Kampirravot toʻgʻoni
Kampirravot toʻgʻoni — Qoradaryodagi gidrotexnika inshooti. 1937— 40 yillarda qurilgan. Kampirravot toʻgʻoni radiusi 167 m li egriliqda. Umumiy uz. 137,5 m, bal. 6 m, eni 4 m. Toʻgʻon 8 darvozadan iborat; har bir darvozaning uz. 15 m. Qoradaryoga oʻngdan Yassi, chapdan Oʻzgan qoʻshilgach, suv Kampirravot darasidan oʻtadi va Fargʻona vodiysiga chiqib kengayadi. Ilgari daryoning shu qismi tosh, chim, shox-shabba bilan toʻsilib, Shahrixon, Andijon kanallariga suv chiqarilgan. Qoradaryoda toshqin boshlangan paytlarda kanal va suv chiqaruvchi toʻsiqlar xavf ostida qolar edi. Shularni hisobga olib, Kampirravot toʻgʻoni qayta qurildi. Qurilish 1937-yilda Shahrixon va Andijon kanal rostlagichi va toʻgʻon asosini qazish bilan boshlandi. Toʻgʻonning maksimal suv sarfi 1500 m3/sek. Bu suv uzelida toʻgʻondan tashqari, Shahrixon, Andijon kanallariga suv chiqaruvchi rostlagich qurilgan, u 10 darvozadan iborat; har bir darvozaning uz. 5 m. Rostlagichning eng koʻp suv sarfi 230 m3/sek.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |