Jonibek (7-1357) - Oltin Oʻrda xoni (1342—57), Oʻzbekxonning ikkinchi oʻgʻli. Rus va Litva knyazlarining ichki ishlariga aralashgan. Moskvaning ulugʻ knyazlari Semyon Ivanovich Gordiy va Ivan II Ivanovich Krasniy J.ga qaram boʻlishgan. J. oʻz hukmronligi davrida Jan. Ozarbayjonni Oltin Oʻrdaga qoʻshish uchun kurashib Tabrizni egallagan (1356) va u yerda oʻgʻli Berdibekni hokim qilib qoldirgan. J. oʻz hokimiyatini mustahkamlash uchun Oltin Oʻrdada islom dinini tarqata boshlagan (masjid va madrasalar qurdirgan, ulamolarni saroyga jalb etgan). Toj-taxt uchun boʻlgan kurashda bir guruh fitnachilar tarafidan oʻldirilgan. J. oʻlimidan sal avval Tabrizda qoʻzgʻolon boʻlib, xalq Oltin Oʻrda noibini haydab chiqargan. Jaloyiriylar bu voqeadan foydalanganlar va hokimiyat amir Uvays qoʻliga (1356—74) oʻtgan.

Jonibek
xon

Jonibek 1375-yil. Kataloniya Atlasida, bayrogʻi bilan birga tasvirlangan ().
Oltin Oʻrda xoni
Saltanat 1342–1357
Oʻtmishdoshi Tinibek
Davomchisi Berdibek
Uy Borjigin

/ld.-Grekov B. D.,Yakubovskiy A. Yu., Oltin Oʻrda va uning qulashi, T., 1956.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil