Ilgizar Sobirov
Ilgizar Matyoqubovich Sobirov (oʻzbekcha: Илгизар Матёқубович Собиров; 20-fevral 1959-yil, Qoʻshkoʻpir, Xorazm viloyati) – Oʻzbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi (2006-2015), Xorazm vioyati adliya boshqarmasi boshligʻi (2015-2017), Xorazm viloyati hokimi (2017-2018)[1], yuridik fanlar nomzodi.
Ilgizar Sobirov | |
---|---|
Илгизар Собиров | |
Hamid Ansoriy va uning rafiqasi Salma Ansoriy Oliy Majlis Senati raisi Ilgizar Sobirov bilan Toshkent xalqaro aeroportida | |
Xorazm viloyatining hokimi | |
Mansab davri 2017-yildan – 2018-yilgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Poʻlat Bobojonov |
Vorisi | Farhod Ermanov |
Oʻzbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi Sеnatining Raisi | |
Mansab davri 2006-yildan – 2015-yilgacha | |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Murod Sharifxoʻjayev |
Vorisi | Nigʻmatilla Yoʻldoshev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
20-fevral 1959-yil Qoʻshkoʻpir tumani, Xorazm viloyati, OʻzSSR |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrir1986-yilda Toshkent universitetini huquqshunos mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
2005-yilda Mеhnat shuhrati ordеni bilan mukofotlangan.
1986-1987-yillarda – Toshkent davlat universiteti yuridik fakulteti yoshlar tashkilotining kotibi, „Jinoyat huquqi va kriminologiya“ kafedrasi xodimi.
1988-1992-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq instituti „Jinoyat huquqi va kriminologiya“ sektori ilmiy xodimi.
1992-1993-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining katta yordamchisi.
1993-1994-yillarda – Toshkent davlat yuridik institutining xalqaro munosabatlar va tarbiyaviy ishlar masalalari boʻyicha prorektori.
1994-1997 – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining yordamchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudyasi, Oliy xoʻjalik sudi Plenumi va hayʼatining kotibi.
1997-1999 – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining qonunchilik va sud hokimiyati organlari bilan aloqalar boʻyicha ekspert guruhi konsultanti.
1999-2000 – Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi boshligʻi.
2000-2003 – Oliy Majlisning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Oliy Majlisning qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi.
2003-2005 – Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumani hokimi.
2005-2006 – Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi.
2006-yil 24-fevraldan 2015-yil 23-fevralgacha – Oliy Majlis Senatining Raisi. „Milliy tiklanish“ Oʻzbekiston demokratik partiyasi aʼzosi.
2015-2017 – Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi boshligʻi.
2017-yildan 2018-yilgacha – Xorazm viloyati hokimi[2].
2018-yil 5-oktyabrdan – Chilonzor tumani jinoyat ishlari boʻyicha sudi raisi[3].