Kiyosi Itô
Kiyosi Itô (talaffuzi: Kiyosi Ito) (7-sentyabr 1915-yil — 10-nayabr 2008-yil) — yaponiyalik matematik. Itô stoxastik tahlil, stoxastik integratsiya nazariyasi va stoxastik differensial tenglamalar sohasidagi ishlari bilan mashhur. 1987-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.
Kiyosi Itô | |
---|---|
Tavalludi |
7-sentyabr 1915-yil Inabe, Yaponiya |
Vafoti |
10-noyabr 2008-yil (93 yoshda) Kyoto, Yaponiya |
Fuqaroligi | Yaponiya va Yaponiya imperiyasi |
Sohasi | Matematika |
Ish joylari | Kyoto universiteti |
Taʼlimi | Tokio universiteti |
Akademik rahbarlari | Shokichi Iyanaga |
Mashhur shogirdlari |
Shinzo Watanabe Toshio Yamada |
Mashhur ishlari | Itô hisobi |
Mukofotlari |
Asahi mukofoti (1977) Wolf mukofoti (1987) Kyoto mukofoti (1998) Gauss mukofoti (2006) |
Itô 23 yoshida Tokio imperatorlik universitetini matematika boʻyicha tamomlagan. Buning ortidan Milliy statistika boshqarmasida ishlay boshlagan, u yerda ehtimollik nazariyasi va stoxastika boʻyicha ikki ilmiy maqolasini nashr qilgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida statistika boshqarmasida ishlashda davom etgan, qisqa muddat Nagoya universitetida tahsil bergan. 1945-yilda PhD darajasini olgan. Oradan yetti yil oʻtgach, Kyoto universitetida professor etib tayinlangan va u yerda 1979-yil nafaqaga chiqquniga qadar ishlagan.
Itô stoxastik integratsiya va stoxastik differensial tenglamalar nazariyalariga salmoqli hissa qoʻshgan. Bu soha hozirgi kunda Itô hisobi nomi bilan ataladi. Bu hisob yordamida tasodifiy hodisalar matematik nuqtai nazardan oʻrganiladi. Xususan, Itô hisobi matematik moliya sohasida keng qoʻllanadi.