Shuhrat Abbosov
Shuhrat Abbosov – oʻzbek aktyor, rejissyor va ssenariy yozuvchisi. Abbosov oʻzbek kino sanʼatining asoschilaridan biri[1][2][3]. Abbosov shu kungacha bir qancha nufuzli unvon va mukofotlarni olgan. U Oʻzbekiston SSR xalq artisti, SSRI xalq artisti va Mehnat qahramoni unvonlar bilan mukofotlangan[4]. Shuhrat Abbosovning „Mahallada duv-duv gap“ (1960) filmi eng yaxshi oʻzbek filmlaridan biri hisoblanadi[5][6].
Shuhrat Solihovich Abbosov | |
---|---|
Tavalludi |
16-yanvar 1931-yil |
Vafoti |
25-aprel 2018-yil (87 yoshda) Toshkent |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | aktyor, rejissor va ssenariynavis |
Mukofotlari |
Hayoti
tahrirShuhrat Abbosov 1931-yil 16-yanvarda Qoʻqonda tugʻilgan. 1949-yil Toshkent tibbiyot kasb-hunar bilim yurtini bitirgan. 1954-yil Aleksandr Ostrovsky nomidagi Toshkent davlat sanʼat institutini tamomlagan. Shu institutda 1983-yildan professor, 1991-yildan kafedra mudiri boʻlib ishlagan. 1954—1956-yillarda Mannon Uygʻur nomidagi viloyat musiqali drama teatrida (Yangiyoʻlda) bosh rejissyor boʻlib faoliyat yuritgan. Keyinchalik Moskvaga borib Mosfilmda ham tahsil olgan. Abbosov 1958—1991-yillar „Oʻzbekfilm“da rejissyor, 1982—1986-yillarda direktor sifatida faoliyat yuritdi. Abbosov 1996-yildan boshlab Oʻzbekiston kino arboblari birlashmasining rais oʻrinbosari lavozimida ishlagan. 2018-yil 25-aprelda buyrak yetishmovchiligi tufayli 87 yoshda vafot etdi[7].
Ijodi
tahrirShuhrat Abbosov – bir qancha filmning rejissori. U Aleksandr Nayumov (II) bilan 1977-yil chiqqan Gʻafur Gʻulomning shu nomli qissasiga asoslanib olingan „Shum bola“ filmiga ssenariy yozgan. Unga „Mahallada duv-duv gap“ kinokomediyasi (1960) katta shuhrat keltirdi. Abbosov Ikkinchi jahon urushi yillari ota-onasiz qolgan turli millatga mansub 14 bolani tarbiyalagan toshkentlik Shomahmudov oilasining jasorati haqidagi „Sen yetim emassan“ (1963; Xalqaro kinofestival mukofoti, Frankfurt am Main, 1963), odob-axloq haqidagi „Qalbingda quyosh“ (1965) filmlariga rejissorlik qilgan. „Toshkent – non shahri“ (1967; kino-festival sovrindori, Olmaota, 1973), „Sevgi dramasi“ (1971; 5-kinofestival sovrindori, Tbilisi, 1972) filmlari bilan eng yaxshi kinorejissyor sifatida tanildi.
Tarixiy-biografik mavzuda „Abu Rayhon Beruniy“ (2 qismli, 1974, 8-kinofestivalning bosh mukofoti, Kishinyov, 1975, Xalqaro kinofestivalning „Oltin Delfin“ sovrindori, Tehron, 1977), „Olovli yoʻllar“ (Hamza hayotiga bagʻishlangan 17 qismli telefilm, 1975-1984), urush yillari front ortidagi qiyinchiliklar haqida hikoya qiluvchi „Katta urushdagi kichik odam“ (1989) filmlari ham mashhur.
Mustaqillik Abbosov ijodida burilish yasadi. 14 qismli „Kamolot choʻqqisi sari“ hujjatli (1995) va 2 qismli „Otamdan qolgan dalalar“ badiiy (ssenariysini M. Toʻychiyev bilan hamkorlikda yozgan, 1998) filmlarni yaratdi.
Shuhrat Abbosov teatr uchun bir qancha asarlarni sahnalashtirdi. „Yurak sirlari“ (B. Rahmonov), „Nurxon“ (Komil Yashin), „Ogʻriq tishlar“ (Abdulla Qahhor) kabi pyesalar, shular jumlasidan.
Unvon va mukofotlari
tahrirShuhrat Abbosov 1965-yil Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi unvoni, 1974-yilda Oʻzbekiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlandi. 1974-yil unga Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti topshirildi. Abbosovga 1981-yil nufuzli SSRI xalq artisti unvoni berilgan. Abbosov 1994-yil "Shuhrat" medali, 1998-yil "El-yurt hurmati" ordeni bilan taqdirlangan.
Filmografiyasi
tahrirRejissyor sifatida
tahrir- „Vasisualiy Loxankin“ (Ruscha: „Vasisualiy Loxankin“) (1959) (qisqa film)
- Ruscha: „Filippines i pyaniy“ (1958) (qisqa film)
- „Mahallada duv-duv gap“ (Ruscha: „Ob etom govorit vsya Maxallya“) (1960)
- „Sen yetim emassan“ (Ruscha: „Ti – ne sirota“) (1962)
- Ruscha: „Prozrenie“ (1965)
- „Toshkent – non shahri (film)“ (Ruscha: „Tashkent – gorod xlebniy“) (1967)
- Ruscha: „Drama lyubvi“ (1971)
- „Abu Rayḥon Beruniy (film)“ (Ruscha: „Abu Rayxan Beruni“) (1974)
- „Olovli yoʻllar“ (Ruscha: „Ognennie dorogi“) (1978—1984) (Serial)
- Ruscha: „Serdse poeta“ (1978) (1-4- epizodlar)
- Ruscha: „Peves revolyutsii“ (1982) (9-12- epizodlar)
- Ruscha: „Boryuщiysya Turkestan“ (1984) (13-14- epizodlar)
- Ruscha: „Moya respublika“ (1984) (15-17- epizodlar)
- „Katta urushdagi kichkina odam“ (Ruscha: „Malenkiy chelovek v bolshoy voyne“) (1989)
- „Otamdan qolgan dalalar“ (Ruscha: „Otchie dolini“) (1997)
Aktyor sifatida
tahrir- Ruscha: „Ptitsi nashix nadejd“ (1976) (kinoda nomi koʻrsatilmagan)
Ssenariynavis sifatida
tahrir- „Vasisualiy Loxankin“ (Ruscha: „Vasisualiy Loxankin“) (1959) (qisqa film)
- Ruscha: „Drama lyubvi“ (1971))
- „Abu Rayḥon Beruniy“ (Ruscha: „Abu Rayxan Beruni“) (1974)
- „Shum bola“ (Ruscha: „Ozornik“) (1977)
- „Olovli yoʻllar“ (Ruscha: „Ognennie dorogi“) (1978—1984) (Serial)
- Ruscha: „Serdse poeta“ (1978) (1-4- epizodlar)
- Ruscha: „Peves revolyutsii“ (1982) (9-12- epizodlar)
- Ruscha: „Boryuщiysya Turkestan“ (1984) (13-14- epizodlar)
- Ruscha: „Moya respublika“ (1984) (15-17- epizodlar)
- Ruscha: „Schaste moe, ti oplacheno krovyu“ (1993)
- „Otamdan qolgan dalalar“ (Ruscha: „Otchie dolini“) (1997)
Manbalar
tahrir- ↑ „Film koʻrish: Sen yetim emassan (ingl.)“. London Universiteti qoshidagi Sharq va Afrikani Oʻrganish Instituti. 9-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-may 2012-yil.
- ↑ Iskandar, Abdulla. „Shuhrat Abbosov 80 yoshda“ (27-yanvar 2011-yil). Qaraldi: 28-may 2012-yil.
- ↑ „Bi-Bi-Si mehmoni - Shuhrat Abbosov“ (11-may 2009-yil). Qaraldi: 28-may 2012-yil.
- ↑ „Shuhrat Abbasov biografiyasi (rus.)“. Kino-Teatr. Qaraldi: 28-may 2012-yil.
- ↑ „Oʻz milliy anʻanalarimizga asoslanib, milliy xarakterlarni yaratish kerak“ (19-yanvar 2011-yil). Qaraldi: 28-may 2012-yil.
- ↑ Hamroyev, Jasur „Cinema.uzning xayrli ishi“. Shov-Shuv (17-yanvar 2012-yil). 30-aprel 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-may 2012-yil. (Wayback Machine saytida 30-aprel 2013-yil sanasida arxivlangan)
- ↑ https://m.kun.uz/news/2018/04/26/savkat-mirzieev-surat-abbosovning-akinlariga-tazia-izor-etdi
Havolalar
tahrir- Shuhrat Abbosov IMDbda (ingl.)
- Shuhrat Abbosov oʻynagan, rejissorlik qilgan va ssenariy yozgan filmlar roʻyxati (rus.)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |