Mahallada duv-duv gap
„Mahallada duv-duv gap“ (ruscha: Об этом говорит вся махалля) — 1960-yil yaratilgan oq-qora kinotasmaga olingan oʻzbek kinokomediya. Filmga Yuriy Stepchuk rejissorlik, Shuhrat Abbosov prodyuserlik qilgan.[1] „Mahallada duv-duv gap“ eng sara oʻzbek filmlaridan biri,[2][3] SSSR xalq artisi Abbosov esa oʻzbek kinosining asoschilaridan biri hisoblanadi.[4][5]
Mahallada duv-duv gap | |
---|---|
Filmdan skrinshot (rus tilida) | |
Rejissyor(lar) | Y. Stepchuk |
Prodyuser(lar) | Shuhrat Abbosov |
Ssenariynavis(lar) | O. Razamzonov va B. Rest; Abdulla Qahhor oʻzbekchaga oʻgirgan |
Rollarda |
|
Bastakor(lar) | Manas Leviyev |
Muharrir(lar) | I. Gordon |
Studiya(lar) | Oʻzbekfilm |
Davomiyligi | 80 minut |
Mamlakatlar | Oʻzbek SSR, SSSR |
Tillar | Oʻzbek, rus |
Syujeti
tahrirFilmda Toshkent shahrining eski qismidagi mahallalardan biridagi zamonaviy turar-joy binolari qanday qurilayotgani haqida hikoya qilinadi. Film qahramonlari quruvchilarning oilalari: qizi Sayyora bilan ishlayotgan gʻisht teruvchi, oʻgʻli Azimjon Moskvada oʻqishini tugatayotgan Mehrixon aya hamda omborxona mudiri Arslon va uning kranchi oʻgʻli Umarjon haqida hikoya qiladi.
Oʻqishni tamomlab, Sayyora yaqinlaridan yashirincha zavodga kiradi. Qoʻshnilar uning taqdiriga aralashishga harakat qil. Mehrixon oʻz oʻgʻli Azimjonga, Oyposhsha esa oʻz oʻgʻli Umarjonga olib bermoqchi. Azimjon allaqachon Moskvada uylangani, Arslonning oʻgʻli Umar esa u bilan qurilishda birga ishlaydigan Umidani sevib qolgani ma’lum boʻaldi. Yoshlar Umarga ota-onasining qarshiligini yengib, Umida bilan turmush qurishiga yordam beradi. Baxtli oilalar mahalladan yangi qurilgan uyga koʻchib oʻtadi.
Rollarda
tahrirAktyor | Rol |
---|---|
Xolida Isxakova | konserva zavodi ishchisi va konservatoriya talabasi Sayyora |
Roza Rizamuhamedova | konserva zavodi ishchisi Umida |
Raisa Madrahimova | arxitektor Aziza |
Hamza Umarov | qurilish kranchisi Umarjon |
Toʻlqin Tojiyev | qurilish ustasi Mahmud |
Azim Aliyev | injener Azimjon |
Lutfi Sarimsoqova | Sayyoraning onasi Mehriniso |
Maryam Yoqubova | Umarning onasi Oyposhsha |
Ikroma Boltayeva | Umidaning onasi Xalima |
Razzoq Hamroyev | Umidaning otasi usta Sharif |
Rahim Pirmuhamedov | Umarning otasi Arslon |
Saʼdixon Tabibullayev | folbin |
Ssenariy
tahrirFilm uchun ssenariy boshida rus tilida yozilgan. Ammo Shuhrat Abbosov filmni oʻzbek tilida olishni istagan. Tasvirga olish boshlanishidan bir kun avval Abbosov mashhur oʻzbek yozuvchisi Abdulla Qahhordan ssenariyni oʻzbek tiliga tarjima qilib berishini iltimos qilgan. Abdulla Qahhor oʻsha paytda shifoxonada davolanayotgan boʻlgan. U ssenariyni shifoxona qarshisidagi oʻtirgʻichda oʻtirib ikki soatda tarjima qilgan. Abdulla Qahhor filmning oxirida tarjimon sifatida aytib oʻtilgan.[6]
Manbalar
tahrir- ↑ „The Whole Mahalla is Talking about It“ (ruscha). Kinopoisk. Qaraldi: 24-fevral 2012-yil.
- ↑ „We Should Create Characters Based on Our National Traditions“ (oʻzbekcha) (19-yanvar 2011-yil). Qaraldi: 24-fevral 2012-yil.
- ↑ Hamroyev, Jasur „The Beneficial Work of Cinema.uz“ (oʻzbekcha). Shov-Shuv (17-yanvar 2012-yil). 30-aprel 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-fevral 2012-yil.
- ↑ Iskandar, Abdulla. „Shuhrat Abbosov is 80“ (oʻzbekcha) (27-yanvar 2011-yil). Qaraldi: 24-fevral 2012-yil.
- ↑ „BBC's Guest - Shuhrat Abbosov“ (oʻzbekcha) (11-may 2009-yil). Qaraldi: 24-fevral 2012-yil.
- ↑ https://www.kino-teatr.ru/kino/movie/sov/4594/titr/
Havolalar
tahrir