Jilonbuzgan devorlari
Jilonbuzgan devorlari — Ohangaron vodiysini jan.-sharqiy tomondan uragan qad. mudofaa devorlari. J. d. Chatqol togʻlaridan boshlanib, Ohangaron daryosining oʻng va chap sohillaridagi qad. sugʻorilgan yerlarni oʻz ichiga olgan holda Sirdaryoning oʻng qirgʻogʻiga kelib taqaladi va Sirdaryoning chap qirgʻoq tomonida ham davom etadi. J. d. Markaziy Osiyoda arablar hukmronligi davrida (8—9-asrlar) Ohangaron vodiysidagi obod yerlarni koʻchmanchilarning hujumlaridan mudofaa qilish uchun barpo etilgan. J. d.ni 1957, 1959, 1967-yillarda arxeolog X. Muhamedov tekshirgan.
J. d. bir-biriga parallel holda 2—3 qator paxsa devor urib, ularning oraligidagi maxsus qoldirilgan boʻshliq loy (loʻmboz) va tuproq bilan tuldirilgan. Shu sababli J. d.ning harobalari birbiriga parallel ikki-uch qator sunʼiy marzalar (kengligi 35-45 m va bal. 2-3 m) holida saqlangan.
Adabiyot
tahrir- Muhamedov X., Oʻzbekistonning qadimiy mudofaa inshootlari tarixidan, T., 1961.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |