Oʻzbekxon Sulton Muhammad (taxminan 12821342) – Oltin Oʻrda xoni (13121342). Oʻzbek millatining asoschilaridan biri. Birinchi „oʻzbek“. Mangu Temurxonning nevarasi. 1313 yil amakisi Toʻqtayxon (Toʻxta) vafotidan soʻng nufuzli amirlar Qutlugʻ Temur va Isatoybek qiyot yordamida taxtga oʻtirgan. Islomni davlat dini sifatida joriy etgan, boshqa dindagilarni qattiq taʼqib etgan. Bu amirlarning isyoniga sabab boʻlgan, biroq u beayov bostirilgan. Oltin Oʻrdadagi ichki nizolarga chek qoʻygan, saltanatining yuksalishiga erishgan. Bu davrda hokimiyat markazlashgan, uluslar viloyatlarga aylantirilgan, ularni noʻyonlar boshqargan. Poytaxt Saroy Botudan Saroy Berka shahriga koʻchirilgan. Oltin Oʻrdaning harbiy salohiyati kuchaygan, qoʻshin miqdori 300 ming kishiga yetgan. Rusning yagona davlat boʻlib birlashishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida rus knyazlarini bir-biriga qayrab turgan. Tverning ulugʻ knyazi Mixail Yaroslavichni rus knyazliklarini birlashtirib, rus yerlarini moʻgʻullar asoratidan xalos boʻlishi yoʻlidagi saʼyharakatlariga qarshi kurashgan. Oʻzbekxon 1317 yil Moskva knyazi Yuriy Dashkovichga ulugʻ knyaz maqomini berib, unga singlisi Konchakani xotinlikka bergan. Oʻzbekxon Yuriyga qoʻshin bergan, biroq Mixail bu qoʻshinni yenggan. Shunda Oʻzbekxon Mixailni Oʻrdaga chaqirib, yasoqqa tortgan (qatl ettirgan). 1327 yil Oʻzbekxon Moskva knyazi Ivan I Danilovich Kalita yordamida Tverdagi isyonni bostirgan, soʻngra Shimoli Sharqiy Rusning asosiy hududini 2 qismga boʻlib, ularni Moskva va Suzdal knyazlariga bergan. 1339-yil Oʻzbekxon Ivan Kalita qutqusi bilan Tverning ulugʻ knyazi Aleksandr Mixaylovichni oʻgʻli Fyodor bilan qatl etgan. U, shuningdek, janubda ham faol siyosat yurgizgan. 1319- va 1335-yillarda u Arronga – hulokuiylarning hozirgi Ozarbayjon hududidagi mulkiga harbiy yurishlar qilgan.

Oʻzbekxon
Gʻiyosiddin Muhammad Oʻzbekxon

Tver knyazi Mixail Yaroslavich O'zbekxon huzurida, Vasiliy Vereshchagin sur'ati.
Tavalludi 1282
Vafoti 1341 (58-59 yoshlarida)
Saroybotu
Fuqaroligi Oltin Oʻrda va Yuan
Faoliyat yillari 1313–1341
Dini islom sunniylik
Unvoni Xon
Turmush oʻrtogʻi Boyolun Xotun, Toydula, Kebek Xotun, O'rduja Xotun
Bolalari

Jonibek

Tinibekxon
Otasi To'g'rulcha
Oʻzbekxon 1339-yilgi Dulsert xaritasidagi tasviri. Satrlar: Hic dominatur Usbech, dominus imperator de Sara, „Bu yerlarni Oʻzbek boshqaradi, Kimki Saroybotu hukmdori“.
Oʻzbekxon hukmronligi davridagi Oltin Oʻrda bayrogʻi
1314-yili Qrimda qurilgan Oʻzbekxon masjidi.
Oʻzbekxon davridagi Oltin Oʻrda hududlari
A.
Aqtau shahridan chiqishdagi Oʻzbekxon mozoriga yoʻl koʻrsatkichi

Arab sayyohi Ibn Battutaning yozishicha, (u 1333-yil Saroy Berkada Oʻzbekxon qabulida boʻlgan), shaharda 6 xalq: moʻgʻullar, alanlar, qipchoqlar (turkiylar), cherkaslar, slavyanlar va yunonlar yashagan, ularning shaharda oʻz mavzelari boʻlgan. Oʻ. Saroy Berkada koʻplab masjidlar, madrasalar, saroylar, maqbaralar qurdirgan. Oʻ. yangi shaharlar barpo etish va turli inshootlar qurishga katta eʼtibor qaratgan. Eski Qrim (Solxat)da u qurdirgan masjid bugungi kungacha saqlanib qolgan. Poytaxt Saroy Berkada koʻplab shoirlar, olimlar, musiqashunoslar va meʼmorlar yashagan. Shoirlar turkiy tilning Xorazm lahjasida ijod qilgan. Mashhur „Qipchoq kodeksi“ – adabiydiniy va siyesiy matnlardan iborat noyob toʻplamga tartib berish 1340-yilda tugallangan. Baʼzi turkiy urugʻlar va qabilalar Oʻzbekxon nomi bilan atalib, keyinchalik ular uzbek xalqi (qarang Oʻzbeklar) tarkibiga kirgan. Shoʻro tarixnavisligida oʻzbek xalqi oʻz nomini Oʻzbekxondan olgan degan gʻayriilmiy qarash ustun boʻlgan.

Adabiyot

tahrir
  • Utemishxodji. Chingizname, AlmaAta, 1992; Ibrohimov N., Ibn Battuta va uning Oʻrta Osiyoga sayohati, T., 1993; Raxmanaliyev R., Impsriya tyurkov, M., 2002.