Moʻtazila
Moʻtazila (arabcha: المعتزلة al-muʿtazila – ajralib chiqqanlar, uzoqlashganlar) – islomdagi ilohiyot oqimlaridan biri. 8-asr oʻrtasida Arab xalifaligida vujudga kelgan. Asoschilari Vosil ibn Ato (699—748) va Amr ibn Ubayd (761 yil v.e.). Ular oʻz guruhi bilan ustozlari Hasan al-Basriy (728 yil v.e.) maktabidan ajralib chiqqan.
M. Qurʼonni diniy haqiqatning manbai deb eʼtirof etadi, uni soʻzma-soʻz emas, majoziy talqin qiladilar, rivoyatlarga koʻr-koʻrona ishonishga qarshi chiqadilar. M. qadariylarning inson iroda erkinligi haqidagi taʼlimotini rivojlantirdilar va asosladilar. Ular 9-asrda oʻzlarining aqidalar tizimini yaratdilar. Bungacha islomda davlat dini va barcha uchun maj-buriy deb eʼtirof etilgan yagona aqidalar tizimi boʻlmagan. Chunki, dastlabki ikki yuz yillik davomida islom turli fikr, maktab, mazhab, huquqiy firqalar yigʻindisidan iborat boʻlgan. Shuningdek, xalifalar diniy, siyosiy muxolafatdagi harakat (xorijiylar, shialar va boshqalar)ga qarshi kurashuvchi mafkuraviy qurolga zarurat sezayotgan edi. Shuning uchun xalifa Maʼmun (813—833) M. taʼlimotini davlat dini deb eʼlon qildi. Xalifa farmoni bilan barcha qozilar, ilo-hiyotchilar, amaldorlar shu eʼtiqoddami, yoʻqmi, sinab koʻrildi. M. aqidasi (xususan, Qurʼonning yaratilganligi)ni tan olmaganlarni ishdan boʻshatdi, hatto oʻlim jazo chorasini qoʻlladi. Maxsus jazo muassasasi – „mihna“ tashkil etdi. Ammo, majburiy choralarga qaramasdan M. taʼlimoti xalifalikda umuman qabul qilinmadi, xalifa Mutavakkil davri (847—861)da esa M. taʼlimoti „shakkoklik“ deb eʼlon qilindi. M. aql-idrokni ilo-hiyot asosi deb eʼtirof etgan, tasav-vufni inkor etishga uringan, oʻzlarini yakkaxudolik (tavhid) va adolat (adl) tarafdorlari, deb atagan. M.ning asosiy gʻoyalari vaqti kelib shia ilohiyotchilari tomonidan oʻzlashtirib olindi. M. keyinchalik Iroq va Eronda 11 – 12-asrlarga, Oʻrta Osiyoda 13—14-asrlarga kelib yoʻqolib ketgan. Uning oxirgi vakillaridan biri Zamaxshariydir.
Nomi
Moʻʼtazila nomi ạʿtzl iʿtazala „ajramoq (oʻzidan); chekinmoq“ kabi ʿ-z-l „ajramoq, ajratmoq, nafaqaga chiqmoq“ uch undosh ildizining VIII (iftaʿala) refleksiv ildizidan olingan.
Bu ism asoschining Hasan al-Basriyning ilohiy davrasini ilohiy kelishmovchilik tufayli „cheklanishi“dan olingan: Vosil ibn Ato gunohkorning huquqiy holati haqida soʻradi: ogʻir gunoh qilgan kishi moʻminmi yoki moʻminmi? kofirmi? Hasan kishi musulmon boʻlib qoladi, deb javob berdi. Vosil esa, gunohkorni moʻmin ham, kofir ham emasligini taʼkidlab, oʻqish davrasidan chiqib ketdi. Boshqalar esa Amr ibn Ubaydni oʻz ichiga olgan yangi davra tuzish uchun ergashdilar. Hasanning „Vosil bizdan uzoqlashdi“ degan soʻzlari harakat nomining kelib chiqishi ekanligi aytiladi.
Guruh keyinchalik oʻzlarini Ahl at-Tavhid va l-'Adl (ạhl ḥḥḥyd w ạlʿdl, „tavhid va adolat ahli“, [iqtibos keltirish kerak], deb atagan va moʻʼtazila nomini birinchi boʻlib uning muxoliflari ishlatgan.
Iʿtizal feʼli nizodagi betaraf tomonni bildirish uchun ham ishlatiladi (ikki toifa oʻrtasidagi nizodan „chekinish“ kabi). Britannica entsiklopediyasiga koʻra, „[Moʻʼtazila] nomi ilk islom tarixida birinchi marta milodiy 656 yilda uchinchi xalifa Usmon oʻldirilganidan soʻng Alining musulmonlar jamoasiga rahbarligi haqidagi bahsda paydo boʻlgan. Alini na qoralamaydigan va na jazolaganlar. yoki uning raqiblari, lekin oʻrta mavqega ega boʻlganlar moʻʼtazila deb atalar edilar“. Karlo Alfonso Nallino, Vosil va uning vorislarining teologik moʻʼtaziliyligi ana shu boshlangʻich siyosiy moʻʼtaziliylikning davomi xolos, deb taʼkidlagan.
Adabiyot
tahrir- Husniddinov 3., Islom: yoʻnalishlar, mazhablar, oqimlar, T., 2000.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |