Oʻrinboy Rahmonberdiyevich Rahmonov (1910—1980) – Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining asoschisi, badiiy rahbari, artist va shoir, Qirgʻiziston madaniyati va sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshgan.

Oʻrinboy Rahmonberdiyevich Rahmonov
Tavalludi 4-mart 1910-yil
Oʻsh, Qirgʻiziston
Vafoti 5-oktyabr 1980-yil(1980-10-05)
(70 yoshda)
Oʻsh shahri, Qirgʻiziston
Fuqaroligi SSSR
Kasbi Aktyor, yozuvchi, shoir
Faoliyat yillari 1927–80
Turmush oʻrtogʻi Tursunxon Toʻychiboyeva
(1918—54)
Bolalari 10
Otasi Rahmonberdi Madazimov
Onasi Bibixon

Hayot yoʻli

tahrir

Oʻrinboy Rahmonberdiyevich Rahmonov 1910-yili Oʻsh shahrining Shayxlar mahallasida tugʻilgan. Otasi Qirgʻizistonda teatr harakatining asoschisi, Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining asoschisi va birinchi direktori, badiiy rahbari, rejissori Oʻshda taniqli arbob Rahmonberdi Madazimov boʻlgan. Oʻrinboy Rahmonov 17 yoshga toʻlganda, dadasi tashkil etgan Oʻsh oʻzbek drama teatrida ijodiy faoliyatini 1927-yildan boshladi. Teatrni tashkil etish va tuzish birinchi yillarida qoʻshimcha oʻnta vazifalarini bajargan: artist, rejissor yordamchisi, xonanda, sozanda, dramaturg, grimchi, rassom, suflyor, shoir, kichkina pesalar va qoʻshiqlar uchun sheʼrlar yozgan. Ushbu qoʻshiqlarga oʻsha paytlarda birinchi ayol raqqosa Roziya Moʻminova lapar aytib raqsga tushgan. 1934-yil avgust oyida yetmish kishidan iborat teatr jamoasi safida Oʻrinboy Rahmonov Leningrad shahriga gastrolga bordi. Teatr repertuari „Farhod va Shirin“, „Layli va Majnun“ kabi oʻzbek asarlaridan iborat edi. Ammo leningradlik sanʼat shinavandalari ularni shu qadar qizgʻin, shu qadar samimiy kutib oldilarki, ozgina muddatga moʻljallangan gastrol salkam bir oy davom etdi. Ijodiy jamoa korxonalarda, oʻquv yurtlarida, afsonaviy „Avrora“ kreyserida ijodiy uchrashuvlar oʻtkazishdi, 22 ta konsert berishdi. Gastrol soʻnggida artistlarni Leningrad viloyati partiya qoʻmitasining birinchi kotibi Sergey Kirov qabul qildi va oʻynalgan spektakllar, konsertlar leningradliklarda chuqur taassurot qoldirganini alohida taʼkidladi. Qabul marosimida Oʻrinboy Rahmonov ham ishtirok etdi va suhbat tugagach, teatr jamoasi bilan birga S. M. Kirov bilan rasmga tushdi. 1937-yili S. M. Kirov vafot etgandan soʻng, teatr uning nomi bilan ataldi.

1934-yili Toshkentda ilgʻor paxtakorlarning slyoti oʻtkazildi. Slyotda konsert berish uchun Oʻzbekiston Markaziy ijroiya qoʻmitasining raisi Yoʻldosh Oxunboboyevning taklifi bilan teatri Toshkentga ijodiy safarga ketdi. Slyot qatnashchilari hofiz Abdulla taroq Fayzullayev, artistlar Oʻrinboy Rahmonov, Tojixon Hasanova, Roziyaxon Moʻminova, Laylixon Moidova, Qodirjon Hamidov, Gʻulomjon Isroilovlarning chiqishlarini zoʻr olqishlar bilan kutib oldilar. 1934-yili teatr Moskvaga ham gastrolga borib keldi. 26-may-4-iyun 1939-yili Moskvadagi qirgʻiz sanʼati birinchi dekadasida qatnashib keldi va M. I. Kalinin bilan uchrashdi. 1939 va 1940-yillari Oʻrinboy Rahmonov[1] teatr jamoasi bilan birga Bishkekka (Frunzega) gastrolga bordi[2]. teatr jamoasi bilan birga Bishkekka (Frunzega) gastrolga bordi.

Ikkinchi jahon urushi boshlanganidan soʻng, koʻplab teatr aktyorlari oʻz ixtiyori bilan frontga ketishdi. Oʻrinboy Rahmonov urush maydonida jiddiy yaradorlanib, Oʻshga yuborildi va 1942 yili teatrning badiiy rahbari etib tayinlandi va u 1949-yilgacha teatrga rahbarlik qildi. Ikkinchi jahon urushi davrida teatr sanʼatkorlari oʻzlarining Vatan oldidagi burchlarini chuqur his etib, frontda boʻlib, soldatlarga madaniy xizmat koʻrsatdilar. Oʻrinboy Rahmonov, Tojixon Hasanova, E.Boʻtayeva, M.Otaboyevlar jangchilarni mardlikka, qaxramonlikka undadilar. Shu yillarda Oʻrinboy Rahmonov tomonidan Komil Yashinning „Boʻron“, „Oʻlim bosqinchilarga!“, Sobir Abdullaning „Qurbon Umarov“, Uygʻunning „Hayot qoʻshigʻi“, Bil-Belotserkovskiyning „Chegarachilar“, Korneychukning „Front“ asarlarini sahnaga qoʻyib, teatr jamoasi mehnatkashlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga munosib hissa qoʻshdilar.

Ijodiy jamoaning kamolotga erishuvida Oʻrinboy Rahmonov tomonidan Hamzaning „Boy ila xizmatchi“, „Maysaraning ishi“, K.Trenyovning „Lyubov Yarovaya“, Shillerning „Makr va muhabbat“, Sobir Abdullaning „Tohir va Zuhra“, Oʻrdubodiyning „Besh soʻmlik kelin“, Hurshidning „Farhod va Shirin“, Komil Yashinning „Gulsara“, Uygʻunning „Navbahor“, „Oltinkoʻl“ asarlarini sahnalashtirilishi alohida bosqich boʻldi.

Oʻriboy Rahmonov Oʻsh oʻzbek drama teatrida 1927-1949-yillari, 1949-1954-yillari Qizilqishloq qishloq Kengashi raisi, 1954-1965-yillari Qizilqishloqning „Eshonguzar“ masjidi oldidagi eski pochtasida boshliq, 1965-yildan savdo sohasida ishladi. 1953 yilda uning taklifi bilan uchta qishloq kengashi – Qizil-Qishloq, Shoʻro va Ishkavon yagona Qizil-Qishloq qishloq kengashiga birlashtirilib, birlashgan Qizil-Qishloq kengashining raisi etib Oʻrinboy Rahmonov saylangan. Uning rahbarligida Yangi-Turmush, Suratosh, Beshkapa, Kommunist, Kerme-Too , Qizil-Bayroq, Ishkavon qishloqlarida yangi yerlar oʻzlashtirildi. Hozir u yerda oʻn minglab odamlar yashaydi. 29 dekabr 2024 yildagi Prezident Farmoni bilan bu yerlar Oʻsh shahri hududiga qoʻshib olingan.

Oʻrinboy Rahmonov 1949-yili teatrdan ketib, boshqa ishga oʻtsada, lekin shtatdan tashqari, ishdan keyin 1958-yilgacha rollar ijro etdi. Tomoshabinlarga va tanqidchilarga nemis ofitseri, „5 soʻmlik kelin“dagi ota va boshqa dramalardagi oʻynagan bosh rollari yoqqan. Abdugʻani Abdugʻofurovning fevral 2010-yilda nashr etilgan „Oʻshning akademik teatri“ kitobining 1 va 3 betlarida Oʻrinboy Rahmonovning Bobur nomli Oʻsh oʻzbek akademik musiqali-drama teatrining tashkil etishda va faoliyat koʻrsatishdagi xizmatlari aks ettirilgan va 1940-yildagi teatr afishasidagi ismi-sharifi aktyorlar roʻyxatida № 19 (42 betda) aks ettirilgan. Oʻrinboy Rahmonov boʻsh vaqtlarida Oʻsh va Sulaymon togʻi goʻzalligi xaqida koʻplab sheʼrlar yozgan, toʻrttasi roʻznomalardan chiqqan[3]. Oʻrinboy Rahmonovning koʻp urugʻlari sanʼatkor, shoir boʻlishiga asosiy sabab shoir Xoʻjanazar Huvaydo (1704-1780-yillar) qarindoshi boʻlgan. Qariganda Sulaymon togʻidagi Bobur hujrasini qarab yurgan va obod etgan, toqqa har chiqqanida ikki paqir suv olib chiqib, ekkan koʻchatlarini sugʻorgan. Oʻn ikkita farzandni tarbiyalagan. Toʻngʻich farzandi Dildorbek hoji Rahmonov ham Bobur nomli teatrda artist boʻlib ishlagan, uchta kinofilmda epizodik rollar oʻynagan. Yana bir oʻgʻli Darvishbek polvon Rahmonov otasiga oʻxshab oʻzini umrini sanʼatga bagʻishladi. Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanidagi "Qaldirgʻoch" namunali sirk truppasi asoschisi va badiiy rahbari lavozimida ishlaydi[4]. Oʻrinboy Rahmonov 5-oktabr 1980-yili vafot etgan, qabri Oʻsh shahrining Sulaymon togʻida joylashgan „Goʻdak mozor“ qabristonida.

