Natalya Shikolenko
Natalya Shikolenko (belaruscha: Натальля Шыкаленка; 1964-yil 1-avgustda Oʻzbekistonning Andijon shahrida tugʻilgan) Dastlab SSSR keyinchalik esa Belarus yengil atletika boʻyicha terma jamoasi nomidan nayza uloqtiruvchi sportchi sifatida qatnashdi. U Olimpiada ikki terma jamoasi tarkibida ham kumush medali va jahon chempionati oltin medalini qoʻlga kiritdi[1].
Natalya Shikolenko | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavallud sanasi |
1-avgust 1964-yil Andijon, Oʻzbekiston SSR, Soviet Union |
Boʻyi | 1.82 m (5 ft 11 1⁄2 in) |
Vazni | 70 kg (154 lb) |
Sport | |
Mamlakat |
Sovet Ittifoqi (1987—1991) Birlashgan jamoa (1992) Belarus (1993—1996) |
Qaysi sport | Yengil atletika |
Pozitsiyasi | Nayza uloqtirish |
Uning singlisi Tatyana Shikolenko ham muvaffaqiyatli nayza uloqtiruvch sportchi bo‘lib, dastlab Belarus davalati sharafini himoya qilgan, lekin keyinchalik 1996-yilda Rossiya olimpiya jamoasi safiga o‘tgan.
Sport faoliyati
tahrir1983-yilda u nayza uloqtirish boʻyicha musobaqalarda oʻsmirlar oʻrtasida SSSR chempioni unvonini qoʻlga kiritdi. Belarus Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qurolli Kuchlarining sport jamoasida xizmat qilgan. 1987-yilda u Rimda boʻlib oʻtgan yengil atletika boʻyicha jahon chempionatida qatnashdi. 1988-yilda u yengil atletikaning nayza uloqtirish boʻyicha Yevropa kubogini qoʻlga kiritdi.
1991-yilda Tokioda boʻlib oʻtgan yengil atletika boʻyicha jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrayotgan vaqtida oyogʻidan jiddiy jarohat oldi, ammo shunga qaramay musoboqada qatnashish uchun oʻzida kuch topa oldi. Musoboqada oʻzi istaganidek qatnasha olmagan Natalya yakunda 11-oʻrinni egalladi. Keyinchalik Natalyaning sogʻligʻi juda tez yaxshilandi va tez orada sport formasini tikladi. Jaroxatdan forigʻ boʻlgib qatnashgan birinchi musoboqasidayoq (1992-yilda u oʻsha paytdagi dunyodagi eng yaxshi natija bilan SSSR chempionatida gʻolib chiqdi) gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
1993-yilda Germaniyaning Shtutgart shahrida boʻlib oʻtgan yengil atletika boʻyicha jahon chempionatida nayza uloqtirish turida u bronza medalini qoʻlga kiritdi (natija — 65,64 m), 1995-yilda Shvetsiyaning Gyoteborg shahrida boʻlib oʻtgan yengil atletika boʻyicha jahon chempionatida esa avvalgi natijasini yaxshilab oltin medalga sazovor boʻldi(natija — 67,56 m). 1992-yilda Barselonadagi Olimpiadada Natalya kumush medalni qoʻlga kiritdi va chempionlikni Germaniya vakilasi sportchi Silke Rankga boy berdi[2]. AQShning Atlanta shahrida boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlarida u oʻzining uchinchi urinishida videokamera harakatlanayotgan simga tegib, musboqada 12-oʻrinni egalladi. Bugungi kunda „Dinamo“ BFST 2-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabida murabbiy sifatida faoliyat olib boradi.
Sport yutuqlari
tahrirNayza uloqtirishdagi shaxsiy rekordi 71,40 m tashkil etadi (1994-yilda Olimpiada turnirida qayd etgan). Bir necha bor SSSR chempionatlari sovrindori, olti karra SSSR chempioni (1988-1992), MDH chempioni va rekordchisi (1992), Yevropa va jahon kubogi sovrindori (1994), Oʻzbekiston SSR xalqlari sport oʻyinlari gʻolibi (1986, 1990), jahon chempioni (1995), 1992-yilgi XXV Olimpiya oʻyinlarining kumush medali sovrindori hisoblanadi[3].
SSSR terma jamoasi tarkibida | |||||
---|---|---|---|---|---|
1987 | Jahon chempionati | Rim, Italy | 14th (q) | Javelin | 60.40 m |
1990 | Yaxshi niyat oʻyinlari | Seattle, United States | 1st | Nayza uloqtirish | 61.62 m |
Yevropa chempionati | Split, Yugoslavia | 12th | Javelin | 53.98 m | |
1991 | Jahon chempionati | Tokiyo Yaponiya | 11th | Nayza uloqtirish | 58.82 m |
Birlashgan jamoa terma jamoasi tarkibida | |||||
1992 | Olimpiada oʻyinlari | Barselona Ispaniya | 2nd | Nayza uloqtirish | 68.26 m |
Belarus terma jamoasi tarkibida | |||||
1993 | Jahon chempionati | Stuttgart, Germany | 3rd | Nayza uloqtirish | 65.64 m |
1994 | Yevropa chempionati | Helsinki, Finland | 14th (q) | Nayza uloqtirish | 55.08 m |
1995 | Jahon chempionati | Gothenburg, Sweden | 1st | Nayza uloqtirish | 67.56 m |
1996 | Olimpiada oʻyinlari | Atlanta, United States | 12th | Nayza uloqtirish | 58.56 m |
Manbalar
tahrir- ↑ International Olympic Committee (IOC). „Natalia Shikolenko“. 2017-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-iyun.
- ↑ „Asociación Internacional de Federaciones de Atletismo IAAF“. 2019-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-iyun.
- ↑ „"Семейное" копьё“ (ru). Звязда (6 чэрвеня 2014). Qaraldi: 2014-yil 3-oktyabr.[sayt ishlamaydi]
Havolalar
tahrirOʻtmishdoshi: Trine Hattestad |
Womenʼs Javelin Best Year Performance 1992 |
Vorisi: Trine Hattestad |
Oʻtmishdoshi: Trine Hattestad |
Womenʼs Javelin Best Year Performance 1994 — 1995 |
Vorisi: Steffi Nerius |