Mark Karni (inglizcha: Mark Carney; 1965-yil 16-mart, Fort-Smit, Shimoliy-gʻarbiy hududlar, Kanada) – kanadalik va britaniyalik iqtisodchi va bankir, Kanada Bosh vaziri. 2025-yil 9-martdan Kanada Liberal partiyasi yetakchisi[2]. 2008-yildan 2013-yilgach Kanada bankini boshqargan. 2013-yildan 2020-yilgacha Angliya bankining boshqaruvchisi boʻlgan.

Mark Karni
inglizcha: Mark Carney
 24-Kanada Bosh vaziri
 
Mansab davri
2025-yil 14-mart – hozirgacha
Monarx Karl III
Gubernator Mery Seymon
Oʻtmishdoshi Jastin Tryudo
 Kanada Liberal Partiyasi raisi
 
Mansab davri
2025-yil 9-mart – hozirgacha
Oʻtmishdoshi Jastin Tryudo
120-Angliya banki boshqaruvchisi
Mansab davri
2013-yil 1-iyul – 2020-yil 15-mart
Oʻtmishdoshi Mervin King
Vorisi Endryu Beyli
Kanada banki boshqaruvchisi
Mansab davri
2008-yil 1-fevral – 2014-yil 3-iyun
Oʻtmishdoshi Devid Doj
Vorisi Stiven Poloz
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 16-mart 1965-yil (1965-03-16) (60 yosh)
Fort-Smit
Fuqaroligi Republic of IrelandKanadaBirlashgan Qirollik
Siyosiy partiyasi Liberal Partiya
Turmush oʻrtogʻi
Diana Foks (turm. 1994)
[1]
Bolalari 4 nafar qiz
Alma mater Garvard universiteti (SB)
Avliyo Pyotr kolleji
Naffild kolleji, (Oksford)
Kasbi bankir
Ilmiy unvoni Falsafa magistri (MPhil)
Mukofotlari
Imzosi
Vebsayti http://markcarney.ca/

Biografiya

tahrir

Mark 1965-yil 16-martda Kanadaning shimoliy-gʻarbidagi Fort Smit shahrida tugʻilgan. 1988-yilda Garvard universitetini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 1993-yilda Oksford universiteti qoshidagi Avliyo Pyotr kollejida iqtisod yoʻnalishi boʻyicha magistrlik darajasini (MPhil) oladi, 1995-yilda esa shu universitetning Naffild kollejida doktorlik (DPhil) darajasini oladi va oʻsha yerda „Raqobatning dinamik afzalliklari“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi.

13 yil davomida Goldman Saks kompaniyasining London, Nyu-York, Toronto va Tokiodagi boʻlimlarida ishlaydi. U yerda suveren risk, rivojlanayotgan iqtisodlarda qarz kapitali va bank investitsiyalari masalalari boʻyicha shugʻullangan.

2003-yildan 2004-yilgacha Kanada bankida xalqaro masalalar boʻyicha boshqaruvchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan. 2004-yil noyabridan 2007-yil oktyabrigacha Kanada moliya departamentida faoliyat yuritgan.

2008-yil fevral oyida Kanada banki boshqaruvchisi etib tayinlanadi. 2010-yilda Karni G7 davlatlari ichida qayta moliyalash stavkasini oshirishga qaror qilgan yagona markaziy bank raisi boʻlgan edi.

2011-yildan 2018-yilgacha oʻzining asosiy faoliyati bilan bir qatorda Moliyaviy barqarorlik kengashi raisi ham boʻlgan. Shuningdek Oʻttizlik guruhi aʼzosi boʻlgan.

2013-yil 21-iyulda u Angliya banki boshqaruvchisi etib tayinlanadi va ushbu bank tarixidagi eng yosh boshqaruvchiga aylanadi. U Bank bilan 5 yilga moʻljallangan, yillik maoshi 624 ming funt sterling boʻlgan mehnat shartnomasi tuzadi. 2018-yilda Karnining shartnomasi 2020-yilning yanvariga qadar uzaytiriladi.

2018-yilning noyabrida Mark Irlandiya va Kanada fuqaroligidan tashqari Britaniya fuqaroligini ham[3] oladi.

 
Katta yettilik davlatlari moliya vazirlari yigʻilishida, 2018-yil.

Amerikaning Jekson Xoul shahrida boʻlib oʻtgan 2019-yilgi AQSh Federal zaxira tizimining yillik konferensiyasida turli mamlakatlar markaziy banklari rahbarlari va Federal zaxira tizimi boʻlimlari rahbarlari bilan uchrashuv chogʻida Mark Karni dollarni jahon zaxira valyutasi sifatida yangi raqamli valyutaga almashtirishni taklif qiladi[4]. Uning fikriga koʻra, koʻp qutbli dunyoga koʻp qutbli valyuta kerak. Global tovarlar savatiga asoslangan yangi raqamli valyuta jahon iqtisodiyotiga muvozanat olib keladi. Karni savdo urushlari butun dunyo boʻylab biznes sharoitlarini yomonlashtirmoqda, deb hisoblaydi[5].

2023-yil avgustidan Bloomberg direktorlar kengashi raisi etib tayinlanadi.

2025-yil yanvar oyida amaldagi partiya yetakchisi Bosh vazir Jastin Tryudo oʻzining isteʼfoga chiqishini eʼlon qilganidan soʻng u Kanada Liberal partiyasi yetakchiligiga oʻz nomzodini rasman eʼlon qiladi[6]. Saylov poygasi davom etar ekan, Karni ichki saylovlarda favorit sifatida koʻrila boshlaydi. Uning asosiy raqibi sobiq moliya vaziri Xristiya Friland edi[7]. Ijtimoiy soʻrovlar, agar u partiyaga rais etib saylana olsa, Tryudoning saylovlarda isteʼfoga chiqishi vaqtida shakllangan konservatorlar bilan oradagi katta farqni deyarli butunlay yoʻqqa chiqara olishini koʻrsatadi[8].

 
Mark turmush oʻrtogʻi Diana bilan.

2025-yil 9-martda Mark Kanada Liberal partiyasi yetakchisi etib saylanadi[9]. 14-mart kuni[10] Karni Kanadaning 24-bosh vaziri sifatida oʻzidan oldingi bosh vazir Jastin Tryudo[11] isteʼfoga chiqqanidan keyin qasamyod qiladi.

Oilasi

tahrir

Mark 1994-yil Diana Foks bilan turmush quradi. Ularning toʻrt nafar qizlari bor.

Manbalar

tahrir
  1. Fox Carney, Diana „Diana Fox Carney“. Skoll. Qaraldi: 2025-yil 19-yanvar.
  2. „Mark Carney: Canada's next PM vows to win trade war with Trump“ (en-GB). www.bbc.com (2025-yil 10-mart). Qaraldi: 2025-yil 10-mart.
  3. Fergal O'Brien. „BOE Governor Carney Fulfills Promise by Becoming U.K. Citizen“. Bloomberg. Bloomberg (2018-yil 22-noyabr). 2019-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-iyul.
  4. „Глава ЦБ Англии предложил заменить доллар новой резервной валютой“ (ru). РБК (2019-yil 23-avgust). 2019-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-avgust.
  5. Al Lewis. „Bank of England Governor Mark Carney proposes new currency, and says trade war is dampening business confidence“ (en). CNBC (2019-yil 23-avgust). 2019-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-avgust.
  6. „Бывший глава Банка Англии Марк Карни хочет заменить Трюдо на посту премьера Канады“. Русская служба BBC (2025-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2025-yil 21-fevral.
  7. „Mark Karni Kanadaning yangi bosh vaziri bo‘ladi“. kun.uz. Qaraldi: 2-may.
  8. Lori Turnbull. „The Liberal Leadership Debates: It’s All About Carney“ (en). Policy Magazine (2025-yil 18-fevral). Qaraldi: 2025-yil 21-fevral.
  9. Hira Humayun. „Canada’s Liberal Party chooses Mark Carney to succeed Justin Trudeau“ (en). CNN (2025-yil 10-mart). Qaraldi: 2025-yil 10-mart.
  10. „Kanadaning yangi bosh vaziri qasamyod keltirdi“. kun.uz (2025-yil 14-mart). Qaraldi: 2-may.
  11. „Mark Carney runs for leader of Canada's Liberal Party“ (en-GB). www.bbc.com (2025-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2025-yil 10-mart.

Havolalar

tahrir