Jodrell-benk radioastronomik rasadxonasi
Jodrell-benk radioastronomik rasadxonasi - Angliyadagi eng katta radioastronomik rasadxona. Jodrell-Benk sh.da joylashgan; 1946 yilda tashkil qilingan. Asosiy asboblari: diametri 76,66, 38 va 9 m li radioteleskoplar. Rasadxonada radiogalaktikalarning fizik tabiati, radio manbalar spektri (Oqqush, Kursi va b. yulduz turkumlarida), vodorodning koinotda taqsimlanishi va b. tadqiqot ishlari olib boriladi, meteorlar oqimi, Oy va sayyoralar radiolokatsiya yoʻli bilan oʻrganiladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |