Vasto, Termoli, Maratea, Bibione, Muggia, Amalfi, Atrani, Camogli, Kaposello, Castocellion, Cefalu, Gallipoli, Lerisi, Manarola, Monterosso al Mare, Pisciotta, Polignano Mare, Portofino, Praiano, Ravello, Sciacca, Scilla, Sorrento, Vernazzalar mavjud[28].

Togʻ turizmi

tahrir
 
Sestriere togʻi
 
Vesuvius togʻi

Italiyada qishki va yozgi togʻ turizmi mavjud. Shimoliy kengliklarda joylashgan boshqa mamlakatlarga nisbatan iqlim unchalik qattiq boʻlmaganiga qaramay, Italiya koʻplab togʻ tizmalari mavjudligi (togʻli hududning ulushi 35% atrofida) tufayli qishki sport bilan shugʻullanuvchi sayyohlarni jalb qila oladi[29].

Yevropadagi eng baland togʻ tizmasi Alp togʻlarida koʻplab qishki sport turlari va turar joy binolari bilan jihozlangan Apennin togʻlari bor. Shimolda eng mashhur changʻi kurortlari Sestrere, Livigno, Bormio, Ponte di Legno, Dolomitlarda (ayniqsa, Kortina d’Ampezzo), shuningdek Valle d’Aosta (ayniqsa Breuil-Cervinia) da joylashgan[30] .

Hududlar

tahrir

Shimoli-gʻarbiy Italiya

tahrir
 
Fenis qasri

Italiyaning bu qismida koʻplab tarixiy shaharlar mavjud: Turin-Italiyaning ishlab chiqarish poytaxti, Milan- mamlakatning biznes va moda poytaxti va muhim Genuya porti mintaqaning eng mashhur sayyohlik joylaridir.

Aosta, Bergamo, Breshiya, Komo va Mantua kabi boshqa shaharlar ham boy madaniy merosga ega boʻlib, ular mintaqaga tashrif buyuruvchilarni Garda koʻllari (Katullus va Gardone Riviera togʻlari bilan), Komo (Bellagio va Varenna bilan) va Maggiore kabi goʻzal landshaftlar bilan turistlarni oʻziga jalb qiladi. Bundan tashqari hududda Sestriere, Courmayeur, Breuil-Cervinia, Livigno va Bormio kabi muhim changʻi kurortlari mavjud.

Shimoli-sharqiy Italiya

tahrir

Italiyaning bu qismi kanallar bilan toʻlgan Venetsiya shahri, shunindek Verona, Vitsensa, Padua, Trento, Bolzano, Cremona, Bolonya, Ferrara, Parma, Ravenna, Kesena, Rimini va Triest shaharlari kabi bir qancha muhim turistik diqqatga sazovor joylarga ega. Bu hududda Venetodagi Prosesso, Tiramisu, Kotechino va San Daniele kabi vino va taomlarni oʻz ichiga olgan noyob oshxonalar mavjud.

Markaziy Italiya

tahrir

Bu hudud Italiyadagi eng koʻp tashrif buyuriladigan manzil boʻlib, koʻplab mashhur diqqatga sazovor joylarni, shuningdek, landshaftlarni oʻz ichiga oladi. Rim imperiyasidan qolgan moʻjizalari va Kolizey kabi dunyoning eng mashhur diqqatga sazovor joylari aynan shu hududda joylashgan.

Italiya Uygʻonish davrining tugʻilgan joyi hisoblangan Florensiya shahri yaqinidagi Siena, Piza, Aretszo va Luka kabi shaharlar ham boy madaniy merosga ega. Bu hudud oʻzining goʻzal manzaralari bilan mashhur hisoblanib, Italiyaning oʻzidan ham turistlar tashrif buyurishadi.

Janubiy Italiya

tahrir
 
Alberobello manzilgohi

Janubiy Italiya (Mezzogiorno) arzon narxlarda keng tanlov taklif qiladigan oshxonasi bilan mashhur. Shuningdek, u Oʻrtayer dengizi iqlimini har bir mintaqaning goʻzal plyajlari bilan uygʻunlashtirishi bilan mashhur boʻlib, mahalliy turizm uchun muhim qism hisoblanadi. Neapol mintaqadagi eng koʻp tashrif buyuradigan shahar va Pompey xarobalari eng koʻp tashrif buyuriladigan diqqatga sazovor joylardir.

Shaharlar

tahrir
Kolizey amfiteatri

Rim – Italiyaning poytaxti. Shuningdek, u Latsio viloyatining markazidir. Rim mamlakatdagi eng koʻp aholi yashaydigan hudud va Yevropa Ittifoqidagi aholi soni boʻyicha uchinchi shahardir. Rim Italiya yarim orolining markaziy-gʻarbiy qismida, Latsio tarkibida, Tiber qirgʻoqlari boʻylab joylashgan. Vatikan (dunyodagi eng kichik davlat) – Rim shahar chegaralari ichidagi mustaqil davlat, shahar ichidagi mamlakatning yagona mavjud namunasi, shuning uchun ham Rim baʼzan ikki davlatning poytaxti sifatida tasvirlangan[31].

Royal saroyi

Milan – Italiya shimolidagi shahar, Lombardiya hududi markazi va Italiyada Rimdan keyingi ikkinchi eng zich shahar. Milan sanʼat, tijorat, dizayn, taʼlim, koʻngilochar tomoshalar, moda, moliya, sogʻliqni saqlash, ommaviy axborot vositalari, xizmatlar, tadqiqot va turizm sohalarida kuchli tomonlarga ega boʻlgan yetakchi global shahar hisoblanadi. Uning biznes okrugida Italiya fond birjasi (ital. Borsa Italiana), milliy va xalqaro bank va kompaniyalarning bosh qarorgohlari joylashgan. YaIM boʻyicha Milan Italiyaning eng boy shahri boʻlib, u Yevropa Ittifoqi shaharlari orasida Parij va Madriddan keyin uchinchi oʻrinda turadi va Yevropa Ittifoqining poytaxt boʻlmagan shaharlari orasida eng boy hisoblanadi[32]. Milan Turin bilan birga Moviy Banana shahar taraqqiyoti koridorining (shuningdek, „Yevropa megapolisi“ sifatida ham tanilgan) eng janubiy qismi va Yevropa uchun toʻrt shahardan biri sifatida qaraladi.

Florensiya

tahrir
 
Signoria majumasi

Florensiya – Italiyaning shimoliy qismidagi shahar va Toskana viloyatining poytaxti. Bu Toskanadagi eng koʻp aholi yashaydigan shahar hisoblanadi[33]. Shahar har yili millionlab sayyohlarni oʻziga jalb qiladi va YuNESKO 1982-yilda Florensiyaning tarixiy markazi Butunjahon merosi ob’yekti deb eʼlon qildi. Shahar oʻzining madaniyati, Uygʻonish davri sanʼati, meʼmorchiligi va yodgorliklari bilan mashhur[34]. Shahar shuningdek, Uffizi galereyasi va Palazzo Pitti kabi koʻplab muzeylar va sanʼat galereyalarini oʻz ichiga oladi. Florensiyaning badiiy va meʼmoriy merosi tufayli Forbes uni dunyodagi eng goʻzal shahar deb eʼtirof etgan[35].

Venetsiya

tahrir
 
Rialto koʻprigi

Venetsiya – Italiyaning shimoli-sharqidagi shahar va Veneto viloyatining poytaxti. U suv ustida qurilgan va 400 dan ortiq koʻpriklar bilan bogʻlangan 118 ta kichik orol asosida barpo qilingan[36]. Shahar baʼzi muammolarga duch kelgan boʻlsa-da (sayyohlarning haddan tashqari koʻpligi, suvni ifloslash, suv toshqini, kruiz kemalarining binolarga juda yaqin suzib ketishi bilan bogʻliq muammolar)[37][38][39],Venetsiya juda mashhur sayyohlik maskani boʻlib qolmoqda. Shahar yirik madaniyat markazi va koʻp marta dunyodagi eng goʻzal shahar deb topilgan. U Times Online tomonidan Yevropaning eng romantik shaharlaridan biri va The New York Times tomonidan „shubhasiz, inson tomonidan qurilgan eng goʻzal shahar“ deb taʼriflangan[40].

