Aroid[1] oʻsimliklar, Kuchaladoshlar (lot.Araceae) — bir pallali oʻsimliklar katta turkumi oilasiga mansub boʻlib, 117 tip, 3000 ga yaqin turni oʻz ichiga oladi[2].

Aroid o'simliklar

Arum concinnatum guli
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: o'simliklar oilasi
Tip: gul
Sinf: bir pallali o'simliklar
Turkum: kuchaladoshlar
Oila: aroidli o'simlik
Sinonimlari
  • Aron Adans
  • Gymnomesium Schott

Aroid o'simliklarning tarqalish hududi

Tarqalishi

tahrir

Aroid oʻsimliklar har ikki yarim sharning tropik va subtropik hududlarida keng tarqalgan. Koʻp aroid oʻsimliklar moʻtadil hududlarda, baʼzilari esa subarktik hududlarda ham uchraydi, ammo ularning tropik hududlardan tashqaridagi turlari xilma-xilligi kichik (turlarning 10 % dan kam) qismni egallaydi.

Tasnifi

tahrir

Bu oila turkumi — yer, botqoq va suv oʻsimliklari boʻlib, ildizi tugunakli yoki oʻq ildizli yoki popuk ildizli boʻlishi mumkin. Tropik hududlarda oʻsimlik juda katta oʻlchamda oʻsadi. Ularning koʻpchiligi liana(chirmoviq) va epifit oʻsimliklardir.

Poyasi

tahrir

Aroidlar shoxlashi asosan simpodial, kamdan-kam hollarda monopodialdir. Yer usti shoxlanishi mavjud emas, buning natijasida ildizi orqali koʻpaymaydi. Koʻpgina chirmashib oʻsadiganlarning poyasi shunchalik uzun boʻladiki, hatto vertikal holatini saqlay olmaydi. Bu oʻsimliklar asosan daraxtlarga chirmashib, oʻzining havo-ildizlari yordamida daraxt tanasiga yopishib oʻsadi. Bu ildizlar geotropizmni namoyon qilmaydi, salbiy geliotropik xususiyati bilan juda taʼsirchan. Ular daraxtga buralishdan chetlashadi, ildizning yopishqoq tomoni gorizontal ravishda oʻsib, baʼzan sezilarli uzunlikka etib boradi va maxsus tuklar yordamida daraxt qobigʻiga yopishadi.

 
O'simlikning velamen ildizlari

Havo-ildizlari yordamida oʻsimlik havodan ozuqa oladi. Ildizning ustki qismi asosan velamen qobigʻi bilan oʻralgan. Bu qobiqda havodan namlikni so'rish uchun mayda kapillyar hujayralardan tashkil topgan bo'lib, asosan havodan ozuqani shu kapillyarlar yordamida so'rib oladi va velamenning ichki o'zagida ildiz joylashgan bo'lib, ozuqa shu orqali yetib boradi.

Aroid barglari muntazam bo'lib, koʻp hollarda poya va ildiz o'rtasida joylashgan, bargbandli yoki bargbandsiz, turli o'lcham va tuzilishga ega. Barg shakllari turli tuman (yumaloq, tuxumsimon, nashtarsimon, toʻgʻri chiziqli, ninasimon, yuraksimon, doirasimon va boshqalar) bo'lib, asosan to'rsimon naychalar va keng barg plastinkalar ustunlik qiladi. Yaproq plastinkasining shakli va o'lchami koʻpincha o'simlik hayotida hayratlanarli darajada o'zgaradi. Masalan, Monstera tenuis bargi o'simlik o'sgani sari eski barglarga nisbatan yangi barglar katta va qismlarga ajralgan holda bo'ladi.

Ayrim hollarda barg bandi o'ziga suv yig'adi va o'zining epifit xolatini namoyon qiladi. Masalan, Philodendron martianum barg bandida havodan namlikni so'rib oladi, barg bandi xo'ddi ko'zachaga o'xshaydi. keyinchalik o'simlik shundan oziqlanadi.

Bargidagi chiqish to'qimalarida juda koʻp va turli kimyoviy elementlar saqlaydi. Bu elementlar zaxarli bo'lib, asosan o'simlikni hayvonlardan himoya qiladi.

Barcha aroid o'simliklarning gullashi bir xil tipda bo'ladi, odatda juda qattiq bo'lgan "quloqcha"lar, bir qator spiral shakldagi, har doim ham aniq ajratilishi mumkin bo'lmagan kichik va noaniq gullari mavjud.

Gullari ikki jinsli yoki bir jinsli. Ikki jinsli gulda 4-6 boshli yarim ochiq gulband, bir jinslida oddiy ochiq gulbandsiz.

Changchi bandisi 4-6 ta, erkin yoki spesifik holda o'sadigan sinandriya ko'rinishida. Changchisi tuxumsimon yoki cho'zinchoq oval, ochiq, uznasiga yoki eniga yorilgan holatda.

O'simlikning mevasi - bir yoki koʻp urug'li, yorqin rangli meva.

Gullashi

tahrir
 
Spatifillum guli

Aroidlar gullashi xilma-xilligi bilan ajralib turadi va ayrim hollarda gulbandi bitta gulkosachaga o'xshagan qoplama yaproq hosil qilgani uchun bitta gul sifatida aytiladi. Bu qopalma yaproq turli yorqin ranglar bilan mujassamlangan. Gulning yuqori qismida maxsus suyuqlik ajraladi, bu gulni hashorotlar yordamida changlanishiga olib keladi.

Changlanishi

tahrir

Barcha o'simliklarga o'xshab asosan hashorotlar: chivinlar, asalarilar, qo'ng'izlar yordamida changlanadi. Ayrim manbalarda shilliqurtlar yordamida ham changlanadi[3].

Guldan ajraladigan suyuqlik nektarga o'xshab shirin ta'mli yoki hidli bo'lmasdan balki, qo'lansa hidni eslatadigan holda bo'ladi. Masalan, dunyodagi eng katta gul - Amorfofallus Gigant (Amorphophallus titanum) o'lik murda hidini beradi.

Sinflanishi

tahrir

Hozirgi kunda aroidlar sinfi 8 ta ostsinfni o'z ichiga oladi:

  • Kuchalalar
  • Gymnostachydoideae
  • Kalla
  • Lasioideae
  • Monsteroideae
  • Orontioideae
  • Pothoideae
  • Lemnoideae

Turlar xilma-xilligi

tahrir

Aoridlarning turlari hozirda 100dan ortiq. Avstriya botanigi Genrix Vilgelm Shott tomonidan bu o'simlikning turlari keng o'rganilgan.

Aroid o'simligining turlar jadvali
Lotincha nomi Ostsinfi Tizim
Aglaodorum Schott Aroideae Aglaonemateae
Aglaonema Schott Aroideae Aglaonemateae
Alloschemone Schott Monsteroideae Monstereae
Alocasia (Schott) G.Don Aroideae Colocasieae
Ambrosina Bassi Aroideae Ambrosineae
Amorphophallus Blume ex Decne. Aroideae Thomsonieae
Amydrium Schott Monsteroideae Monstereae
Anadendrum Schott Monsteroideae Anadendreae
Anaphyllopsis A.Hay Lasioideae
Anaphyllum Schott Lasioideae
Anchomanes Schott Aroideae Nephthytideae
Anthurium Schott Pothoideae Anthurieae
Anubias Schott Aroideae Anubiadeae
Aridarum Ridl. Aroideae Schismatoglottideae
Ariopsis Nimmo Aroideae Colocasieae
Arisaema Mart. Aroideae Arisaemateae
Arisarum Mill. Aroideae Arisareae
Arophyton Jum. Aroideae Arophyteae
Arum L. Aroideae Areae
Asterostigma Fisch. & C.A.Mey. Aroideae Spathicarpeae
Bakoa P.C.Boyce & S.Y.Wong Aroideae
Biarum Schott Aroideae Areae
Bognera Mayo & Nicolson Aroideae Dieffenbachieae
Bucephalandra Schott Aroideae Schismatoglottideae
Caladium Vent. Aroideae Caladieae
Calla L. Calloideae
Callopsis Engl. Aroideae Callopsideae
Carlephyton Jum. Aroideae Arophyteae
Cercestis Schott Aroideae Culcasieae
Chlorospatha Engl. Aroideae Caladieae
Colletogyne Buchet Aroideae Arophyteae
Colocasia Schott Aroideae Colocasieae
Croatiella E.G.Gonç. Aroideae
Cryptocoryne Fisch. ex Wydler Aroideae Cryptocoryneae
Culcasia P.Beauv. Aroideae Culcasieae
Cyrtosperma Griff. Lasioideae
Dieffenbachia Schott Aroideae Dieffenbachieae
Dracontioides Engl. Lasioideae
Dracontium L. Lasioideae
Dracunculus Mill. Aroideae Areae
Eminium (Blume) Schott Aroideae Areae
Epipremnum Schott Monsteroideae Monstereae
Filarum Nicolson Aroideae Zomicarpeae
Furtadoa M.Hotta Aroideae Homalomeneae
Gearum N.E.Br. Aroideae Spathicarpeae
Gonatopus Hook.f. ex Engl. Aroideae Zamioculcadeae
Gorgonidium Schott Aroideae Spathicarpeae
Gymnostachys R.Br. Gymnostachydoideae
Hapaline Schott Aroideae Caladieae
Helicodiceros Schott Aroideae Areae
Heteropsis Kunth Monsteroideae Heteropsideae
Holochlamys Engl. Monsteroideae Spathiphylleae
Homalomena Schott Aroideae Homalomeneae
Jasarum G.S.Bunting Aroideae Caladieae
Lagenandra Dalzell Aroideae Cryptocoryneae
Landoltia Les & D.J.Crawford Lemnoideae
Lasia Lour. Lasioideae
Lasimorpha Schott Lasioideae
Lemna L. Lemnoideae
Lysichiton Schott Orontioideae
Mangonia Schott Aroideae Spathicarpeae
Monstera Adans. Monsteroideae Monstereae
Montrichardia Crueg. Aroideae Montrichardieae
Nephthytis Schott Aroideae Nephthytideae
Orontium L. Orontioideae
Pedicellarum M.Hotta Pothoideae Potheae
Peltandra Raf. Aroideae Peltandreae
Philodendron Schott Aroideae Philodendreae
Phymatarum M.Hotta Aroideae Schismatoglottideae
Pinellia Ten. Aroideae Arisaemateae
Piptospatha N.E.Br. Aroideae Schismatoglottideae
Pistia L. Aroideae Pistieae
Podolasia N.E.Br. Lasioideae
Pothoidium Schott Pothoideae Potheae
Pothos L. Pothoideae Potheae
Protarum Engl. Aroideae Colocasieae
Pseudodracontium N.E.Br. Aroideae Thomsonieae
Pseudohydrosme Engl. Aroideae Nephthytideae
Pycnospatha Thorel ex Gagnep. Lasioideae
Remusatia Schott Aroideae Colocasieae
Rhaphidophora Hassk. Monsteroideae Monstereae
Rhodospatha Poepp. Monsteroideae Monstereae
Scaphispatha Brongn. ex Schott Aroideae Caladieae
Schismatoglottis Zoll. & Moritzi Aroideae Schismatoglottideae
Scindapsus Schott Monsteroideae Monstereae
Spathantheum Schott Aroideae Spathicarpeae
Spathicarpa Hook. Aroideae Spathicarpeae
Spathiphyllum Schott Monsteroideae Spathiphylleae
Spirodela Schleid. Lemnoideae
Stenospermation Schott Monsteroideae Monstereae
Steudnera K.Koch Aroideae Colocasieae
Stylochaeton Lepr. Aroideae Stylochaetoneae
Symplocarpus Salisb. ex W.P.C.Barton Orontioideae
Synandrospadix Engl. Aroideae Spathicarpeae
Syngonium Schott Aroideae Caladieae
Taccarum Brongn. ex Schott Aroideae Spathicarpeae
Theriophonum Blume Aroideae Areae
Typhonium Schott Aroideae Areae
Typhonodorum Schott Aroideae Peltandreae
Ulearum Engl. Aroideae Zomicarpeae
Urospatha Schott Lasioideae
Wolffia Horkel ex Schleid. Lemnoideae
Wolffiella (Hegelm.) Hegelm. Lemnoideae
Xanthosoma Schott Aroideae Caladieae
Zamioculcas Schott Aroideae Zamioculcadeae
Zantedeschia Spreng. Aroideae Zantedeschieae
Zomicarpa Schott Aroideae Zomicarpeae
Zomicarpella N.E.Br. Aroideae Zomicarpeae

