Krasnovodsk platosi
Krasnovodsk platosi - Oʻrta Osiyodagi choʻl plato. Kaspiy dengizining sharqiy sohilidagi Krasnovodsk yarim orolda, Turkmanistondagi Qoraboʻgʻozgoʻl va Krasnovodsk qoʻltiqlari orasida. Eng baland joyi 306 m. Asosan, gips aralash ohaktosh va mergeldan tarkib topgan. Yassi qir va keng botiqlar, shuningdek, qoldiq togʻlar (nisbiy balandligi 40 m gacha) bor. Krasnovodsk platosi janubida Kubadogʻ joylashgan. Gilli va toshloq choʻllar kattagiva hududni egallagan. Shoʻra va shuvoq, shim. qismida qumlikda cherkez, qora saksovul oʻsadi. Shimoli-sharqida shoʻrxok botiqlar bor.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |