Moti masjidi
Moti masjidi (Punjabi, urdu: موتی مسجد), Moti, „Marvarid masjidlaridan“ biri – 17-asrga tegishli diniy bino. Pokistonning Panjob viloyati Lohur shahrida joylashgan. Bino Boburiylar imperatori Jahongir tomonidan qurilgan va Shoh Jahon meʼmorlari tomonidan oʻzgartirilgan[1].
Masjid | |
Shahar | Panjob, Lohur, Pokiston |
Koordinatalar | 31°35′18″N 74°18′50″E / 31.58847°N 74.313787°E |
Meʼmoriy uslub | Boburiy |
Moti masjidi Vikiomborda |
Etimologiyasi
tahrirUrdu tilida moti marvarid degan maʼnoni anglatadi. Bino Agra qal’asida joylashgan va Shoh Jahon hukmronligi davrida 1637-yilda qurib bitkazilgan Mino masjidi (Gem masjidi) va Nagina masjidiga (Javohir masjidi) oʻxshash[2].
Keyingi tarixi
tahrirBoburiylar imperiyasidan keyin masjid sikx ibodatxonasiga aylantirildi va Ranjit Singx sikx konfederatsiyasi davrida (1760—1799) davrida Moti Mandir deb nomlandi[3]. Keyinchalik Ranjit Singx ham bu binodan davlat xazinasi uchun foydalandi. 1849-yilda Sikx imperiyasi qulagandan soʻng, inglizlar Panjobni egallab olishganda, ular boshqa inventarlar bilan birga mato parchalariga oʻralgan va masjid ichiga sochilgan baxmal hamyonlarga joylashtirilgan qimmatbaho toshlarni topdilar[4]. Keyinchalik bino avvalgi holatiga qaytarildi.
Manbalar
tahrir- ↑ Ahmad Nabi Khan. Development of Mosque Architecture in Pakistan, 1991 — 71-bet. ISBN 9789694680088.
- ↑ Koch 1991, p. 121-22)
- ↑ Dar, Nadeem. „A pearl inside Lahore Fort – Moti Masjid“. Pakistan Today (2015-yil 20-iyun). Qaraldi: 2017-yil 6-yanvar.
- ↑ Zaman, Mahmood (2002). The Login inventory of the Lahore Fort. Dawn. 25 January. Retrieved 16 April 2008
Yana qarang
tahrir- Pokistondagi masjidlar roʻyxati
- Badshahi masjidi
- Naulaxa paviloni
- Shalimar bogʻlari
- Shesh Mahal