Oʻrinboy Rahmonov Oʻsh viloyati, Oʻsh shahar, Qorasuv tumani kengashlari deputati, Qizilqishloq qishloq kengashi deputati boʻlib bir necha marta saylangan.

Oʻrinboy Rahmonovning Oʻsh shahar Bobur nomli teatr sahnasida rollar ijro etgan asarlar roʻyxati

tahrir
God Nazvaniye Originalnoye nazvaniye oʻzbekcha: {{{1}}} Avtor
1927 Druzya Oʻrtoqlar K.Yashin
1928 Vnutri Ichkarida K.Yashin
1929 Xalima Halima Gulom Zafariy
1929 Aji-aji Aji-aji K.Yashin
1930 Istorii na xlopkovom pole Paxta shumgʻiyalari Umarjon Ismoilov
1931 Jenitba Uylanish N. V. Gogol
1932 Perevodchik Tilmoch Mannon Uygʻur
1933 ru:Аршин мал алан Arshin mol olon Uzeir Hojibekov
1934 Revizor Revizor N. V. Gogol
1935 Istoriya zagovorila Tarix tilga kirdi Nazir Safarov, Ziyo Said
1935 Sojjyom Yondiramiz K.Yashin
1936 Vmesto smerti Oʻlim oʻrniga J. Turusbekov
1936 Lyubov Yarovaya Lyubov Yarovaya K. Trenyov
1936 Komsomolskiy vzvod Komsomol vzvodi Tojizoda
1937 Obman i lyubov Makr va muhabbat Friedrich Schiller
1937 Farhod va Shirin Farhod va Shirin Sh. Xurshid
1938 Sluga dvux gospod Ikki xoʻjayinga bir qul K.Goldoni
1938 Sablya Uzbekistana Oʻzbekiston qilichi Sobir Abdulla
1939 Pogranichniki Chegarachilar Bill-Belotserkovskiy
1939 Bay i batrak Boy ila xizmatchi Hamza
1939 Taxir i Zuxra Tohir va Zuhra Sobir Abdulla
1940 Xolisxon Xolisxon Hamza
1940 Buran Boʻron K.Yashin
1941 Gulsara Gulsara K.Yashin va M.Muhamedov (Wayback Machine saytida 26-avgust 2018-yil sanasida arxivlangan)
1941 Leyla i Madjnun Layli va Majnun Xurshid
1941 Kurban Umarov Qurbon Umarov Sobir Abdulla
1942 Smert zaxvatchikam! Oʻlim bosqinchilarga! K.Yashin
1942 Prodelki Maysari Maysaraning ishi Hamza
1942 Front Front Aleksandr Korneychuk
1943 Davron ata Davron ota Sobir Abdulla
1943 Zafar Zafar Umarjon Ismoilov
1944 Nurxon Nurxon K.Yashin
1944 Nevesta za 5 som Besh soʻmlik kelin Oʻrdubodiy
1945 Pesnya jizni Hayot qoʻshigʻi Uygʻun
1946 Chest jenщini Ayol nomusi Muxtarov
1947 Vesna Navbahor Uygʻun
1947 Farhod va Shirin Farhod va Shirin Sh. Xurshid
1948 Krasniy galstuk Qizil galstuk K. Trenyov
1948 Pesnya jizni Hayot qoʻshigʻi Uygʻun
1948 Altinkul Oltinkoʻl Uygʻun
1949 Lepestki Gʻunchalar Zinnat Fatxullin
1949 Semurgʻ Semurgʻ Hamid Olimjon
1950 Adolat Adolat Ismoil Akram
1950 Alpomish Alpomish Sobir Abdulla
1951 Toktogul Toʻqtagʻul J. Bokonbayev
1951 Layli va Majnun Layli va Majnun Sh. Xurshid
1952 Yoriltosh Yoriltosh Shukur Saʼdulla
1952 Radost Shodlik Mahmud Rahmon
1952 Shyolkovoe syuzane Shohi soʻzana Abdulla Qahhor
1953 Alisher Navoiy Alisher Navoiy Izzat Sulton
1953 Natalka Poltavka Natalka Poltavka Nikolay Lisenko
1953 Nurxon Nurxon Komil Yashin
1954 Prazdnik na pole Dalada bayram Shukur Saʼdulla
1954 Serdechnie sekreti Yurak sirlari Baxrom Rahmonov
1955 Oftobxon Oftobxon Komil Yashin
1955 Devushka reki Gang Gang daryosining qizi Rabindranath Tagore
1956 Ravshan i Zulxumor Ravshan va Zulhumor Komil Yashin
1956 Lyubov k Rodine Vatan ishqi Zinnat Fatxullin
1956 Sunduk sekretov Sirli sandiq I. Axmedov
1957 Alpomish Alpomish Sobir Abdulla
1957 Yulduz Yulduz Samad Vurgʻun
1958 Oygul i Baxtiyar Oygul va Baxtiyor Hamid Olimjon
1958 Imenem revolyutsii Revolyutsiya nomi bilan M. Shatrov

Shuningdek koʻplab konsert dasturlarida ishtirok etgan.

Yozgan kitobi

tahrir
  • „Oʻsh va Oʻratepa shaharlarini boshqargan mingboshilar avlodidan Rahmonovlarning tarixi“, 420 b, Oʻsh shahri, 2016-yil[5].

Teatr sanʼatkorining xotirasi

tahrir

Oʻrinboy Rahmonovning nomini abadiylashtirish maqsadida uning nomi Oʻsh viloyati, Qorasuv tumani, Qizilqishloq qishlogʻining Beshkapa mavzesi yangi cheklardagi uchta koʻchaga qoʻyildi[6][7].

Oilasi

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  1. "Ошский узбекский музыкальный драматический театр". Фрунзе: Кыргызстан, 1980 — 7, 11-bet.  21 sm, BBK 85.4. (oʻzb.), (rus.) i (qirgʻ.)
  2. "Ошский академический театр". Ош: "Азия Принт", 2010 — 1, 3, 42-bet.  (Archive.is saytida 2018-03-08 sanasida arxivlangan) (oʻzb.)
  3. Qirgʻiziston ravnaqi fidokorlari энциклопедияси. Ош: "Ризван", 2017 — 30-bet.  (Archive.is saytida 2018-03-08 sanasida arxivlangan) UDK 351/354. BBK 66,3 (2Ki). (oʻzb.), (rus.) i (qirgʻ.)
  4. "Проблематика поэтического слова в кыргызском зарубежье". Ош: ОшГУ, 2018 — 3-bet.  (Wayback Machine saytida 2018-08-10 sanasida arxivlangan) (rus.)

Manbalar

tahrir
  1. Lyudi, kotorie menyali mir
  2. Aktyorskaya dinastiya, 3-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 3-fevral 2015-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  3. Oʻrinboy Rahmonovning sheʼrlari
  4. Aktyorskaya dinastiya, 3-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 3-fevral 2015-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  5. „Bibliograficheskiy katalog“. 2018-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-fevral.
  6. Uvekovechena pamyat vidayuщegosya deyatelya kulturi Kirgizstana Urinboya Raxmonova[sayt ishlamaydi]
  7. „Ulitsa Urinboy Raxmonova“. 10-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-sentabr 2018-yil.
  8. Dildorbek Urinboyevich Rahmonov
  9. Davlatbek Urinboyevich Rahmonov
  10. Pamirskie pisma kapitana Zaysova, 26-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 25-dekabr 2019-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  11. Toirboyev Sulton mingboshi

Havolalar

tahrir