Oʻgʻlonjon ota maqbarasi
Oʻgʻlonjon ota maqbarasi — Qamashi shahridagi meʼmoriy yodgorlik (18—19-asrlar). Maqbara toʻrtburchak tarhli, peshtoqgumbazli; pishiq gʻishtdan qurilgan. Bosh tarzidagi peshtogʻiga yassi ravoqlar, burchaklariga guldastalar ishlangan. Sagʻana joylashgan xonaning ichki devorlari ravoqli.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |