Kübra Öztürk
Kübra Öztürk (1991-yil 11-mayda tugʻilgan) — turkiyalik shaxmatchi ayol. 2012-yil iyul oyidagi FIDE reytingiga koʻra, u dunyoda 199-oʻrinda, Turkiyada esa faol ayol shaxmatchilar orasida ikkinchi oʻrinda. U 2006-yilda Ayollar FIDE ustasi (WFM), 2009-yilda ayollar xalqaro ustasi (WIM) va 2011-yil 5-fevralda ayol grossmeyster (WGM) unvonlarini qoʻlga kiritdi[1].
Kübra Öztürk | |
---|---|
Öztürk 2008-yilgi Gaziantep shahrida o`tkazilgan Butunjahon o`smirlar shaxmat turnirida | |
Mamlakat | Turkiya |
Tugʻilishi |
11-may 1991-yil Mamak, Anqara, Turkiya |
Saravha | Ayol grossmeyster |
FIDE reyting | [1] (fevral 2024) |
Yoshlik yillari
tahrirKübra Öztürk 1991-yilda kam taʼminlangan oilada tikuvchilik sexida ishchi Durak Oʻzturk va uning rafiqasi Gulizar oilasida uchinchi farzand boʻlib tugʻilgan. Uning opasi va akasi bor. U ota-onasi va shol boʻlib qolgan bobosi bilan Anqaraning Mamak qishlogʻidagi bir xonali uyda oʻsgan[1][2].
Kübra Öztürk boshlangʻich maktabning ikkinchi sinfida oʻqib yurgan kezlari yaʼni 1998-yilda sakkiz yoshda, mahallasidagi shaxmat kursiga qatnagan. Shaxmat oʻynash taʼlimi oʻrganishni boshlaganidan atigi sakkiz oy oʻtgach, uning shaxmat boʻyicha oʻqituvchisi Islom Usmonoʻgʻli Kubrani Ispaniyaning Oropesa del Mar shahrida boʻlib oʻtgan Jahon yoshlar shaxmat chempionatiga olib bordi va u oʻz yosh toifasida 44-oʻrinni egalladi. Toʻqqiz yoshida u mamlakat chempionatining 10 yoshgacha boʻlganlar toifasida uchinchi oʻrinni egalladi. 1999-yildan keyin olti marta Turkiya chempioni unvonini qoʻlga kiritdi. 2006 va 2007-yillarda Kubra Oʻzturk Yevropa chempioni unvoniga ega boʻldi. 2007-yilning noyabr oyida Turkiyaning Antaliya markazi Kemer shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida u 16 yoshgacha boʻlgan qizlar toifasida gʻolib bilan bir xil ochko jamgʻargan boʻlsa-da, toʻrtinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi[1][2].
2006-yilda Italiyada oʻtkazilgan Shaxmat Olimpiadasidan soʻng u ayol FIDE ustasi (WFM) unvoniga sazovor boʻldi. Kubra Oʻzturk Turkiyaning Mardin shahrida boʻlib oʻtgan Ayollar shaxmat klublari jahon chempionatidagi muvaffaqiyatidan soʻng Betül Jemre Yildizdan keyingi ikkinchi WGM sifatida ayol grossmeyster unvoniga loyiq koʻrildi[1].
Shu bilan birga, u shaxmatdan olgan daromadi bilan Ispartadagi Sulaymon Demirel universitetida fizika fakultetida tahsil olgan akasi Mehmetning taʼlimini moliyalashtirishga yordam berdi[2].
U 2012-yilning 29-yanvar-29-fevral kunlari Antaliyaning Kemer shahrida boʻlib oʻtgan shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Turkiya chempionatining final bahsida chempionlik unvonini himoya qilgan Betül Jemre Yilduzni magʻlub etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.[3]
Kübra Öztürk 2016-yili Bokuda boʻlib oʻtgan shaxmat boʻyicha ayollar olimpiadasida Turkiya terma jamoasi safida +4 =4 −3 ball bilan uchinchi doskada oʻynagan.
Yutuqlar
tahrir- Shaxmat boʻyicha Turkiya chempionati (ayollar boʻlimi)
- 2012-yil — chempion[3]
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „Kübra da artık büyükusta“ (turkcha). Hürriyet (26-dekabr 2011-yil). Qaraldi: 11-iyul 2013-yil.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Çakmakcı, Nuran. „Tek odalı gecekondudan çıkan satranç şampiyonu Kübra Öztürk“ (turkcha). Hürriyet (6-yanvar 2008-yil). Qaraldi: 11-iyul 2013-yil.
- ↑ 3,0 3,1 „Satrançta birinci Kübra Öztürk“ (turkcha). Hürriyet (5-fevral 2012-yil). Qaraldi: 11-iyul 2013-yil.