Manbalar

tahrir
  1. „Top 10 most Beautiful Cities in the World 2017“ (2016-yil 28-iyul).
  2. „Top 10 most Beautiful Cities in the World 2018“ (2018-yil 2-sentyabr).
  3. „Milan Attractions“. The New York Times. 2009-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „The weight of tourism in Italy, the characteristics of the demand and the accommodation capacity“ (2018-yil 11-dekabr).
  5. UNWTO Tourism Highlights, 2015 Edition, 2015. DOI:10.18111/9789284416899. ISBN 9789284416899. 
  6. „VACANZE IN MONTAGNA IN ITALIA: IN INVERNO E IN ESTATE“ (it) (2017-yil 30-iyul). Qaraldi: 2022-yil 1-yanvar.
  7. „Ranking the 30 Most-Visited Cities in the World“. TravelPulse.[sayt ishlamaydi]
  8. „The World Heritage Convention“. UNESCO. 2016-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-avgust.
  9. 9,0 9,1 „Viaggiare in Italia: giro turistico“ (it). Qaraldi: 2021-yil 31-dekabr.
  10. „L'Italia possiede un patrimonio culturale e ambientale unico al mondo.“ (it) (2017-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 27-dekabr.
  11. „Turismo: 91% viaggiatori soddisfatti mete culturali Italia“. Repubblica.it (2019-yil 21-mart). Qaraldi: 2019-yil 26-iyul.
  12. „Turismo in Italia nel 2018 – Movimento dei clienti e capacità degli esercizi ricettivi“. istat.it. Qaraldi: 2019-yil 18-iyul.
  13. 13,0 13,1 „Grand Tour“ (it). Qaraldi: 2022-yil 6-may.
  14. „Italy on the Grand Tour (Getty Exhibitions)“. Qaraldi: 2015-yil 9-iyun.
  15. „18th Century Rome and the Grand Tour“. 2023-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-iyun.
  16. Hom, Stephanie. Changing Mobilities. London:Routledge, 2016. ISBN 9781138778146. 
  17. "San Marino". Encyclopædia Britannica. 2012. http://www.britannica.com/EBchecked/topic/521449/San-Marino. <!--->
  18. „Vatican country profile“ (en-GB). BBC News (2018). Qaraldi: 2018-yil 24-avgust.
  19. „Clima Italia“ (it) (2012-yil 5-avgust). Qaraldi: 2021-yil 30-dekabr.
  20. „Trasporto aereo in Italia (PDF)“. ISTAT (2013-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2013-yil 5-avgust.
  21. „Annuario statistico italiano 2019“. Qaraldi: 2019-yil 7-yanvar.
  22. „Turismo sportivo: tra passione e opportunità“ (it). Qaraldi: 2021-yil 27-dekabr.
  23. Italy has been described as a „cultural superpower“ by Arab news, the Washington Post, The Australian, the Italian consul general in San Francisco (Wayback Machine saytida 27 November 2015 sanasida arxivlangan), the former Foreign Affairs Minister Giulio Terzi and the U. S. President Barack Obama (Wayback Machine saytida 26 December 2014 sanasida arxivlangan).
  24. Cole, Alison. Virtue and magnificence : art of the Italian Renaissance courts. New York: H.N. Abrams, 1995. ISBN 978-0-8109-2733-9. 
  25. Zirpolo, Lilian H. The A to Z of Renaissance Art. Scarecrow Press, 2009. pp. 154-156. Web. 16 July 2012.
  26. Top Universities (Wayback Machine saytida 17 January 2009 sanasida arxivlangan) World University Rankings Retrieved 6 January 2010
  27. Limits of Oceans and Seas, 3rd, Organisation hydrographique internationale, 1953. Qaraldi: 2020-yil 28-dekabr. 
  28. „Vacanze mare Italia“ (it). Qaraldi: 2021-yil 27-dekabr.
  29. „Superficie territoriale per zona altimetrica“ (it). Qaraldi: 2021-yil 27-dekabr.
  30. „Sciare in Abruzzo: quali sono le località abruzzesi migliori per la settimana bianca ?“ (it). Qaraldi: 2021-yil 27-dekabr.
  31. „What is the smallest country in the world?“ (en). History.com. 2018-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-sentyabr.
  32. „GaWC – The World According to GaWC 2018“. lboro.ac.uk. 2017-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-dekabr.
  33. Bilancio demografico anno 2013, dati ISTAT
  34. "Florence (Italy)". Britannica Concise Encyclopedia. Britannica.com. https://www.britannica.com/EBchecked/topic/210642/Florence#. <!--->
  35. Tim Kiladze. „World's Most Beautiful Cities“. Forbes (2010-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2011-yil 12-aprel.
  36. „Venice and its Lagoon“. UNESCO. Qaraldi: 2019-yil 1-aprel.
  37. Worrall, Simon (16 October 2016). „Tourists could destroy Venice – If floods don't first“. National Geographic (inglizcha). Qaraldi: 3 September 2017.
  38. Buckley, Jonathan. „When will Venice sink? You asked Google – Here's the answer“ (2016-yil 2-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 3-sentyabr.
  39. „Venice just banned mega cruise ships from sailing through the city“ (2017-yil 8-noyabr).
  40. Barzini, Luigi. „The Most Beautiful and Wonderful City in the World“. The New York Times (1982-yil 30-may).