Manbalar

tahrir
  1. Tsvelyov N. N. O russkix nazvaniyax semeystv pokritosemennix rasteniy // Novosti sistematiki visshix rasteniy : sbornik. — M.SPb.: Tovariщestvo nauchnix izdaniy KMK, 2011. — T. 42. — S. 24—29. — ISBN 978-5-87317-759-2. — ISSN 0568-5443.
  2. Christenhusz, M. J. M. & Byng, J. W. (2016). "The number of known plants species in the world and its annual increase". Phytotaxa. Magnolia Press. 261 (3): 201–217. doi:10.11646/phytotaxa.261.3.1.
  3. Жизнь растений. Том 5. Часть 1. Цветковые растения / Под. ред. Тахтаджяна А. Л.. — М.: Просвещение, 1980. — 430 с.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Ароидеи // Энциклопедический словарь Брокгауза и Ефрона : в 86 т. (82 т. и 4 доп.). — СПб., 1890—1907
  • Грудзинская И. А. Семейство аронниковые (Araceae) // Жизнь растений. В 6-ти т. Т. 6. Цветковые растения / Под ред. А. Л. Тахтаджяна. — М.: Просвещение, 1982. — С. 466—493.
  • Чуб В. Загадки ароидных // Цветоводство. — 2008. — № 3. — С. 58—61.
  • Nelson, L. et al. (2007) Handbook of Poisonous and Injurious Plants. New York Botanical Garden.
  • Mayer-Chissick, Uri; Lev, Efraim (2016). "Wild Edible Plants in Israel Tradition Versus Cultivation". In Yaniv, Zohara; Dudai, Nati (eds.). Medicinal and Aromatic Plants of the Middle-East. New York: Dordrecht: Springer. pp. 18–20. ISBN 9789402406603. OCLC 1062304427.
  • Ḳrispil, Nissim (1985). A Bag of Plants (The Useful Plants of Israel) (in Hebrew). Vol. 3 (Ṭ.-M.). Jerusalem: Cana Publishing House Ltd. ISBN 965-264-011-5. OCLC 959573975