Oʻzbekiston 2004-yilda Afinada boʻlib oʻtgan Paralimpiya oʻyinlarida pauerlifting boʻyicha yagona vakil (Yusup Qodirov) bilan debyut qilgan. Erkaklar oʻrtasida 75 kg boʻlgan vazn toifasida Qodirov kerakli vazndagi toshni koʻtara olmagan. 2008-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston nomidan ikki sportchi (pauerlifter va suzuvchi) muvaffaqiyatsiz ishtirok etgan. 2012-yilda Londonda boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida erkaklar oʻrtasida para-dzyudo boʻyicha 73 kg vazn toifasida Sharif Halilov Oʻzbekiston hisobidagi ilk medalni (kumush medal) qoʻlga kiritgan. Oʻzbekiston uchun Paralimpiya oʻyinlarining eng muvaffaqiyatli natijasi 2016-yili Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan, oʻshanda jamoa jami 31 ta medalni qoʻlga kiritib, medallar jadvalida eng yaxshi yigirmatalikka kirigan. Oʻzbekiston paralimpiyachilari 2014-yilgi va 2018-yilgi Qishki Paralimpiya oʻyinlarida qatnashgan, ammo medal qoʻlga kiritmagan[1].